Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Exinokokkning ko’payishi va uning zararlari



Download 84,09 Kb.
bet5/6
Sana08.07.2022
Hajmi84,09 Kb.
#757862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdusattorov sarvar

4. Exinokokkning ko’payishi va uning zararlari.
Exinokokk — tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub parazit. Voyaga yetgan davrida yirtqich hayvonlar (it, boʻri, chiyaboʻri, mushuk) ichagida parazitlik qiladi. Uz. 3–6 mm, gavdasi 4 soʻrgʻichli bosh, 3—4 boʻgʻimli tanadan iborat. Oxirgi boʻgʻimdagi jinsiy organlarida tuxum hujayralar yetiladi. Tuxumlari xoʻjayini axlati bilan tashqariga chiqariladi. Exinokokk tuxumlari ifloslangan yemxashak bilan oraliq xoʻjayin (odam va oʻtxoʻr hayvonlar: sigir, qoʻy, echki, choʻchqa) ichagiga tushganida ulardan onkosfera lichinkasi chiqadi. Lichinka ichak devoridan qonga oʻtadi va darvoza venasi orqali jigar, oʻpka, muskullar va suyaklarga borib, pufaksimon bosqich — Exinokokk finnasiga aylanadi. Har bir pufak devorida yana ikkilamchi, soʻngra uchlamchi pufaklar hosil boʻladi. Pufaklar ichida parazit boshchasi shakllanadi. Pufaklar yiriklasha borib, mushtdek va undan kattaroq boʻladi. Qoramollar jigaridan 64 kg ogʻirlikdagi exinokokk finnasi topilgan. Exinokokk pufak davrida exinokokkoz kasalligini paydo qiladi.
Exinokokk (Echinococcus granulosus, 14-rasm) finnasi ancha yirik bo‘ladi. Voyaga yetgan exinokokk uzunligi 2-6 mm; uning asosiy xo‘jayini it, bo‘ri, chiyabo‘ri va tulki hisoblanadi. Parazitning tanasi 3-4 bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, asosiy xo‘jayiniga katta ziyon keltirmaydi. Asosiy xo‘jayini ichagidan chiqadigan onkosferali tuxumlari odam va ko‘pchilik o‘txur hayvonlar ichagiga tushganida lichinkasi ichak devoridan o‘tib, qon orqali jigar, o‘pka va ba’zan boshqa organlarga boradi va finnaga aylanadi. Exinokokk finnasi juda katta, bolaning boshidek yoki undan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. Sigir jigarida 64 kg og‘irlikdagi finna topilgan. Exinokokk finnasi juda sekin, bir yil davomida taxminan 1 sm gacha o‘sadi. Pufak o‘sgan sayin uning ichida yangi birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi pufaklar paydo bo‘ladi. Pufaklar devorida, va uning ichidagi suyuqlikda parazitning juda ko‘p boshchalari suzib yuradi. Odam (ko‘pincha yosh bo­lalar) it juniga tegib, exinokokkni yuqtirishadi. Itlar va boshqa yirtqich sut emizuvchilar exinokokk bilan zararlangan organlarni yoki kasal hayvonlarni yeb, parazitni yuqtiradi.
Og‘ir parazitar kasallik hisoblangan exinokokkozning kistoz (pufakcha) va alveolyar (ko‘p uyali) turlari mavjud. Har ikkala turini ham tasmasimon gijjalar turkumiga kiruvchi biogelmentlar paydo qiladi.
Tabiatda exinokokkning kistoz turi ko‘p tarqalgan. U ichida gijja pufakchalarini, skoleks deb ataladigan lichinka boshchalarini saqlagan exinokokk suyuqligi bilan to‘lgan pufakdir. Pufakning devori bir necha qavatlar (tashqi – fibroz, ichki – xitin va germenativ)dan iborat. Tibbiyotda kistoz turi kam uchraydi, unga tashxis qo‘yish ancha qiyin.
Exinokokkozning har ikkala turi ham kasallik yuzaga chiqquncha bo‘lgan vaqtda ikki davrni o‘taydi. Birinchi davrida, asosiy sababchisi hamda egasi hisoblangan go‘shtxo‘r hayvonlar (masalan, mushuk, it, bo‘ri, tulki)ning ichagida tasmasimon gijja holida yashaydi, ikkinchi davrida esa oraliq egasi hisoblangan odam, qoramol yoki qo‘ylarning ichki a’zolarida pufakcha shaklida rivojlanadi.

Tasmasimon chuvalchanglarning zarari. Tasmasimon chuvalchanglar odam va hay vonlarga katta ziyon keltiradi. Kasallik tug‘diruvchi ko‘pchilik chuvalchanglar Cyclophyllidea va Pseudophyllidea turkumlariga kiradi. Birinchi turkumdan ichak ligulasi (Ligula intestinalis, 15-rasm) baliqlarga ayniqsa katta zararetkazadi. Uning uzunligi 50-80 sm bo‘lib, karpsimon baliqlar (qora baliq, zog‘ora, oqcha, qizil ko‘z) tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Kasal baliqlar o‘sishdan qolib, ko‘pincha halok bo‘ladi. Voyaga yetgan ligulaning uzunligi 1 m 4 ga yetadi. U suvda suzuvchi va suv bo‘yida yashovchi baliqho‘r qushlarning ichagida parazitlik qiladi. Ligula tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmaydi, lekin germafrodit jinsiy organi tanasi bo‘ylab ko‘p marta takrorlanadi. Qush ichagidan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq xo‘jayin diaptomus qisqichbaqasi tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. Uning ikkinchi oraliq xo‘jayini baliqlar diaptomus qisqichbaqasini yeb zararlanadi. Parazitning asosiy xo‘jayini boigan qushlar esa kasallangan baliqlarni yeb zararlanadi. Odam va sut emizuvchi hayvonlarga exinokokk, miya qurti, qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchanglari ham katta ziyon keltiradi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qoramol tasmasimoniga o‘xshaydi, lekin undan bir muncha kichikligi (uzunligi 2-3 m), boshida so‘rg‘ichlari bilan birga ilmoqlari bo‘lishi, tanasining keyingi qismidagi yetilgan bo‘g‘imlari 5-6 tadan uzilib chiqishi bilan farq qiladi. Qoramol tasmasimonining boshida ilmoqlari bo‘lmaydi; yetishgan bo‘g‘imlari bittadan uz­ilib chiqadi va harakatchan bo‘ladi. Boshida ilmoqlarining bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga binoan bu ikki tur qurollangan (cho‘chqa tasmasimoni) va qurollanmagan (qoramol tasmasimoni) deyiladi.Cho‘chqa tasmasimoni bachadonining har bir tomonida 7-12 tadan, qoramol tasmasimonida esa 17-35 tadan yon shoxlari bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimoni uchun odam faqat asosiy xo‘jayin emas, balki oraliq xo‘jayin ham bo‘lishi mumkin. Iflos qo‘l orqali tuxumlar oshqozonga tushib qolganida, tuxumdan chiqadigan lichinkalar odamning jigari, miyasi, ko‘zi va boshqa joylariga borib, finnaga aylanadi. Finnalar og‘ir oqibatga, ba’zan oiimga sabab, bo‘ladi. Zararlangan odam ko‘ngli aynab qayt qilganida ham uning barcha organlari cho‘chqa tasmasimoni tuxumlari bilan yoppasiga zararlanishi mumkin. Chunki odam ko‘ngli aynab qusganda bo‘g‘imlari uzilib oshqozonga chiqadi; oshqozon shirasi ta’sirida tuxumlardan chiqqan lichinkalar ichki organlarga borib finnaga aylanadi.


Yosh bolalarga ayniqsa kalta zanjirsimon chuvalchang Hymenolepis nana katta xavf tug‘diradi. Parazitning uzunligi 1-4,5 sm ga yetadi; tanasi 100-200 ta mayda bo‘g‘imlardan iborat. Kalta zanjirsimon odam ichagida yashaydi. Uning onkosferasi dastlab ichak vorsinkasiga kirib olib, sistitserkoid tipidagi finnaga aylanadi. Sistitserkoid ichak bo‘shlig‘iga chiqib voyaga yetadi va tuxum qo‘ya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan li­chinkalar 19 kunda voyaga yetadi. Parazit tuxumlarini odam iflos qo‘li orqali o‘zidan yoki ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali chetdan yuqtirishi mumkin. Bu parazit bolalarga ko‘p azob beradi. Kasal bolaning qorni og‘rib, ichi ketadi yoki ichi qotadi. Chuvalchang zahari bolaning nerv sistemasiga ta’sir etadi.
Parazit chuvalchanglardan moneziya (Moniezia expansa qarang: 21-rasm) muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Moneziya otlar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og‘ir ichak kasalligini paydo qiladi. Mon­eziya bilan kasallangan hayvonlar ko‘plab qirilib ketadi. Moneziya mayda finnalari sovutli kanalar (Oribatidae oilasi) tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o‘t bilan birga yutib zararlanadi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, biz yassi chuvalchanglarni o‘rganish orqali ularning tabiatda tarqalishini, o‘simlik, hayvon va odam organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishimiz mumkin. Ularni tuzilishini, hayot kechirishini o‘rganganimizda esa, ularni kelib chiqishini, o‘ziga xos tomonlarini, moslanishlarini, ko‘payishini, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni va ularni oldini olish choralarini bilishimiz mumkin.

Yassi chuvalchanlarni ko‘pchilik vakillarining tuzilishi o‘xshash bo‘lib, bular hammasi ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar, tanasi uch qavatli bo‘lib, bo‘shliqsiz parenximatozlardir. Ularni barchasida qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q. Yassi chuvalchanglarni sistemasi germafrodit, ayrish sistemasi protonefridiy tipida. Ular ekzo va endoparazit hayvonlardir. Ularning so‘rg‘ichlari oziqlanish va yopishish vazifasini bajaradi. So‘rg‘ichlar bir necha xil tipda tuzilgan bo‘ladi.



Yassi chuvalchanlar insonlar va hayvonlar o‘rtasida bir necha xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasalliklar o‘z vaqtida davolanmasa, o‘limga ham olib kelishi mumkin. Masalan, hayvonlardan qo‘ylarda qo‘y miya qurti “gir aylanma” kasalligini, baliqlarga katta ziyon yetkazuvchi ichan ligulasini, jigar qurtini keltirib chiqaradigan kasalliklarini misol qilish mumkin.

Download 84,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish