Mavzu: Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
Tayyorladi:
Qabul qildi:
SAMARQAND-2021
Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
Reja: 1. Moliyaviy siyosat 2. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bо‘lgan Moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yо‘nalishlarining umumiy komplyeksi 3. Hozirgi bosqichdagi Moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari
Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Sosial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa sosial ehtiyojlarning rivojlanishi tuShunilibgina qolmasdan jamiyatning sosial tuzilmasi ham tuShuniladi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sosial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat tо‘g’risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sosial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkryetlashtirish;
yordamida qо‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning myetodlari, vositalari va konkryet shakllarini ishlab chiqish;
qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Dyemak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yо‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga Moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: Moliyadan foydalanishning myetodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va myetodologik prinsiplarining majmuiga (yig’indisiga) Moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda Moliyaviy siyosat davlatning о‘z funksiyalarini bajarishi uchun Moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin о‘zida bir nyecha xavfni mujassam etadi. Buning boisi Shundaki, milliy xо‘jalik taraqqiyotida davlatning roli tо‘g’risidagi jamiyatda hukmron bо‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham о‘zgaradi, transformasiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralaShuvi, aholi turmush darajasi sosial-iqtisodiy sharoitlarini tyenglashtirish va Shunga о‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, Moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumyenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari bilan Moliya tizimining boshqa sub’yektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlari manfaatlari о‘rtasida qarama-qarshiliklarni kyeltirib chiqadi.
Masalan, kо‘plab mutaxassislar, Shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznyesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-Yu, Moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida о‘zgarmasdan qolavyersa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini о‘zgartirmasa, bunday holda davlatning Moliyaviy sisati davlat hokimiyatining tyegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining Moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi.
YUqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
birinchidan, Moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumyenti emas, balki jamiyatning sosial-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak;
ikkinchidan, davlatning Moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki Moliya tizimi barcha sub’yektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
uchinchidan, davlat Moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining Moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat Moliyaviy siyosatini mamlakat Moliya tizimining barcha bug’inlarida Moliyaviy resurslarning о‘sishini balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda ta’minlash bо‘yicha davlat sosial-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning kо‘rsatishicha, Moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda о‘sishining zarurligini inkor etish mamlakat Moliya tizimining о‘zini dyegradasiyalaShuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bо‘lishiga olib kyeladi.
Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyati Shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir kо‘rsatib turishga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat daromadlarining manbaini kо‘paytirib, Moliyaviy xо‘jalikka nisbatan eng Yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana Shunga yо‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning sosial-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun Moliyaviy sharoitlarni yaratish Moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning Moliyaviy siyosati xususida kyetadigan bо‘lsa, bu narsa korxona Moliyaviy myenyejyerlarining biznyesni Yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yо‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona Moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom hayot kyechirishiga (faoliyat kо‘rsatishiga) erishish;
raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka (lidyer bо‘lishga) erishish;
korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
korxona iqtisodiy salohiyatining о‘sish sur’atlarini barqaror о‘stirish;
ishlab chiqarish va realizasiya hajmini oshirish;
foydani maksimallashtirish;
xarajatlarni minimallashtirish;
rentabelli faoliyatni ta’minlash
va boshqalar.
Korxona Moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznyesni Yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tyegishli Moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy siyosat Moliyaning о‘zida (boshqaruv ob’yektlarida) bevosita mujassam bо‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning konkryet myetodlari, Moliya tizimining (boshqaruv sub’yektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog’lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida Moliyaviy siyosat Moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:
Moliya tizimi bug’inlarining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini inobatga olib Moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq etishning) asosiy myetodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
pirovard maqsadga bog’liqlik;
xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);
real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan о‘z funksiyalari va dasturlarini (uzoq, о‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun Moliyaviy resurslarni mobilizasiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yо‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida Moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy ryeglamyentasiya qilish (tartibga solish) muhim о‘rin egallaydi.
О‘z-о‘zidan Moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bо‘lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qanchalik ta’sir kо‘rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning Moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni о‘zgartirish (korryektirovka qilish) bо‘yicha ryekomyendasiya (tavsiya) berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi lozim bо‘lgan masalalarning muddatlari va myetodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bо‘lmoq lozim. Faqat ana Shunday sharoitdagina Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkryet mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’yektiv (xolisona) baho berish mumkin.
Agar Moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, konkryet tarixiy sharoitni va hayotning о‘ziga xos xususiyatlarini qanchalik kо‘p (Yuqori darajada) hisobga oladigan bо‘lsa, uning natijaliligi Shuncha Yuqori bо‘ladi.
Bir vaqtning о‘zida, Moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati) muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bо‘lgan ob’yektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat sosial tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi о‘zgarishlarni hisobga olgan holda Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir kо‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab chiqilishiga bevosita bog’liq.
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, Moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga yо‘naltirilgan (qaratilgan) bо‘lishi kerak. CHunki aynan Moliyaviy resurslar har qanday о‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda Moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning Moliyaviy ahvoli tо‘g’risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy dyemokratik davlatda Moliyaviy statistikaning kо‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tyegishli bо‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, о‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bо‘lgan va eng asosiysi ishonchli bо‘lmog’i lozim.