Ko’rgazmali o’quv qo’llanmalar – ta’limning ko’rgazmali vositalari tabiat, jamiyat, narsa, hodisalarning tabiiy yoki badiiy ifodasi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – pedagogikaning maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berish hamda ularning shaxsiyatini shakllantirish qonuniyatlari, tamoyillari, vositalari, shakl, usul va metodlarini o’rganuvchi sohasi.
Pedagogik texnologiya – a) o’quv faoliyatini oqilona tashkil etish va jihozlash; b) imkon qadar ozroq vaqt sarflab, ta’lim natijasini kafolatlaydigan izchil pedagogik tizim; v) pedagogik muammolarni metodologik darajada hal etishga imkon beruvchi pedagogik hodisa; g) o’quv jarayonini to’liq boshqarish imkonini beradigan tizimli tafakkur usulini pedagogik amaliyotga tatbiq etish shakli; d) pedagogik maqsadga erishishni kafolatlaydigan xarakatlarning izchil tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |