Reja: 1. Shakl tushunchaning mohiyati. 2. Shakl tarkibi. 3. Shaklni rivojlanish qonuniyatlari. 4. Shaklni bir tsiklda rivojlanish qonuniyatlari. 5. Rang va shakl. 6. Kostyumni shakllantirish asoslari. Shakl tushunchasining mohiyati. Buyumnning tashqi ko’rinishi va chegarasini ifodalaydigan geometrik mohiyati shakl deb hisoblanadi. Shakl (lot. forma) – tashqi ko’rinish, chegara. Shaklni tanlash va uni tuzilishidan san’at boshlanadi deb san’atshunoslar hisoblashadi. San’atni boshqa turlariga nisbatan kostyum insonning siymosi va qomadiga ko’ra doimo rivojlanadigan ko’p sathli tizim - Shakl tushunchasi quyidagi nuqtai nazarlardan tahlil etilishi lozim: shakl – falsafa kategoriyasi; shakl – ramz; shakl – ob’ekt, buyum; shakl – faoliyat.
- Shu bilan bir qatorda shakl – bu ketma-ket omillar tuplanishi va ularni doimo o’zgarishi, ya’ni tizimning dinamik modeli desa bo’ladi.
Shakl tarkibi. Kostyumni muayyan tarkib ifodalaydi, ya’ni uning bo’limlarining tarkibi. Siymoli, funkstional va texnik yechimlari bilan bog’langan shakl geometrik elementlarining ma’lum fazoviy tizimi shakl deb tushuniladi. Kostyum tarkibi – bu kostyumning ayrim elementlarining (kiyim, bosh va oyoq kiyim, qo’shimchalar, taqinchoqlar) turg’un tashkil etish usuli. Kostyumda shakl – bu uning tarkibini tashqi ko’rinishi. Klassik shakl – bu estetik va utilitar funktsiyalari muvozanatga ega shakl. Klassik shakl – bu uzoq vaqt davomida ijtimoiy tanlash natijasida eng barqaror, funkstional foydali elementlaridan tuzilgan va rivojlangan shakl. Erkaklar ingliz kostyumi, quloqchini, fetr shlyapasi, ayollar “keama”simon shaklli tuflisi va b. klassik shaklga misol bo’ladi. Ular o’zgarmaydi deb hisoblanmaslik kerak, kostyum tuzilishi dialektik jarayon bo’lgani bois, o’zgarish doimo ro’y beradi. Klassik shakldagi kostyumlar modadan eng oqilona va funkstional tomonlarni olib zamonga yarasha o’zgaradi va unga mos bo’ladi. Klassik shakl modadan xech qachon chiqmaydi, ba’zan esa ustunlik qiladi.
Классик услуб : Шанель.
- Bazaviy shakl - bu ijtimoiy va moddiy turmushning g’oyaviy-siymoli tamoyili va odamga estetik ta’sir etadigan shakldir. U muayyan badiiy uslub shaklning g’oyasini ifodasidir.
- Bazaviy shakl asosida barcha keyingi shakl turlarining dastlabki tarkiblari tuziladi. Bu shakl buyumlar seriyasi asosida bo’ladi.
Bazaviy shakl quyidagi xususiyatlarga ega: - shakl asosidagi geometrik elementlarning birligi va barqarorlikka asoslangan uyg’un bog’langan yaxlitligi; - uzoq vaqt davomida bo’limlarning deyarli turg’un o’zaro nisbatlari; - ilmiy, texnikaviy va estetik saviyani ifodalaydigan muayyan tarkibni mavjudligi; - ma’lum plastik siymoni (gavda tutish – qomatni) ifodalashi; - bazaviy shakl asosida yotgan tizim bo’limlarning o’zaro aloqasini birligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |