Oddiy qarag‘ay (Pinus silvestris L.) bo‘yi 30-40 m, diametri 1 m bo‘lgan daraxt. Qulay sharoitlarda 600 yilgacha yashaydi. Tanasining po‘stlog‘i qalin va vertikal yoriqli bo‘lib ostki tomoni qo‘ng‘ir, yuz tomoni to‘q sariq yoki qizg‘ish rangda. Tanasidan va shoxlaridan yupqa po‘stloq ajralib turadi. Daraxt doira shaklida siyrak shox-shabba hosil qiladi. Qarag‘ayzorlarda pastki shoxlari qurib, to‘kilib ketadi. Voyaga yetgan qarag‘ayning shox-shabbasi tuxumsimon bo‘ladi.
Novdalari tuksiz, g‘isht yoki sarg'ish rangda. Kurtaklari 6-12 mm uzunlikda, cho‘zinchoq tuxumsimon, qizg‘ish, g‘isht rangda bo‘ladi. Qishda smola bilan qoplanadi. Qarag‘ay bahorda o‘sa boshlab, ikki xil novda chiqaradi: ulardan biri uzun bo‘lib, qo‘ng‘ir rang tangachalar bilan qoplangan, ikkinchisi tanga bo‘lib, uchidan bir juft ninabarg chiqaradi, barglari 3-7 sm, qattiq, cheti tishli kul rangda, ular daraxtda 3- 6 yil saqlanadi. 0 ‘sishdan to‘xtashi bilanoq novdaning uchki va yon qismlarida kurtaklar hosil bo’ladi. Ninabarglarida smola va efir moylari bor. Ular daraxtning sovuqqa chidamligini oshiradi.
Yozda o‘sa boshlagan barglar qo‘ltig‘ida changchi va urug‘chi qubbalar rivojlanib, kelgusi yil mart-aprel oylarida changlanadi. Changchi qubbalari mikrosporachi barglar yig‘indisidan iborat bo’lib, tuxumsimon boshoq hosil qiladi va novdada spiral holda joylashadi. Qubba o‘zak va uning ostidan yuqorigacha spiral shaklda joylashgan tangachasimon mikrosporachi barglardan iborat. Har qaysi mikrosporachi bargning ostida bir juft mikrospora joylashadi. Mikrosprora ichida juda ko‘p mikrospora yoki chang hosil bo’ladi. Qarag‘ay mikrosporalari (changlari) yumaloq shaklda bo’lib, yon tomonida ikkita pufaksimon bo‘rtma chiqadi. Bu esa changning havoda tarqalishiga yordam beradi. Urug'chi qubbalar uzun yosh novdalar uchida bittadan yoki ikkitadan hosil bo’ladi. Ular ham changchi qubbalarga o’xshash o’zak va tangachabarglardan iborat. Qubbada rivojlanayotgan urug‘kurtak tuxumga o‘xshash tanacha bo’lib, unda hosil bo’ladigan arxegoniyda tuxum hujayra rivojlanadi. Urug'kurtak yetilgan vaqtda unga chang (mikrospora) tushib, urug‘ yo‘li (mikropili) orqali o‘zagiga (nutsellusga) o ‘tadi. Bu yerdan mikrospora o ‘sib chang
naychasiga aylanadi va o’zakning ichiga kiradi. Bu naychaning antirediy hujayralari bo’linib generativ va bazal hujayralar hosil qiladi. Generativ hujayra ikkita sperma hosil qiladi. Ulardan biri kelgusi yil bahorda tuxum hujayra bilan qo‘shilib uni urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayradan murtak hosil bo’ladi. Undan urug‘ rivojlanadi. Shunday qilib changlangandan keyin ikkinchi yil kuzda qubba yetiladi, bu paytda uning bo‘yi 3-6 sm, eni 2-4 sm ga yetadi. Yetilgan qubbaning urug’lari to‘kilib qanotchali bo’lgani uchun shamolda tarqaladi. Urug’i oq, qo‘ng‘ir va qora rangda, tuxumsimon, usti nihoyatda silliq bo’ladi. 1000 dona urug’larining og’irligi
6 g atrofida.
Oddiy qarag‘ay faqat urug‘idan ko‘payadi. Urug‘i sepilgandan keyin 15-20 kunda unib chiqadi (90%). Qarag‘ayning bir yoshli nihollarida o‘q ildiz rivojlanib, poyasiga nisbatan 3-4 marta uzun bo’ladi. Unumdor tuproqda o‘q ildizi yerga chuqur kirib, so‘ng yon ildizlar chiqaradi. Qarag‘ay 10 yoshidan 40 yoshigacha tez o ‘sadi. Yaxshi iqlim va tuproq sharoitlarida 80 yoshlik qarag‘ayning bo‘yi 30 m gacha yetadi. Quruq, sernam yoki botqoq tuproqlarda, qora tuproqli mintaqada yaxshi o'smaydi. U tog‘li mintaqalarda yaxshi o‘sadi. Sayan tog’larida dengiz sathidan 1500 m gacha dengiz sathidan baland bo‘lgan joylarda ko‘p tarqalgan. U Kavkaz va Qrim tog‘larida ham yaxshi o‘sadi. Qarag‘ayzorlarda yana qora qarag‘ay, tilog‘och, kedr va yaproqbargli daraxtlardan eman uchraydi.
Ninabarglilar asosan sernam mintaqa o'simligidir. Ular Yevrosiyoning shimolida va Shimoliy Amerikaning ko‘proq shimoliy hududlarida, ayrim turlari tropik mamlakatlarda ham uchraydi. Oddiy qarag‘ay sovuqqa va issiqqa chidamli daraxt, lekin havoning quruqligidan zararlanadi. Shox-shabbasining siyrakligi uning yorug‘sevar o’simlik ekanligidan darak beradi. Qarag‘ay botanika bog‘ida o‘stirilganda 10 yoshida bo‘yi 4,5 m ga yetgan, har yili o ‘rtacha 55 sm dan o ‘sgan. Oddiy qarag‘ay o‘rmon mintaqasida ko‘p tarqalgan bo‘lib, MDHning o’zidayoq 150 mln gektar maydonni ishg‘ol qiladi. Tuproq namini saqlab qolish maqsadida qarag‘ayzorlar barpo qilingan va ihota qatorlari yaratilgan. Uning yog‘ochi pishiq va texnikaviy xossasi juda yuqori bo‘lganligidan xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga
ega. Undan kemasozlikda, vagonsozlikda va mebel ishlab chiqarishda hamda bochka taxtasi va faner ishlashda foydalaniladi. Qarag'aydan kanifol va skipidar olinadi. Uning po‘stlog‘ida oshlovchi va gumin moddalar bor. Bargida S vitamini bor. Qarag‘ay havoni turli mikroblardan tozalaydigan fitonsid modda chiqarib turadi.
Oddiy qarag‘ay havoning ifloslanishidan qattiq zararlanadi. Shuning uchun aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish tavsiya etilmaydi. Faqat tog‘ qiyaliklarini ko‘kalamzorlashtirish va o‘rmon melioratsiyasida foydalanish mumkin. O’zbekiston tog‘ o‘rmonlarida, Chotqol tog‘-o‘rmon meliorativ tajriba stansiyasida oddiy qarag‘ay asosida yaratilgan qarag'ayzorlar o’sishi va rivojlanishiga ko‘ra Rossiyada o‘sib turgan qarag'ay o ‘rmonlaridan qolishmaydi, shu sababli, ushbu tajribani tog‘li hududlarga tatbiq etish xalq xo‘jaligiga katta foyda keltiradi. Bu yyerda (1100-1300 m dengiz sathidan balandliklarda )40-50 yillik qarag‘ay daraxtlari 25-30 m balandlikkacha o‘sib,28-35sm diametr hosil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |