Nazorat savollari?
1.O‘zbekistonning joylashishi qanday?
2.O’zbekistonning tabiiy sharoiti, tabiati, relefi, iqlimi haqida ma’lumot byering?.
2.O’zbekiston o’simliklarining mintakalar bo’yicha joylashishi va geografik bo‘linishi?
3.O‘zbekistonda o‘simliklarbning balandlik mintaqalarining ekologik hususiyatlari?
18-mavzu: Dorivor o’simliklarni muxofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish
Reja
1. O’zbekiston florasida dorivor o’simliklarni kamayib ketish sabablari
2. Dorivor o’simliklarni muhofaza qilish bo’yicha qonun va qarorlar
Atrof-muxitni o‘simliklar olamini muhofaza qilish insoniyat uchun juda katta hayotiy ahamiyatga ega. Insoniyat tabiatdan foydalanar ekan, uning asrlar davomida shakllangan tabiiy manzarasini o‘zgartirmoqda, unga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligining rivojlanib borishi, tabiiy maydonlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi ekologik muvozanat buzilishiga olib kelmoqda. Natijada o‘simliklarning kamayib ketish xavfi tug‘ilmoqda. Bu esa o‘simliklar dunyosi genofondining qisqarishiga sabab bo‘lmoqda. Har qanday turning yo‘qolishi boshqa noxush oqibatlarga olib kelishi aniq. Ta’kidlash joizki, yovvoyi o‘simliklar qishloq xo‘jaligida ekiladigan madaniy navlarni yaratishda birlamchi asos sifatida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10–12 foizini tashkil etadi. Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik – yetmak, dorivor o‘simlik – bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan. Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimizdir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka yerishgach, atrof-muhitni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratildi. 1992 yil 9 dekabrda "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, 2004 yil 3 dekabrda "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi qonunlar, 2016 yil 21 sentyabrda "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida", 2018 yil 16 aprelda esa "O‘rmon haqida"gi qonunlar yangi tahrirda qabo’l qilindi. Bu qonunlar barcha o‘simlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab-avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |