Talabaning vazifalari quyidagilardan iborat:
-m a jb u riy o‘quv darslariga qatnashish, o’quv rejasi va dasturda
belgilangan barcha topshiriqlarlarni o'z vaqtida bajarish;
-ta n la n g a n ixtisosligi bo'yicha nazariy bilim va amaliy
ko'nikm alarni
egallash;
- o ‘zining m a’naviy, siyosiy, ilmiy va m adaniy darajasini oshirib
borish;
-o m m a v iy , siyosiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha tashkilotchilik
ko‘nikm alarini egallash;
- ijtimoiy foydali m ehnatda faol ishtirok etish;
- o li y o‘quv yurtining va talabalar yotoqxonasining
ichki tartib
qoidalarining to‘liq bajarilishi.
Talabani quyidagi sabablarga ko‘ra institutdan chetlashtirish
mumkin:
- fanlardan o‘zlashtira olmaganligi uchun;
- o ‘quv intizom ini, institut ichki tartib qoidalarini buzganligi
uchun (70 soatdan ortiq sababsiz dars qoldirilganligi sababli);
- o‘z xohishiga ko'ra;
- h a r b iy xizm atga chaqirilishi yoki kasalligi tufayli.
Oliy ta’lim qonuniga ko‘ra birinchi kursdan chetlashtirilganlar
qayta tiklanm aydi. Yuqori bosqichlar uchun faqat 10
oy amaliy ish
stajiga ega bo‘lgandan keyin, ish joyidan beriladigan tavsifnoma
yoki kasalligi sababli chetlatilganlar uchun vrachlik maslahat
komissiyasining (VKK) m a’lumotnomasi asosida qayta tiklanadi.
Institutda qayta tiklanishga 5-yil davomida ruxsat beriladi.
Bir institutdan boshqa institutga o‘qishni ko‘chirish faqat
Vazirlar M ahkam asida maxsus komissiya ruxsatnomasi bilan amalga
oshiriladi.
Ham ma talabalar stipendiya huquqidan foydalanadilar. Stipen-
diya berish differensiyalashgan
holda amalga oshiriladi, ya’ni
ham m a o‘quv fanlardan 86% yuqori ballga erishgan talabaga
m aksim al 100%, 76% dan yuqori ballga erishganlarga maksimal
m iqdorining 75% ini, 56% dan yuqori ballga erishganlarga 50% li
miqdorda stipendiya belgilanadi.
97
Stipendiyalar bir yilda ikki m arta har bir semestr yakunida
fanlar bo‘yicha to‘plagan reyting ballari asosida belgilanadi.
Oliy o'quv yurtining har bir talabasiga talabalik guvohnomasi va
reyting daftarchasi beriladi.
Talabalik guvohnomasi - talabaning
shaxsini tasdiqlovchi nom-
langan hujjatdir.
Reyting daftarchasi - talabaning har bir o'tilgan fan bo'yicha
o‘zlashtirishni belgilab borish tabeli hisoblanadi. Unda institutni
bitirguncha hamma fanlar bo'yicha reyting ballar natijalari yozib
boriladi. 0 ‘qishni tam om lagandan so‘ng talabalik guvohnomasi
va reyting daftarchasi institut m a’muriyatiga topshiriladi va unga
Davlat atesstatsiya kommisiyasi xulosasiga
binoan bakalavrlik
darajasi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: