Dorivor setyerax- (Setyerax)-Cetyerach officinarum Willd.
Ko‘p yillik, ildizpoyasi yog‘ochlangan, balandligi 5-20 sm qishlovchi poyasi nashtarsimon, zanjirsimon qobiqlar bilan o‘ralgan, barglari och qizil bandli yaprog‘idan kalta. Sporalari ovalsimon, buyraksimon. Sporalar iyul-avgust oylarida yetiladi. Tog’‘larni yaylov qismigacha bo‘lgan balandliklarida, qoyalar yoriqlarida va quyosh nuridan himoyalangan joylarda o‘sadi. Farg‘ona viloyatida (Shoximardonda) tarqalgan. Xalq tabobatida qadimdan taloq, buyrak xastaliklarini davolashadi. Bolalardagi gijjalarni tushurishda damlamasi ichiriladi.
Mayda gulli adonis- Adonis parviflora Fisch. (A. aestivalis L. Thoms.)
Bir yillik, poyasi 5-60 sm bo‘lgan o‘t o‘simlik. Poyasi kam shoxlanadi. Barglarini poyadagilari o‘troq, ostki barglari qisqa 2-3 sm, bandli, 2-3 marotaba mayda bo‘laklarga bo‘lingan. Gullari poyani va shoxchalarni yuqori qismida bo‘lib, 5-8 mm. Gultojlari qizil, qo‘ng‘ir ranglarda. Urug‘lari savatchalarda to‘plangan, mayda 2-4 mm. Aprel-may oylarida gullab, may-iyunda urug‘lari pishib yetiladi. Tog’‘ oldi yaylovlarida, tog’‘larning pastki qismlarida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda uchraydi. Tibbiyotda yyer ustki qisimi ishlatiladi. Tarkibida yurak glikozidlar simarin, flovonoidlar va boshqa birikmalar bor. Dori pyereparatlari –damlama, “adonis brom”, suyuq va quruq ekstraktlari, yangi galenpreparati-adenozid surunkali yurak-tomir nevroz va nyerv kasalliklarida tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Damlamasi Baxtyerov miksturasi adonizid, kardiovalen tarkibiga kiradi. Yyer ustki qismi Sdyerenko yig‘masiga qo‘shiladi.
Turkiston ismalog‘i– Spinacia turkestanica Jljin. Ismaloq sho‘radoshlar – Chenopodiaseae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 10-60 sm bo‘ladigan ikki uyli, bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘sadi, barglari patsimon qirqilgan, uchidagi bo‘lakchasi yirik uchburchak-yoysimon, qolganlari mayda, cho‘ziqsimon yoki chiziqsimon, poyasining o‘rta qismidagilari qisqa bandli uchburchak-yoysimon, eng yuqoridagilari ba’zan lansetsimon bo‘lib, uzun bandi (ildizoldi to‘p barglari va poyaning pastki qismidagi barglari) bilan yoki bandsiz poyada ketma-ket o‘rnashgan. Mayda, ko‘rimsiz, bir jinsli gullari poya uchida boshoqdan tashkil topgan ro‘vaksimon to‘pgulga (otalik gullari) yoki barg qo‘ltig‘iga (onalik gullari) joylashgan. Ismaloqning mevasi –qattiq, tikanli to‘p meva. Ismaloq aprel–iyun oylarida gullaydi va mevasi yetiladi. Markaziy Osiyoda begona o‘t sifatida sug‘oriladigan yyerlarda, tog’‘-oldi yaylovlarida, bug‘doyzorlarda va ekinzorlarda ko‘plab o‘sadi.
Xalq tabobatida ismaloqning yyer ustki qismi ishlatiladi. Uni o‘simlik gullagan vaqtida yig‘iladi va soya yyerda quritiladi yoki quritmay qo‘llaniladi. Ismaloqning yyer ustki qismi tarkibida karotin, 16 mg %, C, B1, B2 vitaminlari, qandlar, organik kislotalar, oqsil va boshqa biologik faol moddalar bor.
Tabobatda ismaloqning yyer ustki qismi darmon byeruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi hamda kamqonlikda, raxit va boshqa avitaminoz kasalliklarida vitaminlarga boy parxez ovqat sifatida iste’mol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |