Hisor ko‘kamaroni- Scutellaria hissarica B.Fedtsch.
Ko‘p yillik, ko‘p sonli poyalar hosil qiluvchi, shoxlangan, tuksiz, balandligi 20-50 sm. Barglari keng ayrisimon, keng tuxumsimon, chetlari katta arrasimon tishli, yuqoridagi barglarining chetlari tekkis. Gullari kalta tutqichli bittadan barglar qo‘ltig‘ida joylashgan. Kosachasi 5 mm uzunlikda, urug‘lari etilganda 7-8 mm etadi. Tojibarglari to‘q binafsha, 22-25 mm uzunlikda, ustkilab guli sariq, binafsha dog‘li. May-iyun oylarida gullab, iyul-avgust oylarida urug‘lari etiladi.
Tog’‘ning o‘rta mintaqalaridagi qoyalarda o‘sadi. Surxondaryo viloyati (Hisor tizmasidagi Sangardak, To‘palang daryo havzalarida) tarqalgan.
Gullari va barglaridan choy tayyorlab burundan qon ketishida ichiladi. Shamollashda, oshqozon ichaklar shamollaganda ham qo‘llaniladi.Yurak qon tomirlar xastaligida, tinchlantiruvchi, quvvatga kirituvchi sifatida ham qo‘llaniladi.
Nazorat savollari?
1. Yaylov mintaqasining ekologiyasini izohlang?
2. Pastki yaylovning asosiy dorivor o’simliklarini bioekologiyasi va turlari?
3. Yuqori yaylov dorivor o’simliklarining bioekologiyasi va turlari hamda ahamiyati?
15-mavzu: To‘qay zonasi dorivor o‘simliklarining bioekologiyasi
Reja
1.To‘qaylar zonasi ekologiyasi va tuproqlari
2.To‘qay zonasi ayrim dorivor o‘simliklarining biologiyasi va ekologiyasi hamda tibbiyotdagi va xalq ho‘jaligidagi ahamiyati
To‘qaylar zonasi ekologiyasi va tuproqlari
To‘qay va to‘qayzorlar deganda mahalliy xalq daryo bo‘ylariga yaqin bo‘lgan joylarni va u yyerlarda o‘suvchi o‘simliklarni tushunadi. To‘qayzorlar daryo suvlariga yaqin joylarda daraxt, buta, chala buta va o‘tlarning birgalikda o‘sishidan tashkil topgan. Ba’zan chirmashib o‘suvchi (liana) o‘simliklar ham uchraydi. To‘qayzorlar O‘rta Osiyoning, jumladan: O‘zbekistonning cho‘l mintaqasidan tog’‘ mintaqasigacha bo‘lgan daryo bo‘ylarida uchraydi. Lekin uning asosiy maydoni daryolarning o‘rta va quyi oqimi bilan bog‘liqdir. Tog’‘ mintaqasida bunday maydonlar ingichka o‘zan-tarmoq hosil qilib yotadi. Tog’‘ oraliqlari va soylardan oqib o‘tadigan daryo bo‘ylarida turli o‘simliklar: daraxt, buta va chala butalar ko‘p o‘sadi. Ulardan tol, tyerak, qayin, tog’‘olcha, do‘lana, kamxastak, onda-sonda yong‘oq, olma, jiyda kabilar o‘sadi. Bo’lardan tashqari, itburun, zirk kabi butalar ham ko‘p uchraydi. Bu joylarda bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklardan agrostis, tomirdori, govpechak, kendir, qiyoq, yalpiz va boshqalar daryo yoqalarida chim hosil qiladi.
Adir mintaqasidagi to‘qaylar ancha katta-katta maydonlarni tashkil etadi, chunki ba’zan suv kelib daryolar toshganda ular kengayib, qirg‘oqlarigacha suv chiqadi. Keyinchalik suvlar kamayib, daryolar tor o‘zan hosil qilib oqadi va uning chekkalarida esa to‘qayzorlar hosil bo‘ladi. Bu mintaqadagi to‘qaylarda daraxtlarga nisbatan buta va chala butalar (jangak, turang‘il, tol, chakanda, yulg‘un), ko‘p yillik o‘simliklardan lo‘x, oqnilufar, tarvuzpalak kabilar ko‘p o‘sadi. Bo’lardan tashqari yantoq, qizilmiya, turli astragallar hamda boshoqdoshlar oilasidan ham ko‘pgina o‘simliklar o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |