Davlat budjeti daromadlarining mazmuni
YaIMni budjet vositasida qayta taqsimlash o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va ayni bir paytda,
uzluksiz kechadigan ikki bosqichdan iborat:
1) Davlat budjeti daromadlarini shaklantirish;
2) Davlat budjeti mablag‘larini sarf qilish.
Budjet daromadlarini shakllantirish jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida
yaratilgan YaIMning bir qismini davlat foydasiga majburiy olish yuz beradi. Davlatning soliq
to‘lovchilar bilan moliyaviy munosabatlari shu negizda yuzaga keladi.
Budjet daromadlari ularni to‘lovchilar, soliqka tortish obyektlari, undirish usullari, to‘lov
muddatlari va boshqalar bo‘yicha muhim farqlarga ega, lekin shu bilan birga, ular yagonaligi bilan
ajralib turadi, ya’ni ular bir maqsadga - turli darajalardagi budjetlarnin daromad qismini
shakllantirishga xizmat qiladi.
Budjet daromadlari mamlakat budjet jamg‘armasini shakllantirish jarayonida davlat bilan
korxona (birlashma)lar, tashkilotlar v fuqarolar o‘rtasida paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni
ifoda etadi. Bu iqtisodiy munosabatlar korxonalar, tashkilotlar va aholi tomonidan budjetga
84
to‘lanadigan turli to‘lovlar ko‘rinishida yuz beradi, ularning moddiy-ashyoviy ifodasi budjet
jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari hisoblanadi.
Budjet daromadlari, bir tomondan, ijtimoiy mahsulot qiymatini takror ishlab chiqarish
jarayonidagi turli ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash natijalari bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davlat
qo‘lida to‘plangan qiymatni yana qayta taqsimlash obyekti hisoblanadi, chunki bu qiymat hududiy,
tarmoq va maqsadli yo‘nalishidagi budjet jamg‘armalarini shakllantirishda foydalaniladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor asoslariga o‘tish ijtimoiy ishlab chiqarishga raxbarlikda
iqtisodiy usullardan foydalanishni talab qiladigan korxonalar sof daromadining bir qismini ilgari
qo‘llanib kelgan budjetga olish shakllari samarasizligi daromad tushumlari tizimini tubdan
o‘zgartirishni taqozo qildi.
Natijada daromadlar tushumi soliq to‘lovlari zimmasiga ko‘chirildi; korxonalarning budjet
bilan o‘zaro munosabatlari qonun bilan tartibga solinadigan huquqiy asosga qo‘yildi.
Budjet daromadlarini vujudga keltirishning shakllari va usullari ko‘pdan-ko‘p obyektiv va
subyektiv omillar ta’sirida o‘zgarib turadi Ularning orasida ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab
chiqarish munosabatlari moliya-budjet fanining rivojlanish darajasi ta’siri birinchi o‘rinda turadi
Daromadlarga, shuningdek yuzaga kelgan konkret iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat, muayyan
davrdagi iqtisodiy siyosat, jamiyat taraqqiyotida tanlangan ustuvorliklar, belgilangan vazifalarga
erishish strategiyasi va boshqalar ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ammo, har kanday hollarda ham safarbar qilingan daromadlarning asosiy maqsadi - barcha
boshqarish darajalaridagi hokimiyat organlariga o‘z vazifalarini amalga oshirishga imkoniyat
beradigan, umumdavlat ehtiyojlarini qondiradigan barqaror moliya bazasini yaratishdan iborat.
Daromadning vazifasi budjet xarajatlarini qoplashdan iborat. Ammo bunda xo‘jalik yurituvchi
subyektlar bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlarning shunday shakllarini topish zarurki,
daromadlarni budjetga olish usullari mehnat unumdorligini ko‘tarishga, jami resurslardan oqilona
foydalanishga, tushumlarni ko‘paytirishga xizmat qilishi kerak.
Daromadlarning budjetdagi o‘rni bilan birga daromadlar o‘sishining moddiy asoslarini
kengaytirishni ta’minlaydigan rag‘batlantiruvchi funksiyasi, budjetning daromad qismini
mustahkamlashi huddi shu o‘rinda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Turli mamlakatlarda daromadlarning shakllanishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, konkret
to‘lov turlari xilma-xil bo‘lishiga qaramay hamisha budjetga pul tushumlarining asosan uchta
manbai mavjud bo‘lgan va hozir ham shunday. Ular:
– davlat mulki, umumdavlat resurslari. Ulardan foydalanganlik uchun haq olinadi,
muayyan badallar to‘lanadi;
– jismoniy va yuridik shaxslardan turli soliqlar va yig‘imlar ko‘rinishida undiriladigan
majburiy to‘lovlar;
– davlat zayomlarini qimmatli qog‘ozlar va lotereyalarni sotishdan, bankdagi qo‘yilmalar
bo‘yicha olingan daromadlar shakllarida jalb qilingan resurslar.
Davlat budjeti jami daromadlarining umumiy moddiy asosini milliy daromadning qayta
taqsimoti mamlakatda yangidan yaratilgan qiymat katta qismining davlat qo‘lida to‘planishi tashkil
qiladi. Shunday qayta taqsimlashning eng muhim tarkibiy qismlari - soliqlar, davlat mulki, davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |