3.Yangi mavzu bayoni:17 daqiqa
Har qaysi biotsenoz turlaming xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Turlar xilma-xilligi yuqori bo‘lgan biotsenoz turg'un hisoblanadi. Biotsenozning turlar xilma-xilligi biotopdagi muhit sharoitiga bog`liq bo`ladi. Muhit sharoiti qanchalik qulay bo`lsa, biotsenozda turlar xilma-xilligi shunchalik ortadi yoki aksincha..Har qaysi biotsenozda son jihatdan eng ko‘p bo`lgan va biotopning katta qismini egallagan turlar bo`ladi. Bunday turlar dominant turlar deyiladi.Turning fazoviystrukturasi populatsiya individlarining o‘zlari egallagan hududda tarqalishi.Turlaming biotopda ham gorizontal,ham vertikal yo`nalishlarda malum qonuniyat asosida taqsimlanishi biotsenozning fazoviy strukturasini belgilaydi. Biotsenozga vertikal yaruslilik va gorizontal mozaik struktura xosdir.Quruqlik biotsenozlarida vertikal strukturaning shakllanishida bo‘yi turlicha balandlikdagi o ‘simliklar asosiy rol o ‘ynaydi. Yarus - biotsenozda birgalikda o‘sadigan, bir-biridan balandligi bilan farqlanadigan turli guruhlarga mansub bo‘lgan o ‘simlik turlaridir. Turli yaruslar o ‘simliklaming xilma-xil hayotiy shakllaridan hosil bo‘ladi. Yuqori yarusni yorug‘sevar o‘simliklar tashkil etadi. Pastki yarusda soyaga chidamlilari, eng quyida esa soyasevar o ‘simlik turlari o ‘sadi.0 ‘simliklaming bunday joylashishi quyosh energiyasini to ‘liq o ‘zlashtirilishini ta ’minlaydi. Birinchi yarusni baland daraxtlar (eman, terak, shumtol, jo ‘ka), ikkinchi yarusni unchalik baland bo`lmagan daraxtlar (yovvoyi olma,nok, chetan) tashkil qiladi. Uchinchi yarus butalar (o ‘rmon yong‘og`i,kalina), to ‘rtinchisi baland o ‘tlar va chala butalardan, beshinchi yarus baland bo‘lmagan o ‘tlar (yertut, y o ‘sinlar)dan tashkil topgan. Hayvonlar podasi to ‘daga nisbatan doimiy bo`lgan tuzilmadir. Eng kuchli hayvon podaga boshchilik qiladi.Boshliq podani boshqaradi,maxsus signallar,tahdidlar yoki to ‘g ‘ridan to‘g ‘ri tajovuz orqali a ’zolar o ‘rtasida qat’iy intizomni ta’minlaydi. Poda b o ‘lib yashovchi hayvonlar ma’lum qonuniyat asosida bir joydan boshqa joyga migratsiya qiladilar, himoyalanadilar. Dam olish joylarida joylashish ham qat’iy qonuniyat asosida tashkil etiladi. Zebralaming podasida har doim oldinda qari urg‘ochi, uning ortida avval eng yosh, keyin kattaroq yoshdagi, ulardan keyin katta yoshdagi zebralar, eng oxirida esa poda boshchisi b o ig an erkak zebra harakatlanadi. Qaldirg`och, pingvinlar koloniyalarida ba`zi ishlar kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |