Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet100/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Gazako‘t (Gentiana oliviyeri Griseb.) gazako‘tdoshlar oilasidan, bo‘yi 10—30 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Poyasi bir necha tik o‘suvchi, tuksiz, ildiz oldida eski barg qoldiqlari bo‘ladi. Barglari yashil, tuksiz, teskari lansetsimon, uchi o‘tmas. Poyadagi barglari qarama-qarshi joylashgan. Ildizi ipsimon tolalardan iborat. Mart oyida ko‘karadi. May-iyun oylarida gullaydi. Gultoji qo‘ng‘iroqsimon, binafsha-ko‘k rangda. Gullari poyasining uchida joylashgan. Urug‘i iyun- iyul oylarida pishadi. Xushbo‘y hidga ega. O‘simlikning butun tanasida shifobaxsh glyukozid moddasi ko‘p bo‘ladi. Gazako‘t xalq tabobatida bezgak kasali va oshqozon-ichak hamda boshqa har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Kishilar uni dasta-dasta qilib quritib, uyning shipiga osib qo‘yadi. Gazako‘t respublikamizning barcha viloyatlarida, adir va tog’‘ mintaqalarida o‘sadi. Madaniylashtirish zarur bo‘lgan o‘simliklardan biridir.
Gulxayri (Althaea rhyticarpa Trautv.) gulxayridoshlar oilasidan, bo‘yi 60—180 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘simlik. Poyasi tik, ko‘p shoxlanmagan, yulduzsimon, tukchalar bilan qalin qoplangan. Barg bandi tukli, bargidan kichik. Barg 3—5 bo‘lakli, chetlari tishli, o‘rtasida yo‘g‘on tomiri bilinib turadi. Mart oyida ko‘karadi. May-iyun oylarida gullaydi. Gullari yirik, shodasimon gulto‘plamini hosil qiladi. Gultoji gulkosasidan 2—3 marta uzun, och binafsha rangli, asosi sariqroq. Mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Mevasining ichida 20—22 ta urug‘i bo‘ladi. Urug‘ining yonlari siqilgan, 3—3,5 mm uzunlikda, qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Gulxayri respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida uchraydi. Ayniqsa, mayda shag‘alli va toshloq yyerlarda ko‘p o‘sadi. U chorvaning asosiy oziqlaridan biri hisoblanadi. Uning poyasidan arg‘amchi va qop to‘qiladigan dag‘alroq tola olish mumkin. Quruq poya og‘irligiga nisbatan xisoblaganda 10% gacha tola byeradi. Bundan tashqari, undan manzarali o‘simlik maqsadlarida ham keng foydalanish mumkin. Gulxayrining biologiyasi hali to‘liq o‘rganilmagan. Xalq tabobatida ildizidan tayyorlangan damlama yo‘talga qarshi dori sifatida foydalaniladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish