Laboratoriya ishlarini bajarishda amal qilinadigan umumiy qoidalar



Download 267,89 Kb.
bet1/5
Sana20.12.2022
Hajmi267,89 Kb.
#891606
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-laboratoriya mashg\'uloti (1)


KIRISH

Mamlakatning energetik salohiyatini oshirish, elektr energiyasidan foydalanish, hamda yangi elektrotexnik qurilmalardan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ko‘lamda foydalanish iqtisodiy yuksalish darajasini belgilaydi. Zamonaviy kurilishni elektr energiyasi va elektrotexnik qurilmalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Elektr energiyasi qurilishda turmush va ishlab chikarishning barcha sohalaridagi kabi, energiyaning eng muhim va eng ko‘p ko‘llaniladigan turiga aylangan. Qurilishdagi avtomatizatsiya va mexanizatsiya jarayonlarining asosini elektrotexnik mashinalar va asbob-uskunalar tashkil etayapti. Elektrtexnika va elektronika asoslari fanini yaxshi o‘rganish uchun har xil elektrotexnik masalalarni yechishda analitik va tajriba usullari bor. Tajriba usullari laboratoriya mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi.


Laboratoriya mashg‘ulotlarida eng avvalo talabalar:
1) Eng muhim elektrotexnik asboblar, apparatlar va mashinalarning tuzilishi va harakteristikalari bilan tanishadilar;
2) Elektrotexnik qurilmalarni berilgan rejimda sozlash va boshqarish usullarini o‘rganadilar;
3) U yoki bu amaliy masalani yechishda ma’lum elektrotexnik qurilmaning qay darajada ishlashi va ularning ishga yaroqlilik darajasini aniqlash malakalarini oladilar.
Laboratoriyada talabalar elektr ta’minoti sxemalari, yuklamalar grafiklari, elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari bilan tanishadilar va tadqiq qiladilar.

Laboratoriya ishlarini bajarishda amal
qilinadigan umumiy qoidalar
1. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun o‘quv gruxidagi 3-4 talabadan iborat brigadalarga bo‘linadi. Brigadalar navbat bilan rejada ko‘rsatilgan barcha ishlarni bajaradilar. Laboratoriya mashg‘ulotlarini nazariy material o‘rganilgandan so‘ng boshlash maqsadga muvofiqdir.
2. Laboratoriyadagi 1-mashg‘ulotda talabalar elektrotexnik qurilmalar bilan ishlashda amal qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishadilar. O‘qituvchi tomonidan elektrotexnika laboratoriyasining ichki tartiblari bilan tanishtirilgach, so‘ng har bir talaba, xavfsizlik texnikasidan “Yo‘riqnoma” degan nazorat varaqasiga imzo qo‘yadilar.
3. Har bir laboratoriya ishini bajarishni boshlashdan oldin talaba savollar bo‘yicha o‘z bilimini tekshiradi. Agar qoniqarli baho olsagina talaba laboratoriya ishini bajarishga qo‘yiladi
4. Oraliq savollari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan va laboratoriya mashg‘ulotida bo‘lmagan talabalar, qo‘shimcha darslarda laboratoriya bajaradilar. Qo‘shimcha darslarda ham, laboratoriya mashg‘ulotini boshlashdan oldin umumiy tartib bilan topshiradilar. Agar qayta topshirishda ham oraliq natijasi qoniqarsiz baholansa, u holda talaba o‘qituvchiga og‘zaki topshiradi.
5. Har bir talaba quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
a) qo‘llanma bo‘yicha laboratoriya ishi matnini puxta o‘rganib chiqish;
b) laboratoriya ishining elektr sxemasini chizib olish;
v) bajariladigan laboratoriya ishiga tegishli nazariy ma’lumotlarini ko‘rsatilgan adabiyotlardan o‘rganib chiqish.
6. Ishni bajarishdan oldin har bir talaba tegishli laboratoriya ishida qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bilan tanishib, ularning pasportida beriladigan kattaliklar bo‘yicha jadval tuzadilar. Bu jadvalda asbobning nomi, nominal kattaliklari, sistemasi, aniqlik klassi, zavoddan chiqqan nomeri aniq ko‘rsatiladi. O‘lchov asboblari strelkalarining boshlang‘ich holati nolda bo‘lishini albatta tekshirish zarur.
Asbob strelkasini nolga keltirish laborant yoki o‘qituvchi ishtirokida bajarilishi lozim.
7. Sxemani sodda, ulovchi o‘tkazgich simlarini kesishgan joylarini kamroq hamda tekshirish uchun qulay qilib yig‘iladi. Birinchi navbatda tok zanjirlari yig‘iladi, undan so‘ng kuchlanish zanjirlari yig‘iladi.
8. Sxemani albatta o‘qituvchi yoki laborant tekshirishi shart. Sxemaning to‘g‘ri yig‘ilganiga ishonch hosil qilingandan so‘ng, laborant yoki o‘qituvchi ishtirokida sxema tarmoqqa ulanadi yoki sxemaga kuchlanish beriladi.
9. Laboratoriyada nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlash zarur. Ishni bajarayotgan vaqtda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishiga e’tibor berish kerak. Zanjirga kuchlanish berilganda izolyatsiyasiz simlarga, klemmalarga qo‘l bilan tegish qat’iy man qilinadi. Ayniqsa induktiv g‘altaklari, kondensatorlari bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirlari bilan ishlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak, bunday zanjirlarda topshiriqni bajarish davomida rezonans hodisasi ro‘y berishi mumkin. Bunday zanjirlardagi kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan ancha katta bo‘lishi mumkin.
10. Hamma o‘lchash va hisoblashlar bajarilgach, olingan natijalar o‘qituvchiga ko‘rsatiladi, agar o‘lchash va hisoblash natijalari to‘g‘ri va yetarli bo‘lsa, ishni tugatish mumkin. Undan so‘ng sxema tarmoqdan ajaratiladi va uni dastlabki holatga keltiriladi. LATR, RNO lar boshlang‘ich holatga keltirilib qo‘yiladi, simlar yaxshilab taxlanib o‘z joylariga qo‘yiladi.
11. Har bir laboratoriya ishi bo‘yicha talabalar hisobot tuzadilar. Hisobotni har bir talaba mustaqil, laboratoriyada ko‘rsatilgan namunaga asosan tuzadi. Hisobot ko‘k rangli ruchkada yoziladi, grafik va diagrammalar millimetrovkaga qalam yoki sterjin bilan lineyka va sirkul yordamida chiziladi.
12. Hisobotda quyidagilar bo‘lishi kerak:
1) institut va kafedraning nomi, talabaning familiyasi va ismi, gruppasi va yo‘nalishi.
2) A4 formatdagi qog‘ozga: chapdan 30 mm, o‘ngdan 10 mm, tepadan va pastdan 15 mm tashlagan holatda yozilishi kerak.
3) ishning nomi va nomeri.
4) laboratoriya ishining maqsadi.
6) elektr sxemalar, albatta standart bo‘yicha chizilgan bo‘lishi kerak.




Download 267,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish