T. Malikov O. Olimjonov moliya


-chizma. Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari



Download 1,07 Mb.
bet15/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

3.1.1-chizma. Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari

Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga

xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlash- tirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi.

Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida davlat byudjeti o’z ichiga quyidagilarni oladi:



  • respublika byudjeti;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. O‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti

Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo’linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.

Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o’z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:



  • daromadlar asosini mustahkamlash;

  • byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo’lishini ta’minlash;

  • modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish;

  • soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’lish tartibini qayta ko’rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish;

  • byudjet defitsiti darajasini kamaytirish;

  • byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako- millashtirish;

  • G’aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va h.k..

Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat maqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddat-larda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi davlat byud-jetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag’lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash,

ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o’ziga xos bo’lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.

Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltiril-ganligi belgisi bo’yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini quyidagi ikki guruhga bo’lish mumkin:


  • ijtimoiy mo’ljallangan (yo’nalishga ega bo’lgan) davlat maxsus fondlari;

  • tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo’lgan davlat maxsus fondlari.

Ayrim hollarda hududiy yo’naltirilgan(mo’ljallangan) davlat maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin.

Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:



    • Respublika yo’l fondi;

    • O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i;

    • Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat fondi;

    • O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.

Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi mablag’larning to’planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag’lardan samarasiz foyda-lanishga va su’istemol qilish holatlarining sodir etili-shiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan fondlarning maqsadli yo’nalishi o’zgartirilmasdan saqla-nib qolishi ta’minlanishi lozim.

Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi. Uning o’ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fond-lariga mablag’larni jalb qilish bo’yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul munosabatlarining o’ziga xos alohida shaklidan

iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.

Davlat kreditida mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo’lganda, ancha torroq bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to’lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.

Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o’z daromadlari bazasini kengay-tirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo’g’ini to’g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o’z tarkibiga qo’shmog’i lozim.

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi moliyaviy tizim-ning mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o’rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o’zida byudjet mablag’larining katta qismi to’g’ridan-to’g’ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo’naltirilishi mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo’g’inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog’liq ravishda o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o’zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda

moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakat-ning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliya-sining ahvoli bilan belgilanadi.

Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o’z daro-madlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.

Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy musta-qillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o’zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o’zlarining ixtiyoriga ko’ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank kreditlari, obliga- tsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo’lgan mablag’larni qidirib topadilar.

Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod bo’lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshi-rilgan.

Bir vaqtning o’zida mamlakatning xo’jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo’lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo’naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo’lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o’sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilot-larining yuqori sur’atlarda tez o’sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayon-larining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtiso-diyotining ijtimoiy yo’naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog’liq.

Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo’lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko’rsatish va shunga o’xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarning oldiga qo’yilgan maqsadlar xilma-xil

bo’lganligi uchun bu sohaning juda keng va rang-barang bo’lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh korxonalari, asosan, o’z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasi28, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi29.

Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, qator miqdoriy ko’rsatkichlarning tahlili bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish