Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Pastki adir mintaqasi dorivor o’simliklarining biologiyasi va ekologiyasi



Download 28,52 Mb.
bet98/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Pastki adir mintaqasi dorivor o’simliklarining biologiyasi va ekologiyasi
Pastki adirning tuprog‘i och va tipik bo‘z tuproqdan iborat. Bunga dengiz satxidan 500—800 m balandlikkacha bo‘lgan yyerlar kiradi. Relefi tekis, qirlardan iborat. Yuqori cho‘l bilan tutash bo‘lgani uchun ham iqlimi keskin kontinental bo‘lib, undan keskin farq qilmaydi. Yozi issiq, qishi sovuq, bahor va qishda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havosining namligi, tuprog‘ining unumdorligi (gumusga boyligi), yyer osti suvlarining yyer yuzasiga yaqinligi tufayli o‘simliklar qoplami ham turli-tumandir. Pastki adirning asosiy o‘simliklari yerta bahorda yashil gilam hosil qiladigan rang va qo‘ng‘irboshdan iborat. Q.Zokirov respublikamizning adir mintaqasiga ta’rif byerib, uni efemyeroid—rang va qo‘ng‘irboshdan iborat bo‘lgan efemyeroidli mintaqa deb juda to’g‘ri aytgan. Efemyeroidlar deb yilning qisqa davrida—bahorda yashab, so‘ng kovjirab qoluvchi ko‘p yillik o‘simliklarga aytiladi. Bahorda yyerlar ko‘m-ko‘k maysalar bilan qoplanadi. Bu ranglardan iborat. U qishdan keyin dalalarni birinchi bo‘lib, rangga — ko‘m-ko‘k tusga bo‘yaydi. Shu sababli xalqimiz uni rang deb atagan. Rang, qo‘ng‘irbosh bilan birga, adir mintaqasidagi qorako‘l qo‘ylarining sevimli ozig‘i hisoblanadi. Quyida pastki adirda eng ko‘p tarqalgan ayrim o‘simliklar bilan tanishasiz.
Qoqio‘t (Taraxacum officinal Web.) murakkabguldoshlar oilasidan, bo‘yi 5— 15 sm keladigan ko‘p yillik o‘simlik. Barglari yyerga to‘shalgan, ko‘m-ko‘k, tuksiz, uzunligi 10—25 sm, eni 3—6 sm keladigan patsimon bo‘lingan, uchki tomoni ancha katta, uchburchak shaklidadir. Qoqio‘t mart oyida ko‘karadi. U ildiz oldi barglar hosil kilib rivojlanadi. Aprel-may oylarida gullaydi. Gullari savatchada joylashgan; o‘simlikning gulbandi etli, kalin tukchalar bilan qoplangan. Gullari och sariq, tig‘iz tukli. Iyun-iyul oylarida urug‘i pishadi. Urug‘i kulrang-qo‘ng‘ir, yuqori tomoni o‘tkir g‘urrali. Ispugi oq, uzunligi 6—7 mm. Qoqio‘t ariq, yo‘l yoqalarida, bedapoyalarda, qishloq, ovullar atrofida ko‘p o‘sadi. Uni mollar kam yeydi. Chunki qoqio‘t ko‘kargan paytda dalada chorva mollarining turli ozig‘i ko‘p bo‘ladi. U dori o‘simliklardan, xalq tabobatida ovqat hazm qilish organlarining ishini tezlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Qoqio‘t gullagunga qadar kishilar oziq sifatida, ko‘ksomsa qilib iste’mol qilishadi.
Isfarak (Delphinium semibarbatum Bienyert) ayiqtovondoshlar oilasidan, bo‘yi 35—75 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Barglari uzun bandga o‘rnashgan. Barg yaprog‘i barg bandidan chiqadi va 5 bo‘lakka bo‘linadi. Ularning har biri yana o‘z navbatida ensiz, ipsimon uzun bo‘lakchalarga bo‘linadi. Ildizi o‘qildiz bo‘lib, tuproqqa ancha chuqur kiradi. U yerta bahorda mart oyida ko‘karadi. Apreldan to iyun oyining oxirlarigacha gullab turadi. Gullari sariq rangda bo‘lib, uzunligi 35—40 sm keladigan to‘pgulga zich joylashgan. Ayrim gullarining uzunligi 2 sm, unda 1 sm uzunlikdagi tikani ham bo‘ladi. Guli 1,5 sm uzunlikdagi gul bandiga o‘rnashgan. Gulbandining bir tomoni tukli bo‘lib, sariq bo‘rtmasi bor. Urug‘i iyul oyida pishadi. U urug‘idan yaxshi unadi. Uning tanasida 0,25—0,75% gacha alkaloid borligi aniqlangan. Alkaloidlardan: delsemin, delsin, delsolin, delfeminlar uchraydi. Bu moddalarning miqdori o‘simlikning gullash davrida yanada ortadi. Isfarakning alkaloidlari organizmga tez va kuchli ta’sir qiladi. Ular markaziy nyerv sistemasining ish faoliyatiga, yurakka va qon bosimining kamayishiga sabab bo‘ladi. Isfarakning gulidan sariq bo‘yoq olinadi. Bo‘yoqning asosini kvarsetin moddasi tashkil etadi. Turkmanistonda undan olingan bo‘yoqdan gilamlarni bo‘yashda keng foydalaniladi. U bo‘z va shag‘al tuproqli yyerlarda yaxshi o‘sadi. Uni maktab o‘quv-tajriba uchastkasida ekib ko‘kartirish va tajriba qilib ko‘rish mumkin.
Oqquray (Psoralea drupacea Bge.) dukkakdoshlar oilasidan, bo‘yi 60— 130 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Poyasi tik o‘sadi, usti bezsimon mayin tukchalar bilan qoplangan. Ildizi baquvvat, yo‘g‘on, tuproqqa ancha chuqur kiradi. U aprel oyida ko‘karadi. Barglari oddiy, ba’zan uch marta patsimon qirqilgan. Bargining uzunligi 2—5 sm, eni 1,5—5,5 sm bargchalari dumaloq, oval shaklida. May-iyun oylarida gullaydi. Gullari oqish binafsha rangda. Gultojisi qisqa bo‘lib, qayiqcha shaklida. Ular siyrak holda to‘planib, uzunligi 10 sm keladigan shoda hosil qiladi. Urugi iyul-sentyabr oylarida pishadi. Dukkaklari buyraksimon shaklda, bir urug‘li, usti momiqday oq tuklar bilan qoplangan; uzunligi 5—5,5 mm, eni 3—3,5 mm keladi. Urug‘lari mayda. Asosan urugidan ko‘payadi. Oqqurayning poyasi yoqimsiz hidli bo‘lib, undan tibbiyotda pes (vitologo) kasalligini davolashda keng foydalaniladi. Gulida shira ko‘p bo‘lgani uchun undan yuqori sifatli asal ham olinadi. U qumloq bo‘ztuproqda yaxshi o‘sadi. Ko‘pincha yo‘l yoqalarida katta-katta maydonlarni egallaydi. Uni mol yemaydi. Ekin dalalarida, ayniqsa lalmikor yyerlarda zararli begona o‘t hisoblanadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish