Yorug‘sevar va soyasevar o‘simliklarning asosiy har aktyerli xususiyatlari
Organlari
|
Geliofitlar (yorug‘sevar o‘simliklar)
|
Ssiofitlar (soyasevar o‘simliklar)
|
Ildiz
tizimi
|
Odatda kuchli rivojlangan
|
Kuchsiz rivojlangan
|
Poyasi
|
Bo‘g‘im oraliqlari nisbatan qisqa
|
Bo‘g‘im oraliqlari ancha uzun
|
Barglari
|
Barg yaprog‘i ko‘pincha mayda, qalin, qattiq, ba’zan etli. Epidyermis kutikula bilan qoplangan, barg eti
palisad va bo’lutsimon parenximalarga ajralgan. Mexanik to‘qima kuchli rivojlangan. 1 mm 2 yuzada 300 mingtagacha og‘izchalar bo‘ladi. Barglar quyoshga nisbatan burchak hosil qilib joylashadi, harakatlanadi. Fotosintez jadal o‘tadi. Xlorofil a : b (5:1). Nafas olish kuchli. Hujayra osmotik bosimi yuqori.
|
Barg yaprog‘i odatda ancha yirik, keng emas, yumshoq. Epidyermisda kutikula bo‘lmasligi mumkin. Barg eti ikki qismga yaxshi ajralmagan. Mexanik to‘qima kuchsiz rivojlangan. 1 mm 2 yuzada 15-80 tagacha og‘izchalar bo‘ladi. Barglar quyosh nurlariga nisbatan ko‘ndalang joylashadi. Mozaika hosil qiladi. Fotosintez o‘rtacha o‘tadi. Xlorofil a:b (3:2). Nafas olish
kuchli emas. Hujayra osmotik bosimi past.
|
Atmosfyera, uning tarkibi va organizm uchun ahamiyati
Planetamizni o‘rab olgan havo qobig‘iga atmosfyera (yunoncha atmosfyera - yerning"bug‘ qobig‘isiz havo qatlami" degan ma’noni bildiradi) deyiladi. Atmosfyeraning qalinligi 3000 km ga yetadi. Atmosfyera planetamiz va unda yashaydigan jonli organizmlarning nafas olishi uchun katta ahamiyatga ega. Bo’lardan tashqari yerning havo qobig‘i planetamiz yuzasini kunduzi qattiq qizib ketishdan, kechasi esa sovib qolishdan saqlovchi, go‘yoki bir ko‘rpa vazifasini o‘taydi.
Atmosfyera shuningdek, yerni kosmosdan keladigan ko‘plab meteorlardan saqlaydi. Meteorlar atmosfyerada qizib yonib ketib yyerga etib kelolmaydi. Atmosfyera (yyer yuzasi yaqinida) asosan azot (78,08%) va kislorod (20,95%) dan iborat bo‘lib, unda kamroq miqdorda argon (0,93%), karbonat angidridi (0,03%), geliy, neon, ksenon, kripton, vodorod, ozon, ammiak, yod va boshqa gazlar (0,01%) bor. Atmosfyera tarkibidagi gazlar ichida kislorod juda katta ahamiyatga ega. U barcha tirik organizmlarga nafas olish uchun kyerak. Uning atmosfyeradagi miqdori 10-15 tonnadir. Kislorod organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog‘, uglevodlar tarkibiga kiradi. Ko‘pchilik organizmlar uchun kislorod katta fiziologik ahamiyatga ega bo‘lib, uning tashqi muhit tarkibidagi konsentratsiyasi(miqdori) muhim ekologik omil hisoblanadi. Ma’lumki, atmosfyerada kislorodning miqdori 20,95 % bo‘ladi, uning vaqtincha 2-3 % gacha kamayishi ham organizmlarning fiziologik xususiyatlariga sezilarli ta’sir etmaydi. Dengiz sathidan ko‘tarilgan sari atmosfyera bosimining hamda kislorod miqdorining kamayishi kuzatiladi, natijada organizm fiziologik funksiyalarining buzilishiga hamda u yoki bu xil organizmlarning akklimatsiyasi (moslanishi) ga olib keladi. Atmosfyeradan sarflangan kislorod o‘rnini yashil o‘simliklar fotosintez natijasida to‘ldirib turadi. Karbonat angidrid gazi tabiatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, u yashil o‘simliklar oziqlanishi uchun zarurdir. Shuningdek, u yyerning issiqlik balansini tartibga solib turadi. 1000-1200 km balandlikda atmosfyera asosan kislorod va azotdan, undan yuqorida 2500 km gacha bo‘lgan qismida geliy gazidan, 2500 km dan yuqorida esa eng engil gaz vodoroddan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |