Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Abiotik omillar. O‘simliklarga haroratning ta’siri



Download 28,52 Mb.
bet74/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Abiotik omillar. O‘simliklarga haroratning ta’siri.
O‘simliklarning o‘sishiga eng faol ta’sir etadigan omillardan biri haroratdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning o‘sish tezligi haporat O dan 35° gacha o‘zgarganda Vant-Goff qonuniga bo‘ysunadi. Lekin harorat 35-400 dan oshgandan keyin o‘sish tezligi ham pasayadi. Umuman, o‘sishga nisbatan ham haroratning uchta kardinal nuqtasi bor: minimal (eng past), optimal maqbo’l, maksimal (eng yuqori). Bu nuktalar darajasi o‘simliklarning turlariga bog‘liq Haroratning minimal va maksimal nuqtalarida o‘sish eng past darajada bo‘ladi yoki to‘xtaydi, lekin nobud bo‘lmaydi. O‘sishning to‘xtab qolishi uzoqqa cho‘zilganda o‘simlik kasallikka chalinishi yoki asta-sekin nobud bo‘lishi mumkin. Makbo’l harorat darajasi o‘sishning eng faol bo‘lishini ta’minlaydi. O‘simliklar haroratga bo‘lgan munosabatlari asosida 2 guruhga bo‘linadi:
1 ) issiqsevar o‘simliklar - minimal harorat darajasi 10°C dan yuqori, maqbo’l harorat 30-40°C atrofida;
2) sovuqqa chidamli o‘simliklar — minimal harorat 0 dan to 5°C va maqbo’l harorat 25-31°C.
Lekin aytish lozimki, o‘sishni eng faol ta’minlaydigan fiziologik maqbo’l harorat hamma vaqt ham samarador bo‘lmaydi. Chunki o‘sishning eng tez borishi doim ham sog‘lom va baquvvat o‘simlik olish degan gan emas. Aksincha, ko‘p organik moddalar sarf kilinishi natijasida o‘simliklar kuchsiz bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun ham o‘sishni ta’minlovchi sof fiziologik optimum o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini eng baquvvat o‘simlik olinishini ta’minlovchi garmonik optimumdan farq qiladi. Bu harorat darajasi fiziologik jarayonlarning bir tekisda faollanishi uchun sharoit yaratadi.
Barcha fiziologik va ximiyaviy jarayonlar ma’lum bir tempyeratura chegarasida boradi. Shunga ko‘ra, issiqlik faktori o‘simliklarning geografik jihatdan tarqalishida ham katta ro’l o‘ynaydi. Ma’lumki, issiqlik kinetik enyergiya shakllaridan biri bo‘lib, boshqa turdagi enyergiyaga aylaiishi va nisbatan issiq bo‘lgan jismdan sovuqroq jismga o‘tishi mumkin. Issiqlikning bunday o‘zgarishi yoki uzatilishining uchta usuli mavjud:
1) radiatsiya,
2)issiqlik almashinuvi
3)konveksiya .
Radiatsiya deganda, quyoshdan yoki quyosh nuridan isigan jismdan har xil uzunlikdagi (nurlar) to‘lqinlar tarqalishi tushuniladi. Atmosfyera quyosh radiatsiyasining yoki insolyasiyaning ma’lum bir qismini tutib qola­di, qolgan qismi esa yergacha etib kelib, uni isitadi. Yyer isigandan keyin, o‘z navbatida, qolgan enyergiyaning bir qismini atmosfyeraga qaytaradi. Lekin atmosfyera xuddi ekran singari vazifani bajaradi, ya’ni o‘ziga tushgan enyergiyani tutib qolib, bir kismini qaytaradi.
Tuproq yuzasidagi quyoshdan isigan molekulalarning o‘zgaruvchan aktivligi xavoning tuproqqa yakin qatlamlariga o‘tadi va ana shunday issiqlik o‘tkazuvchanlik natijasida issiqlik almashinuvi, issiqlik uzatish sodir bo‘ladi.
Atmosfyeraning pastki qatlamlari isiganda zichligi pasayadi va isigan xavo yuqoriga ko‘tariladi, ular o‘rnini esa ancha sovuq havo massasi egallaydi. Bundan tashqari, issiqlik enyergiyasi xavo oqimi orqali va gorizontal yunalishda nisbatan issiq joydan nis­batan sovuq joyga tomon harakat qiladi. Gazlar aralashmalari orqali bu xildagi issiqlik almashinuvi konveksiya deb ataladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish