Ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi muammolar.
yadro urushining
oldini olish, qurollanish poygasini to‘xtatish, mintaqaviy davlat
lararo ixtiloflami bartaraf etish, umumiy xavfszlik tizimini tashkil
etish,xalqlar o'rtasidagi o ‘zaro ishonchni mustahkamlashvositasida
tinchlikni qo‘Uab-quwatlash.
Ijtimoiy-iqtisodiy muammolar:
zaif rivojlanishga va u bilan
bog‘liq boMgan qashshoqlik va madaniy qoloqlikka barham berish,
jahon yalpi mahsulotini samarali tarzda ishlab chiqarish va takror
ishlab chiqarishni ta’minlash, energetika, xomashyo va oziq-ovqat
inqirozlarini bartaraf etish yo'llarini topish, rivojlanayotgan
mamlakatlarda demografik vaziyatlami optimallashtirish, jahon
okeanlarini va quruqlik atrofidagi kengliklarni o ‘zlashtirish.
Insonlarning yashash muhitini yomonlashuviga sabab bo 'la-
yotgan ijtimoiy-ekologik muammolar
: ekologik xavfsizlikni
ta’minlash, resurs va energiyani tejash texnologiyalarini ishlab
chiqishni, chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etishni, yerdan
oqilona foydalanishni, noyob tabiiy hududlami saqlashni, ekologik
monitoring o ‘tkazib borishni taqozo etadi.
Inson bilan bog ‘liq muammolar:
ijtimoiy, iqtisodiy va individual
huquq va erkinliklami saqlash, ochlik va epidemik kasalliklami
tugatish, insonni tabiat, jam iat va davlatdan hamda xususiy faoliyati
natijalaridan begonalashuviga barham berish.
Global muammolarni ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan o ‘rga-
nishda dastaw al ularning mohiyati, kelib chiqish sabablari, bartaraf
193
etish yo‘ Uarini umummetodologik jihatlarini tadqiq etishga e ’tibor
berilmoqda. Buning uchun bu muammolami tahlil qilishda falsa
faning tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik kabi tamoyillariga suyanil-
moqda.
Kelib chiqishi, chuqurlashib borishi, ko‘lami va haletilishining
murakkabligi jihatlariga ko‘ra ularni uch guruhga ajratish mumkin:
Birinchisi, mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa
davlatlarining xilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muam-
molar. Ular turli davlatlar o'rtasidagi munosabatlardan kelib
chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar
deb ataladi. Bu yerda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va
adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib o ‘rnatish
kabi ikki o ‘ta muhim muammo farqlanadi:
Ikkinchi guruhi, “inson — jamiyat” tizimi doirasidagi munosa-
batlardan kelib chiqadigan muammolar. Demografiya muammosi,
sog'liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi, m a’naviyat
masalalari va shu kabilardir.
Uchinchisi,“jamiyat—tabiat” tizimi doirasidagi munosabatlardan
kelib chiqadigan muammolar. U lar odamlami energiya, yonilg‘i,
chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash
kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek, Jahon
okeani va kosmik fazoni o ‘zlashtirish ham kiradi.
Global muammolarning turlari o ‘zaro farqdansa-da, bu
sohalardagi umumiylik, dastaw al, butun insoniyatning hayoti
shart-sharoitlari, imkoniyatlari va istiqboli masalalaridir.
Ikkinchi tomondan, ular u yoki bu darajada hozirgi davming
bosh omili — fan-texnika inqilobi bilan aloqadordir, ya’ni uning
oqibatidir. Bizning davrimizda fanning rivojlanishi sur’atlari g ‘oyat
kattadir. Fanda erishilgan kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari
yaratishni ta’minlasa, o ‘z navbatida texnika rivojlanishi ham fanda
yangi o ‘zgarishlar sodir etishga jiddiy turtki bermoqda. Bulaming
natijasi o'laroq erishilgan kashfiyotlar muayyan maqsadlarga
xizmat qilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada o ‘tkir,
dolzarb bo‘lib turishiga olib kelmoqda.
Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari
orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari
194
ko‘payishiga sabab boMayotgan aholining nazoratsiz o ‘sishi qayd
etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, sayyorada
mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar
Yerda faqat bir milliardga yaqin kishi munosib hayot kechirishini
ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida
sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard
kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o ‘sish
su r’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar
ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi - 150 yil ichida, uchinchisi -
100 yil ichida va oxirgisi - 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi.
Shuni aytishning o ‘zi kifoyaki, 1956 yil Yerda 2,8 milliard kishi
yashagan bo'Isa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga etdi.
XX asrda Yer kurrasi aholisining “demografik portlash” deb
nomlangan mislsiz darajada o'sishi biologik qonunlaming emas,
balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta
mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur
ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli boMdi. Bu a w a lo rivojlanayotgan
mamlakatlarga tegishli boMib, ularga jahon aholisi o ‘sishining
o ‘ndan to'qqiz qismidan ko‘prog‘i to ‘g ‘ri keladi. Bu yerdagi
vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos boMgan
o ‘lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos
boMgan tugMlish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni
vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olina-
digan daromad miqdoriga, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik
darajasi va qishloq xo'jaligining samaradorligiga, aholining savod-
xonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko‘ra bu mamlakatlar
xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda.
Demografik muammolar juda murakkab va o ‘ta turg‘un boMib,
ularni tez bartaraf etish mumkin emas. Ularni yechish kechga
surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi. Shu
sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar tugMlish
darajasini pasaytirishga qaratilgan demografik siyosatni amalga
oshirishga harakat qilmoqda. Jumladan 0 ‘zbekistonda 1995-yilda
“Oilani rejalashtirish” davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda
har bir oilada farzand tugMlishini rejalashtirishning ona va bola
195
sog'Iigini asrashga yo‘naltirilgan sa’y harakatlardan biri boMishi
bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish
vazifasini bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va ovullarda reproduktiv
salomatlik bo'yicha targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskin-
lashdi, lekin bu yerda uning aks ko'rinishiga duch kelish mumkin.
Umr uzunligining va keksa odamlar sonining o'sishi jarayonida
hatto aholining oddiy ko'payishini ham ta’minlamaydigan tug'ilish
darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya,
ya’ni aholi soniningkamayishi to'g'risidaso'zyuritiladiki, (Rossiya
aholisi o'rtacha 54 yoshni tashkil qiladi,)bu ham milliy manfaatlar,
ijtimoiy dasturlami amalga oshirish, pensiya ta’minoti va shu
kabilarga tegishli qo'shim cha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Rossiyadagi so'nggi XX yillikdagi demografik jarayonlar bunga
yorqin misol bo'ladi. Biroq keyingi besh yilda bu masalada ijobiy
o'zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, aholi soni ortishi va o'rtacha
umrguzaronlik 4 yilga oshdi.
Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy
bog'liq. So'nggi yillarda jahonda savodsizlar soni foiz hisobida
kamaygan bo'Isa, mutlaq hisobda o'sishda davom etmoqda. Bunda
ma’lumotsiz odamlaming hayoti amalda k o 'p bolalikni xurofiy
aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo'ysunadi.
Pirovardda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasidagi
tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda
ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqam-
larda o'sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o'qish, yozish, oddiy
arifmetik amallami bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o'sib
bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%,
Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz).
Shu bilan bir qatorda aksariyat odamlaming m a’lumot darajasi
yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foyda-
lanuvchi hozirgi jamiyatda to'laqonli yashash va mehnat qilish
imkonini bcrmasligi bilan bog'liq funksional savodsizlik ham o'sib
bormoqda.
196
Bu muammoning boshqa bir jihati shundan iboratki, jahonning
aksariyat davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng
darajada ta’minlanmagan bo‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning
qo'shim cha manbai hisoblanadi. Shuningdek, hozirgi davrda ta’lim
sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi
ko‘ndalang boMib turmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki
ta’limning ijtimoiylashuvi o ‘quv jarayonida gumanitar fanlarning
o ‘quv soatlari yoki fanlar sonini ko'paytirish emas, balki tabiiy ilmiy
fanlar mazmunini gumanitarlashtirish, har qanday ilmiy kashfiyotni
inson manfaatlarini him oyaqilishgayo‘naltirishi lozim. Shundagina
inson o ‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega boMadi. Shu
nuqtai nazardan, 0 ‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi”da aynan shu maqsadlarni o ‘zida ifoda
laydi. “0 ‘zbekistonda har yili ta ’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar
yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon
tajribasida bu ko'rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi” '. Zero, insonning
nafaqat bilim olishi, balki kasbiy malakalarga ega boMishi ijtimoiy
savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi.
Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek, atrof-muhit
holati hozirgi davming yana bir global muammosi bilan uzviy
bogMiq. Aksariyat kasalliklar va atrof-muhitdagi antropogen o ‘zga-
rishlaro‘rtasida bevosita vabilvositaaloqa mavjud. Hozirgi odamlar
avlodiga atrof-muhit ifloslanishining hali o ‘rganilmagan yoki kam
o‘rganilgan ko‘p sonli fizik (a w a lo elektromagnit), kimyoviy va
biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. A w alo, iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz
bergan o ‘zgarishlar ayni shu hoi bilan izohlanadi.
Buyerdayuqumli kasalliklar bartaraf etilgan boMib, ular odamlar
oMimining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon
tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada ko‘paydi,
“sivilizatsiya kasalliklari” deb nomlangan butunlay yangi kasal
liklar: rak, OITS va boshqalar paydo boMdi. Bunday kasalliklar,
1 Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: |