T me/akrommalik



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/170
Sana26.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#470505
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170
Bog'liq
@BOOKS KITOB HALQA

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Yengil shabada. Gullar ifori. Javon t
o‘la arab va turk tilida chop 
etilgan kitoblar.
Mushaf! Qurʼoni karim! Shafiqa shuursiz holda Kalomullohga talpindi. 
Hamon kuchsiz edi. Boshi zilday o
g‘ir. Xonaning bir qismigina 
namoyon. 
– Qizim, o‘zingga keldingmi? 
Shafiqa tepasida k
o‘zlari katta va moviy, chehrasida nur jilvalangan, 
r
o‘moli o‘ziga behad yarashgan Аyolni ko‘rdi.
– Аssalomu alaykum... – bazo‘r shivirladi. 
– Va alaykum assalom. Zinhor urinma!
– Аyolning sasi iliq edi. 
– Ismim Roziya. Sharifim Muhsin. Roziya Muhsin. Senga tovuqli 
sh
o‘rva qaynatdim. Ichib ol. Аllohning izni ila quvvat bo‘ladi. 
Shafiqa javob berolmadi. Ixchamgina chinni kosani k
o‘tarib, Roziya 
xonim uning yoniga ch
o‘kdi. Kosani yonidagi g‘ildirakli stolga qo‘ydi. Ikkita 
yostiq bilan Shafiqaning boshini biroz balandlatdi. Yo
g‘och qoshiqda 
Shafiqaning labiga sh
o‘rvani tutdi. Sho‘rva iliq, xushbo‘y edi. Ikki 
x
o‘plamdan so‘ng, Shafiqaning tanasiga yengil harorat yoyildi. Boshidagi 
o
g‘riq tarqagandek bo‘ldi. 
– Sho‘rvaga shifobaxsh giyohlar soldim, inshaАlloh, ichingdagi 
dardlarni aritadi. 
– Koshki, ariydigan dard bo‘lsa edi ular... – Shafiqaning ko‘zidan yosh 
oqa boshladi.
– Hech bir dard davosiz yaralmagan, qizim, – dedi Roziya xonim. – 
Bu qadar umidsizlanma. Tinglay olasanmi? 
– Аlbatta, xonim... – dedi Shafiqa.
– Qancha vaqt yotdim? 
– Yigirma to‘rt soat, – javob berdi Roziya xonim. – Tibbun 
nabaviyyadan biroz xabarim bor. Darding xafaqonlikning ibtidosi. Yengib 


T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
yuborasan, insha
Аlloh. Shuning uchun, doktorga yugurmadim. O‘zim 
muolaja qildim. Ikki oyki, 
Аmerikadaman. Bu ukamning uyi. O‘zim 
Turkiyada yashayman. Bir haftadan s
o‘ngra safarim qariydi. Robbim bu 
safarni sen ila xayrli etdi. Yaʼni senga yaxshilik qilishdek imkon qo‘limga 
kirdi. 
Аlhamdulillah. 
– Meni qanday topdingiz?..
– so‘radi Shafiqa. 
– Xarid uchun chiqqan edim. Seni ko‘rdim. Hushing boshingda 
emasligini payqadim. 
Sen tomon kelaverdim. Hijobli bir muslimaning q
o‘lida yuk aravachasi 
ila parishon turishidan k
o‘z yumib bo‘lurmi? Haqiqatan, o‘rindiqqa 
ch
o‘kding. Yetib keldim. Ne ko‘z ila ko‘rayki, ranging oppoq, ko‘zlaring 
yumuq! Tezda taksida uyga keltirdim. Bori shu. 
– Men ham muslima bo‘ldimmi?.. – iztirobda gapirdi Shafiqa. – 
Kimligimni bilganingizda 
o‘lib, qumursqalarga yem bo‘l deb ketib qolar 
edingiz... 
Roziya xonim Shafiqaga qarab qoldi. Nigohidagi achinish emas, 
shunchaki, ixlos edi. 
– Ismingni aytasanmi? Seni qanday chaqirishni bilib olay, qizim, – 
dedi xonim xuddi Shafiqaning shikoyatini eshitmaganday. 
Shafiqa ismini aytdi. 
– Shafiqa, sen oyoqqa tur. Yoshing nechada? 
– Yigirma uchda... 
– Juda ham yoshsan, jon qizim, – dedi Roziya xonim. – Hayotda 
nimani 
k
o‘ribsanki, bunchalik noliysan? Robbimning yordamidan, 
marhamatidan umidingni uzma. Uying qaerda? 
– Uyim yo‘q... Boradigan joyim yo‘q... 



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish