Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Tasmasimon chuvalchanglar sinfiga umumiy ta’rif



Download 84,09 Kb.
bet2/6
Sana08.07.2022
Hajmi84,09 Kb.
#757862
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdusattorov sarvar

2. Tasmasimon chuvalchanglar sinfiga umumiy ta’rif.
Tasmasimon chuvalchanglar, sestodlar (Cestoda) — yassi chuvalchanglar sinfi. Hayvonlar va odam ichagida, baʼzan boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasi tasmasimon (nomi shundan), uz. mm ning bir necha ulushidan 30 m gacha, bosh (skoleks), boʻyin va strobiladan iborat. Boshida yopishuv organlari (soʻrgʻichlar, ilmoqlar, xartumlar va boshqalar) joylashgan. Boʻyin qismi oʻsuvchi yosh boʻgʻim (proglotid)lardan iborat. Strobilasi, odatda, bir nechtadan oʻnlab, hatto yuzlab boʻgʻimlarga boʻlingan. Jinsiy organlari germafrodit, har bir boʻgʻimida bitta yoki bir juftdan boʻladi. Tanasi botib kirgan kipriksiz epiteliy bilan qoplangan. Ichagi boʻlmaydi, tanasining yuzasi orqali ichakdagi suyuq oziqni soʻrib oladi. Juda serpusht, ayrim turlari bir yilda 600 mln.gacha tuxum qoʻyadi. Xoʻjayin almashtirib rivojlanadi. Tuxumlari ichida tashqi muxitda 6 ilmokli onkosfera lichinkalar rivojlanadi. Tuxumlar oraliq xoʻjayin ichagiga tushganida lichinkasi kon orkali turli organlarga borib, pufak (finna)ga aylanadi. Asosiy xoʻjayin finnali organ (goʻsht, jigar va boshqalar)ni yeb, parazitni yuktiradi. Asosiy xoʻjayin ichagida finnadan chiqqan lichinka ichak devoriga yopishgach, yangi boʻgʻimlar chiqarib oʻsadi. Ayrim Tasmasimon chuvalchanglar 2 oraliq xoʻjayinda rivojlanadi. 9—10 turkum, 3000 ga yaqin turi bor. Tibbiy nuqtai nazardan qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinokokk, zanjirsimon tasmali chuvalchanglar, qoʻy miya qurti, serbar Tasmasimon chuvalchanglar, ligula va boshqa katta ahamiyatga ega.
Tasmasimon chuvalchanglar voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. Ularning lichinkasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tanabo‘shlig‘i va ichki organlarida parazitlik qiladi.
Tuzilishi. Tanasi ko‘pincha uzun tasmasimon bo‘lib, ko‘p sonli bo‘g‘imlar proglotidlarga bo‘lingan. Tanasining oldingi qismi kichik boshcha - skoleksni hosil qiladi. Tananing skoleksdan keyingi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan qismi bo‘yin deyiladi, undan keyinda esa proglottidlar joylashgan. Tasmasimon chuvalchanglar boshchasida yopishuv organlari bo‘ladi. Yopishuv organi monogeneyalarnikiga o‘xshash so‘rg‘ichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik tas­masimon chuvalchanglar boshchasining uchida har xil shakldagi ilmoqchalar ham bo‘ladi. Ba’zi turlarida ilmoqchalar xartumda joylashgan bo ‘ladi. Ba’zan xartum to‘rtta bo‘lib, juda ko‘p ilmoqlar bilan ta’minlangan.
Proglottidlar uchtadan bir necha mingtagacha bo‘ladi. Oldingi, ya’ni tanasining bo‘yindan keyingi qismida joylashgan proglottidlar juda mayda yosh proglottidlardan iborat. Chuvalchang bo‘yin qismidan yangi proglot­tidlar hosil qilib o‘sadi. Proglottidlar tananing keyingi qismiga siljigan sayin o‘sib, yiriklashaboradi. Tasmasimon chuvalchanglarning ana shunday judako‘pbo‘g‘imlardan iborat tanasi zanjir, ya’ni strobila (ssifoid meduzalarning ssifistomalari strobilasiga o‘xshashligi uchun) deyiladi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining uzunligi lmm dan 10 mm gacha bo‘ladi. Tasmasimon chuvalchanglar teri-muskul xaltasi, tana qoplag‘ichi va tegumentining tuzilishi kiprikli chuvalchanglar va monogeneyalarga o‘xshash bo‘ladi. Ulardan sitoplazmatik qoplam yuzasida juda ko‘p o‘simtalar (mikrotrixiyalar) bo‘lishi bilan farq qiladi. Faqat elektron mik-roskopdako‘rinadigan mikrotrixlar oziqlanish vazifasini bajaradi. Bazal membrana ostida tashqi halqa muskullar va ichki bo‘ylama muskullar joylashgan. Ko‘pincha bu ikki qavatga uchinchi halqa muskullar qavati va orqa - qorin muskul qavati ham qo‘shiladi. Chuvalchanglar parenximasida zaxira modda glikogen to‘planadi.
Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Ular ichak bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so‘rib oladi. Mikrotrixlarga ega bo‘lgan tegument bunga yordam beradi.
Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo‘ylab o‘tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi; oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va u yerda tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o‘zaro ko‘ndalang naylar orqali qo‘shilganidan ayirish sistemasi narvon ko‘rinishga ega. Tananing keyingi tomonida ayirish naylari birlashib kichikroq qovuqni hosil qiladi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo‘g‘imlari bilan birga qovuq ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo‘lmasdan yon naylar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanadan tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylari va ulardan tana bo‘ylab orqaga ketadigan nerv tomirlaridan iborat. Nerv tomirlari ko‘ndalang nervlar bilan o‘zaro qo‘shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi.Tananing ikki yonida joylashgan ikkita nerv tomirlari boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan. Nerv tomirlaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to‘rini hosil qiladi. Sezgi organlari tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday hujayralar skoleksda ayniqsa ko‘p bo‘ladi;
Jinsiy sistemasi germafrodit, so‘rg‘ichlilarnikiga o‘xshash tuzilgan. Tasmasimon chuvalchanglarning har bir bo‘g‘imida jinsiy organlar takrorlanadi. Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan tasmasimonlarning (Caryophyllaeus) jin­siy sistemasi bitta bo‘ladi. Quyida tanasi ko‘p bo‘g‘imlardan iborat bo‘lgan qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning jinsiy sistemasini ko‘rib chiqamiz. Bo‘yindan keyin joylashgan yosh bo‘g‘imlarning jinsiy organlari rivojlanmagan. Bunday organlar tanasining o‘rta qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlangan bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlarda erkaklik jinsiy organlari parenximada sochilgan judako‘p urug‘donlar; ulardan boshlanadigan urug‘ chiqarish naylari va naychalar birlashib, hosil qiladigan umumiy urug‘ yo‘lidan iborat. Uryg‘ yo‘li bo‘g‘im chetida joylashgan kuyikish organi ichidan o‘tadi. Kuyikish organi muskulli naydan iborat bo‘lib, u yon tomondagi chuqurcha -jinsiy kloakaga kirib turadi.
Urg‘ochilik jinsiy organlari shoxlangan bitta tuxumdon va undan chiqadigan tuxum yo‘lidan iborat. Tuxum yo‘li ootipga ochiladi. Ootipga bo‘g‘imning keyingi qismida joylashgan to‘rga o‘xshash tuzilgan sariqdon yo‘li ham ochiladi. Ootipdan ikkita nay boshlanadi; ulardan biri jinsiy qinkloakaga ochiladi. Ootipdan oldinga yo‘nalgan ancha keng ikkinchi nayning uchi berk bo‘lib, bachadon deyiladi. Yetilgan tuxum va spermatozoidlar ootipga tushadi. Tuxum hujayra ana shu joyda urug‘lanib, qobiq bilan qoplanadi. Urug‘langan tuxumlar bachadonda to‘planadi. Bacha­don to‘lgan sayin kengayib, bo‘g‘imning hamma qismini egallab oladi (qarang, 11-rasm). Pirovardida jinsiy sistemaning boshqa qismlari asta-sekin yo‘qolib boradi. Tuxum bilan to‘lgan "etilgan" bo‘g‘imlar chuvalchang tanasining keyingi qismidan bir nechtadan uzilib ichakka tushadi; u yerdan axlat bilan tashqariga chiqariladi. Tasmasimon chuvalchanglar juda serpusht bo‘ladi. Masalan, odam ingichka ichagida parazitlik qiladigan qoramol tasmasimon chuvalchangi o‘rtacha 18-20 yil yashaydi va har yili 600 mln gacha, umri davomida 11 mid ga yaqin tuxum qo‘yadi. Shunday qilib, tasmasimon chuvalchanglarning hamma bo‘g‘imlari o‘zining mustaqil jinsiy sistemasi (tuxumdon, urug‘don, tuxum va urug‘ yo‘llari, jinsiy kloaka) ga ega. Qoramol tasmasimon chuvalchangi kloakasi navbat bilan bo‘g‘imlarning goh o‘ng, goh chap chetiga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglar jinsiy sistemasi tuzilishi bir xilda bo‘lmaydi. Masalan, keng tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium) bachadoni tananing bir tomonidan tashqariga ochiladi. Yetilgan tux­umlar esa xo‘jayini ichagiga tushadi. Qovoqsimon zanjirli (Dipylidium cammm) ning bo‘g‘imlarida jinsiy organlari juft-juft bo‘lib joylashadi. Ko‘payishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglar har xil urug‘lanadi. Xo‘jayin ichagida bir necha chuvalchang bo‘lganida ular bir-birini urug‘lantiradi. Xo‘jayin ichagida faqat bitta chuvalchang bo‘lganida esa har xil bo‘g‘imlar bir-birini urug‘lantirishi, hatto bitta bo‘g‘im o‘zini o‘zi urug‘lantirishi mumkin.
Lichinkalarning rivojlanishi ham bir xilda kechmaydi. Qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium) lichinkalari tuxum ichida, serbar tasmasimon chuvalchangi (Diphyllobothrium latum) lichinkasi tashqi muhitda (suvda) rivojlanadi. Odatdatuxumdan olti ilmoqli lichinka -onkosfera chiqadi (12-rasm). Ba’zi chuvalchanglarning lichinkasi 10 ilmo­qli bo‘lib, likofor deyiladi. Lichinkaning bundan keyingi rivojlanishi o‘jayin almashtirish orqali boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuxumi asosiy xo‘jayin (odam) ichagidan axlat bilan tashqariga tushganida tuxum ichida onkos­fera lichinkasi yetiladi. Lichinkali tuxumlar yem-xashak bilan oral­iq xo‘jayin ichagiga tushadi. Tuxumdan chiqqan onkosfera ilmoqlari yordamida ichakni yoki oshqozon devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga, undan esa har xil ichki organlar: ko‘proq jigar, ba’zan o‘pka, miya yoki boshqa organlarga o‘tib oladi. Bu organlarda onko­sfera mosh kattaligidagi pufaksimon davr -finnaga aylanadi. Finna tas­masimon chuvalchanglarning invaziyali (yuqumli) davri hisoblanadi. Tas­masimon chuvalchanglar finnasi besh xilda bo‘lib, sistitserk, protser koid, plerotserkoid, senur, yoki exinokokk deb ataladi.
Tuzilishi. Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odam ingichka ichagida parazitlik qiladi. Gavdasining uzunligi 8-10 mеtrga еtadi. Gavdasi to’g’nog’ich boshchasi kattaligidagi juda kichik boshcha, kalta bo’yin, kеng va uzun bo’g’imli tanaga bo’lingan. Boshida to’garak shaklli to’rtta so’rg’ichi bo’ladi. So’rg’ichlar yordamida parazit o’z xo’jayini ichagi dеvoriga Yopishib oladi. Gavdasining boshchasidan kеyingi, bo’g’imlarga bo’linmagan qismi bo’yincha dеyiladi. Bo’yinchadan kеyingi uzun tana qismi 1000 ga yaqin bo’g’imlardan iborat. O’sish davrida bo’yin doim yangi bo’g’im hosil qilib turadi. Eski bo’g’imlar esa tananing orqa tomoniga qarab surilavеradi. Tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula parazitni xo’jayini ichagida ishlab chiqariladigan hazm shirasi ta'siridan himoya qiladi.
Qoramol tasmasimon chuvalchangining hazm qilish organlari rivojlanmagan. Parazit xo’jayini ichagi bo’shlig’ida so’riladigan oziqni tanasiningyuzasi orqali so’rib oladi. Ayirish sistеmasi naychalari tanasining ikki Yoni bo’ylab joylashgan bo’lib, hat bir bo’g’imida ko’ndalang naychalar orqali bir – biri bilan qo’shilib turadi. Yon tomondagi naychalar tanasining kеyingi qismida tashqariga ochiladi.
Yassi chuvalchanglar ikki tomonlama simmetriyali hayvonlardir. Ularning tanasi orqali faqat bitta simmetriya tekisligi o‘tkazilishi mumkin. Bunday simmetriya dastlab shu guruh chuvalchanglarda ko‘rinadi.
Yassi chuvalchanglar uch qavatli hayvonlardir. Ontogenez davomida ularda kovakichlilardagi kabi ikkita emas, balki uchta embrion varag‘i hosil bo‘ladi. Ularda tana qoplamini hosil qilivchi ektoderma va ichak rivojlanadigan entoderma oralig‘ida o‘rta varaq yoki mezoderma rivojlanadi. ularning tanasi uzunchoq bo‘lib yelka-qorin (dorzoventral) yo‘nalishda yassilashgan bo‘ladi. Yassi chuvalchanglarning muhim hususiyati ularda epiteliy va uning ostida joylashgan muskul tolalaridan tuzilgan teri – muskul xaltasi bo‘lishidir. Muskullarning qisqarishi natijasida platgelmintlarga xos bo‘lgan xarakat yuzaga keladi. Yassi chuvalchanglarning tanasi bo‘shliqsiz bo‘ladi ular bo‘shliqsizlar yoki parenximatozlar deb yuritiladi. Ichki organlarning oralig‘i mezodermadan hosil bo‘lgan parenxima bilan to‘lgan bo‘ladi. Parenxima bir qancha vazifalarni bajaradi: tayanch, zaxira oziqa moddalarni to‘planadigan joy va almashinuv jarayonlarda qatnashadi.
Ovqat xazm qilish kanali ektodermali oldingi ichak yoki qizilo‘ngach va entodermali orta ichak bo‘lib, u ko‘r tugaydi. Orqa ichak va anal teshigi bo‘lmaydi. Parazitlarda ovqat hazm qilish sistemasi umuman reduksiyalangan.
Nerv sistemasi juft miya gangliyalar va undan orqaga ketuvchi ko‘ndalang xalqali tolalar bilan birikkan nerv tomirlaridan iborat. Yassi chuvalchanglarda markaziy boshqaruvchi apparat yaxshi shakllangan.
Qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q.
Yassi chuvalchanglarda protonefridiya tipidagi maxsus ayrish organi birinchi bo‘lib paydo bo‘ladi. Ular tarmoqlangan kanalchalar sistemasidan iborat. Har bir kanalcha parenxmada maxsus kipriklar tutamiga ega bo‘lgan yuldizsimon hujayra bilan tugaydi. Protonefridiylar tashqi muhit bilan maxsus ekskretor (ajratuvchi) teshik orqali aloqada bo‘ladi.
Yassi chuvalchanglarning jinsiy sistemasi germafrodit va juda murakkab tuzilgan. Odatda murakkab yo‘llar shakllanadi, ular jinsiy mahsulotlarni chiqarishga va ichki otalanish sodir bo‘lishiga imkon beradi. Shunday qilib jinsiy sistemasi faqat jinsiy bezlar bo‘lishi bilangina xarakterlanmay, eng muhimi jinsiy apparatning jinsiy yo‘llari va tuxumning hosil bo‘lishiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha qismlari, shuningdek qo‘shilish organlari bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Nafas olish organlari bo‘lmaydi. Kiprikli chuvalchanglar tanasiga suvda erigan kislorod butun tana yuzasi orqali diffuziya yo‘li bilan o‘tadi.
Ayirish sistemasi. Maxsus ayirish sistemasi kiprikli chuvalchanglarda biiinchi marta paydo bo‘ladi. Ayirish sistemasi ikkita yoki bir necha naylardan iborat. Naylardan parenximaga juda ko‘p naychalar tarqaladi; ular ko‘p marta shoxlanib, juda ingichka naychalarni hosil qiladi. Naychalar uchki qismida tirik yulduzsimon hujayralar joylashgan. Hujayralar ichida bir boylam kipiiklar bo‘ladi. Kipriklarning tebranishi yonib turgan shamning shamolda miltillashiga o‘xshaydi. Ana shu sababdan ular miltillovchi hujayralar deyiladi. Kipriklar silkinib ayirishning suyuq mahsulotlarini naychalarga chiqaradi. Uchki qismida yulduzsimon hu­jayralari bo‘lgan shoxlangan naychalardan iborat bunday ayirish siste­masi protonefridiylar deyiladi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari parenximadan naylarga diffuziya orqali o‘tadi. Protonefridiylar ayirish bilan birga tanadagi osmotik bosimni boshqarish vazifasini ham bajaradi. Sodda tuzilgan ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda maxsus ayirish or-gani bo‘lmaydi, ayirish mahsulotlarini harakatchan amyobotsitlar tanadan olib chiqib ketadi.

Download 84,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish