Nerv sistemasi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari tananing oldingi qismida to‘planib, qo‘sh tugunmiya gangliysini hosil qiladi. Gangliydan orqa tomonga nerv tomirlari ketadi. Tomirlar nerv tolalaridan va ular bo‘ylab joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Ayrim ichaksiz kipriklilarning nerv sistemasi bo‘shliq ichlilarnikiga o‘xshab diffuz (tarqoq) joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Miya gangliysi tananing oldingi qismida joylashgan statotsist ishini boshqaradi. Bunday sodda nerv sistemasining murakkablashuvi quyidagicha sodir bo‘ladi. Dastlab tarqoq nerv hujayralari tartib bilan joylashib, nerv tomirlarini va ularni birlashtiiib turadigan ko‘ndalang belbog‘ komissuralarni hosil qiladi. Nerv gangliysi yiriklashib borgan sari nerv sistemasi markaziy qismining ahamiyati ortib boradi. Bir vaqtning o‘zida nerv sistemasi parenximaga chuqurroq botib kira boshlaydi. Buning natijasida, tarqoq nervlardan hosil bo‘lgan bo‘ylama nerv tomirlarining soni 5-6 juftdan 1-3 juftgacha qisqaradi, ya’ni gomologik organlarning oligomerizatsiyasi sodir bo‘ladi. Bo‘ylama nerv tomirlari ko‘ndalang komissuralar bilan qo‘shilib, panjara yoki nar-vonga o‘xshash shaklga ega bo‘ladi. Nerv sistemasining barcha yassi chuvalchanglarga xos bo‘lgan bu tipi ortogon deyiladi. Ko‘p shoxli kiprikli chuvalchanglarda miya gangliysi tanasining o‘rta qismiga yaqin joylashgan. Gangliydan har tomonga 11 juft nerv tomirlari tarqalgan. Tomirlar ko‘ndalang komissuralar bilan qo‘shilishi tufayli nerv sistemasi murakkab to‘rni hosil qiladi. Nerv stvouaridan bir jufti odatda boshqalariga nisbatan yo‘g‘onroq va uzunroq bo‘ladi. Uch shoxli kiprikli chuvalchanglarda ham miya gangliysidan bir necha juft nerv tomirlari chiqadi, ulardan bir jufti yo‘g‘onligi bilan boshqalaridan ajralib turadi.
Sezgi organlari. Kiprikli chuvalchanglarning sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Tuyg‘u vazifasini ten, ayiim vakillarida esa tana oldingi qismida joylashgan bir juft o‘simtalar bajaradi. Mexanik va kimyoviy ta’sirni tana bo‘ylab tarqalgan harakatsiz kiprikchalar sezadi. Bu kiprikchalr xuddi bo‘shliqichlilar knidotseliga o‘xshash tuzilgan, lekin nerv hujayralari bilan bog‘langanligi bilan ulardan farq qiladi. Nerv hujayralarining o‘simtasi miya gangliysi bilan bog‘langan. Bunday sezgi organlarini sensillalar deyiladi. Ayrim chuvalchanglarda miya gangliysi ustida yopiq xaltaga o‘xshash muvozanat saqlash organi - statotsist bo‘ladi. Ko‘zlari bittayoki birnechahujayradan hosil bo‘lgan qadahdan iborat. Hujayralardan chiqadigan nerv tolalari ko ‘rish nervlariga birlashib, miya gangliysiga boradi. Rgmentli qadahning botiq tomoni tashqariga o‘girilgan bo‘lganidan yorug‘lik dastlab retseptor hujayra tanasi orqali o‘tib, uning yomg‘likka sezgir qismiga tushadi. Bu xildagi ko‘zlar teskari ag‘darilgan, ya’ni in-vertirlangan deyiladi.