Talabalarning institut ichki-tartib-qoidalariga rioya qilishi yuzasidan kafolat xati



Download 16,57 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi16,57 Kb.
#423363
Bog'liq
Kafolat xati


Talabalarning institut ichki-tartib-qoidalariga rioya qilishi yuzasidan
KAFOLAT XATI
Men ___________ guruh talabasi __________________ 2020-2021 oʻquv yili davomida institutning ichki tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilib, quyidagilarga amal qilishga kafolat beraman:
institut va fakultet miqyosida oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etaman;
institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga aʼzo boʻlib, ular ishida qatnashaman;
taʼlim olish jarayonida jamiyatning axloqiy tamoyillariga, maʼnaviy qadriyatlarimizga, qonun talablariga, oʻzaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi Qoidalarga qatʼiy amal qilaman;
oʻquv jarayoni talablariga boʻysunib, oʻquv mashgʻulotlarini uzrli sababsiz qoldirmayman, darslarga kech qolib ketmayman, mashgʻulotlar tamom boʻlmasidan avval ketib qolmayman;
taʼlim jarayoni bilan bogʻliq vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajaraman, oʻqituvchilarning fanni oʻzlashtirish bilan bogʻliq topshiriqlarini oʻz vaqtida va talab darajasida bajarib, mashgʻulotlarga zarur oʻquv qurollari bilan kelaman;
tegishli kafedra va dekanat bilan mustahkam aloqada boʻlib, dekanatning qonuniy topshiriqlarini oʻz vaqtida bajaraman;
bilimlarni egallashda tashabbus va gʻayrat koʻrsatib, loqaydlikka yoʻl qoʻymayman;
oʻz kursdoshlarim, boshqa talabalar, professor-oʻqituvchilar bilan xushmuomalada boʻlaman;
institut mulklariga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda boʻlib, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmayman, ziyon yetkazgani taqdirda zarar oʻrnini oʻrnatilgan tartibda qoplab, ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga olib chiqmayman;
bino ichida, yoʻlaklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilib, ifloslantirmayman, tamaki chekmayman;
kiyinish madaniyatiga rioya qilaman, bezak va taqinchoqlarga xirs qoʻymayman;
tashqi koʻrinish va yomon xulq-atvor bilan boshqalardan ajralib turmayman, odob-axloq qoidalariga soʻzsiz boʻysunaman;
sababli (shu jumladan, kasallik tufayli) oʻquv mashgʻulotiga kelmasam, uch kundan kechikmasdan bevosita oʻzim yohud guruh murabbiyim orqali dekanatni yozma ravishda xabardor qilib, qatnashmaslik sabablarini koʻrsataman;
xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilib, grant bilan bogʻlik holda chet elga joʻnab ketishdan avval oʻrnatilgan tartibda Vazirlik murabbiyiyatining roziligini olaman;
oʻz ilmiy, maʼnaviy-axloqiy, gʻoyaviy-siyosiy saviyamni muntazam oshirib borib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor boʻlib boraman;
institut Ustavi, Ichki tartib qoidalari, oʻquv intizomiga, Ilmiy kengash qarorlari, rektor buyruqlari hamda taʼlim tizimiga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda qoʻyilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, oʻzimning majburiyatlarimga rioya etaman;
institut hududida, binolarda, yoʻlaklarda, auditoriyada sigaret chekmayman;
alkogolli ichimliklar (pivo, vino va boshqalar), giyohvandlik moddalari isteʼmol qilmayman;
bezorilik qilib, uyatli soʻzlar aytmayman, soʻkinmayman, oʻzgalarga shilqimlik qilmayman, odamlar osoyishtaligiga putur yetkazadigan hatti-harakatlar sodir etmayman;
diniy mazmundagi yozma yoki elektron vositalardagi materiallarni tayyorlamayman, foydalanmayman, saqlamayman, tarqatmayman;
milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targʻib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlamayman, saqlamayman, tarqatmayman va targʻib etmayman;
behayolikni targʻib qiluvchi pornografik materiallarni qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (rasm, audio, video, bosma nashr) tayyorlamayman, saqlamayman, tarqatmayman, targʻib qilmayman;
institut hududida azart oʻyinlarni oʻynamayman;
bino ichida bosh kiyimda va ustki kiyimda (palto, poʻstin, kurtka) yurmayman, baland ovoz bilan gapirmayman, shovqin solmayman, mashgʻulotlar boʻlayotgan chogʻda yoʻlaklar boʻylab yurmayman, auditoriya eshigini sababsiz ochib qaramayman;
institutga diniy ibodat liboslarida kelmayman;
institut hududida odamlar diqqatini tortadigan mayka, mini yubka, shortik va boshqa umumeʼtirof etilgan odob-axloq qoidalariga zid keluvchi kiyimlarda yurmayman, gʻayritabiiy taqinchoqlar taqib olib, pardoz-andozning gʻayriodatiy usullarni qoʻllamayman;
pokiza kiyinaman, soch turmaklarni gʻayrioddiy boʻlishiga yoʻl qoʻymayman;
zebu-ziynatdan foydalanishda meʼyorga rioya qilib, oʻzimning didsizligimni koʻrsatib qoʻymayman;
institut hududida uyali aloqa vositalaridan foydalanganimda uni “ovozsiz” rejimga oʻtkazaman;
oʻquv mashgʻulotlari chogʻida uyali aloqa vositalarini toʻliq oʻchirib qoʻyib, ruxsatsiz foydalanmayman;
uyali aloqa vositasidan foydalanganimda haqoratomuz va uyatli soʻzlarni soʻzlamayman, ovozimni baland koʻtarib gaplashmayman;
uyali aloqa vositalaridan foydalanganimda inson shaʼni va qadr-qimmatini yerga uruvchi, maʼnaviy buzuqlikning har qanday koʻrinishlarini (pornografiya, alkogolizm, kashandalik, giyohvandlik) targʻib etuvchi, talaba yoshlarning kamol topishiga maʼnaviy ziyon yetkazuvchi, umumeʼtirof etilgan axloqiy qadriyatlarga putur yetkazuvchi, milliy, diniy, etnik nizolar keltirib chiqaruvchi, diniy aqidaparastlik, missionerlik, fundamentalizmni targʻib qiluvchi har qanday maʼlumotlarni olib kirmayman, tarqatmayman, targʻib etmayman;
uyali aloqa vositasini bezatishda (fon rasmlari) yoshimga mos boʻlmagan, maʼnaviy-axloqiy zararli boʻlgan tasvirlardan foydalanmayman;
ijarada yoki talabalar turar joyida soat 22:00 dan 06:00 gacha fuqarolar osoyishtaligini buzadigan, dam olishlariga halaqit beradigan hatti-harakatlar sodir etmayman (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan foydalanmayman);
institut hududiga, mashgʻulotlarga begona (institutga aloqador boʻlmagan) shaxslarni boshlab kelmayman.
Agarda men institut ichki tartib-qoidalarini buzib, unga buysunmasdan yuqoridagi holatlarga nisbatan zid harakatlar sodir etsam, menga nisbatan qonunda belgilangan tartibda tegishli chora koʻrilishiga roziman.
______________________________ _____________
(Talabaning F.I.Sh.) (Imzo)
Download 16,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish