Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 1,16 Mb.
bet1/127
Sana26.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#706298
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BOTANIKA KAFEDRASI


O‘SMLIKLAR FIZIOLOGIYASI
fani bo‘yicha
O‘ Q U V - U S L U B I Y M A J M U A

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar


Ta’lim sohasi: 140000 – Tabiiy fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5630100 – Ekologiya va atrof muhit muhofazasi
FARG‘ONA – 2021
  1. MA’RUZA MATERIALLARI



1-Mavzu: KIRISH. O‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI FANI PREDMETI VA VAZIFALARI.
Reja:
1. O‘simliklar fiziologiyasi fanining vazifasi va maqsadi.
2.O‘simliklar fiziologiyasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.O‘simliklar fiziologiyasi fanining tarixi.
4. Hozirgi zamon fiziologiyasining asosiy muammolari.


Tayanch iboralar: Fiziologiya, fotosintez, nafas olish, hujayra, chidamlilik, tajriba usullari, nishonli atomlar, elektron mikroskop, barg, poya, organik modda, noorganik modda,mineral e’lementlar, oqsil, fibrilyar, globulyar, denaturatsiya, peptid, polipeptid, albuminlar, xromoproteid, lipoproteid, metalloproteid, glikoproteid, nukleoproteid, aminokislotalar, DNK, RNK, fitonsid, fitoaleksin.
.
1. O‘simliklar fiziologiyasi fanining vazifasi va maqsadi.

O‘simliklar fiziologiyasi o‘simliklar tanasida sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, murakkab qonuniyatlar va xodisalar zanjirini o‘rganuvchi fandir. Fotosintez, nafas olish, suv rejimi va tiriklik asosini tashkil etuvchi boshqa hayotiy kechinmalarni o‘rganish, tahlil qilish va ularni odam uchun foydali tomonga o‘zgartirish, ya’ni yuqori va sifatli hosil olish mazkur fanning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shu ma’noda o‘simliklar fiziologiyasi agronomiya fanlarining nazariy asosini tashkil etadi. Chunki fiziologiya sohasida erishilgan har bir yutuq o‘simlikshunoslikda ham yangi muvaffaqiyatlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, keyingi yillarda bu sohada erishilgan ijobiy natijalar: suvdan tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida sug‘orish ishlarini tartibli yo‘lga qo‘yish, mineral va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish, o‘sish va rivojlanishni boshqarish, tashqi sharoitning noqulay omillariga o‘simliklar chidamliligini oshirish kabi ishlarning hammasi o‘simliklar fiziologiyasining yutuqlariga asoslangandir.


K.A.Timiryazev o‘simliklar fiziologiyasining maqsadi o‘simlik tanasidagi hayotiy hodisalarni o‘rganish va tushunish hamda shu yo‘l bilan o‘simlik organizmi kishi hoxishiga qarab o‘zgaruvchi, undagi hodisalarni to‘xtata olish yoki aksincha, ro‘y berishga majbur qilish, xullas, o‘simlikni kishi ixtiyoriga bo‘y sundirishdan iborat, deb yozgan edi.O‘simliklar fiziologiyasida asosiy ish usuli tajribadir. Fiziolog o‘simlik hayoti haqida etarli darajada aniq va to‘la tasavvur olish, unga hos bo‘lgan qarama-qarshiliklarni ochish, ularni o‘simlik tanasining umumiy rivojlanishida qanday ahamiyatga ega ekanligini aniklash maqsadida laboratoriya va dala amaliyoti usullaridan foydalanadi. Shuningdek o‘simlik hayotini tabiiy omillar ta’sirisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. K.A.Timiryazev aytganidek, fiziolog eksperimental yoki nazariy tushunchaga ega bo‘lish uchun hayotiy hodisalarning taxlili bilangina qanoatlana olmaydi, u organizm tarixini ham o‘rganishi kerak.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish