O‘simliklar xayotida suvning ahamiyati
Suv tirik organizmlarning yashashi uchun asosiy muxitlardan biridir. Suvsiz sharoitda organizmlar nobud bo‘ladi yoki anabioz holatiga o‘tadi.
O‘simliklar tanasida suvning miqdori 70 foizdan to 90 foizgacha bo‘lishi mumkin. Bu ularning tur va navlariga, yoshiga, yashash muxitiga, har xil
organlariga va xatto hujayra organoidlariga bog‘liq, ayniqsa, o‘simlikning yosh a’zolarida va bargida bu ko‘rsatkich 90 foizgacha borishi mumkin. Suv miqdori hujayra protoplazmasida; 80 foiz, shirasida 98 foizgacha etishi mumkin. Ayrim ho‘l mevalarda juda ko‘p: bodringda 98 foiz, pomidorda 94 foiz, tarvuzda 92 foiz, kartoshkada 77 foizgacha bo‘ladi.
O‘simliklar hayotiy jarayonida suv quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) biokimyoviy reaksiyalarning sodir bo‘ishi uchun asosiy muxit bo‘lib hisoblanadi;
2) kimyoviy birikma bo‘lganligi uchun muxim reaksiyalarda: gidroliz, sintez, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida (fotosintez, nafas olish, minyeral elementlarni o‘zlashtirish va xokazolar) to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etadi;
3) o‘simliklarni kuchli issiklik ta’siridan saqlaydi. Qizib ketishdan saqlaydi (transpiratsiya);
4) O‘simliklarning tuproqdan qabo’l qilgan minyeral elementlari, uning tanasida hosil bo‘lgan organik moddalarning harakati va qayta taqsimlanishi ham suv hisobiga sodir bo‘ladi. Tabiatda yashovchi har bir o‘simlik o‘zining ontog’enezida juda ko’p miqdorda suv sarflaydi (asosan, tanasi orqali bug‘latadi). Masalan, makkajo‘xori vegetatsiya davomida 200 l gacha, bug‘doy esa bir tonna quruq modda hosil qilish uchun 300 t suv sarflaydi. Umuman, o‘simlik orqali o‘tgan suv miqdorini 1000 qism deb olsak, shundan 1,5-2 qismigina organik moddalarning hosil bo‘lishida ishtirok etib, qolgan 998 yoki 998, 5 qismi tana orqali bug‘lanib ketadi. O‘simlik o‘z ontog’enezida sarflaydigan suv miqdori ko‘p yoki oz bo‘lishi iqlim sharoitiga bog‘liq. Masalan, issiq va quruq iqlimda bu ko‘rsatkich syernam iqlimdagidan ko‘ra 2-3 marta ko‘p bo‘lishi mumkin. Qolavyersa, bunga tuproqdagi suv mikdori ham ta’sir qiladi.
O‘simliklarning tuproq va havo namligiga bo‘lgan talabiga ko‘ra ular ksyerofitlar, mezofitlar, gigrofitlar va gidrofitlarga bo‘linadi.
Ksyerofitlar. Dasht va cho‘llarda o‘sadigan, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklarga ksyerofitlar deyiladi. Ksyerofitlarda hujayralar kichik bo‘ladi, hujayra po‘sti qalinlashgan, barg mezofilida palisad parenxima yaxshi rivojlangan, barg tomirlari zich joylashgan, bargdagi og‘izchalar soni ham ko‘p bo‘ladi. Ildizning osmotik bosimi yuqori bo‘lib, ba’zida 100 atmosfyeragacha etadi. Ildizlari yerga chuqur ketadi. Chunonchi, ildiz yantoqda 18 m, beda va qora saksovulda 16-18 m gacha boradi. Ksyerofitlarga shuvoq, yerman-shuvoq, izen, oq saksovul, qora saksovul, juzg‘un, pista, tyeresken, kamforosma va shu kabilar kiradi. Ksyerofitlarga oid maxsus bir guruh o‘simliklar sukkulentlar deyiladi. Bu o‘simlik organlarida maxsus suv g‘amlovchi to‘qimalari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ularda suv zahirasi saqlanadi. Bunday o‘simliklarga kaktuslar, agavalar kiradi. Ksyerofitlar jumlasiga Markaziy Osiyo cho‘l zonasidagi sho‘rhok yerlarda
o‘sadigan sho‘raklar ham misol bo‘la oladi. Bunday o‘simliklarga danasho‘r, seta, har idondon, sarsazan va qizil sho‘rani misol qilish mumkin. Ular galofitlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |