2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Evolutsiyani isbotlashda solishtirma anatomiya fan dalillarini keltiring.
2. Evolutsiyani isbotlashda embriologiya fan dalillarini keltiring.
3. Evolutsiyani isbotlashda paleontologiya fan dalillarini keltiring.
4.Gomologik va analogik organlar bir biridan farqini tushuntiring
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Hayvon va o‘simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta biogeografi k viloyatga ajratadilar. Avstraliya biogeografik viloyatiga Avstraliya,Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Polineziya, Tasmaniya orollari kiradi. Sutemizuvchilar tuxum qo‘yib ko‘payuvchi – o‘rdakburun, yexidna, xaltali hayvonlardan kenguru, xaltali krot, xaltali tiyin, xaltali bo‘ri, xaltali ayiq ,sichqonsimon kemiruvchilar, ko‘rshapalaklar, dingo tarqalgan.Jannat qushlari, xashaki tovuqlar, kapachi qushlar. lira qushi, qanotsi kivi, emu tarqalgan. O‘rmonlarda evkaliptlar, janubiy qoraqayin, paporotniklarni bor. Neotropik biogeografi k viloyat. sutemizuvchilardan gajak dumli maymun ayiq, pampas mushugi, skuns, dengiz cho‘chqasi, opossum,zirhlilar, chumolixo‘r, yalqov, qushlardan kolibri, yapaloq qush, tasqara, nandu, alligatorlar, iguana, ilonlar uchraydi.Hindomalay biogeografi k viloyati orollarda o‘rmonlar juda ko‘p ,orangutan gibbon, tupaylar, hind fi li, yo‘lbars, bambuk ayig‘i, antilopalar, tapir, nosoroglar, qushlardan yovvoyi bankiv tovuqlari, qirg‘ovullar, tovuslar zaharli ilonlar. Habashiston biogeografik viloyati hayvonot dunyosi mar tishka, lemur, arslon, fi l, begemot, oq va qora ikki shoxli nosoroglar, jirafa, zebra, giyena itlari, gorilla, shimpanze, sudralib agama,xameleon tarqalgan. Paleoarktik biogeografik viloyati ot, sayg‘oq, yelik, kabarga, tog‘ echkisi, los, yovvoyi qo‘y, qo‘ng‘ir ayiq, bo‘ri, tulki, qunduz, hasharotxo‘rlardan vixuxol, ko‘rshapalaklar, kar, tustovuq, chittaklar uchraydi. O‘simliklardan ignabarglilar archalar, pixta, qora qarag‘ay, qarag‘ay,eman, terak, tol, akatsiya, gledichiy Neoarktik biogeografik viloyatiga hayvonlariga sixshox kiyik, tog‘ echkisi, ilvirs, muskusli qo‘y, yenot, badbo‘y kaltadum,daraxt jayralarini kiritsa bo‘ladi.
Gondvana quruqligining bir qismi janubga tomon siljigan. Keyinroq yer ostki kuchlarini ta’siri Gondvana bo‘laklarga ajragan, Antarktida, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika qit’alari paydo bo‘lgan. Lavraziyani bo‘linishi tufayli Yevrosiyo, Shimoliy Amerika qit’alari kelib chiqqan. Yevrosiyo , Shimoliy Amerika yagona qit’a sifatida bo‘lishi kaynozoy erasigacha davom etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |