O‘rikarcha (Junipyerus turkestanica) sarvdoshlar oilasidan, bo‘yi 12—18 m ga yetadigan ikki uyli (changchi va urug‘chisi boshqa-boshqa o‘simlik) daraxt, ba’zilarining bo‘yi 2 m dan oshmaydi. Tanasi qo‘ng‘ir po‘stloq bilan qoplangan. Syershox, shox-shabbasi enli, qalin shoxchalari yuqoriga qaragan. Barglarining uzunligi 2 mm, och ko‘k rangli, tuxumsimon, uchi o‘tkir. O’rikarcha may oyida gullaydi. Mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. Mevasining uzunligi 1,0—1,5 sm, eni 0,8—1,0 sm bo‘lib, syersuv, qand moddasiga boydir. Uning ustki tomoni yaltiroq, qoramtir-ko‘kish rangli parda bilan o‘ralgan. O’rikarcha tog’‘ mintaqasida ham uchraydi. U asosan subalp o‘simligidir. U 300—500 yilgacha yashaydi. O’rikarchani kishilar juda qadrlaydilar, chunki u suvni tuproqda uzoq vaqt saqlaydi, qorlarni tez yerib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uning barglari, novdachalari yerigan qor suvini yyerga singishiga yordam byeradi. Natijada tuproq yeroziyasi sodir bo‘lmaydi. Bizning bo’loqlarimiz ana shu suvlar evaziga doimo suv olib turadi. Uning yosh novdalarida 0,73—0,87 % efir moyi ham bo‘ladi. Xalq tabobatida yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Yyerqo‘noq (Polygonum nitens V. Petr.) torondoshlar oilasidan, bo‘yi 25—65 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Poyasi tik, ba’zan asosidan yotib o‘suvchi, ildizining yo‘g‘onligi 1—2 sm, koramtir-kulrang, ko‘p tomirli, ildiz bo‘g‘zida eski barglarning qoldig‘i ko‘p bo‘ladi. Barglari tuxumsimon shaklda, ildizoldi barglarining uzunligi 8— 12 sm, eni 2—3 sm. Poyasining asosidagi barglar kalta bandli, yuqoridagilari esa bandsiz bo‘lib, poyasini o‘rab turadi, ildizoldi barglari uzun bandli. Yyerqo‘noq iyun oyida gullaydi. Gullari och qizg‘ish, uzunligi 2—3 mm bo‘lib, asosigacha qirqilgan. Changchisi koramtir-qizil rangda bo‘lib, gulqo‘rg‘onidan chiqib turadi. Mevasi yong‘oqchadan iborat bo‘lib, iyul oyida pishadi. U qoramtir-qo‘ng‘ir rangli, uch qirrali, yaltiroq bo‘lib, uzunligi 3— 4 mm, eni 2—2,5 mm dan iborat. Yyerqo‘noq asosan subalp o‘tloqlaridagi toshloq yyerlarda ko‘p o‘sadi. Uni chorva mollari uncha yaxshi yemaydi. Boshqa o‘simliklar bilan birga qalin o‘simliklar qoplamini hosil qiladi. Pastki yaylovda toronlarning boshqa turlari ham ko‘p o‘sadi. Uning ildizpoyasidan kishilar qadim vaqtlardan buyon yaralarni davolash va qon to‘xtatish uchun dori sifatida foydalanib kelganlar, ichburug‘ini davolashda ham ishlatiladi. O‘simlikning ildizlarida 13—21% tanid moddasi, gallotanin, gallo kislotasi, kraxmal, oqsil, qand moddalari hamda 10 mg% C vitamini bordir. Bargida esa bo‘yoq va pektinli moddalar hamda 150 mg % C vitamin bo‘ladi.
Gulizardak (Adonis chrysocyathus Hook) ayiqtovondoshlar oilasidan, bo‘yi 30—70 sm ga yetadigan, poyasi syershox, tik o‘suvchi ko‘p yillik o‘simlik. Bu o‘simlik meva byerguncha poyasining uzunligi 60 sm ga yetadi. Barglari juda ko‘p, ayniqsa poyasining o‘rta qismida ancha tig‘iz joylashgan. Bu barglar bandsiz, ikki marta patsimon qirqilgan. Ildizoldi va poyaning uchki qismidagi barglar qisqargan (reduksiyalangan). Barglari o‘tkir uchli nashtarsimon bo‘lakchalarga bo‘lingan. Gulizardak iyun-iyul oylarida gullaydi. Guli ko‘ndalangiga 6 sm bo‘lib, to‘q-sariq rangli, chiroyli gultojibarglardan iborat. Mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Mevalari mayda, burishqoq, qisqa tuklar bilan qoplangan, uchi bir oz egilgan bo‘lib, bir nechtasi bir-biriga qo‘shilib, qo‘shaloq meva hosil qiladi. O’simlikdan sassiq sovun hidi kelib turadi. Gulizardak subalp o‘tloqlaridagi qo‘ng‘ir rangli tuproqlarda o‘sadi. Ba’zan juda zich o‘sib, landshaft hosil qiladi. Bu o‘simlikda adonizin glyukozidi bor. U yurak kasaliklarini davolashda ishlatiladigan preparatdir. Poyasini uchki qismi, guli va xom mevalari bilan birga chilpib olinib, dori tayyorlanadi. Gulizardak respublikamizning Hisor, Farg‘ona tog’‘larida ko‘p o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |