Tuproq (edafik) va orografik omillar
Tuproq turli xil omillar: tog’‘ jinslari, iqlim, tirik organizmlar (o‘simlik va hayvonlar), relef, hudud yoshi va insonlarning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan muhim tabiat jismi in’omidir. U asosan emirilgan tog’‘ jinslari-gildan va chirindilar gumusdan iborat. Gumus organik olam qoldig‘idan, xususan o‘simliklarning mikroorganizmlar faoliyati natijasida chirishdan hosil bo‘ladi. Tuproqda bundan tashqari suv havo va ko‘plab tirik organizmlar(mikroorganizmlar) ham bo‘ladi. Tuproq doimo o‘zgarib va rivojlanib to’rganligi tufayli turli xil iqlim sharoitida har xil tuproq turlari uchraydi. Masalan, MDX davlatlari hududida yuzdan ortiq tuproq xili bordir. Tuproqning ekologik omil sifatida eng muhim qismi bu tog’‘ jinslaridan tuproqning yuzasigacha bo‘lgan qavatidir.
O‘simlik ildizlarning asosiy qismi ana shu zona bo‘ylab joylashgan. Tuproqning ana shu qismi va gumus bo‘lgan zona qancha kuchli rivojlangan bo‘lsa o‘simliklarning ildiz sistemasi shunchalik chuqur va eniga yaxshi tarqaladi, chunki bu gorizontlarda suv va oziqa moddalar miqdori ko‘p bo‘ladi. Tuproq ayeratsiyasi va harorati o‘simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, past haroratli tuproqlarga nisbatan yuqori haroratli tuproqlarda o‘simlik ildizlari suv va minyeral tuzlarni ko‘proq va tez shimib oladi. CHunki, past haroratli tuproqlarda suvni shimib oluvchi ildiz va ildiz tukchalarining o‘sishi susayadi, bu organlar hujayrasi sitoplazmasining suv o‘tkazuvchanlik xususiyati pasayadi va natijada o‘simliklarning yuqoriga ko‘tariluvchi oqimi, ya’ni suvning o‘simlik bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilishi kamayadi. Tuproq tarkibida
gumus moddasi miqdori ko‘p bo‘lsa, bu tuproqlar unumdor hisoblanadi.
Tuproqda o‘simliklar va hayvonlarning parchalanishidan holgan qol-diqlaridan tashqari yana yuqori o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan har xil mikro va makroorganizmlar ko‘plab uchraydi. Ana shu xildagi organizmlarni Yu.Odum (1975) quyidagi guruhlarga ajratadi:
Mikrobiota - baktyeriyalar, zamburug‘lar, tuproq suvo‘tlari va sodda hayvonlar;
Mezobiota - nematodlar, kanalar, kichik hasharot va boshqa organizm-larning lichinkalari;
Makrobiota - o‘simliklarning ildizlari, yirik hasharotlar, yomg‘ir
chuvalchanglari.
Tuproq(kislotali, neytral, ishqorli) yeritmasi tuproqdagi mikroorganizmlar holatiga va miqdoriga va ular orqali yashil o‘simliklarning oziqlanish rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning kislotali muhiti(yerkin vodorod ionlarining ko‘pligi) aktiv bo‘lishi mumkin, uning aktivligi rN ning kattaligiga bog‘liq.
pH – 7 bo‘lsa bu neytral reaksiyali muhit bo‘lib bunda vodorod, karbonat angidrid ionlari bir xil bo‘ladi.
Kislotali muhitli tuproqlarda pH – 7 dan past va ishqorli muhitli tuproqlarda pH – 7 dan ortiq bo‘ladi.
Tuproq yeritmasining reaksiya chegarasi katta bo‘lib, u pH – 3-3,5 dan pH–10-11 gacha borishi mumkin (sho‘rxok yyerlarda) tuproq yeritmasining reaksiyasi iqlim, o‘simliklar, jinslar, sizot suvlari, relef, o‘g‘itlar va shu kabi boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Shimoldan janubga borgan sari tuproq yeritmasining kislotali muhiti kamayib boradi va issiq dasht va ayniqsa, Markaziy Osiyoning cho‘l zonalarida kislota kamroq hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan kislotalar ham ohak yordamida neytrallashadi, chunki bu tuproqlarda ohak hosil qiluvchi jinslar ko‘p. Shuning uchun ham dasht zonasining tuprog‘i neytral, cho‘l zonasining tuprog‘i esa ishqorli muhitga ega bo‘ladi.
Tuproq yeritmasi muhitiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |