T me/akrommalik



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/170
Sana26.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#470505
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   170
Bog'liq
@BOOKS KITOB HALQA

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Yaxshi, mulla buva, – dedim. Vaqtim ziq, tezroq hukm zarur. – Bir 
o‘g‘rini keltirishibdi. Shariat bilan hukm chiqarib bering. 
Imomning k
o‘zi o‘ynab ketdi: 
– Unday qilolmayman!
Unday qilolmayman! 
Men juda hayron qoldim. 
– Nimaga, mulla buva? 
– so‘radim. 
– Bolshovoylar ertaga qaytsa, dodimni kim eshitadi? – ko‘zi 
chaqchaydi imomning. 
G‘azabim qaynab ketdi. Belimdagi to‘pponchaga beixtiyor qo‘lim 
yugurdi. Biroq olmadim. 
– Hoy, munofiq! – deb qaltiragancha uning yoqasidan tutib siltadim. – 
Menga qara, pakana! Xudodan q
o‘rqmasdan kofirdan qo‘rqasanmi? Kofir 
qaytib kelmaydi! Bildingmi? Kelmaydi! 
Imom adoyi tamom b
o‘ldi. Rangi o‘chib, labi pirpiradi, peshonasi 
terladi. 
– Bildim, bildim, – dedi yalingansimon yig‘lamsirab. – Istasangiz, 
hukm chiqarib beraman, bek. Qanday hukm chiqaray? 
Bu gapidan qonim qaynab ketdi. Men bu itdan shariat hukmini 
s
o‘rasam, mening raʼyimga qarayapti? Urib, basharasini qonga belashdan 
o‘zimni bazo‘r tiydim. Siltab, itarib yubordim. Pakana imom gandiraklab 
turib qoldi. Sallasi boshidan chuvalashib yerga tushdi. Shahd bilan tashqari 
chiqdim. Olomon tinchidi. 
O‘g‘rining tepasiga keldim.
– Isming nima? – so‘radim undan. 
– O‘roz, begim, – dedi o‘g‘ri. Turqidan nashavandligini sezdim. 
– Nima o‘g‘irlading? – vajohatim yomon edi, shekilli, o‘g‘ri tipirchilab 
dedi: 
– Men... Men... Haligi... 


T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Nima o‘g‘irlading, it! Kazzob! – hayqirib yubordim. Shunday 
hayqirdimki, ovozimda qahrimning hamma alangasi bor edi. Odamlar 
ch
o‘chib ketganini yaqqol sezdim. 
– Qo‘y... Qo‘y oldim, begim... 
– Chap qo‘lini yechinglar, – dedim. O‘g‘ri yalina boshladi: 
– Rahm qiling, begim, rahm qiling! Shayton yo‘ldan urdi. Bir zumda 
chap q
o‘lini yechib, o‘ngini tanasi bilan qo‘shib mahkamroq bog‘lashdi. 
O‘g‘ri chiyilladi: 
– Rahm qiling... Rahm qiling... 
Men odamlardan s
o‘radim: 
– Kimning uyiga tushdi bu it? 
Qotmadan kelgan, qora bir odam chiqdi: 
– Mening uyimga tushgan, bek. 
– Kasbi koringiz nima? 
– Dehqonman. 
– Nechta qo‘yingiz bor? 
– Bitta oriq qo‘yim bor, xolos. Kofirlar mollarim bilan qo‘shib tortib oldi. 
Qizil askarlarni boqarmish. 
O‘g‘riga qaradim: 
– Sen it bir kambag‘alning sho‘rini quritmoqchi bo‘libsan-ku! Qo‘lingni 
ch
o‘z! 
O‘g‘ri tiz cho‘kdi, chap qo‘lini qaerga yashirishni bilmay menga yalinib 
uzatgan edi, qilichimni k
o‘z yumib ochguncha bir fursatda qindan 
su
g‘urdim, bilagidan chopdim. O‘g‘ri chinqirib qoniga belanib yiqildi.
– Kigiz kuydirib bosinglar, – dedim. Bir zumda aytganimni bajarishdi, 
qon t
o‘xtadi. O‘g‘rining oyoq – qo‘lini yechishdi, u hamon hushsiz edi, 
zambilga solib olib ketishdi. Odamlar mendan qandaydir gap kutayotganini 
bildim. 
– Kofir bilan urushdamiz,



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish