T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)



Download 1,17 Mb.
bet27/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166
Bog'liq
A

Ijtimoiy hulq-atvor:

  1. Yodboshchilikga intilishga oid hatti-harakatlar.

  2. To‘dada bo‘ysinish tartibi.

  3. To‘dani himoya qilish.

  4. To‘dadagi erkak organizmlar orasidagi munosabat.

  5. Ota-onalar bilan ularning nasllari orasydagi munosabat.

  6. Oziqlanishda bo‘ysinish tartibi.

  7. Jinsiy qo‘shilish davrida bo‘ysinish tartibi.

  8. Hayvonlarning «tili».

  9. Jamoada funksiyaning taqsimlanishi.

Hayvonlarning hulq-atvorini o‘rganish. Klassik genetikada ayrim, belgilarning irsiylanishini bilish uchun qo‘llaniladigan metodlardan hayvonlar hulq-atvorini o‘rganishga oid tajribalarda ham foydalaniladi. Hayvonlarning xulq- atvorini o‘rganish uchun avvalo qaysi hususiyatini o‘rganish aniqlanib olinadi. Misol tariqasida hayvonlar hulq-atvoridagi tanani toza tutish yoki tanani toza tutmaslik, jinsiy qo‘shilishga mayl, jinsiy qo‘shilishga befarq, qarama-qarshi jins bilan qo‘shiladigan, gomoseksuallar, nasl uchun qayg‘uradigan, nasl uchun unchalik qayg‘urmaydigan kabi belgilarni olish mumkin. Mana shunday belgilarga ega va ega bodmagan urg‘ochi va erkak hayvonlar tanlanib olinadi va alohida-alohida urchitiladi. Ularni urchitish to gomozigota va izogen liniyalarni hosil etguncha davom etdiriladi.

Gomozigota individlar hosil bo‘lganligiga ishonch hosil qilingach, qarama- qarshi xossalarga ega individlar o‘zaro chatishtirilib, duragay organizmlar olinadi. Birinchi avlod duragaylarining erkak va urgochi formalarning bir-biri bilan chatishtirilib, ikkinchi avlod olinib, ularda tekshirilayotgan belgiga ega hamda ega bo‘lmagan yoki o‘rganilayotgan belgini o‘rtacha namoyon bo‘lgan hayvonlar nisbati aniqlanadi. Shuningdek G‘1 duragaylarda taxliliy chatishtirish o‘tkazilishi hamda bekrossdan hosil bo‘lgan individlarning qanchasida o‘rganilayotgan belgi borligi, yo‘qligi yoki oraliq holda rivojlanganligi taxlil qilinadi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib o‘rganilayotgan belgi qaysi biri dominant, qaysi biri retsessiv ekanligi, ular bir gen yoki ikki gen ta’sirida rivojlanganligi aniqlanadi.

Masalan, drozofilada hulq-atvor bilan bogdiq ko‘rish, oziqlanish, hid bilish, jinsiy qo‘shilishga moyillik, himoyalanish kabi xususiyatlar irsiylanishi o‘rganilgan. Drozofilada jinsiy qo‘shilish paytidagi fe’l-atvorning genetik asoslari ham o‘rganilgan. Aniqlanishicha, jinsiy qo‘shilishga urg‘ochi drozofilaning moyilligini ro‘yobga chiqarish uchun erkak drozofila «o‘yin» ko‘rsatar ekan. Mazkur «o‘yin» urg‘ochi drozofilaning qornini qitiqlash, uning atrofida aylanib uchish, jinsiy qo‘shilish uchun urg‘ochining qorin qismini o‘ziga tortish va «ashula» aytish. Drozofilaning «ashula»si 50 sekund mobaynida tez-tez qanot qoqishdan iborat.

Drozofilada ko‘rish, hid sezish, eshitish bilan bogdiq mutatsiya jinsiy qo‘shilish paytida «ko‘ngilni» ovlashga ta’sir etish mumkin. Masalan, ko‘r erkak drozofila urg‘ochini ko‘rmaydi yoki garang urg‘ochi pashsha erkak drozofilaning «sevgi ashulasini» eshitolmaydi.

Ichkilikga yuqori darajada moyil va moyil bodmagan sichqonlarning inbred liniyalarini chatishtirib, so‘ng ularning G‘1 va G‘2 dagi nasllarning har birini ichkilikga bo‘lgan talabini o‘rganish natijasida mazkur belgi bo‘yicha farq ikkita bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan genlar uyushmasiga bog‘liq ekanligi ma’lum bodgan.

Odamlarning hulq-atvori doimo olimlar diqqatini o‘ziga tortib kelgan. Genetika fan sifatida shakllanmasdan ancha ilgari ham olimlar odam hulq-atvori, ruhiyatini irsiylanishi bilan qiziqqanlar. Masalan, eramizdan ancha ilgari yashagan antik dunyo olimi Platon birinchi bo‘lib nikohlarni davlat tomonidan boshqarishning lozimligini ta’kidlagan. U jismoniy jihatdan o‘ta baquvvat bolalarni dunyoga keltirish uchun qanday er-xotinlarni saralash lozimligi haqida fikr bildirgan. XX asrda yashagan F.Galton iste’dodli odamlar shajarasini o‘rganib ikki xil xulosaga keldi. 1) Ulug‘ iste’dodlar avloddan-avlodga beriladi. 2) Har bir odam hulq-atvor, iste’dod hamda kasallikni ifodalovchi belgilar zahirasiga ega.

F.Galton yevgenika fanining otasi hisoblanadi. Mazkur atama yunon tilidan olingan bodib, «yaxshi, ma’qul odamlarni tug‘ilishi» degan ma’noni anglatadi. Olim nufuzli oilalar shajarasini o‘rganib, shaxslarning jamiyatdagi faoliyati irsiyatga bogdiqligini qayd qiladi. Masalan, AQShdagi Edvardslar oilasidagi 1394 erkakning to‘rtdan uch qismi jamiyat hayotida iz qoldirgan va tarix sahifalaridan o‘rin olgan shaxslar bodgan.

Tarixchilarning ma’lum qilishicha buyuk kompozitor I.S.Bax avlodidan musikaga iste’dodi bor shaxslar 56 ta bodgan. Buyuk bobomiz Amir Temur avlodlari orasida Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xumoyun, Akbarshoxlar yetishib chiqqanligi qobiliyat, iste’dod kabi belgilar avloddan-avlodga irsiylanishidan dalolat beradi. Qobiliyat, iste’dod bilan bir qatorda odamdagi salbiy xislatlar ham avloddan-avlodga odishi mumkinligi haqida ma’lumotlar bor. Chunonchi XVIII asrda Shimoliy Amerikada yashagan aroqxo‘r baliqchi Djyuka va yengil tabiatli ayol shajarasidagi 2500 odamlardan 600 tasining aqli past, 55 foizi o‘g‘ri, firibgar, aroqxod bodgan. Shunga o‘xshash dalillarga asoslanib turli mamlakat siyosatdonlari aqli zaif, aroqxod jinoyatchilardan qutilish uchun zararli genlarni o‘zida saqlovchi odamlarni bichish zarurligi to‘gdisida fikr bildiradilar va uni «odam zotini yaxshilaymiz» degan shior ostida targdb qila boshladilar. Oqibatda XX asrniig birinchi 10 yilligida Amerikaning 22 shtatida, Angliya, Estoniya kabi mamlakatlarda tajovuzkorlikga moyil kishilar bichila boshlandi.

Rossiyada XX asrning 20-30 yillarida yevgenik olimlardan Yu.A.Filipchenko,

S.L.Serebrovskiylar ziyoli, iste’dodli odamlarning genlarini jamiyatning boshqa a’zolariga tarqatish kerak, “sovet jamiyati” uchun yangi odam zotini yaratish lozim, shundagina besh yillikga modjallangan rejalarni ikki yilda bajarish mumkin degan g‘oyani ilgari surdilar.

XX asrning 30 yillariga kelib yevgenika jamiyat uchun zararli soha, millatchilar fani deb e’lon qilindi hamda bu sohadagi tadqiqotlar to‘xtatib qo‘yildi. Yevgenika to‘gdisida mulohaza yuritganda uchta masalani muhokama qilish kerak. 1) Odamlarda zararli irsiy belgi-xossalar bormi va ular avloddan-avlodga odgan sari orta boradimi?. 2) Fandagi mavjud tadqiqot metodlari yordamida zararli belgilarni odamlarda kamaytirish mumkinmi?. 3) Agar kelgusi avlodlarni irsiyatiga ta’sir etish mumkin bodsa, uni boshqarish uchun axloq hamda yuridik huquqga egamizmi?. Bu haqda to‘xtab hozirgi vaqtda odam tanasining har bir organlar sistemasida yuzlab nuqsonlar-kasalliklar borligi va

ulaming ko‘pchiligi gen funksiyasiga bog‘liq ekanligi aniqlanganligini qayd etish kerak.

Odamlar orasida jismonan nogiron, masalan, qo‘l, oyoqlari qisqa, aqli zaif, ruhiy kasali bor shaxslar uchrashi barchaga ayon. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha aqli zaif erkak va ayoldan aqli zaif farzandlar tug‘iladi. Insoniyat oldida turgan bunday muammoni na hukumat va na vrachlar hal qilaoladilar. Mazkur muammoni yechimini topish insoniyat oldidagi ulkan vazifadir. Binobarin, odam irsiyatini o‘rganish hozirgi vaqtda nihoyatda dolzarb sanaladi


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish