Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Karimov LA.
Yangilanish va o (zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi.//Xavfsizlik 
va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Т.10. - Т.: 0 ‘zbekiston, 2002. - B . 325.
120


- D avlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish;
- Sud-huquq tizimini isioh etish;
- Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so ‘z erkinligini 
ta’minlash;
- 0 ‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta ’m inlash va saylov 
qonunchiligini rivojlantirish;
- Fuqarolik jam iyati institutlarini shakllantirish v a rivojlanti­
rish;
- D em okratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashti- 
rishni yanada chuqurlashtirish.
Konsepsiyadagi asosiy vazifalardan biri fuqarolik jam iyati ins- 
titutlarining davlat va jam iyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish 
hamda samarali jam oatchilik nazoratini y o ‘lga qo‘yishdan iborat. 
Shuningdek, fuqarolik jam iyati institutlarini rivojlantirish jarayoni 
jam oatchilik va fuqarolik nazorati institutiarining, jam iyatning dav­
lat bilan o ‘zaro samarali aloqasini ta’m inlash bilan uzviy bog'liq 
holda kechishi ko‘zda tutilmoqda.
K onsepsiyada fuqarolik jam iyati institutlarini rivojlantirish va 
demokratlashtirish, jahon hamjamiyatiga yanada chuqurroq integ- 
rasiyalashish, davlat boshqaruvida xalq irodasini to ‘liq ifodalash, 
aholining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish 
maqsadida qator qonunlar qabul qilishga zarurat sezilayotgani har 
tomonlama asoslab berildi. Jum ladan, bu sohada am alga oshirila- 
yotgan islohotlam ing oshkoraligi va sam aradorligini, davlat organ­
lari bilan fuqarolar m unosabatida o‘zaro hamkorlikni ta ’minlash 
maqsadida “Ijtim oiy sheriklik to ‘g ‘risida”gi Qonunni qabul qilish 
kun tartibiga qo'yildi. Ayniqsa, bu qonunning “aholi turli qatlam- 
larining huquq va erkinliklari, manfaatlarini him oya qilishda no­
davlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilm alari bilan o ‘zaro 
munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlami takom illashtirish kabi masalalar bo'yicha huquqiy 
normalar”ni o ‘z ichiga olishiga alohida e’tibor qaratildi.
“Ijtim oiy sheriklik to ‘g ‘risida”gi Qonun fuqarolik jam iyati ins- 
titutlari harakatini kuchaytirib, davlat organlari bozor iqtisodiyoti 
mezonida ish yuritishiga qulaylik tu g ‘diribgina qolmay, fuqarolar-
121


ning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklarini ta’minlash mexaniz- 
mi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, 
ijtimoiy sheriklik jam iyatdagi ijtimoiy qatlam lar va guruhlar man­
faatlarini adolat tamoyillari asosida muvofiqlashtiruvchi om ilga ay­
lanadi.
Shuningdek, konsepsiyada fuqarolarning o ‘zini o ‘zi boshqarish 
organlarini fuqarolik jam iyati instituti sifatida takomillashtirish, 
aholi manfaatlarini kengroq ifodalash uchun m ahallalar faoliyati- 
ning tashkiliy asoslarini yanada mustahkamlash, ish k o ‘lamini ken- 
gaytirish, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv idoralari bilan 
o ‘zaro munosabatini izchillashtirish m aqsadida “Fuqarolarning 
o‘zini o ‘zi boshqarish organlari to ‘g‘risida”gi Q onunga o ‘zgartish 
va qo'shim chalar kiritish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. Bu 
m ahallalam i “...aniq y o ‘naltirilgan asosda aholini ijtimoiy qoMlab- 
quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish 
m arkaziga aylantirish, shuningdek, ulam ing davlat boshqaruv or­
ganlari faoliyati ustidan jam oatchilik nazorati olib borish tizim i- 
dagi vazifalarini yanada kengaytirishga jiddiy e ’tibor qaratish” de^ 
makdir.
Albatta, mahallani fuqarolik jam iyati instituti sifatida rivojlan­
tirish, shu tarzda aholida o ‘zini o 'z i boshqarish m alakasini ku- 
chaytirish, har bir fuqaroda voqelikka daxldorlik, ogohlik va m as’- 
ullik hissini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonda faol ishtirok 
etishini ta ’m inlash uchun mustahkam huquqiy asos kerak. Shu 
m a’noda, m azkur qonun kuchli fuqarolik jam iyati kafolatlaridan 
biri bo'ladi.
Konsepsiyada m ahalla fuqarolar yig‘inlari mavqeini oshirish- 
ga ham alohida e ’tibor berildi. “Fuqarolar yig 'in i raisi (oqsoqoli) 
va uning maslahatchilari saylovi to ‘g ‘risida”gi Q onunga o ‘zgar- 
tish va q o ‘shimchalar kiritish haqidagi taklif shu m aqsadga xizm at 
qiladi. Unda yig ‘in raislari va maslahatchilarni saylashda yuksak 
talablar - “oqsoqollar va ulam ing maslahatchilari eng m unosib fu­
qarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchayti- 
rishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta ’minlaydigan 
chora-tadbirlarni nazarda tutish” belgilab berildi.
122


Konsepsiyaga binoan «davlat hokim iyati va boshqaruvi organ­
lari tom onidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jam iyat, 
fuqarolik institutlari nazoratini am alga oshirishning tizim li va sa­
marali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “0 ‘zbekiston 
Respublikasida jam oatchilik nazorati to‘g ‘risida”gi Qonunni qa­
bul qilish belgilandi. M azkur “qonunda jam oatchilik nazoratining 
turlari, shakllari va subyektlarini, nazorat predmetini, uni am alga 
I'shirishning huquqiy mexanizmlarini, shuningdek, m azkur sohada 
amaldagi qonun hujjatlarini ijro etmagani uchun m ansabdor shaxs- 
laming javobgarligi shartlarini belgilab qo‘yish zarur’Migi ta’kid- 
landi.
Fuqarolik jam iyatining eng muhim jih ati — insonga, uning 
erkinligi v a huquqlarini ta ’minlashga e’tibor qaratilishi, bu jara- 
yonda esa davlatning asosiy m as’ul siyosiy institut ekanligi m u­
him aham iyat kasb etadi. Shuning uchun ham konsepsiyada “inson 
huquqlari sohasida m iiliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb 
aham iyatga ega” ekanligi ko'rsatib o'tildi. U nga m uvofiq ravish- 
da m azkur “dastur eng avvalo huquqni m uhofaza qilish va nazorat. 
organlari tom onidan inson huquq va erkinliklarining him oya qili- 
nishini ta ’minlash, jam iyatda inson huquqlari b o ‘yicha madaniyat- 
ni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya 
etilishi ustidan jam oatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan 
chora-tadbirlarni o ‘zida mujassam etishi kerak”ligiga e ’tibor qa- 
ratildi.
Konsepsiyada m a’m uriy javobgarlik to ‘g ‘risidagi kodeksga 
jam iyat va davlat qurilishi, hududlarda ijtim oiy-iqtisodiy rivojla- 
nishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini 
belgilab bergan qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun davlat 
organlari m ansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishni 
nazarda tutadigan o ‘zgartish va qo‘shim chalar kiritishning tak- 
lif etilishi fuqarolik jam iyati institutlariga o ‘z konstitutsiyaviy va 
qonuniy vakolatlarini mustaqil institut sifatida am alga oshirishlari 
uchun keng imkoniyat yaratadi. Albatta, kodeksga kiritiladigan 
o‘zgartish va qo'shim chalar Konstitutsiyaning 58-m oddasini to ‘liq 
amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, nodavlat notijorat
123


tashkilotlam ing qonunlar doirasida erkin va mustaqil faoliyat yuri- 
tishi uchun huquqiy asoslar yanada takomiilashadi.
Konsepsiyada “atrof-m uhitni himoya qilishni ta ’m inlash tizimi- 
da nodavlat notijorat tashkilotlam ing roli va o 'rn in i belgilashga qa- 
ratilgan “Ekologik nazorat to ‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab 
chiqish va boshqa qator qonun hujjatlarini qabul qilish” taklifining 
ilgari surilishi nafaqat ekologik jarayonlam i yaxshilaydi, balki bu 
sohada aholi faolligini oshirishga, ekologik m adaniyatni shakllanti- 
rishga kuchli ta’sir etadi, desak m ubolag'a boMmaydi.
K o'rinib turibdiki, konsepsiyaning e ’lon qilinishi, unda ilgari 
surilgan m aqsad va vazifalam i am alga oshirish natijasida fuqaro­
lik jam iyati institutlari xalqaro m e’yorlar darajasida rivojlanadi, bu 
jarayonga bogMiq holda m am lakatda inson taraqqiyotini am alga 
oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Zero, hozirgi davrga ke­
lib inson manfaatlarini am alga oshirish inson taraqqiyotining asos­
iy kafolati ekan, bu jarayon faqat biz qurayotgan fuqarolik jam iyati 
sharoitida toMa-to‘kis am alga oshishi mumkin.
N azorat uchun savoliar
1. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat o‘rtasidagi aloqadorlik nima­
larda namoyon boMadi?
2. Fuqarolik jamiyati institutlari deganda nimani tushunasiz?
3. “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi- 
ning mohiyatini tushuntiring.
4. 0 ‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasining 
ustuvor yo‘nalishlarini izohlang.
124


IJT IM O IY - TARIXIY TARAQQIYOT
Ijtim o iy ta rix iy ta ra q q iy o t tu sh u n c h a si v a u n in g m ohiyati. 
Ijtimoiy taraqqiyot ijtim oiy falsafaning asosiy bahsli m avzularidan 
biri hisoblanib, uning m ohiyati, subyektlari, omillari v a harakatga 
keltiruvchi kuchlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish jam i- 
yatning rivojlanish dinam ikasini to ‘g ‘ri baholash im konini beradi.
Avvalo “taraqqiyot” tushunchasi falsafiy m a’noda rivojlanish- 
ning oddiydan m urakkabga, quyidan yuqoriga y o ‘na!gan shakli, 
uning yuksalishini ifodalaydi. Taraqqiyot jonsiz, anorganik tabiat- 
ga ham, jo n li, organik tabiatga ham , jam iyatga, inson tafakkuriga, 
ruhiyatiga ham xos bo‘lgan tabiiy va zaruriy jarayondir. Taraqqiyot 
mikro-makro-megadunyoda ham sodir b o ‘ladi. Taraqqiyot tufayli 
olamda mukammallashish, yuksalish ro‘y beradi, u vujudga kelish,- 
murakkablashish, ulg‘ayish, yangilanish, tiklanish, sistem a yasalish 
jarayonlari.tarzida am alga oshadi. Taraqqiyot yaxlit jarayondir. De- 
mak, taraqqiyotning jam iyatga xos ko‘rinishi, bu — ijtim oiy taraq- 
qiyotdir.
Ijtim oiy taraqqiyot tarixiylik xususiyatiga ega. Ijtim oiy taraq­
qiyot tarixiy davrda yuz beradi. Biz jam iyat tarixini tahlil qilish 
asnosida muayyan tarixiy taraqqiyot davrlarini, sivilizatsiyalam i 
aniqlashimiz m um kin bo‘ladi.
Jam iyatning yashashi, hayoti va faoliyati tartibsiz, stixiyali ra- 
vishda kechadigan jarayon emas. U m a’lum bir qonuniyatlar asosi­
da taraqqiy etadi. Jamiyat o ‘zining mavjudiik holatida tarixiy taraq­
qiyot qonunlari — progress va regress jarayonini obyektiv ravishda 
o‘z boshidan kechiradi. Bu dialektik jufitlik jam iyatning butun 
hayotini o ‘zaro o ‘rin almashgan holda belgilaydi.
“Progress” - ildanma harakat, “regress” —orqaga harakat m a’no- 
larini ifodalab, boshqacha aytganda progress-taraqqiyot, ilgarilan- 
m a rivojlanish jarayonini, aksincha regress esa tanazzul, inqiroz,
125


degradatsiya holatini ifodalovchi tushuncha sifatida q o ‘Manila- 
di. Bu ikki jarayonni ajratib turuvchi uchinchi holat ham mavjud 
boMib, bu “turg‘unlik” tushunchasi orqali ifodalanadi va aksariyat 
holatlarda salbiy m a’noda qoMlaniladi. “Turg‘unlik” tushunchasi 
agar taraqqiyotning oxiri m a’nosida qo‘llansa salbiy, agar ijtimoiy 
taraqqiyotning boshlanishi m a’nosida qoMlanilsa — ijobiy m a’no 
kasb etadi.
Tarixga nazar tashlasak, butun jam iyat hayoti m ana shu uchta 
holat asosida kechganligini ko‘rishimiz mumkin. Tarixda hali hech 
bir jam iyat mutlaq progressiv hayot kechirmagan. U ning progres- 
sivligini ta ’m inlab turgan om illar va shart-sharoitiam ing o ‘zgarib 
turishiga qarab goh turg‘unlik, gohida regress holatlarini boshidan 
kechirgan.
0 ‘z taraqqiyotining eng yuqori bosqichini boshidan kechirgan 
jam iyatlar albatta progress-tanazzul holatini ham boshidan kechir- 
ganlar. Bu jam iyatga nisbatan “y o ‘q boMish” degani em as, balki 
sifat va m iqdor jihatdan o ‘zini o ‘zi tashkil qilish demakdir. Dav- 
latlarda esa regress aksariyat hollarda aksincha o ‘zini o ‘zi tashkil 
qilish va boshqarish qobiliyatini yo'qotish evaziga parchalanish va 
y o ‘q boMish ko'rinishida namoyon boMadi. B u degani, jam iyatning 
boshqaruvchi va tartibga solib turuvchi m exanizm ining ishdan chi- 
qishi demakdir. Tushunarliki, regress birinchi navbatda davlatning 
tanazzuli ko'rinishida nam oyon boMadi. B u h ar doim ham salbiy 
m a’no kasb etmaydi, chunki barqarorlik va progressiv jarayonni 
ushlab tura olmagan davlat apparati(tashkilot) jam iyat tomonidan 
tabiiy ravishda inkor etiladi.
Ijtim oiy taraqqiyot sodir boMishi uchun hozirda quyidagi 
shart-sharoitlar boMishi lozimligi ilgari surilmoqda:
— ijtim oiy tizim strukturasining o ‘zaro muvofiqligi;
— ijtim oiy tizim tarkibiy elem entlarining bir-biri bilan o ‘zaro or- 
ganik tarzda bogManganligi;
— ijtimoiy tizim elem entlarining funksional jihatdan o ‘z vazifa- 
sini a ’lo darajada bajarishi;
— ijtim oiy tizimni tashkil etgan insonlarning ijtim oiy faolligi;
126


-ja m iy a t a’zolarining m anfaatdorlik asosida erkin faoliyat yuri- 
tish imkoniyatining mavjudligi;
—jam iyat a ’zolari m anfaatlarining mushtarakligi;
- elitaning ijtimoiy tizimni boshqarishga qobilligi;
- jam iyat a ’zolarining o ‘z kelajagiga nisbatan optim istik qa- 
rashlarga ega ekanligi (progressiv m afkuralar va g ‘oyalar hukm - 
ronligi);
- harakatchan (mobil) ijtimoiy va individual ongning m avjudli­
gi, y a ’ni ijtimoiy ongning qotib qolgan boMmasligi va b.
Regress esa yuqoridagilarning aksi sifatida quyidagi k o ‘rinish- 
larda nam oyon bo‘ladi:
- ijtimoiy tizim ning hayot talablariga m os kelm ay qolishi, y a ’ni 
talabga javob bera olm ay qolgan strukturaning qayta tashkil etilma- 
ganligi;
- ijtimoiy tizim tarkibiy elem entlarining bir-biri bilan o ‘zaro or- 
ganik tarzda bog'lanm aganligi, nomuvofiqlik;
- ijtimoiy tizim elem entlarining funksional jihatdan o ‘z vazi- 
fasini bajarish qobiliyatining eng minimal darajadan ham pastligi;
- ijtim oiy tizimni tashkil etgan insonlam ing ijtim oiy passiv 
faoliyai;
-ja m iy a t a ’zolarining manfaatdorlik asosida erkin faoliyat yuri- 
tish im koniyatining o ‘ta cheklanganligi;
-ja m iy a t a ’zolari m anfaatlarining m ushtarak em asligi, ijtimoiy 
ziddiyatlam ing o ‘ta keskinlashuvi;
- davlat m iqyosida elitaning ijtimoiy tizimni boshqarishga no- 
qobilligi (ijtim oiy m uam m olam i hal qila olmaslik);
- jam iyat a ’zolarining o ‘z kelajagiga nisbatan pessim istik 
qarashlarining kuchayishi (regressiv g‘oyalar hukm ronligi);
- ijtimoiy va individual ongning ijoddan m ahrum ligi va qotib 
qolganligi va b.
Shuningdek, jam iyatning regress holatiga tushib qolishiga har- 
biy urushlar va ekologik tangliklar ham sabab boMishi mumkin.
Hozirda ijtim oiy taraqqiyot borasida nufuzli xalqaro tashkilot 
BM T tomonidan “Barqaror taraqqiyot”, “Inson taraqqiyoti” kon- 
sepsiyalari ilgari surilmoqda. 1992 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro
127


shahrida Birlashgan M illatlar Tashkilotining “A trof-m uhit va taraq­
qiyot” (UNCED) bo'yicha konferensiyasi o ‘tkazildi. Konferensiya 
dunyo mamlakatlari hukumatlarini barqaror taraqqiyotni ta’min­
lash uchun kurashishga da’vat etdi. Uchrashuv chog‘ida 2012-yil- 
gacha boMgan taraqqiyot davrida erishiigan yutuqlar, muammolar 
va galdagi muhim vazifalar ko‘rib chiqildi.
BM T tomonidan 2012 yilning iyun oyida Braziliyaning Rio-de- 
Janeyro shahrida “Rio+20” konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu voqea, 
shuningdek, ju d a ko‘p!ab hukumatga qarashli boMmagan va davlat 
m uassasalari, BM T agentliklarining ham diqqatini tortdi. Konfer- 
ensiyada “Barqaror taraqqiyot” konsepsiyasi bir ovozdan m a’qul- 
landi.
Barqaror taraqqiyot - bu, kelgusi avlodlar hayot tarziga tahdid 
solmagan holda hozirgi avlodning hayot tarzini yaxshilash va ehti­
yojlarini qanoatlantirishga yordam beradigan taraqqiyotdir. Bosh- 
qacha aytganda bu — bugungi avlodning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy va ekologik talablariga javob beradigan va kelajak avlod­
lar uchun ham m a’qul boMgan taraqqiyot yoMidir. Rivojlanayotgan 
m am lakatda k o ‘m ir vositasida qizdiriluvchi elektrostansiyalar quri- 
lishini qoM lab-quwatlashni beqaror taraqqiyot deb hisoblash mum­
kin. Chunki u kelajak avlodlar hayotiga salbiy ta ’sir k o ‘rsatadi. 
K o‘m ir vositasida ishlovchi elektrostansiyalar o ‘m iga atrof-muhit- 
ga zarar yetkazmaydigan Quyosh energiyasidan samarali foydala­
nish x av fsizv a ayni p a y td ato ‘g ‘ri tanlanganyoM boMardi. Barqaror 
taraqqiyot — sayyoram iz aholisining turmush darajasini yaxshilash 
uchun eng qulay yondashuv va “Rio+20” konferensiyasi ushbu 
fikm ing to ‘g ‘ri ekanligini tasdiqlashga xizm at qildi.
Global miqyosda barqaror taraqqiyotni ta’m inlash maqsadida 
“Rio+20” konfrensiyasida asosiy e ’tibor ikkita m asalaga qaratildi. 
U la rd a n b iri b u tu n d u n y o d a “y a sh il iq tis o d iy o t”n i ta sh k il 
etish. B unda foyda olish yoMida atrof-m uhit musafFoligi h av f ostiga 
qo'yilm asligi kerak. Shunday iqtisodiyotning rivojlanishi barqaror 
taraqqiyotning yorqin namunasi boMadi va u qashshoqlikni bartaraf 
etishda ham muhim rol o ‘ynaydi. Ikkinchi m asala — shunday insti-
128


tutsional asosni yaratish kerakki, u dunyo m am lakatlari ichki siyo- 
satni olib borishda ham undan foydalana olsin.
Yana bir konsepsiya bu — “Inson traqqiyoti” konsepsiyasidir. 
BMTning Taraqqiyot dasturi (BM TTD) tom onidan tayyorlangan 
2010 yil “Inson taraqqiyoti haqidagi m a’ruza”da unga quyidagicha 
ta’rif beriladi:
“Inson taraqqiyoti o ‘z mohiyatiga k o ‘ra inson erkinliklari qa- 
toriga odam larning uzoq, sog'lom va ijodkor hayotga boMgan 
huquqlarini ham da boshqa, ularning fikri bo‘yicha qadrlashga ar- 
zigulik maqsadlarga erishish; bizning m ushtarak sayyoram izda 
adolat va rivojlanishning barqarorligini ta ’m inlashda faol ishtirok 
etishni kiritishdan iborat. Odam lar - alohidami yoki guruhlarm i — 
bir vaqtda inson rivojlanishining ham sayi-m aqsadi, ham harakat- 
lantiruvchi kuchidirlar”1.
B u ta ’rifni tushunib yetish quyidagi xulosani chiqarishga im- 
kon beradi: inson taraqqiyoti — kompleks xarakterga ega b o'lib, o ‘z 
ichiga insonning ham moddiy, ham m a’naviy ehtiyojlarini qondir- 
ishni, uning sog'liqqa, ta’Iim olishga, o'zin i ifoda qilish erkinligi- 
ga, bugungi va kelgusi avlodlar xavfsizligiga boMgan huquqlarini 
ta’minlashni qamrab oladi.
2000 yilning sentyabr oyida BM Tning M ing yillik Sammiti 
boMib o ‘tdi va unda BM Tning M ing yillik D eklaratsiyasi, y a ’ni 
xalqaro hamjamiyatning inson taraqqiyoti va inson xavfsizligini 
ta’minlash borasidagi harakat dasturi bir ovozdan qabul qilindi. 
Uning maqsadlari:
— 1-maqsad. H addan tashqari kam bag‘allik va ochlikning 
tugatilishi. Vazifalar: 1990-2015 yillar davom ida kuniga 1 AQSh 
dollaridan kamroq darom ad oladigan aholi sonini ikki m arotabaga 
kamaytirish; ishlab chiqarishdagi bandlikni toMiq va barcha, shu 
jum ladan, ayollar va yoshlar uchun m unosib ish bilan ta’minlash;
— 2-maqsad. U m um iy boshlang‘ich ta ’limni ta ’m inlash. Vazi­
falar: 2015 yilga qadar butun dunyoda bolalar: ham o ‘g ‘il bola-
1 Доклад о развитии человека 2010 - Реальное богатство народов: пути к 
развитию человека. - ПРООН, 2010. С. 22.
129


lar, ham qizlarda boshlangMch maktab ta ’limini olish imkoniyati 
boMishini ta ’minlash;
— 3-maqsad. Erkaklar va ayollar tengligini rag‘batlantirish ham­
da ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish. Vazifalar: 
2005-yilgacha jinslar o ‘rtasidagi boshlang‘ich va o ‘rta ta ’lim so- 
hasidagi tengsizlik tugatilishi kerak, eng kechi bilan 2015-yilgacha 
esa ta ’limning barcha darajalarida tengsizlikni y o ‘q qilish;
— 4-maqsad. Bolalar oMimining kamaytirilishi. Vazifalar: 
1990-2015-yillar davomida besh yoshgacha boMgan bolalar oMi- 
mini uchdan ikki qism ga kamaytirish;
— 5-maqsad. Onalikni m uhofaza qilishni yaxshilash. Vazifalar: 
1990-2015-yillar davomida onalik oMimi ko‘rsatkichini to ‘rtdan 
uch qism igacha kamaytirish; 2015 y ilgaqadar reproduktiv salomat- 
likni muhofaza qilish bo‘yicha xizm atlardan um um iy foydalanishni 
ta’minlash;
— 6-maqsad. OIV/OITS, m alyariya va boshqa kasalliklarga qar- 
shi kurash.
— 7-maqsad. Ekologik barqarorlikni ta’minlash.
— 8-maqsad. Rivojlanish maqsadida global sherikchilikning 
shakllanishi.
Inson taraqqiyotini baholash uchta kom ponentga asoslanishi 
kerakligi belgilandi:
— farovonlik;
— huquqlar va imkoniyatlar kengayishi, agentlik;
— adolat.
Inson taraqqiyoti ko‘rsatkichlarini aniqlash quyidagi mezonlar- 
ga tayanadi:
— Iqtisodiyot;
— Demografiya;
- A h o li daromadlari;
— K am bag‘allik;
-SogM iq;
— Ovqatlanish;
— Turar-joy va kommunal xizmatlar;
— Ta’lim va madaniyat;
130


- Jinoyatchilik;
- A trof-m uhit holati;
- Davlat boshqaruvini takomillashtirish, dem okratiya va fuqa­
rolik jam iyati institutlarini rivojlantirish.
ITKni qo‘Uashning butun davri davomida m uayyan m am lakat- 
dagi inson taraqqiyoti darajasi va dinamikasini ifodalovchi va ular- 
ni boshqa davlatlardagi holat bilan taqqoslashga im kon beruvchi 
yagona integratsiyalashgan ko'rsatkichni ishlab chiqish borasida 
urinishlar am alga oshirilgan. O xir oqibat ITKning asosiy “ savatla- 
rida” bosh y o ‘nalishlarni o ‘zida mujassam etgan k o ‘rsatkich sifati- 
da Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) qabul qilingan. U agregatlashgan, 
yig‘m a indeks bo‘lib, mamlakat yutuqlarining o ‘rtacha darajasini 
uch y o ‘nalish — salom atlik va uzoq um r ko'rish, bilim hamda mu- 
nosib hayot kechirish darajasi b o ‘yicha baholashga imkon beradi.
J a m iy a t ta ra q q iy o tin in g q o n u n la ri. Ijtimoiy hayotning mu- 
rakkabligi va undagi jarayonlam ing xilma-xilligi jam iyat qonunla- 
rini tasniflashning bir qancha obyektiv mezonlari borligini isbotlab 
bermoqda.
Ijtimoiy-tarixiy jarayonlam ing vujudga kelishi, amal qilishi va 
rivojlanishida bir vaqtning o'zida turli darajadagi va har xil aha- 
miyatga m olik qonunlar namoyon boMadi. Ularning ba’zilari butun 
bir jam iyatga xos jarayonlam i aks ettirsa, boshqalari uning alohida 
bir tizim i elementlari o'rtasidagi aloqadorlik va bogManishlami ifo- 
dalaydi, uchinchi xil qonunlar esa ijtim oiy m unosabatlam ing faqat 
m a’lum turlarini qam rab oladi. Jam iyat qonunlaridan ba’zilari ij­
timoiy m unosabatlam ing vujudga kelishi, m avjudligini ifodalasa, 
boshqalari esa ularning rivojlanishini belgilab beradi.
Jam iyat qonunlari to ‘g ‘risida gap ketganda, a w a lo , shuni ta ’kid- 
lash joizki, tabiat va jam iyatning o 'zaro aioqadorligi va bir-biriga 
ta’sir qilishi ham qator qonun va qoidalarga bo‘ysunadi. Biz kun- 
dalik xayotim izda ayni bir vaqtning o ‘zida tabiat qonunlarining 
ham, jam iyat qonunlarining ham yoki shu ikki tizim o'rtasidagi 
aloqadorliklardan kelib chiqadigan qonunlam ing ham ta ’sirini his 
qilamiz. Bunday qonunlarga misol qilib noosferaning kengayib bo- 
rishi qonuni, tabiat va jam iyat o'rtasidagi m unosabatlar tabiatining


bir-biriga m os kelish qonuni yoki jam iyatning tabiatga ta ’sirining 
ortib borishi qonuni kabilam i keltirishimiz mumkin.
Ijtim oiy munosabatlar orasidagi iqtisodiy jarayonlar, ya’ni 
moddiy ishlab chiqarish munosabatlari alohida o‘rin tutadi, chunki 
iqtisodiy m unosabatlar barcha ijtimoiy m unosabatlar tizim iga nis­
batan belgilovchi o‘rin tutadi. M a’lumki, ishlab chiqarish jarayoni­
da kishilar faqat tabiiy muhit bilan emas, balki bir-biri bilan ham 
o 'zaro faol va maqsadga muvofiq m unosabatlarda b o ‘ladilar. De­
m ak, kishilarning o ‘z ehtiyoj va m anfaatlaridan kelib chiqib bir-bir- 
lari bilan kirishadigan munosabatlari ham qator qonunlar asosida 
am alga oshadi. Bunday qonunlarga quyidagilarni kiritishim iz 
mumkin: birinchidan, ishlab chiqarish m unosabatlarining vujudga 
kelishi va rivojlanishi qonunlari; ikkinchidan, ishlab chiqarish mu­
nosabatlarining turli tarkibiy qismlari o'rtasidagi munosabatlami 
belgilovchi qonunlar. M isol qilib aytadigan b o ‘isak m ulk shakllari 
bilan kishilarning ishlab chiqarishdagi mavqei o ‘rtasidagi, m ulk 
shakllari bilan taqsim ot o'rtasidagi munosabatlami tartibga soluv- 
chi kattagina guruh qonunlar mavjud. Bu turkum qonunlarga talab 
va ta k lif qonuni, mehnat unumdorligi va qiym at qonuni, tannarx va 
narx-navo qonunlarini kiritishimiz mumkin.
Jam iyat qonunlari tipologiyasida jam iyat m oddiy hayoti bilan 
uning m a’naviy-siyosiy hayoti o ‘rtasidagi m unosabatlam i tartib­
ga soluvchi qonunlarni o ‘rganish alohida diqqatga sazovordir. Bu 
turkum qonunlarga m a’naviyatning iqtisodiy taraqqiyotga nisbatan 
belgilovchilik qonuni, iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi 
kabi qonunlarni kiritish mumkin.
Jam iyat qonunlarining yana bir o ‘ziga xos turkumiga ijtimoiy 
ong, tafakkur, fanning rivojlanish qonunlarini kiritishim iz mum­
kin. Yarim asrdan ortiq davr mobaynida jam iyat m afkurasi b o ‘lgan 
m arksistik falsafada ijtimoiy borliq birlamchi, ong va tafakkur esa 
ikkilamchi deb hisoblanib, m a’naviyatning jam iyat taraqqiyotida- 
gi o ‘m i va ahamiyatiga yetarli baho berilmadi. Hozirgi zam on fan 
va texnika taraqqiyoti shuni ko'rsatm oqdaki, inson ongi v a tafak- 
kurining rivoji ham o ‘z in in g ju z ’iy qonunlariga ega boMib, jam iyat 
taraqqiyotida belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun nuqtai
132


nnzaridan ju d a katta am aliy aham iyatga ega boMgan jam iy at qonun- 
(uri qotoriga jam iyatning ijtimoiy (tabaqaviy) tuzilishi, tabaqalar 
o'rtasidagi munosabatlar, ularning shakllanishi va rivojlanishini 
belgilovchi qonunlarni kiritish mumkin. Bu turkum qonunlam ing 
o'ziga xosligi shundan iboratki, ular, birinchidan, muayyan jam i- 
yatdagi barcha insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan m unosabatlam i, 
ularning qanday toifalarga mansubligidan qat’i nazar, qam rab ola- 
di; ikkinchidan, bu qonunlar jam iyat hayotining barcha tizimlariga, 
jum ladan, iqtisodiy, siyosiy, m a’naviy hayotda yuz berayotgan ja - 
rayonlarga ta’sir o'tkazadi. Bu turkum qonunlarga: jam iy at ijtimoiy 
tabaqalanishining mulkiy munosabatlari bilan bog'liqligi, turli ijti­
moiy tabaqalar manfaatlarining bir-biriga m os kelishi asosida ular­
ning m urosaga kelishi kabi qonunlarni kiritishim iz mumkin.
Jam iyat qonunlarini tasniflaganda ijtimoiy birliklar-oila, elat, 
millatning kelib chiqishi va ular o'rtasidagi m unosabatlam ing rivoj­
lanishini belgilab beradigan qonunlarni, albatta, alohida turkum ga 
ajratmoq zarur. H ar qanday ijtimoiy birlik jam iyat taraqqiyotining 
ma’lum bosqichlarida shakllanib, o 'zin in g ju z ’iy qonunlari asosida 
rivojlanib boradi. Ushbu turkum qonunlarini aniqlash va am alda 
qo'llash etnik va miiliy m unosabatlam i tartibga solishga, jam iyat- 
dagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta ’m inlashga xizm at qiladi.
Jamiyatdagi barcha qonunlar m azm un-m ohiyatiga ko‘ra iq- 
tisodiy-ijtimoiy jarayonlam ing vujadga kelishini ham da rivojlani­
shini ifodalaydi, chunki har qanday qonun m uayyan shart-sharoitda 
voqea va hodisalar rivojining xususiyati va yo'nalishini belgilay- 
digan aloqadorlik va bog'lanishlam i aks ettiradi.
Jam iyat qonunlarini quyidagi m ezonlar asosida tasniflash 
m aqsadga muvofiq. Ushbu mezonlarga jam iyatni bir butun tizim
sifatida qarash, uning turli tizimlari o'rtasidagi m unosabatlam i aks 
ettirish, qonunlarni umumlashtirish kabilar kiradi va ular asosida 
jam iyat qonunlarini 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish