Reja:
1.Evolutsiya haqida tushuncha
2.Charlz Darvinning evolutsiyani o’rganishdagi tadqiqot ishlari
3. Tur - evolyutsiya jarayonining asosiy bo’g’inidir.
4. Biologik evolyutsiya sodir va tuzilish
5.Evolutsiyaning asosiy yo’nalishlari
Evolutsiya, biologiyada tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. Evolutsiyada tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi. Evolutsiyaning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (qarang Genlar dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolutsion oʻzgarish yangi turlarning hosil boʻlishiga (qarang Tur hosil boʻlishi) yoki turining oʻzgarishiga olib keladi. Evolutsiya sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari, tezligi va uning umumiy qonuniyatlari evolutsion biologiya oʻrganadi (qarang Evolyutsion taʼaimot). Baʼzan "Evolutsiya" terminining filogenez termini sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi. "Evolutsiya" soʻzi birinchi marta Shveysariya tabiatshunosi va faylasufi Sh. Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda qoʻllangan.
Biologiyada evolutsiya (lotincha: evolution — „avj olish“) atamasi ostida organizmlar guruhi ichidagi irsiy belgilardagi farqlar kelib chiqishi tushuniladi. Bu belgilar nasl qoldirish oqibatida ajdodlardan avlodlarga koʻchirulivchi genlar ifodalanishidir. Shu genlardagi mutatsiyalar oʻzgargan yoki yangi belgilar keltirib chiqarib, organizmlar orasidagi farqlarni paydo qila oladi. Yangi belgilar, shuningdek, organizmlar guruhlari yoki turlar orasida (gorizontal gen koʻchishi oqibatida) ham kelib chiqishi mumkin. Biologiyada, evolutsiya ushbu belgilarning tabiiy tanlanish va/yoki genetik dreyf oqibatida tayinli bir guruh ichida keng tarqalishi yoki aksincha, yoʻqolib ketishida namoyon boʻladi, deb qabul qilingan.
Tabiiy tanlanish yashab qolish va nasl qoldirish uchun foydali belgilarning saqlanib qolishi va yoyilishi, zararli belgilarning esa kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Bu hodisa foydali belgilarga ega organizmlarning nasl qoldira olishi qobiliyati kuchayib, shu belgilarning keyingi avlodlarga qoldirilishi tufayli yuz beradi. Koʻp avlodlar davomida belgilarning kichik, tasodifiy va omadli oʻzgarishlari oqibatida moslashuvlar roʻy berib, shu belgilarga ega organizmlar tabiiy tanlanadi. Genetik dreyf esa irsiy belgilar chastotasida tasodifiy oʻzgarishlar hosil qiladi. Genetik dreyf oqibatida paydo boʻlgan oʻzgarishlar saqlanib qolishi berilgan individ yashab qolib, nasl qoldirish yoki qoldirmasligiga bogʻliq boʻladi.
Turlarning bir taʼrifi ularni oʻzaro qoʻshilib, nasldor avlod qoldira oladigan organizmlar guruhidir, deydi. Biroq, turlar oʻzaro koʻpayishdan xoli guruhlarga ajralganida, mutatsiya, genetik dreyf va yangi belgilarning tabiiy tanlanishi avlodlar davomida farqlar yigʻilishiga va yangi turlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Organizmlar orasidagi oʻxshashliklar ular shunday jarayon orqali umumiy ajdoddan (yoki umumiy genofonddan) kelib chiqqanligidan guvohlik beradi.
Yerdagi turlarning vaqt oʻtishi bilan oʻzgargani 19-asr boshlaridayoq maʼlum boʻlsa-da, bu qanday qilib yuz bergani noaniq edi. Evolutsiyaning tabiiy tanlanish vositasida roʻy berishi haqidagi nazariya shu oʻzgarishlar yuz berishi mexanizmini izohlab berdi; bu Charles Darwin va Alfred Russel Wallace tomonidan oʻrtaga tashlangandi va Darwin'ning 1859-yilda yozilgan Turlarning kelib chiqishi haqida kitobida yoritilgandiBu nazariya odamlar ilohiy kuch tomonidan hayvonot olamidan ajratilganiga ishonuvchi diniy peshvolar qarshiligiga uchradi. 1930-larda Darwin tabiiy tanlanishi Mendel'ning nasldorlik nazariyasi bilan qoʻshilib, zamonaviy evolutsion sintez shakllandi; u evolutsiya birliklari (genlar) va mexanizmi (tabiiy tanlanish) orasida aloqa oʻrnatdi. Bu nazariya koʻp narsani izohlovchi va bashorat qila oluvchi boʻlib chiqib, zamonaviy biologiyaning asosiy tashkillashtiruvchi prinsipiga aylandi va Yerdagi hayot shakllari orasidagi farq va oʻxshashliklarni tushuntirib bera old.Evolutsiya eng avvalo insonlar va barcha tirik organizmlaring kelib chiqish tarixini oʻrganadi. Evolutsiya faqatgina tirik organizmlarda balki barcha narsalarni kelib chiqish jarayonini oʻrganadi
Charlis Darvinning evolutsion olam nazariyasi
Darvinizmning mazmuni.Inson qadim zamondan beri organik olamning ikki xossasiga ajablanib qaragan. Bu xossalardan biri uning nihoyatda xilma-xilligidir. Hozirgi vaqtda o'simliklarning 500 000 dan, hayvonlarning 1 500 000 dan, zamburug'larning 100 000 dan ortiq turi mavjud. Agar shular qatoriga qadimgi geologik era va davrlarda yashab, so'ngra qirilib ketgan 7 000 000 hayvon, 300 000 o'simlik turini qo'shsak, haqiqatan ham organik olamning xilmaxilligiga hech qanday shubha qolmaydi. Har bir organizm turi tuzilishi, hayot faoliyati, yashash muhiti bilan bir-biridan keskin farq qiladi.
Organik olamning ikkinchi ajoyib xossasi organizmlar-ning tuzilishi va hayot faoliyatiga ko'ra tevarakatrof muhiti-ga moslashganligidir. Masalan, shimoliy o'lkalarda yashaydigan hayvonlar oq rangda, cho'l zonasidagi hayvonlar shu yer rangida ekanligi, baliq tuzilishiga ko'ra suv muhitiga, qushlar esa havo muhitiga moslashganligi bunga yaqqol misoldir.
Organizmlarning xilma-xilligini va moslanish sabablari-ni tushuntirishda idealistik va materialistik oqim tarafdorlari o'rtasida ko'p asrlar mobaynida keskin kurash davom etgan.
Idealistik oqim tarafdorlari ruh birlamchi, materiya ikkilamchi, shunga ko'ra, fan va amaliyotga asoslanib, tabiat qonunlarini bilib bo'lmaydi, bu qonunlar faqat xudoga ma'lum, degan fikrni quvvatlaganlar. Bu oqim din bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning bevosita yoki bilvosita nazariy ifodasidir.
Materialistik oqim tarafdorlari esa aksincha, barcha borliq, olam asosida materiya yotadi, hayot va nihoyat ong ham materiyaning rivojlanishi tufayli vujudga kelgan, deb ta'lim beradilar. Tabiiyot fani rivojlanishi tarixida uzoq vaqt metafizika va idealizm hukmronlik qildi. Biologiyadagi kreatsionizm va teleologiya oqimlari buning yaqqol misolidir. Kreatsionizm barcha olam, shu jumladan, organik olam vakil-lari — o'simliklar, hayvonlar va odam xudo tomonidan yaratilgan, ular o'zgarmas, qotib qolgan, deb uqtiruvchi reaksion ta'limotdir. Teleologiya oqimi esa organizmlar tuzilishidagi moslanuvchanlik xudo tomonidan yaratilgan, chunki u olamni yaratishda ma'lum maqsadlarni ko'zlagan, deb ta'kidlaydi.
Darvindan oldin va keyin ham, organik olam qotib qolmaganligi, o'zgarishi to'g'risida bir qancha nazariyalar vujudga kelgan. Biroq bu nazariyalarga ko'ra, organik olamning evolyutsiyasi ayrim biror omilning ta'siri natijasidir, deb tushuntirib keldilar. Organik olamning evolyutsiyasi organizmlarning takomillashishga intilishi (Lamark), alohida bo'lishi— alohidalanishi (Vegener), mutatsion o'zgaruvchanlik (de Friz), muhitga nisbatan adekvat moslashuvchi o'zgaruvchanlik (Lisenko) asosida amalga oshadi, degan g'oyalar shular jumlasidandnr.
Organik olamning evolyutsiyasi faqat yagona omil ta'siri natijasidan iborat, deb tushuntirish o'lik va tirik tabiatning o'ziga xos xossalarini chuqur anglamaslik, materiyaning mexa-nik, fizik-xiviyaviy harakat formalari bilan biologik harakat formalari o'rtasidagi farqqa tushunib yetmaslik oqibatidir. Organik olamning rivojlanishi ba'zi olimlar tomonidan e'tirof etilgan va uni bir tomonlama tushunishga urinish bo'lgan bo'lsa ham, lekin har bir hayvon va o'simlikning o'zi yashayotgan muhit sharoitiga moslashganligi to'g'risidagi masala XIX asrning yarmigacha aniqlanmagan bo'lib, bu soha ydealizm uchun katta tayanch bo'lib xizmat qildi.
Angliyalik buyuk tabiatshunos olim Charlz Darvin 1859 yili o'zining «Происхождение видов путем естественного отбора или сохранение благоприятствуемнх пород в борьбе за жизнь» (Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun moslashgan zotlarning saqlanib qolishi) degan mashhur asarini nashr ettirdi. Bu asarda u hozir mavjud bo'lgan barcha o'simliklar, hayvonlar, odam to'satdan yaratilmay, balki million yillar davom etgan tarixiy rivojlanish mahsuli ekan-ligini isbotlab berdi. Shu bilan bir qatorda, organizmlar-ning xilma-xil moslanish sabablarini materialistik nuqtai nazardan yoritdi.
Darvin organik olamning evolyutsiyasi to'g'risidagi ta'li-motni yaratishda tabiyotshunoslikning turli sohalari (siste-matika, qiyosiy anatomiya, embriologiya, biogeografiya, paleon-tologiya va boshqa fanlar) da to'plangan ma'lumotlarga, yangi zot va navlar chiqarish sohasidagi ko'p asrlik seleksiya yutuq-lariga hamda o'zi olib borgan kuzatish, tajriba natijalariga, ilmiy xulosalarga tayandi. U juda ko'p dalillarga asoslanib, organik olamning evolyutsiyasi hech qanday ilohiy kuch ishti-rokisiz amalga oshishi, bu jarayonni harakatlantiruvchi kuch-lar —omillar o'zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlanish ekan-ligini ko'rsatib berdi. Darvinning evolyutsion ta'limoti fan tarixida birnnchn bo'lib biologiya sohasidagi idealistik va metafizik dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi va biologiya fani kelgusida ilmiy asosda rivojlanishiga zamin yaratdi. Idealistik va metafizik oqim tarafdorlari hamda ruhoniy-lar Darvinning evolyutsion ta'limotiga zarba berishga, uni tamomila qo'porib tashlashga urindilar. Lekin jahonning yirik tabiyotshunos olimlari T. Geksli, Dj Guker (Angliya),
Evolyutsiya jarayonini o'rganish usullari
Evolyutsiyani tarixiy prinsipga asoslanib tadqiq qilish taqqoslash va genetik usullardan keng foydalanishni taqozo etadi. Odatda, biologiyaning ko'p sohalarida taqqoslash usulidan keng foydalaniladi. Chunonchi, anatomiya yordamida organizmlar tuzilishidagi o'xshashlik va farqqa qarab, ular o'rtasidagi qon-qarindoshlik aniqlanadi. Xuddi shunga o'xshash, taqqoslash usuli embriologiyada ham qo'llaniladi va turli organizmlar guruhlarida ontogenetik rivojlanishning dastlabki davrlaridagi o'xshashlik va farqqa asoslanib, tekshirilayotgan organizmlar dastlab bir yoki har xil tarmoqdan tarqalganligi to'g'risida xulosa chiqariladi. Taqqoslash usuli molekulyar biologiyada ham keng qo'llanilmoqda. Xususan, bir qancha organizmlar turlarini, oqsil va nuklein kislotalar molekulalarini taqqoslab, ular filogenetik jihatdan bir-biriga qanchalik yaqinligi aniqlanmoqda.
Makroevolyutsiyani tadqiq qilishda paleontologiya, morfo-logiya, biogeografiya usullaridan ham keng foydalaniladi. Lekin shuni qayd etish kerakki, taqqoslash usuli organik olam evolyutsiyasini bilishda katta ahamiyatga zga bo'lsa ham, biroq uning yordamida u yoki bu xil organizmlarning kelib chiqish sabablarini aniqlab bo'lmaydi. Bu muammo faqat genetik usul bilan aniqlanadi. Genetik va populyatsion-statistik usullar mikroevolyutsiya jarayonlarini aniqlashda ayniqsa katta ahamiyatga ega ekanligi keyingi vaqtda tobora ayon bo'lmoqda.
Darvinizmning boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqligi. Darvinizm metodologik asos sifatida biologiyaning xilma-xil dalillari majmuasi emas, balki har xil darajadagi, ya'ni molekula darajasidan to biosfera darajasida bo'lgan biologik sistemalarda sodir bo'ladigan voqea-hodisalar o'rtasidagi sababiy bog'lanishlarni o'rganadigan fandir. U mazmuniga ko'ra sintetik xarakterga ega. Shunga binoan, u barcha biologiya fan-lari — botanika, zoologiya, anatomiya, embriologiya, fiziologiya, biogeografiya, bioximiya, sitologiya, gistologiya, genetika, paleontologiya, ekologiya, seleksiya, chorvachilik, o'simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va shu kabi boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Darvinizmning muayyan fan sohalari bilan bog'liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan, u xususiy biologiya fanlarida to'plangan dalillarni xulosalab, umumbiologiya qonunlarini yaratadi. Ikkinchi tomondan, bu qonunlar biologiyaning anatomiya, morfologiya, embriologiya, botanika, zoologiya va shu kabi boshqa sohalari uchun nazariy asos bo'lib xizmat qiladi.
Evolyutsion ta'limotning ahamiyati. Odam xo'jalik faoliyatining rivojlanishi bilan evolyutsion ta'limotning ahamiyati yanada ortib boradi, chunki tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ekinlar hosilini va chorva mollari mahsulotini ko'paytirish, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi eng qulay kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tabiiy landshaftlarni saqlab qolish va inson maqsadlari uchun o'zgartirish faqat darvinizm tufayli to'g'ri, ilmiy nuqtai nazardan amalga oshiriladi.
Tur - evolyutsiya jarayonining asosiy bug’inidir.
Tirik tabiat uzining xilma-xil shakllari bilan, yani aloxida turlar sifatida namoyon buladi. Tur atamasining birinchi bor Aristotel kullagan. Bu terminning uzil-kesil karor topishi K. Liney nomi bilan boglikdir. Liney va undan keyingi biologlar turlari real sur’atda mavjud bulgan uzgarmas formalar deb e’tirof kilganlar. Ch. Darvin turlarning real mavjudligini tan olish bilan bir katorda xarakatchan tur xakida materialistik talimot yaratdi. Bu ta’limotga kura, tur tarixiy xodisadir. U paydo buladi, rivojlanadi, tula takomillashish darajasiga etadi. Sungra yashash sharoitining uzgarishi natijasida uz urnini boshka turlarga bushatib berib, butunlay yukolib ketadi, yoki uzi xam uzgarib yangi formalarni vujudga kelishi uchun asos buladi. Tur tirik materiyaning evolyutsiyasida muayyan bugin, yani aloxida. boskichdir. U populyatsiya doirasida boshlangich mikroevolyutsiya natijasida vujudga keladigan, uzining muxim morfologik, fizio logik, biokiyoviy, irsiy, ekologik va etologik xususiyatlari bilan boshka turlardan ajralib turadigan toksonomik birlikdir.
Sistematikada tur eng asosiy taksonomik birlik xisoblanadi Shu sababdan xayvonot olami va usimliklar dunyosini tasnif kilish uchun tur mezonlari bilan tanishish zarur. Bir turning ikkinchisidan ajratib turuvchi malum bir belgilar yigindisiga tur mezonlari deyiladi.
Xozirgi kunda kuyidagi asosiy tur mezonlari tafovut kilinadi.
1. Morfologik
2. Fiziologik, biokimyoviy
|
3. Genetik
4. Ekologik - geografik
|
Morfologik mezon - turlarining eng barvakt aniklangan mezoni xisoblanadi. Ushbu mezon turning morfologik-anatomik tuzilishiga kura boshka tur vakillaridan ajralganligidan dalolat beradi.
Fiziologik-biokiyoviy mezon xar bir turning xayot faoliyatidagi barcha jarayonlarning kimyoviy tarkib jixatidan aloxidaligidan dalolat beradi. Molekulyar biologiya soxasidagi keyingi tadkikotlarning kursatishicha, xar xil turlarda uxshash funktsiyani bajaruvchi bir xil oksillar uz molekulalari tuzilishi jixatidan bir- biridan fark kilishi mumkin. Bu xulosani insulin misolida kuzatish mumkin.
Genetik mezon - turning asosiy mezonidir. Mazkur mezon ikkita xulosaga tayanadi. Birinchidan xayvon va usimliklarning xar bir turi uchun xromosomalarda diploid soni doimiy. Lekin turlar, uzaro kariotiplari, yani xromosomalarning tuplami ularga joylashgan jami irsiy belgilari bilan bir-biridan yakkol ajralib turadi.
Ikkinchidan xar xil turga mansub individlar tabiiy sharoitda odatda uzaro chatishmaydi. Evolyutsiya jarayonida vujudga keladigan xilma - xil fiziologik va morfologik mexanizmlar bunday chatishishga yul kuymaydigan tusiklardir. Mana shunday ajratib kuyuvchi mexanizmlar xayvonlar va usimliklarning turli guruxlarida turlicha bulishi kerak.
Darvin ta'limoti mazmunnga ko'ra materialistik ta'limotdir. Shuning uchun ham ko'pgina kapitalistik mamlakatlarda evolyutsion ta'limotni o'qitish taqiqlangan. 1925 yili AQSH ning Deyton (Tenessi) shtatida kollej o'qituvchisi Djon Skops talabalariga odam maymundan kelib chiqqanligi haqi-dagi Darvin ta'limotini bayon etganligi uchun javobgarlikka tortilgan va sud hukmi bilan 100 dollar jarima to'lagan. 1966 yili Litl-Roke shahar markaziy maktabining (Arkanzas shtati) biologiya o'qituvchisi 24 yoshli Suzi Eperson 1925 yili Arkanzas, Tenessi, Missisipi shtatlarida qabul qilingan «bundan keyin maktablarda Darvin va uning nzdoshlari ta'limoti o'qitilmasin» degan qonunni buzganligi uchun aybla-nib, sudga berilgan. 1973 yili Kaliforniya maorif departa-menti tabiatshunoslikka doir barcha darsliklardan Darvinning evolyutsion ta'limotini chiqarib tashlashga qaror qildi. Darvinizm kursini o'qitish juda katta ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. U yoshlarni organik olam tarixiy rivojlanishi-ning umumiy qonuniyatlari to'g'risidagi bilimlar bilan qurollantiradi. Mazkur kursda ko'pchilikni qiziqtirgan «Erda hayot qanday paydo bo'lgan va rivojlangan», «Organik olamning xilma-xilligi sabablari», «Organizm bilan muhit o'rtasidagi munosabat», «Odam paydo bo'lishi» kabi masalalar ilmiy asosda yoritilib, ular kishilarda ilmiy materialistik dunyo-qarash tarkib toptirishga yordam beradi. Darvinnzm barcha o'simliklar, hayvonlar, inson xudo tomonidan yaratilgan va ular o'zgarmas, degan diniy aqidalarning uydirma va puch ekanligini isbotlab, yoshlarni tarbiyalashda muhim rol o'ynaydi.
Evolyutsiya Asosiy Yo'nalishlari. O'simlik Va Hayvonlar Evolyutsiyasi
hayot kelib chiqishi va qadimdan uning rivojlanishi olimlarni hayron. Odamlar har doim shunday yanada tushunarli va oldindan, dunyoni qilish, bu sirlarni yaqinlashish harakat qildik. Ko'p asrlar Koinot va hayot kelib chiqishi ilohiy nuqtai nazar hukmron. evolyutsiya nazariyasi ham yaqinda bu sayyorada sharaf mayor bir joy va barcha hayotning eng ehtimoliy versiyalarini qo'lga kiritdi. XIX asr o'rtalarida Charlz Darvin tomonidan formuladan asosiy qoidalari. kelgusi asr dunyo mumkin bo'lgan yangi ma'lumotlar bilan birga, uni kengaytirish, Darvinning nazariyasi haqiqiyligini isbotlash uchun qilgan genetika va biologiya kashfiyotlari, ko'p bergan. evolyutsiya Bas sintetik nazariyasi. Bu barcha mashhur Explorer g'oya va ekologiyasiga genetika turli sohalarda ilmiy tadqiqotlar natijalarini so'riladi.
Biologik evolyutsiya ma'lum muhitda noyob genetik axborot jarayoni ishga asoslangan organizmlarning tarixiy evolyutsiyasi anglatadi.
o'zgartirish boshlang'ich bosqichi, oxir-oqibat yangi turdagi kelib chiqishiga sabab - mikroevrim hisoblanadi. Bunday o'zgarishlar vaqt davomida yig'ilib va jonzotlarning, jins, oila, sinf tashkil etish, yangi, yanada yuqori darajaga shakllantirish yakun. Ta'lim supra-tuzilmalar makroevrim deyiladi.
SHUNGA O'XSHASH JARAYONLAR
Har ikki sathi asosan bir xil oqim mavjud. kuchlar va mikro va makroizmeneny tabiiy tanlash, izolyatsiya, irsiyat, o'zgarish bo'ladi. Ikki jarayonlar o'rtasidagi muhim farq turli turlari orasida deyarli imkonsiz o'tish hisoblanadi. Natijada, so'l asosi bir rangdagi tanlash hisoblanadi. Shu turlarning shaxslar o'rtasida genetik axborotning erkin almashinuvini qilish uchun mikroevrim ulkan hissa.
YAQINLIK VA FARQ XUSUSIYATLARI
evolyutsiya asosiy yo'nalishlari necha shakllarda sodir bo'lishi mumkin. hayot xilma-xilligi kuchli manbai - yuzaga kelgan bir belgisi. Bu, ayniqsa, turlari ichida va tashkilotning oliy darajadagi faoliyat ko'rsatmoqda. atrof-muhit sharoitlari va tabiiy tanlash, ikki yoki undan ortiq turli xos xususiyatlaridan biri guruhi bo'linishi olib keladi. turlari farq darajasida bekor qilinishi mumkin. Bu holda, yangi tashkil etilgan aholi biriga birlashtirish. yuqori darajadagi, jarayon qaytmas bo'lib.
Yana bir shakli - phyletic evolyutsiya, individual aholisi ichida izolyatsiya holda turlari o'zgarishlarni taklif. Har bir yangi guruh avvalgi va keyingi ajdodi naslidandir.
hayot xilma-xilligi salmoqli hissa va birlashtirish yoki "yaqinlik" xususiyatlarini qiladi. Shu ekologik sharoitlar ta'siri ostida organizmlar befarq guruhlari rivojlantirish jarayonida, shunga o'xshash organlari shaxslar shakllangan. Ular shunga o'xshash tuzilishi, lekin har xil kelib chiqishi bor va deyarli bir xil vazifani amalga oshirish.
yaqinlash- tomonidan juda yaqin harakat bo'ladi - evolyutsiya bir shakli, original qo'yib guruhi ayni sharoitlar ta'siri ostida shunga o'xshash tarzda rivojlanadi qachon. Yakınsama va harakat juda nozik chiziq ajratib, va u bir ariza yoki boshqa uchun organizmlarning bir guruhi evolyutsiyasi vasf uchun tez-tez qiyin.
BIOLOGIK O'SISH
evolyutsiya asosiy yo'nalishlari, birinchi navbatda asarlarida namoyish etildi Severtsova. U biologik taraqqiyot konsepsiyasini taqdim taklif qildi. olim asarlarida uni erishish yo'llarini, shuningdek, asosiy yo'llarini va evolyutsiya yo'nalishlari belgilaydi. G'oyalar Severtsova II ishlab Shmal'gauzen.
olimlar tomonidan izolyatsiya organik dunyo evolyutsiyasi asosiy yo'nalishlari, - biologik o'sish regresyon va mustahkamlash hisoblanadi. unvonlarini bu jarayonlar bir-biridan farq qanday tushunish oson. Progress atrof-muhitga moslashish darajasini oshirish, yangi xususiyatlari shakllanishiga olib keladi. Regresyon, guruh va uning xilma-xilligi hajmini kamaytirish qirilish uchun oxir-oqibat etakchi sifatida ifoda etiladi. Barqarorlashtirish sotib xususiyatlari va nisbatan o'zgarmas sharoitda avloddan avlodga o'z uzatishni ta'minlash o'z ichiga oladi.
tor ma'noda, organik evolyutsiya asosiy yo'nalishlarini ifodalaydi, u biologik taraqqiyot va uning shakllarini nazarda tutadi.
biologik taraqqiyot erishish uchun uchta asosiy usuli mavjud:
arogenez;
allogenez;
katagenesis.
AROGENEZ
Bu jarayon imkon aromorphosis shakllanishi natijasida tashkilotning umumiy darajasini oshirish imkonini beradi. Biz bu muddat ma'nosini topish uchun taqdim etamiz. Shunday qilib, aromorphosis - ularning ortib murakkabligi va adaptiv xususiyatlarini oshirish bilan birga tirik organizmlar sifatli o'zgarish, etakchi evolyutsiya yo'nalishini. tarkibida o'zgarishlar natijasidir shaxslar ko'proq qizg'in faoliyat bo'lib, ular yangi, ilgari ishga solinmagan resurslarni foydalanish imkoniyatiga ega. Shunday qilib, bir organizmlar ayrim ma'noda atrof-muhit sharoitlari dan bepul. ularning moslashish tashkil yuqori darajada mustaqil atrof-muhit sharoitlarini ishlab chiqish qobiliyatini berib, asosan universal bo'ladi.
Yaxshi misol aromorphosis - katta va kichik qalbida to'rt palatalari paydo, va ikki aylanishi ajratish: qon aylanish umurtqali tizimini aylantirish uchun. o'simliklarning evolyutsiya chang naychasidan va urug'icha shakllanishi natijasida oldinga muhim qadam bilan xarakterlanadi. sinflar, idoralar, turlari va olamlarini: Aromorphoses yangi taksonomik birliklar paydo bo'lishiga olib keladi.
RFA da Aromorphosis nisbatan kam uchraydigan evolyutsion hodisa hisoblanadi. Bu o'z navbatida, adaptiv zonasi muhim kengaytirish bilan birga biologik umumiy taraqqiyot, avval, morphophysiological taraqqiyot, to'ldi.
IJTIMOIY AROMORPHOSIS
insoniyatning evolyutsiya yo'nalishini hisobga olgan holda, ba'zi olimlar "ijtimoiy aromorphosis" konsepsiyasini joriy qilgan. Ular universal ijtimoiy organizmlar va ularning tizimlarini rivojlantirish o'zgarishlar, murakkabligi, natijada katta moslashuvchanligi tayinlangan va o'zaro jamiyat oshirish etiladi. Bunday aromorphoses soni Misol uchun, o'z ichiga oladi, davlat, poligrafiya va kompyuter texnologiyalari paydo bo'lishi.
ALLOGENEZ
o'zgarishlar kamroq hosil va biologik taraqqiyot albatta global tabiati bor. Ular allogenez mohiyati bor. evolyutsiya, bu yo'nalishda aromorphosis uchun muhim farq bor (quyidagi jadvalga qarang). Bu tashkilotning darajasini oshirish emas. allogenez asosiy natija - uni idioadaptation. qaysi tana ma'lum shartlarga moslashtirish tayyorlangan tufayli Aslida, u qisman o'zgarish ifodalaydi. Organik evolyutsiya, bu chiziq o'xshash turlari juda turli geografik joylarda istiqomat beradi.
Bunday jarayon misol kelajakdagi - bo'rilar bir oila. Uning turlari, turli iqlim zonalarida joylashgan. sezilarli darajada tashkil darajada har qanday boshqa turdagi oshmaydigan esa har bir, ularning atrof-muhitga moslashish uchun ma'lum bir majmuini bor.
Olimlar bir necha turlari idioadaptatsy aniqlash:
shaklida (masalan, bir aerodinamik tanasi suvda suzuvchi);
rang (bu erda mimicry, profilaktika va anglatadi himoya bo'yash) ;
naslchilik;
harakati (membrana suvda suzuvchi qushlar havo yostig'i) bo'yicha;
atrof-muhit sharoitlariga moslashish.
ANIMAL KINGDOM
Evolyutsiya eukaryotesler (ökaryotik hujayra q turi elektr ta'minoti bilan bezatilgan yadro o'z ichiga oladi) (Kimyoviy yoki nurli fotosintez orqali heterotroflar organik yaratish emas, balki), shuningdek, to'qima farqlash erta bosqichlarida birga. Coelenterates hayvonlar birinchi muhim aromorphoses evolyutsiya bir ega: embrionning ikki qatlamlari, ecto- va endoderma tomonidan tashkil etiladi. dumaloq va tekis qurtlari tuzilishi murakkab. Ular uchinchi embrional barg, mezoderma orqali ifodalanadi. Bu qiladi Aromorphosis imkon to'qima va ko'rinishi organlarining differentsiatsiyasiga yanada.
Keyingi bosqich - bir o'rta chuqur tana shakllantirish va yanada qismga uni bulish. Annelids allaqachon parapodium (albatta ibtidoiy turi), shuningdek, qon aylanish va nafas olish tizimiga ega. eklemli oyoqlarda va ba'zi boshqa o'zgarishlar parapodial konvertatsiya Arthropodlar'ın turi paydo bo'lishiga olib keldi. ularning ozod so'ng hashoratlar tufayli embrional pardalarida paydo faol quruqlik rivojlantira boshladi. Bugungi kunda ular eng quruqlikda hayot uchun moslashgan.
asab naycha, qorin aorta va qalb bir Oxor shakllantirish kabi yirik aromorphoses, chiqish turi chordates mumkin qildik. baliq, sudraluvchi va amniotes tomonidan to'ldirilsin tirik organizmlarning xilma-xilligi bilan progressiv o'zgarishlar, bir qator rahmat. chunki embrion membranalar so'nggi uzoq suv bog'liq va quruqlikka qoldirgan.
Bundan tashqari, evolyutsiya qon aylanish tizimi o'zgartirish tomon harakat qilmoqda. issiq qonli hayvonlar bor. parvoz uchun Adaptations qushlar paydo mumkin qildi. Bunday to'rt kamerali yurak va o'ng aortik g'oyib bo'lib Aromorphoses, old miya yarim pallalari va qobiq rivojlantirish o'sish, palto shakllantirish va sut bezlari va bir qator o'zgarishlar sut emizuvchilarning kelib chiqishiga olib keldi. Ular orasida platsenta hayvonlar evolyutsiyasi amalga turib, bugungi kunda biologik taraqqiyot bir holatda.
Umumiy degeneratsiya tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o‘tish demakdir. Organik olam evolu-
74-rasm. Sutemizuvchilar sinfining hasharotxo‘r turkumiga mansub hayvonlar: Qur uqlikdagi formalari: 1—sakrovchi; 2—tipratikan; 3—kutora; 4—yerqazar. Suvda va quruqlikda yashovchilar: 5—qunduzsimon yerqazar; 6—krot; 7—oltinrangli krot; 8—vixuxol.
tsiyasining bu yo‘nalishi organizmlarning o‘troq yoki parazit holda hayot kechirishi bilan uzviy aloqador. Masalan, assidiy lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv sistemasi xorda, ko‘z rivojlangan bo‘ladi. Keyinchalik lichinka o‘troq hayot ke- chirishga o‘tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metamorfoz ro‘y beradi. Xorda nerv sistemasining asosiy qismi yo‘qolib qolgani tugunchaga aylangan bo‘ladi.
Odam parazitlari, cho‘chqa solityori, tasmasimon chuvalchanglarda ichak bo‘lmaydi, nerv sistemasi sodda tuzilgan, mustaqil harakatlanish deyarli yo‘q. Lekin ularda «xo‘jayin» ichak devorlariga yopishish uchun so‘rg‘ichlar, kuchli rivojlangan ko‘payish organi bo‘ladi. Shuningdek, ko‘pgina o‘simliklarda, masalan, parazit holda yashovchi zarpechakda asosiy organlaridan biri barg bo‘lmaydi, ildiz o‘rniga poyada so‘rg‘ichlar hosil bo‘lib, uning yordamida «xo‘jayin» o‘simlikdan oziq moddalarni so‘rib oladi. Zarpechak ko‘plab meva, urug‘ beradi. Uning urug‘i o‘txo‘r hayvonlarning oziqlanish organlarida hazm bo‘lmaydi. Shunday qilib, umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa ham, biroq bu turdagi organizmlar sonining ko‘p bo‘lishiga, arealning kengayishiga, yangi sistematik guruhlarning taraqqiy etishiga, ya’ni biologik yuksal ishga olib keladi.
Hozirgi vaqtda hasharotlar, suyakli baliqlar, kemiruvchilar- ning ko‘pgina guruhlari, gulli o‘simliklar biologik yuksalish gu ruhl ari progress holatidadir.
Organik olamning rivojlanishida biologik yuksalish — progressga qarama-qarshi o‘laroq, biologik regress ham uchraydi. Biologik regressda muhit sharoitiga organizmlar yetarlicha mos- lasha olmaganliklari sababli ularning: a) avloddan avlodga o‘tgan sari individlar soni kamayadi; b) tarqalgan areali torayadi; d) populyatsiyalar, turlar soni qisqaradi.
O‘simliklardan ginkgolar oilasi, sutemizuvchilardan hasha- rot xo‘r lar turkumiga kiruvchi faqat ikki turdan iborat vixuxol avlodi biologik regress holatidadir.
Adabiyotlar
1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2. Vorontsov N. P.,Suxorukova L.N. Evolyutsionnaya organicheskogo mira. M. Prosveshenie 1991
3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4. Iordanskis N. N. Evolyutsiya jizni. M.Izdatelskiy tsentr “Akademiya” 2001
5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
Do'stlaringiz bilan baham: |