2. Uyga vazifani so`rab baholash: 12 daqiqa og`zaki so`rov, daftarni tekshirish, tarqatma materiallar
1. Turlarning paydo bo‘lishini tushuntirishdagi qiyinchiliklar nimalardan iborat?
2. Tur paydo bo‘lishida mutatsiyalarning ahamiyatini izohlang.
3. 106-rasmda berilgan sxemani izohlang.
4. Allopatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring.
5. Simpatrik tur paydo bo‘lish mexanizmini tushuntiring.
6. Allopatrik va simpatrik tur paydo bo‘lish jarayonlarini taqqoslang.
7. Nima sababdan hayvonlarda poliploidiya hodisasi kam uchraydi?
3.Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa
Hujayra tuzilishida, unda kechadigan jarayonlarni energiya bilan ta’minlashda oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular orasida oqsillar va nuklein kislotalar hujayra
hayotida muhim o‘rin tutadigan makromolekulalardir.Oqsil evolutsiyasi darajasining tez ligi yil davomida uning tarkibidagi aminokislotalar almashinuvi bilan bel gilansa, genlarning evolutsion tezligi nukleotidlar almashinuvini aniqlash orqali aniqlanadi. Odatda sistematik jihatdan bir-biriga yaqin turlarda mutatsiyalar soni kam, uzoq turlarda esa aksincha, ko‘p bo‘ladi. Sitologiya. O‘simlik, hayvon, odam tanasi hujayralardan tashkil topgan. O‘simlik, hayvon, odam hujayralarida membrana, sitoplazma, yadro, sitoplazmatik organoidlar: endoplazmatik tur, ribosoma, mitoxondriyalar, Golji appa ratining borligi, barcha tirik mavjudotlarda genetik kodning bir xilligi ham organik olam turli
xil vakillarining kelib chiqishi birligidan dalolat beradi. Embriologiya. Barcha ko‘p hujayrali hayvonlar o‘z shaxsiy rivojlanishini urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan boshlaydi. Zigotaning bo‘linishi,
murtakning ikki, uch qatlamli holati, uning varaqlaridan turli organlarning hosil bo‘lishi kuzatiladi. Embrionning rivojlanishdagi o‘zaro o‘xshashlik, ayniqsa, bir tip yoki sinfga mansub hayvonlarni o‘zaro taqqoslaganda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Shuni qayd etish lozimki, ontogenezda faqat ajdodlarning ba’zi bosqichlari tushibgina qolmay, ba’zan ularda kuzatilmagan o‘zgarishlar ham ro‘y beradi. Buni rus olimi A. N. Seversov o‘zining fi loembriogenez nazariyasi bilan isbotlab berdi. Ma’lumki, mutatsion o‘zgaruvchanlik individ embrion rivojining har xil bosqichlarida sodir bo‘ladi. Foydali mutatsiyaga ega organizmlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda g‘olib kelib, foydali mutatsiyalarni nasldan naslga berib, oqibatda fi logenez borishini o‘zgartiradi. Masalan, sudralib yuruvchilar terisida epitelial va uning ostidagi biriktiruvchi to‘qima hujayralari rivojlanib, tangachalar hosil qiladi. Sutemizuvchilarda esa epitelial va biriktiruvchi to‘qima hosilalari rivojini o‘zgartirib, teri orasida soch xaltasini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |