4.Mustahkamlash- 10 daqiqa
1Biotsenoz va ekosistema tushunchalariga berilgan ta`riflarni taqqoslang?
2. O`tloq, ko`l, chiriyotgan to`nka,dengiz,ninabargli o`rmon,daryo kabi ekosistemalarini izohlang.
3.Birinchi tartib konsumentlarlarning 2-,3- tartib konsumenlardan farqini tushuntiring.?
4.O`tloq tipidagi oziq zanjirini detrit tipidagi oziq zanjiridan farqli tarkibiy qismlar ?
5.Uyga vazifa – 1 daqiqa Atamalar ma`nosini yozish. 93-99 -betlarni o`qish
6.Baholash- 2 daqiqa
O`.I.B.D.O` _______ Urazova N M.B rahbar_____Hamidova R O`qituvchi Atabayeva A
Sana: Sinf: 11-a __________________ 11-b _________________
24-Mavzu: Nazorat ishi -3 Ekologik piramida qoidasi va oziq zanjiri.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: O`quvchilarga o`tilgan mavzular yuzasidan olgan bilimlarini nazorat qilish
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning biologiya faniga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, tirik tabiatni muhofaza qilish,unga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatish, ularda o`z- ozini nazorat qilish xususiyatini oshirish, javobgarlik ko`nikmasini shakllantirish
v) rivojlantiruvchi: O`quvchilarni o`tilgan mavzular bo`yicha o`zlashtirishini nazorat qilish
T.K 2 Axborotlar bilan ishlash o‘quvchi biologiya fanining yangiliklari, rivojlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi zarur ma’lumotlarni izlab topa olishi.
Darsning turi:An`anaviy, nazorat
Darsning usuli: . Masalalr ishlash
Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar,nazorat varaqasi
Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
1-masala.Oziq zanjiri fitoplankton-baliqlar- baliqchi qushdan iborat.Baliqchi qushning massasi 1kg ( quruq moddaning ulushi 40%) ga teng.Bir yil davomida 2000 kg fitoplankton quruq massasi hosil bo’ladigan dengizda nechta baliqchi qush oziqlanishi mumkin.
Fitoplankton-2000 kg quruq massa- 40% 100% 5000 kg
Baliqlar- 500 kg
Baliqchi qush 50 kg Bitta baliqchi qush 1 kg bo`lsa 50\ 1=50 ta baliqchi qush bor
2- masala. Oziq zanjiri o’simlik- juft tuyoqli hayvon-bo’ridan iborat. Ekoloik piramida qoidasidan foydalanib, bo’ri oziqlanishi mumkin bo’lgan biogeotsenozning maydonini(m2) aniqlang. O’simlik biomassasi 2000 g/m2 ga teng, organizimlar tansi massasi ulushining 70% ini suv tashkil etadi ( bo’rining vazni 55 kg)
3-masala. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida o`tloq tipidagi oziq zanjirini tuzing: tog`terak, qizilishton, chittak, laylak, oq qayin, kapalak qurti, kalxat.
4-masala. Quyidagi berilgan organizmlar ishtirokida detrit tipidagi oziq zanjirini tuzing: ilon, nobud bo`lgan qush, tuproq bakteriyalari, pashsha lichinkalari,baqa, mog`or zamburug`lari, mineral moddalar.
5-masala. Oziq zanjiri turlari va ularning bo`g`inlari orasidagi muvofiqlikni aniqlang. Oziq zanjirlari: A.O`tloq tipidagi oziq zanjiri. B. Detrit tipidagi oziq zanjiri.
1) quyon; 2) ko`l baqasi; 3) mog`or zamburug`lari; 4) ninachi; 5) tuproq bakteriyalari; 6) terak; 7) spirogira; 8) sazan; 9) yomg`ir chuvalchangi; 10) xongul; 11) eshakqurt; 12) o`limtikxo`r qo`ng`iz; 13) o`tlar; 14) suvsar; 15) qirg`iy.
Do'stlaringiz bilan baham: |