siyasi kuchli davlatlarning global yakka
hokimlik rejalarini tiyib
turish markazlaridan biri sifatida misol bo‘la oladi.
4.
Jahon siyosatining demokratlashuvi va insoniylashuvi.
Jahon hamjamiyati halqaro munosabatlami har bir insonning
hayot kechirish, erkinlik, yaxshi turmush sharoitlariga ega boMish
huquqlari nuqtai nazaridan baholanishining muhimligini anglab eta
boshiadi.
5.
Xalqaro munosabatlar sohasining kengayishi.
Zamonaviy
xalqaro munosabatlar sohasi — iqtisodiy, siyosiy va diplomatik
munosabatlardan tortib to mutaxassislar
bilan ijodiy aloqalar va
ishtirokchilari davlat mansabdorlari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy
harakatlar, diniy, madaniy, sport va boshqa tashkilotlar boMgan
Internet orqali kundalik muloqatlar bilan tutashib ketdi.
6.
Global muammolarning barcha insoniyat uchun umumiy
ekanligini anglash.
Insoniyat o ‘z boshiga tushgan falokatlar, tabiiy
xarakterdagi global halokatlar oqibatida o ‘z
taqdirlarining umumiy
ekanliklarini, bir-birlariga bogMiq ekanligini va aloqadorligini
tushinib etdi. Bu holatlar yagona jahon hamjamiyati yoki barcha
insoniyat birlikda harakat qiladigan jahon tizimi shakllanishiga
imkoniyatlar yaratmoqda.
7.
Globallashuv jarayoni va bir xillikka intilish.
Hozirgi
globallashuv mafkurachilarining fikricha, xalqlarni davlatlarga
boM ish shartl i xarakter kasb etmoqda, shunday ekan, yagona axborot,
taMim v a madaniy kengliklar shakllanishiga bogMiq
holda insonlar
hayot tarzida universiallik kuzatilmoqda. Hozirgi davrda faqat turli
davlatlar va mintaqalaming geografik alohidaligi to‘g ‘risidagina
gapirish mumkin. Sayyora turli kengliklardan iborat boMishiga
qaramay, u ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy m a’noda yaxlitlik alomatini
namoyon qilmoqda. Alohida mamlakat vaxalqlar ijtimoiy, iqtisodiy
va siyosiy hayotining turli-tuman ekanligi va xususiyatlaridan farq
qiladigan yagona jahon hamjamiyati shakllanmoqda.
Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida miiliy, diniy,
mintaqaviy, global, shuningdek, xususiy manfaatlar xalqaro muno
sabatlaming predmeti boMib maydonga chiqmoqda. Shu bilan birga,
manfaatlar tizimida iqtisodiy tashkil etuvchi qism va xavfsizlik
191
manfaatlari asosiy o ‘rin tutadi. Qator mamlakatlaming manfaatlari
jamiyatdagi hukmron qadriyatlar va mafkuraviy ko‘rsatmaiar bilan
belgilanishi kam uchraydigan hodisa emas. Shunday davlatlar borki,
ularda din bosh mavqega ega, shunga muvofiq, diniy va mafkuraviy
omillarning ta’siri tashqi siyosatda ancha yuqori boMadi.
Xalqaro munosabatlar turli harakatlanuvchi kuchlar va motivlar
ta’sirida rivojlanadi, o'zaro hamkorlikda davlatlar — subyektlar
manfaatlarining mos kelishi yoki to‘qnashuvi, manfaatlami himoya
qilish, ular bo‘yicha kelishuvga erishish
hal qiluvchi ahamiyatga
ega. Har qanday davlatning tashqi siyosiy manfaati, maqsad va
vazifalari, aw alo , milliy ehtiyojlar, manfaatlar va qadriyatlarga,
ulami xalqaro maydonda himoyalash va ta’minlashga bogMiq. Shu
bilan birga, konstitutsion m e’yor va tamoyillar eng muhim, doimiy
manfaat va qadriyatlarning huquqiy ifoda shakli hisoblanadi. B a’zi
mamlakatlarda konstitutsiya davlatning tashqi siyosatini tartibga
solishni qamrab oladi. Tashqi siyosat
predmeti konstitutsiya
tarkibiga kiritilganda yoki uning alohida m e’yorlari bilan tartibga
solinganda, tashqi siyosat muayyan davlat konstitutsion huquqining
tarkibiy qismiga aylanadi
Xalqaro munosabatlar o 'z mohiyatiga ko'ra o ‘sib boruvchandir.
Bu doimiy o ‘tish holati boMib, unda davlatlar o'rtasidagi ikki
tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlaming an’anaviy hamda
yangi shakl va metodlari o'zaro birlashib ketadi. Xalqaro munosa
batlar mazmuni va xarakteriga ta’sir etish kuch markazning doimiy
aralashib turishidir.
U m um bashariy m uam m olar, asosiy sohalari v a ularning
xususiyatlari. “Hozirgi davming global muammolari” tushun
chasi 1960-yillar oxiri — 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi
va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala hamda ommaviy ongdan
mustahkam o ‘rin oldi.
Etimologik jihatdan “global” atamasi, “globaliashuv”
atamasi
kabi, yer kurrasi bilan bogMiq. Ayni shu sababli butun insoniyat
manfaatlariga daxldor muammolami ham, dunyoning turli nuqta-
laridagi har bir ayrim insonga tegishli boMgan, ya’ni umuminsoniy
xususiyat kasb etadigan muammolami ham “global” deb nomlash
192
odat tusini olgan. U lar jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining
muhim obyektiv omili sifatida ayrim
mamlakatlar va mintaqa-
larning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularni
yechish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini
xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global
muammolaming yechilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun
halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Jahon taraqqiyotiga, jumladan,
xalqaro munosabatlarga
nisbatan turli ta’sirlarning kuchayishi oqibatida global muammolar
majmualari paydo bo‘lmoqda. Bu muammolami quyidagi guru-
hlarga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: