Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


D ag‘al tukli yulg‘un-Tamarix hispida Willd



Download 28,52 Mb.
bet126/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

D ag‘al tukli yulg‘un-Tamarix hispida Willd.


Ko‘p yillik, och yashil buta yoki kichik daraxt. Poyalari qalin bezchali tuklar bilan qoplangan, yosh poyalari qo‘ng‘ir-qizil rangda, keksa poyalari kulrang. Barglari yuraksimon-ovalsimon, o’tkir qalin tuklangan. Gullari och pushti rangda. Ayrimlarida oq, poya va novdalar uchida supurgisimon to‘pgullar hosil qiladi. Gullari 5 azoli, o‘troq. Tojbarglari uzunchoq ellipssimon. Ko‘sagi uch qirrali, 1-3 mm uzunlikda, pushti, qo‘ng‘ir-qizil, tillarang sariq ranglarda. Iyuldan to oktyabrgacha gullab urug‘laydi. Daryo bo‘yi to‘qaylar, yyer osti suvi yaqin bo‘lgan sho‘rxok yyerlarda o‘sadi. O‘zbekistonni barcha viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.
Qobig‘i va barglarida ko‘p miqdorda oshlovchi moddalar saqlaydi. Bargidan olingan shirasi og‘iz yazvasiga davo qilinadi. Po‘stlog‘i kuchli burushtiruvchi xususiyatga ega. Bargidan revmatizmda qo‘llaniladi.
Jiyda (Elaeagnus orientalis L.) jiydadoshlar oilasidan, bo‘yi 3 m ga yetadigan daraxtdir. Tanasi qizg‘ish-kul rang. Barglari tuxumsimon-cho‘zinchoq yoki lansetsimon, uzunligi 1,5—5 sm, eni 7—20 mm, novdalarining uchi ko‘pincha tikanli bo‘ladi. Yosh novdalarining usti va barglari kumushsimon-yaltiroq mayda g‘uborlar bilan qoplangan. Jiyda may oyida gullaydi. Gullari mayda, ko‘rimsiz kumushsimon-oq rangli, juda ham yoqimli hidlidir. Mevasi sentyabr — oktyabr oylarida pishadi. U maydaroq, uzunligi 1—2 sm ga yetadi. U kam et, usti qizg‘ish-sariq tusda. Uning tarkibida 60% ga yaqin qand moddasi bor. Shu sababli ham uning mevasi spirt sanoati uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Uning mevasidan kisel va kompotlar ham tayyorlash mumkin. Jiyda mevasidan mahalliy dori (bolalarni ichi buzilganda qotiruvchi, kizamiqni birmuncha engillashtiruvchi) sifatida foydalanadi. Jiydaning danagida moy ham ko‘p bo‘ladi. Uning yog‘ochi qattiq bo‘lganligidan turli qurilish matyeriallari sifatida keng foydalaniladi.
Maymunjon (Rubus caesius L.) ra’noguldoshlar oilasiga mansub butasimon o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 50— 150 sm gacha bo‘ladi, ko‘pincha yotib o‘sadi; bir yillik novdalari yoysimon egilgan, silindir shaklida, ko‘p tikanli, ba’zan dag‘al tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Bargi uch bargchali, barg bandi tukli va tikanli, bargchalari noto‘g‘ri-tishsimon qirqilgan, oxirgisi tuxumsimom-romb shaklida o‘tkir, ko‘pincha yonidagi barglari ikki bo‘laklidir. Guldor novdalari uzun, ularda to‘pgullar o‘rnashgan bo‘ladi. Mevasi bir qancha danakchali, ko‘kqoramtir ranglidir. U may—iyun oylarida gullaydi. Mevasi iyun-iyulda pishadi. Maymunjon tog’‘ mintaqasining o‘rta qismigacha bo‘lgan joylarda tarqalgan. U ariq va daryo qirg‘oqlarida, zax yyerlarda, to‘qayli hamda toshli qoyaliklarda o‘sadi.
Xalq tabobatida maymunjonning xom mevasidan zotiljam kasalligini, bargidan tayyorlangan qiyomdan esa tomoq og‘rigini davolashda foydalaniladi. Undan oziq-ovqat sanoatida turli konfetlar, yoqimli likyor, spirtsiz ichimliklar, limonadlar ishlab chiqarish mumkin. Uning mevasi tarkibida shakar, efir moyi, tanid, oqsil moddasi, flavonlar, kaliy va fosfor tuzlari, solitsil, olma, chumoli hamda limon kislotalari va C vitamin ko‘p bo‘ladi. Bargi tarkibida esa 300 mg C vitamin bo‘ladi. Maymunjon sifatli asalchil o‘simliklar gruppasiga kiradi.
Qamish (Phragmibs communis (L.) Trin.) boshoqdoshlar oilasidan. Ko‘p yillik, ildizpoyali, o‘sish sharoitiga qarab bo‘yi 2 — 4 m ga yetadi. Uning poyasi tik o‘sadi, tuksiz, silliq va ichi bo‘sh bo‘ladi. Barg novi tekis, bargining eni 5 sm. To‘pgullari ro‘vaksimon, uzunligi 50 sm bo‘lib, pastki bo‘g‘imlari tuklidir. Boshoqchalarining uzunligi 9— 15 mm ga teng. Qamish iyul-oktyabr oylarida gullaydi va urug‘laydi. U ariq bo‘ylarida, daryo qirg‘oqlarida, ko‘l atroflarida hamda to‘qayzorlarda ko‘p tarqalgan. Ba’zan tog’‘ning o‘rta mintaqasida ham uchraydi. O’zbekistonda qamishning tabiiy zahiralari Sirdaryo, Zarafshon va Amudaryo vohalarida uchraydi. To‘qaylarda o‘sadigan qamishzorlarning har gektaridan o‘rtacha 10— 15 t, ba’zan 50— 100 t qamish o‘rib olish mumkin. Hozirgi paytda O’zbekistondagi qamishzor maydonlar bir million gektardan ortiq bo‘lib, ulardan turli maqsadlar uchun foydalanilmoqda. Qamish qoramollar uchun bahor faslida yaxshi oziq o‘simliklardan hisoblanadi. Yoz paytida poyasi yog‘ochlanganligi sababli, hayvonlar uning faqat bargini yeydi. Bu o‘simliklardan yuqori sifatli silos tayyorlash mumkin.
Qamish organik moddalarga va minyeral tuzlarga juda boydir. O‘sish sharoiti va rivojlanish davrlariga qarab, qamish tarkibida C va A vitaminlarning miqdori o‘zgarib turadi. Bahorda (o‘simlik barralik paytida 500 mg % C vitamini bo‘lsa, kuzga borib, uning miqdori 100 mg % ga to‘g‘ri keladi. Farmatsevtikada eng ko‘p C vitamini qamishdan olinadi. Bundan tashqari poyalari va bargidan metil spirti, farmalin olinib dorilar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Ro‘yan – Rubia tinctorum L. Ro‘yan ro‘yandoshlar – Rubiaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 80-100 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik hisoblanadi. Poyasi to‘rtqirrali, qarama-qarshi shoxlangan. Barglari tuxumsimon yoki tuxumsimon-nishtarsimon, tekis qirrali bo‘lib, qisqa bandi yordamida poyasida 4-6 tadan xalqasimon o‘rnashgan. Mayda sarg‘ish-yashilgullari barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan yarim soyabonga joylashib, siyrak ro‘vaksimon gulto‘plamini hosil qiladi. Ro‘yanning mevasi – dumaloq, qora rangli, syershira xo‘l meva. Ro‘yan iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul-sentyabrda yetiladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va MDXning Yevropa qismining janubiy xududlaridagi daryo, kanal bo‘ylarida, to‘qaylarda, daryo bo‘ylaridagi butazorlarda, dalalarda begona o‘t sifatida bog‘larda va madaniy ekinzorlarda o‘sadi. Xom-ashyosi uchun plantatsiyalarda o‘stiriladi.
Tibbiyotda ro‘yanning ildizpoyasi va ildizi keng qo‘llaniladi. Ular yerta baxorda yoki kech kuzda kovlanadi, tuproq va qumlardan tozalanadi, suv bilan yuvib, yiriklarini mayda bo‘laklarga qirqib, quyoshda yoki 45° issiqlikdagi quritgichlarda quritiladi. Ro‘yanning ildizpoyasi bilan ildizi tarkibida 5-6% antratsen unumlari (alizarin, rubyeritrin kislota, purpurin va boshqalar), 15% gacha qandlar, organik (limon, olma, vino va boshqa) kislotalar, pektin va boshqa biologik faol moddalar bor. Ro‘yan o‘simligining yyer ostki organlari siydik xaydash, spazmolitik og‘riqlarni qoldirish ta’siriga ega. Shuning uchun ularning dorivor preparatlari (qaynatmasi, tabletkasi, poroshogi va tabletka xolidagi quruq ekstrakti) siydik -tosh, buyrak-tosh kasalligi, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Ro‘yan ildizpoyasining ekstrakti yuqorida keltirilgan kasalliklarda qo‘llaniladigan sistenal, enatin va boshqa kompleks preparatlar tarkibiga kiradi. Ro‘yan ildizidan tayyorlangan qaynatmani Abu Ali ibn Sino siydik xaydovchi vosita sifatida hamda jigar, taloq shishi va boshqa kasalliklarda ishlatgan. Asal qo‘shib tayyorlangan ildizi qaynatmasi bilan u falajni va nyerv yallig‘lanishini davolagan. Bundan tashqari, ro‘yan ildizidan tayyorlangan qaynatma yoki damlamasi xalq tabobatida podagra kasalligini davolashda buyrak siydik yo‘llari, o‘t pufagi kasalligi va toshlarni tushirish uchun qo‘llaniladi. Asal qo‘shilgan qaynatmasi sariq kasalligida va zexn pastligida ichishga byeriladi.
Qizilmiya, shirinmiya (solodka) – glycyrrhiza L. Qizilmiya turlari dukkakdoshlar – Fabaceae oilasiga mansub bo‘-lib, bo‘yi 50-100 sm bo‘ladigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Qizilmiyaning Markaziy Osiyoda o‘sadigan turlaridan quyidagi ikkita turi – Oddiy qizilmiya, chuchukmiya (Solodka obыknovennaya) – Glycyrrhiza glabra L. va Ural qizilmiyasi Glycyrrhiza uralensis Fisch. Qizilmiya turlarining yyer ostki qismi ya’ni ildiz tizimi yaxshi ta-raqqiy etgan bo‘lib, ko‘p poyali, kalta, yo‘g‘on ildizpoyali. Undan yyer ostida gorizontal va vyertikal novdalar (4-5 m chuqurlikda) tarqaladi. Poyasi bir nechta, tik o‘sadi, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan. Barglari toq patli murakkab, 3-7 juft ellipssimon, cho‘ziq-tuxumsimon yoki nishtarsimon, tekis qirrali bargchalardan tashkil topgan bo‘lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o‘rnashgan. Oqish binafsha rangli, besh bo‘lakli gullari barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqqan shingil gulto‘plamga joylashgan. Qizilmiyaning mevasi o‘roqsimon qayrilgan, bezli tikanchalar bilan qoplangan yoki silliq, pishganda ochilmaydigan, ko‘p urug‘li dukkak. Qizilmiya iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentyabrda yetiladi. Qizilmiya turlari Markaziy Osiyoning cho‘l va yarim cho‘llarida, ayniqsa Turkmaniston, O‘zbekistonning Amudaryo va Sirdaryo bo‘ylarida, Qozog‘istonning Sirdaryo va Ural daryolari hamda Balxash ko‘li bo‘ylari-da, Kavkaz, MDXning Yevropa qismining janubida va Sibirdagi sho‘r tuproqli cho‘llarda, ariq, kanal, daryo va ko‘l bo‘ylarida, begona o‘t sifatida dala va ekinzorlarda hamda qumli qiyaliklarda, to‘qayzorlarda o‘sadi. Xalq tabobatida qizilmiyaning yyer ostki qismi (ildizpoyasi bilan ildizi) qo‘llaniladi. Ularni o‘sadigan joyiga qarab yil bo‘yi (ko‘pincha baxordan kech kuzgacha, Turkmanistonda oktyabr oyidan apreligacha) yig‘ish mumkin. Qizilmiya ildizi belkurak, ketmon, yoki ko‘p o‘sadigan joylarda traktor va plug yordamida xaydab kovlab olinadi, tuproqdan tozalanadi va quritiladi. Ba’zan ildizining po‘stlog‘i po‘kak qismidan tozalanadi va ochiq xavoda quritiladi.
Qizilmiyaning ildizi tarkibida 3,2-24% trityerpen saponin-glisirrizin birikmasi, 4% gacha flavonoidlar, 20% gacha qandlar, 34% gacha kraxmal, asparagin, efir moyi, S vitamini, 6% gacha pektin va boshqa biologik faol moddalar, Ural qizilmiyasi ildizida yana trityerpen saponin – uralenoglyukuron kislotasi mavjud. Ildiz flavonoidlaridan likviritin, likviritozid, likurozid, glabrozid va boshqa birikmalar ajratib olingan. Qizilmiya ildizidan tayyorlangan quyuq va quruq ekstraktlari hamda sharbati nafas yo‘llari kasallanganda balg‘am ko‘chiruvchi, surunkali qabziyatda esa engil surgi dori sifatida qo‘llaniladi. Ildiz preparatlaridan glitsiram – astma, ekzema, allyergik dyermatit va boshqa kasalliklarni, likviriton, likurazid va flakarbon yallig‘lanishga va spazmaga qarshi ta’sirga ega bo‘lganligi uchun me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi hamda yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun
ishlatiladi. Qizilmiya ildizining poroshogi, qirqilgan ildizi, quyuq va quruq ekstraktlari hamda sharbati farmatsevtika amaliyotida xab dori tayyorlashda, suyuq dori shakllari va choy-yig‘malarning ta’mini yaxshilash uchun qo‘llaniladi. Ildizining poroshogi surgi dori sifatida ishlatiladigan murakkab qizilmiya poroshogi, ekstrakti nafas yo‘llari kasalligida qo‘llaniladigan eliksir, qirqilgan ildiz bo‘lakchalari o‘pka kasalliklarida ishlatiladigan balg‘am ko‘chiruvchi hamda siydik xaydovchi va ich yumshatuvchi choylar-yig‘malar tarkibiga kiradi. Qizilmiya ildizi xalq tabobatida qadimdan turli kasalliklarni davolashda keng ishlatib kelingan. Abu Ali ibn Sino bu o‘simlikning ildizi bilan buyrak, qovuq va me’da yallig‘lanishi hamda isitma, o‘pka kasalliklarini davolagan.
Xalq tabobatida qizilmiya ildizidan tayyorlangan qaynatma ko‘krak og‘rig‘i, ko‘kyo‘tal, nafas qisishi, tomoq qurishi, me’da -ichak (me’da va ichak yallig‘lanishi, qabziyatda) va boshqa kasalliklarda ichiladi. Ildizining qaynatmasi yana yo‘tal va nafas olish yo‘llari shamollaganda balg‘am ko‘chiruvchi hamda siydik xaydovchi va surunkali qabziyatda engil surgi dori sifatida qo‘llaniladi. Qizilmiya o‘simligining ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo, kvas kabilar tayyorlashda) hamda texnikada, to‘qimachilik, kimyo sano-atida va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoklarida keng foydalaniladi.

S harq iloncho‘pi-Lomonos vostochnыy-Clematis orientalis L.


Ko‘p yillik, ilashib o‘suvchi buta. Poyasi uzun (4-5 m). Barglarining jingalagi bilan boshqa daraxt va butalarga ilashib o‘sadi. Barglari och yashil, siyrak tuklangan bo‘laklarga bo‘lingan bo‘ladi. Tekis yoki tishchali o‘yiqli gullari sarg‘ish yoki yashil-sarg‘ish, tashqi tomoni qizg‘ish, supurgisimon siyrak to‘pgullarga ega, kosacha barglari 13-20-(25) mm uzunlikda. Urug‘lari 2 mm uzunlikda, (3-8 sm) ustunchaga ega. Iyun-sentyabrda gullab, iyul-oktyabrda urug‘lari yetiladi. Cho‘l hududlari, to‘qaylar va tog’‘larni o‘rta mintaqasigacha bo‘lgan qismlarida o‘sadi.
Toshkent, Andijon, Farg‘ona va respublikaning qolgan boshqa viloyatlarida ham tarqalgan.
Tabobatda o‘simlikning bargi va poyalari bilan birgalikda tanadagi oq dog‘lar bor joylarga bog‘lanadi. Gullagan vaqtida kuchli zaharli hisoblanadi va bu vaqtda hayvonlar iste’mol qilmaydi.

Meyyer kyermak sovuni- Limonium Meyyeri (Boiss.) O.Kuntze.


Ko‘p yillik, balandligi 40-80-(150) sm. Ildizi yo‘g‘on. Barglari och yashil, tuxumsimon, 15-25-(40) sm uzunlikda va eni 5-8-(12) sm. Gul to‘plami supurgisimon, gullar soni kam, boshoqchasimon gullar yig‘indisidan iborat. Boshoqchalari 5 mm uzunlikda, 2-3 ta gullardan iborat. Kosachasi 3,5-4,5 mm uzunlikda. Tojbarglari ko‘k-binafsha rangda.
Iyul-oktyabrda gullaydi, avgust-sentyabrda urug‘i yetiladi.
Asosan sho‘rxok joylarda, ko‘llar, ariqlar, to‘qayzorlarda o‘sadi. Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarda tarqalgan.
Ildizini qaynatmasi qon ketishini to‘xtatuvchi sifatida qo‘llaniladi.

O ddiy lizimaxiya-Lysimachia vulgaris L.


Ko‘p yillik, ildizpoyasi yaxshi rivojlangan. Poyasi tik o‘suvchi, aniq bo‘lmagan qirrali, balandligi 60-100 sm, poya va novdalari qalin barglar bilan qoplangan, uchki qismi gul to‘plami bilan tugallanadi. Barglari qarama-qarshi joylashgan, ayrim holda qalqonsimon, uzun nashtarsimon, chetlari tekkis, 7-10 sm uzunlikda va eni 1,5-4 sm, bandlari 1,5-3,5 mm uzunlikda. Gullari supurgisimon to‘p gullar hosil qiladi. Kosachasi keng qo‘ng‘iroqsimon, 3-4 mm uzunlikda. Tojbarglari ochiq-sariq, diametri 16-18 mm, ko‘sagi yumaloq. Iyun-iyul oylarida gullaydi, avgust-sentyabrda urug‘lari yetiladi. To‘qaylarda, botqoqli joylarda, ariqlar qirg‘og‘ida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Gul va barglaridan turli qon tupurishda, qonli ichburug‘da, kuchli menstruatsiyada qo‘llaniladi.

O‘rmalovchi boltiriq-Cardaria repens (Schrenk) Jarm.


Ko‘p yillik, poyasi tik o‘suvchi, yuqori qismidan shoxlanuvchi, balandligi 15-50 sm. Barglarini chetlari arrasimon tishchali. Guli qalqonsimon, qisqa to‘pgullarda joylashgan. Kosachasi tuksiz, yashil, 2 mm uzunlikda. Tojbargi oq, uzunroq, kosachasidan 2 bor uzun. Urug‘ tutqichlari bukilganroq, ingichka, 10-12 mm uzunlikda. Dukkagi sharsimon, 4 chanoqli, ingichka, 10-12 mm uzunlikda, 4-5 mm enlikda, ustunchasi 1,5 mm uzunlikda. Aprel-may oylarida gullaydi va may-iyunda urug‘lari yetiladi. To‘qay, ekinzorlar, bog‘larda begona o‘t sifatida o‘sadi. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida o‘sadi.
T abobatda tyeridagi yaralarga kompres qilinadi. Ko‘krakdagi og‘riqlar paytida ichiladi.

B eggyeri na’matagi- Rosa beggyeriana Schrenk.


Ko‘p yillik, bo‘yi 1-2,5 m bo‘lgan buta o‘simlik. Tikanlari ikkitadan barglar asosini oldida joylashgan 5-7 mm uzunlikda, uchlari bo‘kilgan asosini oldida joylashgan 5-7 mm uzunlikda, uchlari bukilgan. Barglari 5-7-9 tali tog’‘ bargchali murakkab bo‘lib, chetlari 9-12 tadan tishlarga ega. Gullari ko‘p sonli bo‘lib, qalqonsimon yoki supurgisimon to‘p gullar hosil qiladi. May-avgust oylarida gullab, iyul-oktyabrda mevasi yetiladi. To‘qaylarda va tog’‘larning o‘rta mintaqalarigacha tarqaladi. Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida tarqalgan.
Mevasi vitaminlarga boy, oqsillar almashinuvini yaxshilaydi, suyak iliklarini faoliyatini tiklaydi, oshqozon yallig‘ida, suyaklar singanda, kam qonlikda, organizmni tiklashda qo‘llaniladi.

O ddiy talxak (afsonak)- (gorchak)-Vexibia alopecuroides (L.) Bunge.


Ko‘p yillik, poyasi bittadan, tik o‘suvchi, shoxlangan, mayin tuklar bilan qoplangan, balandligi 70 sm, barglari 8-20 sm uzunlikda, 8-13 ta juft bargchali, uzunchoq tuxumsimon, tekkis chetli, 25-35 mm uzunlikda va eni 10 mm, kumush rang tuklangan. Gullari poyani uchida qalin joylashgan shingil gullar to‘plamida, 30 sm uzunlikda, o‘tkir tishchali. Tojbarglari sarg‘ish oq, 17-20 mm uzunlikda gulni yelkani ovalsimon 6-7 mm kenglikda. Qayiqchasi 4 mm enlikda. Dukkagi 6-10 sm uzunlikda va eni 6 mm. Urug‘i sariq, tekkis, tuxumsimon.
Aprel-may oylarida gullaydi, iyun-iyul oylarida urug‘i yetiladi.
To‘qaylarda, ariqlar bo‘ylarida, ekinzorlar qirbog‘ida, qumlik yyerlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro (Qorako‘l tumani) viloyatlarida tarqalgan.
Inson va hayvonlar uchun zaharli. Urug‘ida sofaralin, sofaridin va allopyerin alkaloidlari bor. Maydalab tuyulgan urug‘lari oqozon xastaliklarida va ishtaxa ochish uchun oz miqdorda ichiladi. O‘simlikning hamma qismidan qaynatma tayyorlanib xayvonlarning og‘iz bo‘shlig‘idagi zulo‘qlarning tushurish uchun qo‘llaniladi.

S ho‘rxok shildirboshi (Shildirmiya, sho‘r bo‘yan)- Sphayerophysa salsula (Pall) DC.


Ko‘p yillik, ildizi yo‘g‘on 4-7 mm, poyasining balandligi 45-80 sm, 4-5 mm yo‘g‘onlikda, ikki uchli tuklar bilan qoplangan. Bargi tog’‘ bargchali murakkab, 4-8 sm uzunlikda, bandi 1-2 sm uzunlikda, barglari 5-9 juftdan, elippissimon. Gullari g‘ishtrang pushti, qalin shingilga to‘plangan uzunligi 3-10 sm. Kosachasi 4-6 mm uzunlikda kulrang, yelkani yumaloq 10-13 mm uzunlikda va eni ham bir xil. Dukkagi 8-16 mm enlikda, bandi 6 mm uzunlikda . Urug‘i ko‘p sonli qora qo‘ng‘ir. May-iyunda gullab, iyul-avgust oylarida urug‘lari yetiladi. Zax joylarda, sho‘rxok yyerlarda, to‘qay va ariqlar bo‘ylarida o‘sadi. Buxoro, Samarqand Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.
Yyer ustki qismidan qon bosimi oshganda, akushyerlik amaliyotida tug‘ishni tezlatish va tug‘ishdan so‘ngi qon ketishini to‘xtatish uchun qo‘llaniladi.

Y opishqoq qumrio‘t (chakamug‘)-Galium Aparine L.


Bir yillik, poyasi aniq 4 qirrali, balandligi 30-100 sm, bo‘g‘inlari yo‘g‘onlashgan va tuklangan, pastga qaragan tikanli. Barglari halqasimon 6-8 tadan joylashgan, 2,5-6 sm uzunlikda va eni 3-6 mm. Tojbarglari yashil-oq, juda mayda tugunchasidan 2-2,5 marotaba kalta. Urug‘i 4-5 mm uzunlikda va eni 3-4 mm, to‘q-qo‘ng‘ir rangda va tikansimon tuklar bilan qoplangan. Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyulda urug‘lari etiladi. Nam, toshli daryo o‘zanlarida, to‘qaylarda, daralarda o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
O‘simlikni yyer ustki qismidan qon ketishini to‘xtatishda va burishtiruvchi xususiyatlaridan foydalaniladi.

Qorako‘l qumrio‘ti- Galium karakulense Pobed.


Ko‘p yillik, poyalari yastanib o‘suvchi, shoxlangan, balandligi 30-80 sm, to‘rt qirrali, bo‘lish qismida dag‘al tuklarga ega. Barglari 4 tadan qolqonsimon joylashadi, 1,5-2,5 sm uzunlikda va eni 0,5-0,7 sm. Gullari siyrak, supirgisimon to‘pgullar hosil qiladi. Tojibarglari oq 1.5 mm uzunlikda va eni 2 mm. Urug‘lari 1.5 mm va eni 1,5 mm. May-iyunda gullab, iyul-avgustda urug‘lari yetiladi. To‘qaylarda, nam joylarda, tog’‘larni o‘rta qisimlarida, tekkisliklarda, sholipoyalarda begona o‘t sifatida o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Andijon va Surhondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Ildizi va ildizpoyasini qaynatmasi buyrak va siydik yo‘llari xastaliklarida, yyer ustki qismi yara, chipqon, jaroxatlar va tyeridagi toshmalarni davolashda qo‘llaniladi.

D ag‘al kanop (kendir)- Apocynum seabrum Russan. (Trachomitum scabrum. (Russan.) Robed.)


Ko‘p yillik, poyasining balndligi 1-1,5-6 m. Tik o‘suvchi, shoxlangan. Barglari kalta bandli, qarama-qarshi joylashgan, ayrim hollarda aralash, lentasimon nashtarsimon, 3-8 sm uzunlikda va eni 0,4-2 sm, chetlari tishchali. Gullari poyani uchida, kam gulli, qalqonsimon to‘pgul hosil qiladi. Kosachasi 2 mm uzunlikda, kalta, qalin tuklangan. Tojibarglari pushti, 5-6 mm uzunlikda. Urug‘i qo‘ng‘ir rangda, uzunchoqroq 3 mm uzunlikda. May-oktyabr oylarida gullab urug‘laydi. Daryolarni bo‘ylaridagi daraxtzorlar va butazorli to‘qaylarda, tog’‘larni 2000 m bo‘lgan balandlikdagi soylar, bo’loqlar atrofidagi toshli shag‘alli joylarda o‘sadi. Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.
Tabobatda urug‘idan ajiratib olingan yog‘lari yaxshi ta’sir etuvchi siydik xaydash xususiyatiga ega. Bundan tashqari salyotirlarni xaydashda ham qo‘llaniladi.

R us qarochingili (qalqon jingil)- Lycium ruthenicum Murr.


Ko‘p yillik, syer tikan buta, balandligi 70-150 sm, syer shox, o‘tkir tikanlar bilan qoplangan. Barglari o‘troq och yashil etli, teskari, nashtarsimon, 0,5-2,5 sm uzunlikda va eni 1-3 mm. Kosachasi 3-5 mm uzunlikda, qo‘ng‘iroqsimon, besh tishchali. Tojibarglari 13-15 mm uzunlikda, oq voronkasimon, yuqori qismi keng, naychali ko‘kish rangda. Mevasi qizil, diametri 5-8 mm. Urug‘i ko‘p sonli buyraksimon shaklda, burchakli 2 mm uzunlikda.
Aprel-iyulda gullab, iyul-avgust oylarida urug‘lari yetiladi. To‘qayzorlarda, sho‘rxok pastliklarda o‘sadi. Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda tarqalgan. Pishib etilgan urug‘i oshqozon yallig‘lanishida, nafas olish qiyinlashganda va sariq xastaligini davolashda ishlatiladi. Mevasi zaharli shuning uchun ishlatilmaydi.

Govpechak (arhar o‘ti)- Calystegia sepium (L.) R.Br.


Ko‘p yillik, mutloq yalang‘och (tuksiz), ochiq yashil, balandligi 2-3 m. Barglari nayzasimon uchli, ikki bo‘lakli, kalta bandli. Gullari uzun barglari qo‘ltig‘idan bitta yoki ikkitadan hosil bo‘ladi. Kosacha bargi nashtarsimon, uchli, 12-15 mm uzunlikda. Tojibarglari oq 4.5-5 sm uzunlikda, tuksiz. Ko‘sagi sharsimon, 9-10 mm diametrda. May-avgust oyida gullab, iyun-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog’‘larni pastgi qismida, to‘qaylar, bog‘lar va daryolar qirg‘og‘ida o‘sadi. Farg‘ona Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.
X alq tabobatda ildizida qatronlar ko‘p bo‘lganligi uchun ishlatiladi. Yyer ustki qismidan qurutib tayyorlangan talqoni suvli yaralar va kuyganda suvli pufakchalarga sepilib quritiladi.

L emann zarpechagi (chirmovguli)- Cuscuta Lehmanniana Bunge.


Bir yillik, poyasi chilvirsimon, yo‘g‘onligi 2 mm shoxlangan ayrim holda qirr ali, qizg‘ish-qo‘ng‘ir, tuksiz, tekkis. Gullari och-pushti, o‘troq yoki 3 mm uzunlikdan tutqichlarida, gul to‘plari uzunligi 8 mm boshoqsimon Kosachasi yarim sharsimon, 2-3 mm uzunlikda, rangdor. Tojibargi varonkasimon, kosachadan ikki marta uzun. Tugunchasi tuxumsimon, yo‘g‘on, kalta, ustunchali. Kosachasi tuxumsimon, 5-6 mm uzunlikda va eni 4-4,5 mm, yaltiroq, 3-4 ta urug‘li. Urug‘i 3 mm uzunlikda sariq qo‘ng‘ir ranglarda. Iyun-sentyabr oylarida gullab, urug‘laydi. Asosan buta daraxtlar va o‘simliklar ildizida parazitlik qiladi. To‘qayzorlar, kanal, ariq va soylarni qirg‘og‘ida o‘sadi.
Xalq tabobatida ushbu o‘simlikning qurug‘i maydalab boshqa o‘simliklar bilan qo‘shib asab xastaliklarida va aqldan ozganlikni davolashda qo‘llashadi. Qurutilgan o‘simlikning maxorka qilib nafas yo‘llarini xirrillashganda bo‘g‘imlar revmatizmi, zaxm (sifilis) va tyeri yaralarini davolashda qo‘llaniladi.

B ir yillik shuvoq (Bo’rgan,sassiq kapa)- Artemisia annua L.


Bir yillik, poyalarini uchki qismi tuklangan, poyasi bittadan, asosidan ko‘p shoxlangan, qobirg‘ali, qizg‘ish, balandligi 30-100 sm. Barglari tuxumsimon 3-5 sm uzunlikda, ikki-uch marotaba bo‘laklangan, chetlari arrasimon tishchali. Savatchasi 2-2.5 mm kenglikda, sharsimon, o‘troq. Gullari sariq, mayda, tuksiz. Urug‘i qo‘ng‘ir, 0,5 mm uzunlikda. Sentyabr oyida gullab, oktyabr oyida urug‘lari yetiladi.
To‘qaylarda, tashlandiq yyerlarda va ekinlar orasida o‘sadi. O‘zbekistonni barcha sug‘oriladigan yyerlarida tarqalgan.
Bargidan olingan shirasi bilan tyeridagi qichima, yiringli yaralar va boshqalarni, yyer ustki qismidani tayyorlangan damlamasi bilan ishtaxa ochishda, revmatizmda, sibir yazvasida, bezgak xastaliklarida qo‘llaniladi.

J ussan shuvog‘i (yermon)- Artemisia absinthium L.


O‘simlikni hamma qismi kulrang-kumushsimon, gullar bilan qoplangan. Poyalari ko‘p sonli, ayrim holda bittadan, tik turuvchi, yuqori qismidan shoxlanadi, balandligi 60-100 sm. Ildiz oldi barglari uzun bandli, uch bora qirqilgan, uzunligi 20 sm. Gullari supurgisimon to‘pgullar hosil qiladi. Savatchasi sharsimon, 2-4-(5) mm enlikda,40-90 gulni o‘z ichiga oladi. Gul o‘rni botiq, urg‘ochi gullari ipsimon naysimon, ikki jinsli gullari keng naysimon, sariq. Urug‘lari qo‘ng‘ir rangda, 1 mm uzunlikda. May oyida gullab, sentyabrda urug‘lari yetiladi. To‘qaylarda, ariqlar qirg’og‘ida, tashlandiq yyerlarda, tog’‘ni o‘rta qismidagi bo‘lgan hududlarda o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Damlamasi, surmasi va quyuq ekstrakti ishtaxa ochuvchi va ovqat xazm qilishga yordam byeruvchi vosita sifatida hamda jigar, o‘t qopi va gastirit kasalliklarida qo‘llaniladi.

K anada maydatojbargi (qulonquyruq)- Yerigyeron canadensis L.


Bir yillik, yuqori qismidan shoxlanuvchan, tuklar bilan qoplangan. Balandligi 25-120 sm. Barglar ko‘p sonli yashil, nashtarsimon, chetlari tekkis. Gullari supurgisimon to‘pgul hosil qiladi. Savatchalari ko‘p sonli, mayda 3-5 mm diametrda. Tangachali barglari nashtarsimon, uchli tuksiz yoki siyrak tukli. Tilchali gullari ko‘p qatorli, 3,5 mm uzunlikda, oq. Gul o‘rni tuksiz, ochiq-sariq to‘rt tishchali ayrim hollarda uch tishchali. Urug‘i uzunchoq, ochiq-kulrang, 1,5 mm uzunlikda, siyrak tuklangan. Maydan-sentyabrgacha gullab urug‘laydi. To‘qay, ariqlar bo‘yida, ekinzorlarda keng tarqalgan begona o‘t. O‘zbekistonni barcha viloyatlarida keng tarqalgan.
O‘simlik tarkibida efir moylari bo‘lib, bachadondan qon ketishini to‘xtatish uchun 5-10 tomchidan ishlatiladi. Qaynatma damlamasidan ko‘z og‘rig‘ida, soch to‘kilishida va tyeri yaralari yuviladi.

Dorivor sarsabil- Asparagus officinalis L


Ko‘p yillik, poyasi 70-150 sm balandlikda shoxlangan, o‘rta va yuqoridagi poya barglarini ostkisida kalta pixlari bor. Mevasi sharsimon qizil.
May-iyun oylarida gullab, iyun-iyul oylarida mevasi yetiladi.
Toshkent, Namangan, Qashqadaryo viloyatlarida, daryo o‘zanlarida, to‘qayzorlar va qum barxanli cho‘llarda uchraydi.
Tibbiyotda ildizpoyasi ildizi va yosh novdalari bilan birga ishlatiladi. Ildiz poyasi bilan ildizining qaynatmasi xalq tabobatida siydik yo‘llari kasalliklarini davolash uchun yurakning tez urishini maromiga keltiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Sars’abil ekstrakti qon bosimini pasaytirish, yurak urishini sekinlashtirish va siydik xaydash ta’siriga ega ekanligi tajribada aniqlanadi. Hozir buyrak va yurak kasalliklarida ishlatishga tavsiya etilgan.

K alta bargli sarsabil -Asparagus brachyphyllus Turcz.


Ko‘p yillik, poyasi bukilgan holda chirmashib o‘sadi shoxlangan balandligi 50-150 cm ko‘p sonli poyalar yo‘g‘onligi 05-07 mm. Gullari poya va novdasidagi barg qo‘ltiqlarida bittadan joylashgan. Gul tutqichlar uzunligi 10-15 mm uzunlikda. Gullari qo‘ng‘iroqsimon 6-7 mm uzunlikda novdasi qizil sharsimon diametri 5-7 mm. Mayda gullaydi va iyunda mevalari pishib yetiladi.
To‘qayzorlarda kulrang tuproqlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro viloyatlarida tarqalgan.
Tibbiyotda ildizpoyasi ildizi va yosh novdalari bilan birga ishlatiladi. Tarkibida saponinlar, asparagin, karotin moddalari bor. Ildizpoyasi bilan ildizining qaynatmasi xalq tabobatida istisno, qovuq yallig‘lanishi siydik yo‘llari kasalliklarini davolash uchun hamda siydik haydovchi va yurakning tez urishini maromiga keltiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish