Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Cho‘lyalpiz yoki kiyiko’t



Download 28,52 Mb.
bet99/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Cho‘lyalpiz yoki kiyiko’t (Ziziphora tenuir L.) labguldoshlar oilasidan bo‘lib, bo‘yi 30 sm ga yetadigan bir yillik o‘simlik. Aprel oyida unib chiqadi. May-iyun oylarida gullaydi, gullari och bipafsha rangda bo‘lib, poya bo‘ylab barg qo‘ltig‘ida joylashadi. Mevasi iyul-avgust oylarida to‘liq pishadi. Urug‘i yaxshi unib chiqadi. Yerta bahorda ekilgan cho‘lyalpiz bexato unadi. Cho‘lyalpiz o‘zidan juda xushbo‘y hid taratadi. U yalpiz singari xushbo‘y, faqat dalada o‘sgani uchun cho‘lyalpiz yoki dalayalpiz deb ataladi; ba’zi joylarda kiyiko‘t deb ham yuritiladi. Hozirgacha uning biologiyasi bilan hech kim shug‘ullanmagan. Agar maktab o‘quv-tajriba uchastkalariga, hovlilarga, hatto xonalarga ekib ko‘kartirsa, xushbo‘y hidligi jihatidan rayhondan qolishmaydi. Manzarali, orombaxsh efir moyli o‘simliklardan bo‘lganligi uchun uni ekib keng foydalanish mumkin. Cho‘lyalpiz uncha tuproq tanlamaydi. U yuqori cho‘ldan tortib pastki tog’‘ mintaqasigacha tarqalgan. Asosan adir mintaqasida juda ko‘p o‘sadi. Syernam, syerhosil, soztuproqda, ayniqsa, yaxshi unib chiqadi. U xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Uni gullab to’rgan paytida yig‘ib olib, suvda bir oz qaynatiladi va shamollashda va yo‘talni davolashda foydalaniladi. Ba’zan gullagan cho‘lyalpiz yig‘ib olib quritiladi va qishda suyuq ovqatlarga ziravor sifatida ishlatiladi.
Yuqori adir mintaqasi dorivor o’simliklarining biologiyasi va ekologiyasi
Yuqori adirga dengiz sathidan 900— 1200 m gacha balandlikda bo‘lgan yyerlar kiradi. Respublikamizning anchagina yyer maydonlari yuqori adirda joylashgan. Bu yyer tog’‘ mintaqasiga yaqin bo‘lganligidan baland qirlar, toshloq tuproqli yyerlar, chala buta va buta o‘simliklarining ko‘pligi bilan har aktyerlanadi. Yuqori adirlarning tuprog‘i to‘q, bo‘z tuproqli bo‘lib, shag‘alli va tosh aralash yyerlar ko‘p uchraydi. Tuprog‘i unumdor, gumusga boydir. Yog‘in-sochinning hamma joyda birday tushmasligi, uning tezda pastga oqib ketishi, yozgi issiqlikning kuchli ta’siri tufayli bu yyerlarda efemyer va efemyeroid o‘simliklar juda kam uchraydi. Mavjud tibbiy o‘simliklardan tartibsiz foydalanish tufayli ayrim turlar juda kamayib ketgan. Faqat odam chiqishi qiyin bo‘lgan qiyaliklarda o‘simliklar siyrak holda saqlanib qolgan. Yillik yog‘in miqdori 300—500 mm ni tashkil qiladi. Bu esa cho‘l mintaqasidan 2 marta ortiq, tog’‘ mintaqasidan 2—3 marta kamdir. O‘rtacha oylik harorat 25° ni tashkil qilib, cho‘ldan 2—3° past, tog’‘ poyasidan esa 5—6° yuqoridir. Yog‘inning asosiy qismi qish va bahorda yog‘adi. Yog‘in muddati cho‘lga nisbatan 1—2 oy ko‘p, toqqa nisbatan 2—3 oy kamdir. Havoning nisbiy namligi cho‘lga nisbatan yuqori bo‘lib, yoz oylari (iyun) da 48 % ni, kuz (oktyabr) da 59% ni tashkil etadi. Iqlimiga ko‘ra O‘zbekistonning shimolidagi yuqori adirlar sharqidagidan farq qiladi, ya’ni sharqiy adirlar baland tog’‘larga yaqin bo‘lib, havosi salqin, syernamdir. Shimoliy adirlar esa Qizilqum va Qoraqum cho‘llariga yaqin, shuning uchun havosi quruq, yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. Bu hol o‘sha joyning o‘simliklar dunyosiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Yuqori adirlar uchun har aktyerli bo‘lgan o‘simliklardan quyidagilar bilan tanishamiz:
Rovoch (chukri) (Rheum maximowiczii A. Los.) torondoshlar oilasidan, bo‘yi 2 m ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Barglari 40 sm kattalikda, yo‘g‘on bandlidir. Yirik barglari ildiz oldida doira shaklida joylashgan. Mart oyida ko‘karadi. Dastlab barglari g‘uj holda to‘planib, oqish rangda bo‘lib, keyin esa yashil tusga kiradi. Faqat to‘pgul o‘rnashgan qismidan novdalar chiqadi. U may-iyun oylarida gullaydi. Gul to‘plamlari boshoqsimon, ro‘vaksimon bo‘ladi. Gullari mayda, 6 dona oqish pushti gultojibarglardan iborat. Mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. Mevasi uch qirrali, qanotchali yong‘oqcha bo‘lib, kattaligi 2 sm keladi. Rovoch urug‘idan ko‘payadi. U respublikamizning hamma viloyatlarida ko‘plab o‘sadi. Ayniqsa Nurota, Shahrisabz, Kitob, Chust, Pop, Urgut, Gallaorol va Forish tumanlarida ko‘p. Rovochning etli bandini xalqimiz iste’mol qiladi. Uning barg bandi va gulidan kondityer sanoatida va sabzavot sifatida foydalaniladi. Rovochning ildizi oshlovchi tanid moddasiga boy bo‘ladi. Undan bo‘yoqchilikda hamda dorilar tayyorlashda keng foydalaniladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish