T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


MELIORATSIYADA SUG‘ORISH SUVINING SIFATI



Download 9,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/188
Sana29.05.2022
Hajmi9,78 Mb.
#617396
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   188
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish

3.2. MELIORATSIYADA SUG‘ORISH SUVINING SIFATI
VA UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Insoniyat yerga ishlov berib va undan hosil olib, o‘troq yashashga 
moslashgandan so‘ng, asta-sekin yerning holati, undan qanday 
qilib ko‘proq hosil olish m um kinligi, su n iy sug‘orib ishlashni 
o‘rgana boshlagan. Shundan so‘ng yerni yaxshilash, uni sug‘orish, 
suvni qandayligi va hokazo bilim lar asrdan-asrlarga, avlodlardan- 
avlodlarga amaliv ishlar natijasida rivojlanib yetib kelgan.
Hozirgi kunda bu kabi bilim lar jam lanib, yaxlit bir yo‘nalish 
«Melioratsiya»ni yuzaga keltirdi. Bu yo‘nalish o‘z m utaxassislariga 
ega bo‘lishi davr talabiga aylandi.
Qishloq 
xo'jalik 
m ahsulotlarini yetishtirishni 
ko‘paytirish, 
sifatini yaxshilash va tannarxini arzonlashtirishda yerni avaylab 
asrash, undan to‘g‘ri va unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.
M amlakatimiz bu borada ko‘pgina ibratli ishlarni amalga 
oshirmoqdalar. Xususan, Respublikamizdagi m anfaatdor Vazirliklar 
va idoralar hamkorligida tayyorlangan konsepsiyaga muvofiq «Yer 
fondidan foydalanishni yaxshilash, tuproq unumdorligini tiklash va 
oshirish m illiy dasturi» ishlab chiqildi.
Yillar davomida oziq zarrasi kamayib, hosildorligi pasayishi, 
suvning tuproq muhitiga salbiy yoki ijobiy ta’sirini aniqlash va 
ularni boshqarib turish meiioratsiya xodim larining oldida turgan 
asosiy vazifalardir.
102


«M elioratsiya»-lotincha «meliorativ» so‘zidan olingan boiib, 
yaxshilash degan ma’noni anglatadi. Ekinlarning hosildorligini 
oshirish uchun tuproq zaxini qochirish, qumoq maydonlarni 
m ustahkam lash, yerni haydash, urug‘ ekish, qator oralig‘iga ishlov 
berish, ekinni oziqlantirish, sug‘orish va parvarishlash bilan b o giiq 
uslublar majmui qishloq xo‘jaligi melioratsiyasini asosini tashkil 
etadi,
Qishloq xo‘jalik melioratsyasi noqulay ob-havo sharoitida, 
suv 
erroziyasi 
ta'sirida, 
tuproqning 
fizik-kimyoviy 
xossalari 
yomonlashgan maydonlarda ekin hosildorligini oshirish chora 
tadbirlarini mustaqil fan sifatida o‘rganadi. Q urg‘oqchilikni keltirib 
chiqaradigan sabab va uning oqibatlarini tahlil qilish ham da kurash 
samaradorligini oshirish zarur. Bu tadbirlarning barchasi qishloq 
xo'jaligiga yaroqli, yetarli tabiiy sharoitni tubdan yaxshilash, 
binobarin, 
melioratsiya 
fanining 
bundan 
keyingi 
ravnaqini 
ta’m inlashdan iborat yagona maqsadga qaratilgandir.
0
‘quv 
dasturida 
ko’zda 
tutilgan 
m aium otlar 
miqyosida 
o‘zlashtirish uchun talabalardan fizika, kimyo, m atematika va fan 
asoslarini puxta bilish talab etiladi.
Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi fani rivojida fizika fani yutuqlari 
muhim o‘rin tutadi. Fizika qonunlari orqali suyuqlik va tuzlarning 
tuproq naychalari bo‘ylab harakati qonunlari o‘rganiladi. Tuproqning 
sho‘rlanish qonunlarini o‘qish uchun kimyo fani qonuniyatlaridan 
foydalaniladi.
Ekinlarning sug‘orish rejimi sug'orish, zax qochirish kanal- 
larining suv sarfini aniqlash va boshqa tadbirlarda m atem atika fani 
qonunlaridan foydalaniladi.
Umuman olganda, bu sohaning mutaxassisi b o iish uchun barcha 
fanlarni puxta va belgilangan o‘quv rejani to iiq o‘zlashtirish talab 
etiladi.
Melioratsiya fani m uam m olarining hal etilishiga k o ia sug‘orish, 
zax qochirish hamda tuproq erroziyasiga qarshi turlariga boiinadi.
Sug'orish 
melioratsiyasida 
tuproq 
unumdorligini 
oshirish 
m aqsadida unga su’niy yo‘1 bilan qo‘shimcha nam beriladi. Zax
103


qochirish melioratsiyasida esa tuproqdagi ortiqcha nam chiqarib 
vuboriladi. 
Erroziyaga qarshi kurash melioratsiyasi tuproqni 
buzilish hamda yuvilib ketishdan saqlanishni ko'zlaydigan tadbirlar 
m ajmuidan iboratdir.
Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi amalga oshirish usullari bo‘yicha 
quyidagi turlarga boiinadi: kanallar, quvur, ariqlar va boshqa 
gidrotexnik inshootlarini quruvehi ham ishlatuvchi haydalma 
qatlamdagi nam zahirasini m e’yorlashtiruvchi:
1
) gidrotexnika melioratsiyasi tuproqqa meliorativ ishlov berish, 
undan g‘ovak hosil qilish tuproq yuzasini tekislash bilan m ashg‘ul 
boiadi;
2
) agrotexnika melioratsiyasi;
3) ihota o‘rmon texnika melioratsiyasi;
4) tuproq tarkibini yaxshilash, m oddalarga foydalanishni ko‘zlay- 
digan kimyoviy melioratsiya.

Download 9,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish