Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘zbekistonda o‘simliklarning balandlik mintaqalari



Download 28,52 Mb.
bet133/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

O‘zbekistonda o‘simliklarning balandlik mintaqalari.
Yyer yuzasi mutlaq balandligi oshgan sari iqlimning o‘zgarishi tog’‘larda o‘simliklarning balandlik mintaqalanishiga olib keladi. Biz quyida balandlik mintaqalari o‘simliklarini akad. Q. Zokirov tasnifi bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.
Adir (tog’‘ oldi) mintaqasi O‘zbekistonda dengiz sathidan 400-500 m dan 1200 m gacha, respublika janubida 1600 m gacha bo‘lgan tog’‘ oldi tekisliklarini o‘z ichiga oladi. Bu tog’‘ oldi hududlarining relefi notekis, tuprog‘i bo‘z tuproq, cho‘lga nisbatan yog‘in birmuncha ko‘p yog‘adi, yyer osti suvlari ko‘proq, o‘simliklar qoplamining asosiy qismini rang va qo‘ng‘irbosh tashkil etadi. Adirlarning bo‘z tuproqlaridagi nam miqdori iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘lganligidan vegetatsiya davri uzoq davom etadigan o‘simliklar uchun ancha noqulay. Adir mintaqasining o‘simliklarini E.P.Korovin ikki tipga bo‘ladi: efemyerlar tipi va tog’‘ dashtlari-savannalari tipi.
Efemyerlar tipi adirning pastki zonasida keng tarqalgan. Asosan chala cho‘l har aktyeridagi o‘simlik turlaridan iborat. Pastki adirlarning mutlaq balandligi 400 m dan to 600-800 metrgacha boradi, tuprog‘i och va oddiy bo‘z tuproqlardan iborat. Asosiy o‘simliklari rang va qo‘ng‘irbosh bo‘lib, yerta bahorda yashil gilam hosil qiladi. Pastki adirda efemyerlardan yana no‘xatak, sariq yo‘ng‘ichqa, yaltirbosh, lolaqizg‘aldoq, chitir, kelin supurgi, momiq, ko‘p yillik o‘simliklardan oqquray, cho‘l yalpizi, karrak, qo‘ziquloq, mingbosh, qo‘ypechak, qoqio‘t, mayinshuvoq kabilar ham ko‘p tarqalgan. Pastki adir nam bilan yarim ta’minlangan lalmidir.
Yuqori adirlarning balandligi O‘zbekistonda 600-800 m dan 1000-1200 – 1600 metrgacha boradi. Bu yyerlarda nuroq jinslar, tub tog’‘ jinslari yyer yuziga chiqib yotadi, asosan to‘q bo‘z tuproqlar tarqalgan.
Yuqori adirdagi o‘simliklar tog’‘ dasht-savanna o‘simliklaridan iborat. Ko‘pchilik mutaxassislar yuqori adir o‘simliklarini «bug‘doyiqli» har xil o‘tlar o‘sadigan quruq dasht o‘simliklari tipi deb yuritadilar.
Yuqori adirda ksyerofit xususiyatli har xil o‘tlar bo‘lib, ular orasida bug‘doyiq eng keng tarqalgan. Ular orasida efirli o‘t-tog’‘ yalpizi, efemyeroidlar-chuchmoma, lola, shirach, murakkab guldoshlardan sariq andiz, soyabonli guldoshlardan fyerullaning bir necha turi o‘sadi. Yuqori adirda o‘sadigan ko‘p yillik o’simliklar ildizidan qandolatchilikda foydalaniladi.
Yuqori adirda soylarda, syersuv toshloq yyerlarda butalardan qo‘shyaproq, zirk, na’matak; daraxtlardan bodom, ayrim joylarda pista, do‘lana o‘sadi. Do‘lananing mevasi qandga, yog‘ga boy, unda olma kislotasi ham anchagina, shuning uchun u kondityer sanoatida keng ishlatiladi. Po‘stlog‘idan va bargidan bo‘yoq olib, undan to‘qimachilik sanoatida foydalaniladi. Do‘lana shifobaxsh o‘simlik hamdir. Uning guli, mevasidan tayyorlangan dorilar yurak faoliyatini yaxshilashda, qon bosimining ortishiga qarshi va boshqa kasalliklarni davolashda keng ishlatiladi.
Yuqori adirda lalmi ekinlar uchun nam yetarli, bu yerlarda asosan bahorikor dexqonchilik qilinadi. Yuqori adirning yaylov sifatidagi va pichan yig‘ib olishdagi ahamiyati ham katta. Har gektar yerdan 10-50 sentnyer atrofida sifatli pichan yig‘ib olish mumkin.
Adir mintaqasi asosan uzumchilik, bog‘dorchilik mintaqasi hisoblanadi. U o‘simlikka boyligi hamda dehqonchilik va chorvachilik uchun qulayligi bilan ajralib turadi.
Tog’‘ mintaqasiga O‘zbekistonda dengiz sathidan 1200-1600 metrdan 2700-2800 metrgacha bo‘lgan balandliklar kiradi. Bu mintaqa gumid iqlimi, syersuv daryolari, jigar rang, qo‘ng‘ir va kul rang tuproqlari, notekis relefi bilan adirlardan ajralib turadi. Tog’‘ mintaqasi o‘simliklari asosan tog’‘ dashtlari, tog’‘ keng bargli o‘rmonlari, tog’‘ igna bargli o‘rmonlari o‘simliklari tiplarga bo‘linadi.
Tog’‘ dashtlari tog’‘ mintaqasining pastki va qisman o‘rta qismlarini (1200-2000 m ) egallagan. Bu yyerlarda, asosan boshoqlilardan bug‘doy, betaga, chalov, ismaloq, qaltiq, qo‘ng‘irbosh, ikki pallalilardan qo‘ziquloq, astragal, bo‘tako‘z, shuvoq kabilar keng tarqalgan. Ko‘p yillik efemyeroidlardan lola, piyozgul, shirach, chuchmoma, boychechaklar, butalardan na’matakning bir necha turi, zirk, uchqat, tobo’lg‘a, bodomchalar ham uchraydi. Na’matakzorlar asosan G‘arbiy Tyanshan, Zarafshon, Turkiston tog’‘larida 1500-2000 metr balandliklarda keng tarqalgan.
O‘zbekiston tog’‘larida bargli o‘rmonlar Ugam, Piskom, Chotqol, Farg‘ona va Hisor tog’‘ tizmalarida uchraydi. Ularda asosan olma, tog’‘olcha, yong‘oq, bodom, do‘lana kabi mevali daraxtlar va shuningdek, bir necha tur zarang, tyerak, tol, qayin, chetan kabilar o‘sadi. Hisor tog’‘larida yovvoyi holda o‘sadigan anor, anjir, xurmo va chilonjiyda ham uchraydi. Bargli o‘rmonlarda yong‘oqzorlar keng tarqalgan. Qorjantog’‘, Ugam, Piskom, Chotqol, Hisor tog’‘ tizmalarida 900-1500 metr balandlikdagi syernam yonbag‘irlarda ancha qalin tabiiy yong‘oqzorlar mavjud. Ular relikt yong‘oqzorlar bo‘lib, asosan qo‘ng‘ir tuproqli shimoliy, shimoli-sharqiy yonbag‘irlarda, soylarda hamda tog’‘ daryolarining tyerrasalarida joylashgan. Yong‘oq mag‘zida yog‘, oqsil, qand, A,B,C vitaminlari va mikroelementlar bor. Yong‘oq bargidan ta’sirchan fitonsid va efedra ajralib turadi, shu sababli yoz oylarida uning tagida yotib qolish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston tog’‘larida olma, do‘lana, zarang, tyerak va qayin o‘rmonlari ham mavjud.
Tog’‘ mintaqasining yuqori qismida (2000-2700 m) ignabargli o‘rmonlar uchraydi. Bunday o‘rmonlarda qarag‘ay, pixta, qizil archa, savr archa va o‘rik archa o‘sadi. Qoraqarag‘ay, pixta o‘rmonlari Chotqol tog’‘larida uchraydi. Archalar dengiz sathidan 1000 m dan 2700 m gacha bo‘lgan balandlikda o‘sadi. Quruq toshloqli bo‘z va qo‘ng‘ir tuproqlarda savr archa, subalp mintaqasida o‘rik archa uchraydi. Eng qurg‘oqchilikka chidamlisi-qizil archadir. Pastki tog’‘dagi siyrak archa o‘rmonlari Zarafshon archasidan, yuqorida esa o‘rik archadan tashkil topgan.
Archa sekin o‘sadi, 40 yoshida bo‘yining balandligi 2-2,5 metrga boradi. 100 yoshga kirganda archalar bo‘yi Boysun tog’‘larida 20-25 metrga, tanasining diametri 1-1,5 metrga boradi. Archa yog‘ochi qurilishda, qalam, har xil buyumlar ishlash, o‘tin va pista ko‘mir tayyorlashda ishlatiladi. Archaning kichik shoxlarida efir moyi bo‘ladi. Shuning uchun archa bargi va yog‘ochi xushbo‘y hid taratib turadi. Tog’‘ archazorlarining melioratsiya ahamiyati ham katta. Archa ostida yig‘ilgan barglari yaxshi nam saqlab, yer osti suvini to‘yintiradi, tuproqning yuvilishiga yo‘l qo‘ymaydi, seldan saqlaydi.
Archa o‘rmonlari O‘zbekistonda 0,5 mln. gektardan ko‘proq bo‘lgan. Hozir ularning ko‘pi kesilib ketgan va shu kunda archa o‘rmonlarining maydoni 105 ming gektarni tashkil qiladi xolos. O‘zbekistondagi yog‘och zahirasining 30-35 % ini tashkil qilgan archadan xalq xo‘jaligida foydalanganda uni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ham qo‘llash zarur. Hozirgi kunda katta archazorlar Ohangaron vodiysida, Turkiston tizmasida, Qashqadaryo va Surxondaryo havzalarining yuqori qismida mavjud. 1976 yilda Turkiston tog’‘ tizmasining shimoliy yonbag‘irlarida Jizzax xalq bog‘i tashkil etilgan bo‘lib, uning maydoni 56000 gektarga teng. Xalq bog‘ida archazorlar muhofaza qilinadi.
Archazorda archa uncha qalin o‘smaganidan quyi yarusda o‘t va butalar o‘sadi. Butalardan uchqat, zirk, na’matak, olg‘i va boshqalar ko‘p. O‘t o‘simliklari turlari tog’‘ dashtlaridagiga o‘xshash.
Hozirgi vaqtda barcha tog’‘ o‘rmonlari o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan nazorat qilinadi va qo‘riqlanadi hamda kengaytirib boriladi.
Yaylov mintaqasi O‘zbekistonda 2700-2800 m balandlikdan boshlanadi va doimiy qorlar zonasigacha davom etadi. Bu mintaqa o‘simliklar qoplami ekologik sharoiti, iqlimi, tuprog‘i va boshqa belgilariga ko‘ra ikki kichik mintaqaga: quyi (subalp) va yuqori (alp) yaylovlari mintaqalariga bo‘linadi. Bu mintaqaning iqlimi unda buta va darahtlarning o‘sishi uchun imkon byermaydi.
Quyi yaylovga dengiz sathidan 2700-2800 metrdan to 3000-3200 metrgacha bo‘lgan yyerlar kiradi va ular o‘rtacha nam talab qiluvchi o‘simliklarning ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari yyer bag‘irlab o‘suvchi mayda daraxtlar, past bo‘yli buta va chala butalar ham ko‘p o‘sadi. Yyer yuzasini ko‘pincha boshoqlilar va chim hosil qiluvchi o‘simliklar qoplagan bo‘ladi. Quyi yaylovda eng ko‘p tarqalgan va uning uchun xos bo‘lgan o‘simliklar chetan, akantalimon, shashir, karrak, yyerqo‘noq, tog’‘shashir, yorangul, betaga, gulizardak kabilardan iborat.
Yuqori yaylov O‘zbekistonda dengiz sathidan 3000-3200 m balandlikdan boshlanib doimiy qorlargacha davom etadi. Bu yerda o‘simliklar qoplamining asosiy qismini ksyerofit o‘t o‘simliklar, tashkil qiladi. Shu bilan birga dasht o‘simliklari, mezofit o‘simliklar ham o‘sadi. Navro‘zo‘t, arpao‘t, ajriqbosh, yaylovrang yaylovning asosiy o‘simliklaridir. Bu kichik mintaqada buta va daraxtlar umuman o‘smaydi, lekin yostiqsimon o‘simliklar uchrab turadi, tuprog‘ining yuza qismi esa asosan chim hosil qilib o‘suvchi o‘simliklar bilan qoplangan.
Yaylov mintaqasida o‘sadigan o‘simliklar juda to‘yimli bo‘lganligi sababli yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.
Akademik Q.Z. Zokirov o‘simliklar tarqalishi qor chizig‘i bilan chegaralanadi. Uning balandligi Piskom havzasida 3600 m, Qashqadaryoda 3820 m, To‘polongda 3860 m, Sangardikda 3850 m ga teng.
Intrazonal o‘simliklar zonallik va mintaqalanish qonuniyatlariga qat’iy bo‘ysinmaydigan, bir necha zonada, turli balandlik mintaqalarida ham uchraydigan o‘simliklardir. O‘tloqlar, botqoqlik, voha va to‘qaylarning ayrim o‘simliklari ana shunday intrazonal o‘simliklardir.
O‘tloq o‘simliklari- o‘tlarning muayyan guruhidan tashkil topgan. O‘zbekistonda o‘tloqlar daryo bo‘yi o‘tloqlari, to‘qay o‘tloqlari, tog’‘ o‘tlari, subalp va alp o‘tloqlariga bo‘linadi.
To‘qay o‘tloqlarida bug‘doyiq, soxta qamish, sho‘ra, ajriq o‘sadi, ular daryolarning asosan quyi oqimidagi to‘qaylarda uchraydi.
Tog’‘ o‘tloqlari tog’‘larning siyrak o‘rmonli Quyoshga teskari yonbag‘irlarida uchraydi va u yyerlarda shambala, o‘tloq qo‘ng‘irboshi, yaltirbosh, choyo‘tga o‘xshash o‘tlar o‘sadi.
Botqoqlik o‘simliklari O‘zbekistonda daryolarning qayirlarida, qisman yaylov mintaqasida uchraydi. O‘zbekistonda asosan qamishli botqoqliklar mavjud bo‘lib, ular tekislik daryolarining qayirlarida tarqalgan.
Vohalar kishilarning ko‘p yillik mexnati bilan o‘zlashtirilgan, madaniylashtirilgan landshaftlardir. Vohalarda madaniy o‘simliklar bilan birga «begona» tabiiy o‘tlar ham o‘sadi. Ular madaniy ekinlar bilan birga o‘sib, ular hosilining kamayishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekistonning o‘zida 500 turdan ortiq «begona» o‘tlar mavjud. Eng ko‘p uchraydiganlari g‘umay, ajriq, kakra, sachratqi, qo‘ypechak, oqbosh, qamish kabi ko‘p yilliklar va ituzum, sho‘ra, semizo‘t, kurmak, bo‘z tikan, chatir, sutlama singari bir yillik o‘tlardir. Shu bilan birga vohalarda parazit o‘simliklar-zarpechak, devpechaklar ham o‘sadi.
O‘zbekiston florasida dorivor o‘simliklarning 577 turi borligi aniqlangan. Respublika hududidagi o‘simliklarning 90 % i ozuqabop o‘simliklardir. O‘rtacha yillik o‘simlik oziqasining zahirasi qumli yaylovlarda 3-5 sentnyergacha, Ustyurtning gipsli yaylovlarida 2-4 sentnyergacha, qishki va kuzgi yaylov sifatida foydalaniladigan sho‘rxoklarda 2-4 sentnyergacha, adirlarda 8-10 sentnyergacha, tog’‘larda 10-15 sentnyergacha, yaylov mintaqasida 10-12 sentnyergacha, to‘qaylarda 12-16 sentnyergacha, qamishzorlarda 115 sentnyergacha boradi. Syertalab ozuqabop o‘simliklarga solodka, yantoqning bir qancha turi, qiyoq o‘t va boshqalar kiradi.
O‘zbekistonning o‘rmon fondi 1995 yil 1 yanvar ma’lumotlariga ko‘ra 9211,5 ming ga bo‘lib (shu jumladan o‘rmonlar 2776 ming ga), uning 85,4 % cho‘l zonasida, 13 % tog’‘larda, 0,8 % vodiylarda, 0,8 % to‘qaylarda joylashgan. O‘zbekistondagi ekilgan o‘rmonlarning umumiy maydoni 514,8 ming ga bo‘lib, bo’lar yong‘oq, pista, bodom kabi 40 dan ortiq turdagi buta va daraxtlardan iborat. Respublikada o‘rmonlardan oqilona foydalanish, ularni qo‘riqlash va qayta tiklash, ihota daraxtzorlari barpo etish bilan o‘rmon xo‘jaliklari shug‘ullanadi. O‘zbekistonda dastlabki o‘rmon xo‘jaligi 1873 yilda hozirgi Chirchiq o‘rmon xo‘jaligi o‘rnida tashkil etilgan. O‘zbekistonda 1996 yili 91 ta o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, qo‘riqxonalari va milliy bog‘lar bo‘lgan.
Respublikaning o‘rmon xo‘jaligi korxonalarida yiliga 50-60 ming m3 yog‘och, shu jumladan 2 ming m3 dan ziyoda binokorlikka yaroqli yog‘och, 300 tonnadan ko‘proq turli o‘simlik, buta, daraxt urug‘lari tayyorlanadi. O‘rmon xo‘jaliklarida 36 tadan ziyod yovvoyi dorivor va oziq-ovqat o‘simliklari tayyorlanadi va 700 tonnadan ziyod xomashyo yetkazib byeriladi.
O‘simlik O‘zbekiston hududida nam tutuvchi, daryo suvini bir me’yorda saqlab turuvchi, tuproq, grunt yuvilishining oldini oluvchi, qumlarni mustahkamlovchi hamda havoni toza saqlab turuvchi muhim omil bo‘lish bilan birga nafosat ahamiyatiga ham ega.
Inson mehnat faoliyati bilan biogeotsenozlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda, ekologik muvozanatda o‘zgarish yuz byerib, ba’zi o‘simliklar turi kamayib bormoqda. Natijada hozir O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklarning 10-12 % yoki 400 turi muhofazaga muhtoj bo‘lgan noyob turga aylanib qoldi. Ba’zi o‘simliklar keskin kamayib ketib, ularning yo‘qolib ketishi xavfi tug‘ilgan (lola, yetmak, anzur piyoz, zira, sumbo’l).

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish