Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 1,16 Mb.
bet75/127
Sana26.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#706298
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)

MIS. Mis o‘simliklarning rivojlanishi uchun zarur mikroelemeitlardan biridir. Uning zarurligi oziqaviy eritmadagina emas, balki dala sharoitida ham aniq ko‘rinadi. O‘simliklarda o‘rtacha miqdori 0,0002 foiz yoki 0,2 mg/kg atrofida. Bu miqdor o‘simlik va tuproq turiga bog‘liq. Mis tuproqda sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar shaklida, tuproqning organik moddalari bilan bog‘liq holda uchraydi. Muhitning ishqoriyligi qancha yuqori bo‘lsa, o‘simliklarga shuncha kam o‘tadi. O‘simliklar misni tuproqdan kation (Cu) shaklida o‘zlashtiradi. O‘simlikning yosh o‘suvchi qismlarida va urug‘larida ko‘p bo‘ladi. Masalan, g‘o‘za organlarida: barglarida mis 2;5 mg/kg, poyasida 1,0 mg/kg, chanog‘ida 4,8 mg/kg, chio‘g‘itida 4,2 mg/kg va tolasida 0, 2 mg/kg. O‘simlik barglaridagi umumiy misning 70 foizi xloroplastlarda va yarmi slastotsianin fermenti tarkibida uchraydi. Plastotsianin fermenti fotosintez jarayonida elektronlarni tashish vazifasini bajaradi. Mis bir qator muhim fermentlar (askarbotoksidaza, polifenolokdaza, ortodifeniloksidaza va triozinazalar) tarkibiga kiradi. Bu mikroelement azot almashinuvida ham ishtirok etadi. Nitratreduktaza fermntining tarkibida ham bor. Xlorofillning sintezi jarayonidd mis ham faol ishtirok etishi aniqlangan. Mis vitaminlarni faollashtiradi, uglevod va oqsillar almashinuvini kuchaytiradi. Keyingi yillardagi izlanishlar o‘simliklarning qurg‘oqchilikka, sovuqqa va issiqqa chidamliligini oshirishda ham misning ahamiyati borligini ko‘rsatdi. Mis yetishmasligidan o‘simliklarning o‘sishi, gullashi to‘xtaydi. Barglarda xloroz boshlanadi. G‘allasimonlarda boshoqlar rivojlanmay qoladi. Mevali daraxtlarning uchlari quriydi. Mis o‘g‘itlari, ayniqsa, botqoq tuproqlarda yaxshi natija beradi. CHunki bunday tuproqlarda uning miqdori juda oz. o‘g‘itlar sifatida mis sulfat tuzi, mis eritish zavodlarining chiqindilari ishlatilishi mumkin.
MOLIBDEN. Tuproqda molibden silikatlar tarkibida uchraydi. O‘simliklarga anion (MoO4) shaklida o‘tadi. Molibden dukkakli o‘simliklarda eng ko‘p (0,5-2Omg/kg) quruq massa va g‘allasimonlarda ozroq (0,2-2,0 mg/kg) to‘planadi. O‘simliklarning yosh qismlarida va barglarida ko‘p to‘planadi. Molibden molekulyar azotning fiksatsiyasini ta’minlovchi mikroorganizmlar uchun juda zarur. Dukkakli o‘simliklar ildizidagi bakteroidlardagi nitroenaza fermentining faol markaziga mis kiradi va bu fermentning faoliyaligini kuchaytiradi. Umuman, dukkakli o‘simliklarga molibden ko‘proq kerak. Molibdenning oshiqchasi ham zararlidir. Masalan, em-xashaklar tarkibida molibdenning miqdori 20 mg/kg dan ko‘p bo‘lsa, xayvonlarga zararli ta’sir etadi.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish