Robyerta yoronguli-Gyeranium Robyertianum L.
Bir yillik, poyasi bittadan, balandligi 15-35 sm, tik o‘suvchi, shoxlangan, kichik egatchali, bo‘g‘imlar oralig‘i, bo‘kilgan va bo‘g‘imlari yo‘g‘onlashgan. Barglari ingichka, 4-8 sm enlikda, umumiy ko‘rinishi beshburchak 3-5 bo‘lakli. Bo‘laklari tuxumsimon. Ildiz bo‘g‘zidagi barglari mozayka ko‘rinishida. Gullari barg qo‘ltig‘ida, ikkitadan, gulbandi 2-5 mm uzunlikda. Gulkosachasi 5-6 mm uzunlikda. Gultojlari to‘q qizil-pushti 11-14 mm uzunlikda tuxumsimon-ponasimon. Urug‘lari 2 mm uzunlikda va eni 1 mm qo‘ng‘ir rangda, tekkis.
May oyida gullab, urug‘lari avgust oyida yetiladi.
Tog’‘larni o‘rta mintaqasida, qoyalar soyasida, daraxtlar soyasida, soylar o‘zanida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida tarqalgan.
O‘simlikni yyer ustki qismidan turli ko‘rinishdagi qon ketishida tyeridagi yara va jaroxatlarni davolashda qo‘llaniladi.
Har ifgulli tog’‘qudusi-Stachys betoniciflora Rupr.
Ko‘p yilik, poyasi yaxshi rivojlangan, balandligi 40-100 sm. Barglari uzunchoq nashtarsimon, yirik arrasimon tishchali. Gullari boshoqsimon to‘pgullarda joylashgan. Kosachasi 11-13 mm uzunlikda, tuklangan. Tojbarglari qizil 16-20 mm uzunlikda momiq tuklangan, naychani ustki tomoni tuksiz. Iyun-avgust oylarida gullab, iyun-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog’‘larni o‘rta mintaqasidagi butazorlarda o‘sadi. Toshkent viloyatida tarqalgan.
Yyer ustki qismidan tayyorlangan suyuq ekstrakti yallig‘lanish, fibromioma natijasida qon ketishiga qarshi, bachadonni tez qisqartirishda qo‘llaniladi.
YUQORI YAYLOV.
Yuqori yaylovga dengiz sathidan 3000— 3200 m va undan baland bo‘lgan joylar kiradi. Bu maydonning o‘simliklari boshqa joylardan farq qiladi. Bu yyerda efemyerlar umuman yo‘q deyish mumkin. O’simliklar qoplamining asosiy qismini ksyerofit har aktyeridagi o‘tli o‘simliklar tashkil qiladi. Bu yyerda boshoqli va o‘tchil o‘simliklar juda ko‘p o‘sadi. Yuqori yaylov alp o‘tloqlari deb ham ataladi. Yuqori yaylovning o‘simliklar qoplami juda qiziq. Bu yyerlarda ksyerofit o‘tlar o‘simliklar qoplamining katta qismini tashkil qiladi. Shu bilan birga, dasht o‘simliklari, mezofit o‘simliklar ham ancha ko‘p o‘sadi. Bu yyerda buta va daraxtlar umuman yo‘q deyish mumkin. Lekin «yostiqsimon» daraxt shaklidagi o‘simliklar uchrab turadi. Bu joyning o‘simliklarini bunday turli-tuman bo‘lishiga, ularning bir o‘simlik qoplami bilan ikkinchi o‘simlik qoplamining almashinishiga ekologik sharoit va antropogen (odamlar)ning bevosita ta’siri bo‘lishi kyerak. Tuprog‘i to‘q jigar rang, qo‘ng‘ir, yumshoq tuproqdan iborat. Tuprog‘ining yuza qismi asosan chim hosil qilib o‘suvchi o‘simliklar bilan qoplangan. Subnival iqlimli bu joy ancha syernam bo‘ladi. Yog‘ingarchilik yil davomida bo‘lib turadi. Yog‘inning eng ko‘pi bahorda yog‘adi. Yillik yog‘in-sochin pastki yaylovga nisbatan 1—2 barobar ko‘p yog‘adi. Bu yyerlarda doimiy muzlik va qorliklarning mavjudligi, havo nisbiy namligining 80—90% atrofida bo‘lib turishi, toshlarning doimo siljib, qulab turishi, bu yyerdagi o‘simliklar hayotiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |