http://www.free-powerpoint-templates-design.com
Beton va temir-beton buyumlar texnologiyasi
Haydarov. N.A.
Qmbktjiz@mail.ru
TELEG. 90-297-86-93
MAVZU: ISSIQLIK IZOLYATSIYASI MATERIALLARINING ASOSIY XOSSALARI
REJA
Qurilish materiallarining issiqlik o'tkazuvchanligi material skeleti, g'ovakligiga to'lgan havo va namlikning issiqlik o'tkazuvchanligi funktsiyasidir. Material skeleti amorf moddadan iborat bo'lsa, kristall tuzilishdagi materialga nisbatan issiqlik oqimini kam o'tkazadi. Material g'ovakligida namlik yuqori bo'lsa, issiqlik oqimi tezlashadi. Shuning uchun material g'ovakligining quruq havoga to'lishi maqsadga muvofiqdir. Bu holatda quruq havoning issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti minimal bo'lib. Material g'ovakligi suvga to'la bo'lsa, issiqlik o'tkazuvchanlik havo bilan to'lganga nisbatan 25 marta yuqori bo'ladi.
Qurilish materiali g'ovakligida suvning muzlashi issiqlik o'tkazuvchanlikni keskin oshirada, chunki, muzning issiqlik o'tkazuvchanligi 2,32 Vt/(m.0S) tashkil etadi. Shu sababli qurilish tizimida issiqlik izolyatsiyasi materiallarini namlanishdan va muzlashdan saqlash zarur.Ba'zi qurilish materiallaridan (magnezial bog'lovchili olovga bardoshli buyumlar, metallar) tashqari, ko'pchilik materiallarda harorat ta'sirida issiqlik oqimi tezlashadi. Ushbu holat issiqlik agregatlari va teplotrassalarni izolyatsiyalashda hisobga olinadi va “Qurilish issiqlik texnikasi”QMQ ga asoslanib me'yorlashtiriladi.
Issiqlik izolyatsiyasi materiali o'rtacha zichligi va issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti o'rtasidagi bog'liqlik 1-rasmda berilgan.Umuman, issiqlik izolyatsiyasi materiallari strukturasi amorf moddali skeletga, quruq havoga to'lgan yupqa devorli mayda g'ovaklikka ega bo'lishi maqsadga uvofiqdir.
Иссиқлик ўтказувчанлик, Вт(м.0С)
Ўртача зичлик, кгм3
1-rasm. Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining o'rtacha zichligi va issiqlik o'tkazuvchanligi o'rtasida bog'lanish 1-noorganik materiallar; 2-organik materiallar.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarning siqilishdagi mustahkamligi materialning yuklama (zo'riqish) ta'sirida 10% deformatsiyalanishi bilan aniqlanadi. Bunda buyumning qalinligi 10% o'zgaradi.Materialning siqiluvchanligi muayyan yuklama ta'sirida qalinligini o'zgartirish qobiliyatiga aytiladi. Siqiluvchanligi jihatidan materiallar quyidagicha tavsiflanadi: yumshoq M-deformatsiyalanish 30% yuqori; yarimbikr PJ-deformatsiyalanish 6-30%; bikr J-deformatsiyalanish ko'pi bilan 6%.
Siqiluvchanlik 0,002 MPa solishtirma yuklama ta'sirida siqilishdan hosil bo'lgan
deformatsiya bilan izohlanadi.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,2-2,5 MPa atrofida bo'ladi. Tolali materiallar (plitalar, qobiqlar, segmentlar) mustahkamligi asosan egilishdagi mustahkamlik chegarasi bilan belgilanadi.Noorganik materiallarning egilishdagi mustahkamligi 0,15-0,5 MPa, yog'och tolali pressmateriallarniki esa 0,4-2 MPa bo'ladi. Mineral tolali paxta, shisha tolali paxta, asbest karton kabi egiluvchan issiqlik izolyatsiyasi materiallari cho'zilishdagi mustahkamlik chegarasi bilan xarakterlanadi.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining mustahkamligi bog'lovchining turiga, tayyorlash texnologiyasiga bevosita bog'liq bo'ladi. Ularning mustahkamligi tashish, saqlash, montaj qilish va ishlatilish davrida butunligini kafolatlashi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining suv shimuvchanligi juda katta oraliqda o'zgaradi. Masalan, o'ta yengil penoplastlarning massa bo'yicha suv shimuvchanligi hususiy massasiga nisbatan 20-40 marta katta bo'lishi mumkin. Material g'ovaklari yopiq bo'lsa, suv shimuvchanligi kam bo'ladi.Materiallarning suv shimishi issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlarini keskin kamaytiradi va shu bilan birga mustahkamligini pasaytiradi.
Ularning suv shimuvchanligini kamaytirish maqsadida tarkibiga gidrofobizatsiyalovchi qo'shimchalar qo'shish, yuzasini gidroizolyatsion materiallar bilan qoplash va zichlashtiruvchi moddalarni yuzaki (5-10mm) shimdirish va boshqa usullarni qo'llash mumkin.
Binolar qurilishida issiqlik izolyatsiyasi materiallarining ishlatilishi xonalarni devorlar orqali tabiiy shamollashiga qarshilik qilmaydi.
Turar joy binolarida devorlar va to'suvchi konstruktsiyalar gaz va havo o'tkazuvchan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Namlik yuqori bo'lishi ehtimoli mavjud bo'lgan sanoat binolari issiqlik izolyatsiyasi materiallari bilan qoplanganda xonaning ichki
tomonidan kafolatli gidroizolyatsiya vositalari bilan himoyalanishi kerak.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari yonuvchanligi 800-850 S haroratda 20 daqiqa davomida ushlab turib aniqlanadi.
Har bir material uchun ishlatish ruxsat etilgan harorat belgilangan bo'lib, ushbu chegaradan yuqori haroratda buyumlarning fizik-mexanik xossalari o'zgarishi mumkin. Yonadigan materiallar ishlatilganda ularni yonishdan saqlash chora-tadbirlarini ko'rish maqsadga muvofiqdir.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari bevosita kimyoviy va biologik agressiv muhitlarda ishlatilmasa ham, agressiv gazlar, bug'lar ularni vaqt davomida buzilishiga sabab bo'ladi. Korroziya jarayoni issiqlik izolyatsiyasi materiallariga konstruktiv
xususiyatlar ham berilganda yuz berishi ehtimoli yuqori bo'ladi.
Mineral bog'lovchilar asosidagi issiqlik izolyatsiyasi materiallari odatda kuchsiz kislotalar, ishqorlar, tuz eritmalari va biologik muhitlarga chidamli bo'ladi. Material kuchli kislota va ishqorlar ta'sirida bo'lishi ehtimoliga qarab polimer bog'lovchilarning turi tanlanishi mumkin. Masalan, rangli metallurgiya sexlarida furan, epoksid, fenol-formaldegid polimerlari asosidagi issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlatiladi. Organik bog'lovchilar (yelimlar, kraxmal, karboksilmetiltsellyuloza) va to'ldirgichlar (yog'och, kanop) asosidagi issiqlik izolyatsiyasi materiallari biologik muhitlar ta'siriga, ya'ni mikroorganizmlar, zamburug'lar, chumoli va termitlarga chidamli bo'lishi kerak.
Biologik muhitlarga chidamliligini oshirish uchun issiqlik izolyatsiyasi muteriallari tarkibiga antiseptik moddalar kiritish va namlanishdan himoyalash maqsadga muvofiqdir.
Mineral paxta oson eriydigan tog' jinslari (ohaktosh, mergellar, dolomitlar va boshq.), metallurgiya va yoqilg'i shlaklari (loy va silikat g'isht bo'laklari) asosida olingan shishasimon tolali materialdir. Tolaning diametri 5-15 mkm, uzunligi 2-40 mm bo'ladi. Mineral paxta tayyorlash ikkita asosiy jarayondan iborat: vagrankalarda (shaxtali eritish xumdoni) xom ashyo eritmasini hosil qilish; eritmani tolalarga aylantirish. Vagrankada xom ashyo qattiq yoqilg'i (koks) bilan 1300-14000S haroratda suyultiriladi. Xumdonning tagi qismidagi maxsus teshikdan eritma to'xtovsiz chiqariladi.Xom ashyo eritmasini mineral tolalarga aylantirishning bir necha usullari mavjud bo'lib, asosan ikkita usuli ko'proq ishlatiladi: puflash va markazdan qochirma. Puflash usulida vagranka maxsus teshigidan (letkasi) oqib chiqayotgan eritma suv bug'i yoki siqilgan havo oqimi yordamida tolaga aylantiriladi va sochib yuboriladi.
Markazdan qochirma usulda eritma oqimi vagranka teshigidan sentrifuga diskiga tushadi va tolaga aylantirilib sochiladi. Hosil bo'lgan mineral tola kameradagi to'xtovsiz harakatlanadigan to'r ustiga yig'iladi.O'rtacha zichligiga qarab mineral paxta (kg/m3) 75, 100, 125 va 150 markalarga bo'linadi. Mineral paxta olovbardosh, gigroskopligi kichik va suv muhitiga chidamli, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsienti kichik biologik muhitlarga bardoshli materialdir.
Mineral paxtani tashish, saqlash, ishlatish oson bo'lishi uchun granulalanadi (yumaloqlanadi). U maxsus qog'ozlarga o'ralgan holda tashiladi; devorlar bo'shliqligi, qavatlararo plitalar kovaklari, issiq suv magistrallari va boshqa konstruktsiyalarda issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |