Yillar
|
Yil boshiga qiymati
|
Bir yildagi eskirishi
|
Yil oxiriga qiymati
|
Amortizatsiya jamg‘armasi
|
1
|
50 000 000
|
5 000 000
|
45 000 000
|
5 000 000
|
2
|
45 000 000
|
5 000 000
|
40 000 000
|
10 000 000
|
3
|
40 000 000
|
5 000 000
|
35 000 000
|
15 000 000
|
4
|
35 000 000
|
5 000 000
|
30 000 000
|
20 000 000
|
5
|
30 000 000
|
5 000 000
|
25 000 000
|
25 000 000
|
6
|
25 000 000
|
5 000 000
|
20 000 000
|
30 000 000
|
7
|
20 000 000
|
5 000 000
|
15 000 000
|
35 000 000
|
8
|
15 000 000
|
5 000 000
|
10 000 000
|
40 000 000
|
9
|
10 000 000
|
5 000 000
|
5 000 000
|
45 000 000
|
10
|
5 000 000
|
5 000 000
|
0
|
50 000 000
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonada har yili stanok uchun 5 mln. so‘mlik eskirish hisoblanib, amortizatsiya jamg‘armasiga o‘tkazib boriladi. Natijada, 10 yildan keyin stanokning qiymati umuman yo‘qolib, korxona amortizatsiya jamg‘armasida 50 mln. so‘m pul mablag‘i paydo bo‘ladi. Tadbirkor endilikda eskirgan stanokni chiqarib tashlab, o‘rniga yangi stanok sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.
KORXONA MABLAG‘LARIDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGI
Tadbirkor uchun o‘z korxonasi mablag‘laridan foydalanish samara- dorligini baholab borish muhim hisoblanadi. Buning uchun u bir qator ko‘rsatkichlardan foydalanishi mumkin.
Asosiy mablag’ samaradorligi (MSas) - korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (MH) bilan asosiy mablag‘ qiymati (Mas) o‘rtasidagi nis- batni ifodalovchi ko‘rsatkich:
MSas
MH
Mas
Aytaylik, korxonada 500 mln. so‘mlik asosiy mablag‘lar mavjud bo‘lib, 2017-yil davomida 2 mlrd. so‘m hajmida mahsulot ishlab chiqarildi. U holda korxonaning asosiy mablag‘ samaradorligi ko‘rsatkichi 4 ni tashkil etadi. Bu korxonaning har 1 so‘mlik asosiy mablag‘i 4 so‘mlik mahsu- lot ishlab chiqarishda ishtirok etganini anglatadi. Mazkur ko‘rsatkichning yuqori bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi.
Asosiy mablag’ sig’imi (MSig‘as) - asosiy mablag’ samaradorligiga teskari, ya’ni korxona asosiy mablag‘ qiymati (Mas) bilan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (MH) o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi ko‘rsatkich:
MSig as=
Mas
MH
Yuqoridagi misol bo‘yicha ko‘rilsa, korxonaning asosiy mablag‘ sig‘imi ko‘rsatkichi 0,25 ni tashkil etadi. Bu korxonadagi har 1 so‘mlik mahsulotni ishlab chiqarishda 0,25 so‘mlik asosiy mablag‘ ishtirok etganini anglatadi. Mazkur ko‘rsatkichning past bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi.
Korxonada aylanma mablag‘dan samarali foydalanish mahsulotning material samaradorligi va material sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali bahola- nadi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Korxona mablag‘lari nima?
Korxona mablag‘larining qanday shakllari mavjud?
Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi nima?
Korxona mablag‘larining aylanishi doiraviy aylanishdan nimasi bilan farq qiladi?
Asosiy va aylanma mablag‘larning bir-biridan farqi nimada?
Asosiy mablag‘ning eskirishi deganda nima tushuniladi?
Amortizatsiya me’yori qanday hisoblanadi?
Korxona mablag‘laridan foydalanish samaradorligi qaysi ko‘rsatkichlar or- qali baholanadi?
Asosiy mablag‘ samaradorligi ko‘rsatkichining mazmunini tushuntirib bering.
17-MAVZU BANK KREDITLARI
Shu maqsadda tijorat banklari va ularning joylardagi filiallari, o‘z im- koniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak va madad berishni zimmasiga oladi.
Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, banklar endi xalqimizni tadbirkorlik- ka, ishbilarmonlikka o‘rgatishi va shunga yetaklashi lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Rasmlarda kreditning mazmun-mohiyati bilan bog‘liq qanday jihatlar ifo- dalangan?
Rasmdagi soat tasviri qanday ma’noni anglatadi deb o‘ylaysiz? Kalkulator- chi? O‘z fikringizni izohlab bering.
KREDIT VA UNING TAMOYILLARI
Har bir tadbirkor ham o‘z faoliyatini yuritish uchun yetarli moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lmasligi mumkin. Yoki korxonani kengaytirish, biron-bir loyihani amalga oshirish uchun mablag‘i yetmay qolishi mumkin. Bunday hollarda qo’shimcha mablag’ topishning keng tarqalgan va samarali yo’li - bank krediti olish hisoblanadi.
Bank krediti - banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan tadbirkorlar yoki boshqa shaxslarga beriluvchi pul shaklidagi qarz.
Kredit berish bir qator tamoyillarga asoslanib, uning quyidagi chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Bundan ko‘rinadiki, siz bankdan kredit olishda uni qay maqsadda ola- yotganingizni bildirishingiz lozim. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan hol- da kredit muddatlari aniqlanadi va kredit to‘lovlari foizlari belgilanadi. Bunda siz olingan kredit va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarilishiga kafolat berishingiz kerak bo‘ladi. Ko‘pincha ushbu kafolat bank tomonidan berilayotgan kredit summasidan ko‘proq qiymatdagi garov ta’minoti orqali taqdim etiladi.
KREDIT TURLARI
Bank krediti bilan bir qatorda siz kreditning boshqa turlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishingiz lozim.
Agar xo‘jaliklararo kredit muayyan tovarlarning to‘lovini kechiktirish shaklida amalga oshirilsa, tijorat krediti deb ataladi.
Ko‘chmas mulk (masalan, yer, bino)larni garovga qo‘yish hisobiga uzoq muddatli qarz shaklida beriluvchi kredit ipoteka krediti deb ataladi.
Iste’mol krediti - xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari (masalan, mebel, avtomobil, televizor va boshqalar)ni sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit.
FOIZ STAVKASI
Sizni bank kreditidan foydalanish yoki foydalanmaslik to‘g‘risidagi qaroringizga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri - bu kredit bo‘yicha hisoblanuvchi foiz stavkasidir.
81
Foiz stavkasi - kredit oluvchi tomonidan to‘lanadigan to‘lov miqdorini kredit miqdoriga nisbatining foizdagi ifodasi.
6 - Tadbirkorlik asoslari, 11-sinf
Foiz stavkasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
r
r ’ = X100
K
K ssuda
bu yerda:
r' - foiz stavkasi;
r - kredit bo’yicha to’lov miqdori;
Kssuda - kredit miqdori.
Agarda, siz bankdan 100 ming so‘m miqdoridagi kreditni yiliga 20 ming so‘m to‘lash sharti bilan olgan bo‘lsangiz, mazkur kredit foiz stavkasi 20% ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, foiz stavkasini turli, masalan, yil, chorak, oy va boshqa muddatlar uchun hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |