Nima uchun moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy elementlardan biri hisoblanadi?
Moliyaviy siyosatning ta’rifini aytib bering.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik qanday elementlardan tarkib topadi?
Moliyaviy siyosatga oid uch mantiqiy xulosalarni tushuntirib bering.
Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadi bo’lib nimalar hisoblanadi?
Korxona moliyaviy siyosatining maqsadini aytib bering.
Moliyaviy siyosat nima orqali amalga oshiriladi va uning faoliyati qanday tamoyillar asosida tashkil etiladi?
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik tamoyillarini aytib bering.
Moliyaviy siyosatning natijaliligi qanday sabablarga bog’liq?
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, nimaga yo’naltirilgan bo’lishi kerak va nima uchun?
26 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017 yil 2 sentyabrda imzolagan «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni.
Moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo’nalishlari nimalar orqali namoyon bo’ladi?
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo’lgan A.Smit va D.Rikardolar moliyaviy siyosatga oid kontseptsiyalarining mohiyatini tushuntirib bering.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy kontseptsiyasiga muvofiq moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishlarini aytib bering.
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo’nalishi moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan qanday xususiyatlarini belgilab berdi?
Sho’rolar davlatida va sotsialistik orientatsiyada bo’lgan mamlakatlarda moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan belgilari nimalardan iborat bo’lgan?
II jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosatini tushuntirib bering.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurs-larni taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida qanday printsiplarning yotishi muhim ahamiyatga ega?
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlariga (yo’nalish-lariga) nimalar kiradi?
Qanday besh yo’nalishlarning yig’indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi?
Moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida davlatning byudjet siyosati qanday aniqlanadi va uning mazmuni nimalardan iborat?
Zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan muno-sabatini aniq belgilash imkoniga ega bo’lgan. Bu muno-sabatlar nimalardan tashkil topadi?
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri bo’lgan pul siyosatining o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarini tushuntirib bering.
Moliyaviy siyosatning yo’nalishi bo’lgan kredit siyosa-tining mazmunini va uning amalga oshirilish yo’lini aytib bering.
Amalga oshirilayotgan kredit siyosatiga muvofiq foiz stavkasi asossiz darajada yuqori bo’lsa, u qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida davlatning baho siyosati nimalar orqali ifodalanadi?
Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning yo’nalish-laridan biri sifatida qanday tadbirlar kompleksidan iborat bo’lishi mumkin?
Moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida ijtimoiy siyosat yana siyosatning qanday ko’rinishlarini o’z ichiga oladi?
Boj siyosatining mazmuni va uning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari nimalardan iborat?
Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning mohiyati nimada edi?
O‘zbekistonda mustaqil moliyaviy tizimni tashkil etish qanday amalga oshirildi?
Milliy valyutani muomalaga kiritish tarixini aytib bering.
Valyuta konvertatsiyasining ilk va chegaralangan tartibi qanday amal qildi?
“Yagona rubl hududi”ni tashkil etish g’oyasi nega amalga oshmadi?
1993-1994 yillarda amalga oshirilgan milliy valyu-tani joriy etish qanday tashkil etilgan?
1992-2016 yillar mobaynida amal qilgan moliyaviy siyosatning o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
2003-2017 yillar davrida amal qilgan valyuta konvertatsiyasining yutuq va kamchiliklari nimalarda edi?
“2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” da ishlab chiqilgan davlat moliyaviy siyosatning maqsadi va vazifalarini nimalar tashkil etadi?
2016 yildan boshlangan iqtisodiy taraqqiyotning yangi davrida moliyaviy siyosatning vazifalari va o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017 yil 2 sentyabrda imzolagan «Valyuta siyosatini liberallash-tirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’ri-sida”gi Farmonining mazmunini gapirib bering.