Алексеев П.В.
Социальная философия: Учебное пособие. - М.: ООО «ТК
Велби», 2003.-С.171.
199
Kislotali yog‘ingarchilik havo vasuvni zararlashi tufayli kishilarda
yurak, o ‘pka, oshqozon-ichak kasalliklari avj oladi va allergiyaga
moyillik kuchayadi.
Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan yer maydonining 26
mln. gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda. Suv va havo
eroziyasidan AQShda unumdor tuproq har yili 3,1 mlrd tonnagacha
ishdan chiqmoqda. Bu yetishtirilgan bir tonna bug'doy hisobiga
6 tonna tuproq yo‘qotilishini bildiradi. Shuning uchun AQShda
dehqonchilik ixtiyoriy qisqartirilib, yerlarning zaxiralarini saqlay-
digan fermerlarga har yili har bir akr (0,4ga) yer uchun 48 dollar
to‘lanishi to‘g‘risida qonun qabul qilingan.
3. XX asrning ikkinchi yarmida “katta qurg‘oqchilik” laming
tez-tez bo‘lib turishi natijasida choMlar maydoni yiliga 6 mln.
gektarga kengaydi. Natijada, o‘simlik va hayvonot olamida salbiy
o ‘zgarishlar yuz bermoqda. A gar ilgari choMlar hosil bo‘lishi faqat
tabiiy y o ‘l bilan yuz bergan boMsa, endilikda insonning o ‘rmon-
larga o‘tkazayotgan ta’siri, o ‘rmon va qishloq xo‘jaligiga yaroqli
yerlar nisbatining buzilishi, aholining tinimsiz ko'payishi natijasida
sun’iy tarzda sodir bo‘lmoqda.
4. Sanoatlashgan mamlakatlardagi minglab ко*liar biologi-
yaviy o ‘lik holga kelib qolmoqda. Har yili jahon suv havzalariga
32 kub km. tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib tushmoqda.
Turli maqsadlar uchun suvga boMgan ehtiyoj tobora oshib borishi
natijasida suv sarfi ham shunga yarasha ko‘payib bormoqda.
Afrika, Shimoliy Amerika va boshqa qator mintaqalarda yer osti
suvi manbalari kamayib, sifati keskin o ‘zgarib bormoqda.
5. Atrof-muhitga antropogen ta’sir etish, uni texnogen bulg‘ash
oqibatida hayvonot va o'sim lik olami uchun jiddiy xavf yuzaga
keldi. H ar yili ko‘plab hayvon va o ‘simlik turi yo'qolishi oqibatida
XX yildan so‘ng mavjud turlaming beshdan bir qismi batamom
barham topishi mumkin. B u esa hayvonot va o ‘simlik olami
genofondining qisqarishigagina olib keimay, Yer biosferasida
oqibati jiddiy boMgan o'zgarishlam i keltirib chiqaradi.
6. Yer yuzidagi ekologik o ‘zgarishlar oqibatida 2050 yilga borib
atmosferadagi o'rtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha ko‘tarilishi
200
kutilmoqda. Atmosfera yuqori qismlarida ozon qatlami siyqalanib,
Antarktida va Arktika ustidagi “tuynuklar” kengayib bormoqda.
Ozon qatlamining yemirilishi natijasida barcha jonli mavjudot-
larga halokatli ta’sir etadigan quyosh radiatsiyasi nurlari uchun yo‘l
ochilib ekologik falokatlar (o‘simliklarda fotosintez jarayonining
qisqarishi, konserogen moddalar ta’sirida kelib chiqadigan kasal-
liklaming ko'payishi va h. k.) ro‘y berishi mumkin.
7.
Tabiatda inson sog‘ligi uchun xavfli boMgan metallar va ular
birikmalarining yig‘iiib qolishi tufayli zamondoshlarimiz tanasida,
ibtidoiy odamlardagiga qaraganda, kadmiy (yurak kasalliklarining
sababchisi) 70 marta, qo‘rg‘oshin (ateroskleroz va buyrak kasal-
liklari sababchisi) - 10, simob (asab kasalliklarini chaqiruvchisi
va gepatik o ‘zgarishlar sababchisi) — 19 m arta ko‘p to ‘plangan.
Havoni bulg‘ovchi moddalaming soni 100 dan ortadi, ularning
к о ‘pi zaharli, ba’zilari esa konserogen xususiyatlarga egadir.
Hozirda olimlar insonning tabiatga salbiy ta’sirini “ekologik
iz” tushunchasi bilan izohlamoqda. Ekologik iz — insonning
atrof-muhitga ta ’sirini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.- U biz iste’mol
qilayotgan barcha mahsulotlar va resurslami olish uchun qancha
miqdor unumdor erlar va tabiiy toza chuchuk suvdan foydalanayot-
ganimizni yaqqol ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda insoniyatning resurs-
lardan foydalanish darajasi biosferaning bu resurslami qayta tiklash
imkoniyatidan yuqori ekanligi m a’lum.
Atrof-muhitning bulg‘anishi bilan birga, insoniyat uchun zarur
boMgan tabiiy resurslar, birinchi navbatda, oziq-ovqat manbalari
muammosi ogMrlashib bormoqda. Ijtimoiy rivojlanish davomida
oziq-ovqat ishlab chiqarish to‘xtovsiz o ‘sib borgan boMsa-da,
hozirgi vaqtda uni ekstensiv ko'paytirish imkoniyati qariyb tugab
bormoqda.
Oziq-ovqat resurslarini ko‘paytirishning intensiv imkoniyatlari
ham yerlaming choMga aylanishi, tuproq eroziyasi, sho‘r bosishi,
sanoat va fuqaroga qurilish uchun ajratib berilishi va hokazolar
tufayli cheklangandir.
Bulardan ko‘rinadiki, mavjud imkoniyatlar doirasida oziq-ovqat
muammosini hal etish o'tkirligicha qolmoqda.
201
Global muammolar tizimida jahonning barcha mamlakatlarida
energiya quvvatining yangi manbalarini topish zaruriyati ham
tobora birinchi o ‘ringa chiqmoqda.
MaMumki, energiya q uw ati resurslari ikki xil — qayta tiklan-
maydigan (neft, gaz, ko‘mir) va tiklanadigan (suv q u w ati, yog‘och
va h. k.) boMadi. Shuningdek, q u w a t manbalarini tashqi (quyosh)
va ichki resurslari(masalan: atom yadrosi) tarzida ham tasnif etish
mumkin.
Hozir atom reaktorlaridan olingan energiya elektr q uw ati ishlab
chiqarishning 15% ga to‘g ‘ri kelmoqda. Keyingi paytlarda atom
quvvatidan foydalanish xususida xilma-xil va qarama-qarshi fikrlar
oldinga surilmoqda. Chemobil va Fukusima fojiasi bu boradagi
tashvishlar o‘rinli ekanini ko‘rsatmoqda.
Jahon okeani resurslarini o ‘zlashtirish masalasi ham XX asrning
ikkinchi yarmidan boshlab insoniyat oldida turibdi. Umuman
olganda, sivilizatsiyaning butun tarixi davomida okean zaxiralari
va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish masalasi insoniyat uchun
katta ahamiyatga ega boMgan. Okean kislorod yetkazib beradi,
g ‘oyat katta miqdordagi m a’dan xomashyosi zaxiralariga ega, oqsil
xomashyosi olish uchun zarur boMgan biomoddalami salmoqli
hajmda hosil etadi, iqlimni tartibga solib turadi va muhim transport
yoMi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, hozirga vaqtda jahon
okeani jam iyat ilgarilama harakati uchun muhim ahamiyatga ega
boMgan omillardandir.
Jahon okeani boyliklarini o ‘zlashtirish jam iyat va tabiat
aloqadorligining muhim ko‘rinishlaridan biridir. Hozirgi vaqtga
kelib insoniyat quruqlik boyliklarini asosan o'zlashtirib boMdi.
Okean suvlaridan ilgari baliq ovlangan, tuz, magniy, brom, yod,
fosfor, natriy, kaliy olingan boMsa, endilikda uning tagidan neft,
gaz, ko‘mir, temir, oltin, platina va boshqa nodir metallar qazib
olinmoqda. Dengiz akvatoriyalari ostidagi neft va gaz zaxiralari
1990 yilda qilingan hisob kitoblarga ko‘ra 450 mlrd. tonna(neftga
aylantirilganda), metallar — quruqlikdagi zaxiralari hajmiga
teng ekanligi maMum boMdi. Jahon okeani hududida ko‘miming
umumiy zaxirasi quruqlikdagiga qaraganda 250 martadan ko‘proq,
202
hozir qazib olinayotgan hajmdan esa 200 m artadan ortiqdir. 30 ga
yaqin unsurdan iborat temir, marganets qorishm alari chuqur suv
osti maydonining qariyb 35 mln. kv.km. ni tashkil etadi.
Okeandan foydalanishning an’anaviy obyektlari baliqchilik, suv
o'tlaridan foydalanish va hokazolar hozirgi vaqtda muhim bo'lib
qolmoqda. Masalan, 1975yilda dunyo b o ‘yicha 70 mln tonna baliq
ovlangan edi. Hozir esa ancha oshib ketdi. Dengiz mahsulotlarining
soni ham ko'payib bormoqda. 2000-yilda ularning hajmi 130-135
mln. tonnaga yetdi.
Dunyo okeani resurslaridan foydalanish kabi koinotni o'zlash-
tirish masalalari ham insoniyat oldidagi global muammolardan
hisoblanadi. Bu birinchidan, kosmik tadqiqotlarning qimmat-
lashuvi bo‘lsa, ikkinchidan, koinot butun insoniyatning mulki deb
tan olingandir.
Kishilarning koinotga kirib borishi, uni o ‘rganishi ham XX
asrdagi fan va texnika taraqqiyoti asosiy yo'nalishlaridan biri bo‘lib
qoldi.
Koinotni 0‘zlashtirish muammolari global boMgani uchun
barcha mamlakatlarning kuch-g‘ayratlarmi birlashtirib, undan
butun insoniyat manfaatlari y o 'lid a foydalanilishi lozim. Koinotiy
nazariyalar sohasida ham dunyo olimlari o ‘rtasida bir-birini istisno
qiladigan turli qarashlar mavjud. U lar o ‘rtaga q o ‘ygan fikrlarga
ko‘ra, koinotni o ‘zlashtirish uchun sarflanadigan mablag‘lardan
okean va quruqlikdagi muammolami bartaraf etish, yurak-tomir va
rak kasalliklarini davolash kabi masalalarni hal etishda foydalanish
lozim. Bu nuqtai nazar tarafdorlari koinot xarajatlarining yuqori-
ligiga e’tibor beradilar. Shuningdek, koinotdan harbiy maqsadlarda
foydalanish xavfi ham bu qarashlarda hisobga olingan.
Ikkinchi xil qarashlarga ko‘ra, koinotni o ‘zlashtirish zarur,
chunki uning yordamida tarixiy taraqqiyotning borishi bilan yuzaga
kelgan vazifa va muammolami yechish mumkin.
Bu qarashlar sirtdan qaraganda, so f ilmiy munozaralardek boMib
ko‘rinadi. Lekin ularning zaminida koinotni o ‘zlashtirishda yetak-
chilik qilayotgan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy manfaatlari yotadi.
Hozirgi asosiy vazifa-koinotni o'zlashtirishni butun insoniyatning
203
manfaatlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan uzviy bog‘lashdadir.
Boshqa barcha global muammolarni o ‘rganishda ham shu maqsad-
lardan kelib chiqmoq kerak.
Aytib o ‘tilgan umumbashariy, umumjahon muammolar juda ko‘p
va xilma-xil, keng miqyosli va o ‘ta murakkab ekanligi, ayni paytda
ulardan har birining insoniyatning bugungi va ertangi hayoti, jahon
sivilizatsiyasining, qolaversa, sayyoramizning ham taqdiri uchun
naqadar muhim va zarurligi o ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Shuning
uchun ham hozirgi paytda butun insoniyat uchun umumbashariy
muammolarni hal etishdan ko‘ra zarur va muhimroq vazifa yo‘q.
Umumbashariy muammolar yechilmasa, ekologik falokatlar oldi
olinmasa, tinchlik boMmasa, taraqqiyot ham, tarixning o ‘zi ham
boMmaydi.
U m um bashariy va regional m uam m olarni hal qilish yo‘llari
va x alq aro ham korlik.Global muammolami nazariy jihatdan
anglab yetish va bartaraf etish nafaqat o ‘ta og‘ir va uzoq davom
etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi
xususida hali aniq javoblar.va uzil-kesil yechimlarga ega boMmagan
ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklami
bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning
shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va
uning insonparvarlashuvi bilan bogMamoqdalar. Buning uchun
jiddiy asoslar bor. Zero, odamlaming feM-atvori, xatti-harakatlari,
pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan
ulaming hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Odamlar dunyoqarashi nafaqat ulaming dunyo haqidagi bilim-
larida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosaJar
chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon boMadi. Shu
sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi
lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada
muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan
holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali
muvaffaq boMmaganini e ’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin
emas. Xalqaro kuchlaming muayyan darajada birlashuvi, ulaming
muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham
204
hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit
beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to 4 la dunyoda
kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin
boMsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi
kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan, falsafa yechishga harakat
qilayotgan bosh masalalardir.
Tarixiy
tajriba turli xalqlaming yaqinlashuvi
ularning
manfaatlari mos kelgan joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini
ko‘rsatadi. 0 ‘zaro manfaatdorlik turli qiyinchiliklami tez bartaraf
etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy
aloqalami mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlaming u yoki
bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapital-
lam ing taqsimlanishida o ‘z muayyan manfaatiga ega boMadi. Ular
tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni saqlash va shu kabi
masalalarda doim o ‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning
siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham
bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o'xshamas-
ligiga sabab boMadi. B a’zan ichki manfaatlar umumiy manfaat-
lardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda m azkur siyosat boshqa
davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan,
ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi
xalqlaming qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p
kuzatiladi.
Ammo hozir, jam iyat hayotining intematsionallashuvi va
iqtisodiy aloqalarning o‘sib
borayotgan integratsiyalashuvi
sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida jahon hamjami-
yatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va
resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat obyektiv manfaat
larini o ‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni
tobora ko‘payib bormoqda. M a’rifatli siyosiy va jam oat arboblari
yanada aniqroq anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga boMgan
bu obyektiv ehtiyoj hoziming o'zidayoq ayrim davlatlar xulq-at-
voriga ta ’sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi
siyosatini m a’lum darajada belgilamoqda.
205
Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi
va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bogMiq.
U kompyuter inqilobi ta’sirida o'zgarganiga qaramay, texnogen sivili-
zatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqiab qolmoqda va shu
sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchi-
larini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar)
sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantimiayapti.
Ularning aksariyati fikriga ko'ra, hozirgi G ‘arb sivilizat-
siyasi insoniyat uchun shikastli boMgan ko‘pgina ziddiyatlami
yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida tabiat va uning resurs-
lariga nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli qadri-
yatlar tizimidan mustahkam o ‘rin olgan bunday tasaw urlar tarixan
sanoat inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan
boMib, o ‘z ildizlari bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni
bunyod etadi, uni tabiat imkoniyatlari va o ‘z imkoniyatlari bilan
hisoblashmasdan o ‘z ixtiyoriga ko‘ra o ‘zgartiradi, degan dunyoqa-
rashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik
tangliklar, balki ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda
avvalgi dunyoqarash moMjallari obyektiv sharoit tazyiqi ostida
o ‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi. Shu bois 0 ‘zbekistonda
aynan ma’naviy inqirozning oldini olish maqsadida 1994-yilda
“M a’naviyat va ma’rifat”jamoatchilik markazi tashkil qilindi, 1996-
yilda markaz faoliyatini takomillashtirish bo'yicha hukumat qarori
qabul qilindi va unga ko‘ra 1997-yildan barcha ta’lim muassasa-
larida “M a’naviyat asoslari” fanini o ‘qitish joriy qilindi. 1999-yilda
M a’naviyat va m a’rifat markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
M a’naviyat kengashi tashkil qilindi. 2008-yilda Islom Karimov
o ‘zining “Yuksak m a’naviyat — yengilmas kuch” asarida m a’naviy
tahdidlar va m a’naviy yuksalish omillarini nazariy asosladi, zero,
“M a’naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir” 1,
1 Karimov l.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. -Т.: M a’naviyat, 2008.
-B.18.
206
faqat m a’nan yetuk insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga
o ‘zida kuch topishi mumkin.
Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlan-
ishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash moMjal-
larini izlash jamiyatni m a’naviy yangiiashning bosh vazifalariga
aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlaming olimlari boshqa
qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o ‘zga sivilizatsiyaga o ‘tish
amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa
global muammolami bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli
yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadri
yatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi antro-
potsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga
va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e ’tiborni
qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli
mavjudot va mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida,
bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish ko‘rishi ham
lozim. Uning dunyoga munosabatini o ‘zgartirish, insonparvarlik va
koevolyutsiya, ya’ni tabiat va jam iyatning mushtarak rivojlanishi
tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy
rivojlanish mo‘ljallarini yaratishdan boshqa y o ‘li y o ‘q.
Dunyo xalqlar o ‘rtasida o ‘zaro aloqa va asosli hamkorlik
yoMiga yanada ishonch bilan kirishi, odamlaming ijtimoiy-iq-
tisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun
dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar haqidagi ilmiy bilim-
lami kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, odamlaming
yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarga o ‘z javobgarligini yanada
teranroq tushunishiga erishish lozim. B u yana shuning uchun ham
muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va hisoblash texnikasi
insonning o ‘z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin
boMgan oqibatlami ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini
ko‘p karra oshiradi. Shu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jaray-
onlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning
inson uchun ham, atrof-muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy
va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin boMgan texnik loyihalar
207
bo'yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz
darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda inson-
parvarlik masalalari yana birinchi o'ringa chiqmoqda. Fan-texnika
taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning, balki butun insoniyatning
axloqiy fazilatlariga bevosita bo‘ysundiruvchi inson faoliyatini
butunlay o ‘zgartirish lozimligini ifodalovchi “ilmiy insonpar
varlik” atamasi faol ishlab chiqilmoqda. l.A.Karimov bu xususda:
“M a’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o ‘z-o‘zidan
mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod
kelajagini ta’minlash yoMidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi
va oxir — oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin”1 degan
edi.
Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi
“yangi insonparvarlik”ning mohiyati yer kurrasida yashovchi
barcha odamlaming muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu
sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan
borliq m e’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat Bunday
qadriyatlaming ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy
qoidalar sifatida ta’riflangan.
Insoniyat o ‘zini o ‘zi tashkil yetuvchi jonli tizim sifatida o ‘z
mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erish-
ishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globaliashuv jarayonlari
va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida
tarqoqlik va ixtiloflami yengib, o ‘z birligi sari harakat qilish, ayni
vaqtda madaniyatlar, asriy an’analaming o ‘ziga xosligini, ayrim
millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora
qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. — Т.: Ma’naviyat, 2008. —
qadriyatlami e ’tiro f etish va ularga rioya qilish orqali erishish
mumkin.
Nazorat uchun savollar
1. Xalqaro munosabatlar tushunchasiga ta’rif bering va uning tarkibiy
tuzilishini tushuntiring.
2. Globallashuv jarayonlarida xalqaro munosabatlaming o‘mi qanday?
3. Global muammolar qanday mezonlar bo‘yicha tasniflanadi?
4. Global ekologik muammolar deganda nimalami tushunmoq kerak?
5. Inson-jamiyat munosabati tipidagi global muammolarga qanday
muammolar kiradi?
6. Global muammolami hal etishning qanday yo‘llari mavjud?
209
IZ O H L I LU G ‘ AT
Axloq
(lot. “moralis” — qoidaga, xulq-atvorga, urf-odatga taalluqli,
axloqli) kishilar orasidagi m unosabatlam i tartibga solishning o cziga
xos tartib, qoidalari yig‘indisi.
B a rq aro r rivojlanish
(ing. — Sustainable developm ent. Bu
tushunchani B M T Tashqi m uhit v a taraqqiyot xalqaro q o ‘mitasining
raisi G.X.Brutland 1987 yilda tak lif qilgan) — davlat, xalq, m illat-
lam ing ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik m uhitning bir-biri
bilan uzviy bogcliqligini ifodalovchi atama.
B ashorat
- tabiat va jam iy at hodisalarining kelajakdagi holati
yoki hozirgi kundagi nom a’lum m ohiyatini aniqlash qiyin bo6lgan
hodisalarga asoslangan taxminlar.
Begonalashuv
— ijtimoiy-falsafiy tushuncha sifatida, kishining
jam iyatdan, uni boshqarishdan, o ‘zi yaratgan m unosabatlar va obyek-
tivlashtirilgan narsalardan chetlanganligini bildiruvchi ijtim oiy hodisa.
Bilish
— obyektiv voqelikni ongda aks ettirishga qaratilgan inson
faoliyatining ijtim oiy-tarixiy jarayoni.
Bilish nazariyasi (gnoseologiya)
- borliqni bilish, inson bilim la-
rining kelib chiqishi va metodlari haqidagi falsafiy ta’limot. Falsafiy
adabiyotlarda, shu jum ladan falsafiy qom uslar v a lug‘atlarda “gnose-
ologiya” atamasi “bilish nazariyasi” deb tarjim a qilingan.
Bilish metodi
- bilish jarayoni tam oyili, qonun-qoidasi, talablar
sistemasi, uslub v a vositasi. Fan taraqqiyoti ilm iy bilish m etodlarini
yuzaga keltirib, bilish, o ‘z navbatida, ikki p o g 'o n a - em pirik va
nazariy m etodlarga bo‘Iinadi. K uzatish, tajriba, tavsiflash, o'lchash
v a boshqa em pirik bilish m etodlari sifatida o'rganiladi. M avhum -
lashtirish, rasm iylashtirish, kom pyuterda m odellashtirish v a hokazolar
nazariy bilish metodlari hisoblanadi.
Bixeviorizm
(ing. vehaviour - xulq-odat, xatti-harakat) — X IX
asr oxiri X X asr boshlarida psixologiyada paydo bo‘lgan yo‘nalish.
B. asoschisi E.Torndayk hisoblanadi. B. dasturi v a term ini birinchi
210
m arotaba J.B.Uotson (1913) tom onidan kiritilgan. Bixeviorizm
zam irida inson hulqining tashqi m uhitda harakatiantiruvchi verbal
va em otsional ta ’sirlar m ajm uasining tushunilishi yotadi. Bixevi-
orizm ning um um iy m anbai sifatida pozitivizm falsafiy tam oyillari
anglashiladi, chunki fanning vazifasini bevosita kuzatuvni tahlil etish
v a bayon etish tashkil etadi, deb hisoblaydi.
V ahshiylik — yon-atrofga, m adaniyatga, inson hayotiga qarshi
qaratilgan yovuz xatti-harakat. Vahshiylikning m aqsadi moMjalga
olingan obyektlam ing tadrijiy (evolyusion) rivojlanishi, ulam ing ichki
sistem alari v a qism lari o ‘rtasidagi aloqalarni buzish yoki bu obyekt-
lam i y o ‘q qilishdan iborat.
V andalizm — ajdodlar tom onidan bunyod etilgan m adaniy v a
m a’naviy boyliklam i, qadriyatlarni asossiz, o 'y lam ay y o ‘q qilish,
vayron qilish g'oyasi ustuvor bo‘lgan oqim.
V oly untarizm (lot. Voluntas — iroda) - iroda borliqning eng oliy
k o ‘rinishi deb qarovchi falsafiy oqim. Iroda volyuntarizm da tarixiy
jarayonlam ing obyektiv qonuniyatlariga rioya qilm asdan, jam oatchilik
bilan hisoblashm asdan o'zboshim chalik bilan o ‘z xohish-irodasini
yuqori qo'yuvchi faoliyatdir.
V orislik (ilgarilab borish, an’a n a v iy lik )- um um falsafiy kategoriya
b o 'lib , barcha fanlar uchun metodologik aham iyatga ega. Vorislik
voqea v a hodisalarning obyektiv bog‘lanishini bildiradi. Vorislik —
taraqqiyotning bir bosqichdan (darajadan) ikkinchi bosqich (darajaga)
g a o ‘tishining asosini tashkil etadi v a u har qanday o ‘zgarishning zarur
sharti hisoblanadi.
G a rm o n iy a (yunon. garm onia - bog'langanlik, qism ) bo‘lak-
larning bir-biri bilan m os ravishda bog'langanligini bildiruvchi
tushuncha.
G edonizm - (yunon.
hedone
— huzur-halovat, rohatlanish) etika
nazariyasidagi axloqiy talablarni asoslash tam oyili b o ‘lib, unga ko‘ra
huzur-halovat keltiruvchi va azob uqubatdan qutqazuvchi narsa
yaxshilik deb, azob-uqubat keltiruvchi narsa esa yom onlik deb ta ’rif
qilinadi.
G eo g rafik m u h it (tabiiy m uhit, tashqi m uhit) — jam iy at hayotining
zaruriy shart-sharoitini tashkil qiluvchi, ijtim oiy ishlab chiqarish jaray -
211
oniga bevosita aloqador boMgan va unga bevosita tortilgan tabiatning
m uayyan qismi (yer p o 4sti, atm osferaning quyi qism i, suv, tuproq va
tuproqning ustki qatlam i, o ‘sim lik v a hayvonot dunyosi)dir.
G eosiyosat (“geo” — “yer”, “siyosat” esa “davlat” v a “ ijtimoiy
ish”) — turli xil davlat v a xalqlam ing m anfaatlari sistem asi unga
boMgan yondashuv uslublari, vositalari u yoki bu hududiy joylashuvi,
salohiyatiga boMgan m unosabatda ifodalangan m aqsadlar o ‘z ifodasini
topgan tushuncha. Geosiyosat tushunchasi shved olimi va davlat arbobi
R.Chellen tom onidan muomalaga kiritilgan.
G u m an izm — (lot. “Hum anitas” —insoniylik, insonparvarlik, inson
haqida g ‘am xo6rlik) — insonni him oya qilishga, uning huquqlariga
kafillik berishni maqsad qilib olgan ta ’limot.
D a v la t - hokim iyatning vujudga kelishi v a faoliyat k o crsatishi
natijasida shakllangan jam iyat hayotini siyosiy tashkil etishni bildiradi.
Q onun chiqaruvchi, ijroiya v a sud sistem asi idoralaridan iborat oliy
hokim iyat boMib, jam iyat siyosiy sistem asining asosiy bo‘gMnidir.
M uayyan hududiy yaxlitlikdagi jam iy at siyosiy sistem asining asosini
tashkil etuvchi ijtimoiy institut. Bu institutning o ‘ziga xos belgilariga
quyidagilar kiradi: l.H udud v a uning chegaralari. 2. A holi (fuqarolar).
3 . 0 ‘z vazifalariga ega boMgan tashkilot va m uassasalar (qurolli
kuchlar, hokim iyat va b.ruv idoralari sistemasi va h.k.) 4. Ichki va
tashqi suverenitet.
D em ografiya (grek. D em os-xalq va grafo — yozam an) - aholi
haqidagi fan. Demografiya aholi v a uning o ‘zgarishini son v a sifat tavsi-
flariga muvofiq yaxlit holda ham, guruhlar holida ham o ‘rganadi. U
aholi sonining geografik jihatdan boMinishini ham da aholini sinflarga,
ijtim oiy guruhlarga mansubligiga, m ashg‘ulotiga, jin si, yoshi, millati,
tili, oilaviy ahvoli, madaniy darajasiga v a h.k.ga qarab tadqiq qiladi.
B unda aholini takror hosil qilish jarayonlari (tugMlish, oMish, nikohdan
o ‘tish, um r ko‘rish ham da aholining m igratsiya jarayonlari) oqibatida
yuzaga keluvchi om illam ing ularga ta ’sir qilishi dem ografiyada asosiy
o ‘rinni egallaydi.
D e m o k ra tiy a (yunon. “demos”—xalq va “kratos”— hokim iyat) —
“xalq hokim iyati” m a’nosini anglatadi. Jam iyat tuzum ining shunday
shakliki, bu holda uning a ’zolari jam iyatni boshqarishda, qarorlar
qabul qilishda, tenglik asosida qatnashadilar.
212
D avlat hokim iyatning quyidagi tam oyillarga asoslangan shaklidir:
a) yuqori davlat tashkilotlari v a lavozim iarga shaxslarning
saylanishi va ularning almashishi;
b) m ansabdor shaxslarning saylovchilar oldidagi hisoboti va
ularning nazorati ostida boMishi;
v) davlat tashkilotlarining tuzilishi v a ularning xalq oldidagi
m as’uliyati;
g) kam chilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi;
d) barcha fuqarolam ing tengligi, ular huquqlari va erkinliklarini
ta ’minlash.
D ete rm in izm (lot.
Do'stlaringiz bilan baham: |