Darsning borishi (reja): 45 daqiqa
1.Tashkiliy qism: 3 daqiqa
Salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash,darsga tayyorgarlik ko`rish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Avstraliya va Neotropik biogeografi k viloyatlaridagi o‘xshash hayvon guruhlarini aniqlang.
2. Nima uchun Paleoarktik va Neoarktik biogeografi viloyatlari hayvonot va o‘simlik olami o‘xshash?
3. Quruqlikni biogeografi k viloyatlarga ajratishda qaysi hayvon va o‘simlik guruhlariga e’tibor qilingan?
4. Nima sababdan odamsimon maymunlar faqat ikki biogeografi k viloyatlarga tarqalgan?
5. Opossumlarning Markaziy va Janubiy Amerikada uchrashini qanday tushuntirasiz?
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Divergent evolutsiya. evolutsion jarayonning yangi sistematik guruhlar hosil bo‘lishiga asoslangan umumiy turi. Divergensiya – har xil yashash sharoitlariga moslashish natijasida ajdod tur belgilarining tarqalishi..Ajdod tur tarqalgan hududlarda ekologik sharoitning har xil bo‘lishi divergensiyaga olib keluvchi omil hisoblanadi. Divergensiya jarayoni tarmoqlangan shoxli evolutsiya daraxti ko‘rinishida tasvirlanadi. Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar sinfi ning hasharotxo‘rlar, oztishlilar, qo‘lqanotlilar, kemiruvchilar, yirtqichlar, juft tuyoqlilar, toq tuyoqlilar, kurakoyoqlilar, kabi turkumlar kelib chiqqan. Sutemizuvchilar har xil turkumlarga mansub organizmlardagi o‘zaro o‘xshashlik ularning ajdodi bir ekanligiga, o‘rtasidagi farq har xil sharoitga moslashganligiga dalildir.
Parallel evolutsiya– birbiriga qarindosh bo‘lgan organizmlar guruhlarida bir yo‘nalishda o‘xshash belgilar paydo bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish. Sutemizuvchi kitsimonlar va kurakoyoqlilar bir-biridan mustaqil holda suvmuhitiga o‘tishgan va ularda suv muhitiga moslanishlar – kurakoyoqlar paydo
bo‘lgan. Parallelizm bir-biriga genetik yaqin turlarda belgilarning o‘xshashligi,
gomologik tuzilmalarning mustaqil holda o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladigan evolutsiyadir. Har xil turlarning bir xil genlarida o‘xshash mutatsiyalar paydo bo‘lishi pa rallelizmga sabab bo‘ladi. Vavilovni irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni tavsiflab beradi
Konvergent evolutsiya – kelib chiqishi jihatidan uzoq guruhlar organizmlarning o‘xshash belgilarga ega bo‘lishi bilan ifodalanadigan evolutsion o‘zgarish xili. Evolutsion o‘zgarishlarning bunday xili qarindosh bo‘lmagan turlarni o‘xshash tashqi muhit ta’siriga moslanishlari natijasi hisoblanadi.
Xaltali va yo‘ldoshli sutemizuvchilar o‘xshash hayot tarziga ega bo‘lganligi natijasida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ularning tuzilishida o‘xshash qir ralari paydo bo‘lgan. Qushlar va kapalaklarda qanoti. Konvergent rivojlanishga akulalar ,ixtiozavrlar va kitsimonlar tana shaklini o‘xshashligini misol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |