Tayanch iboralar va tushunchalar: Antropologiyaning maqsad va vazifalari, antropologiyaning rivojlanish tarixi, qazilma holdagi organizmlar, odam paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar. Antropologiyaning shoxobchalari. arxeologiya, etnogenez, primatologiya
Antropologiya yunon tilidan olingan bolib antropoe - odam, logos - fan ya‘ni odam to‘g‘risidagi fan degan ma’noni anglatadi. Mazkur atama tabiat- shunoslik faniga eramizdan oldin yashagan yunon olimi Aristotel tomonidan kiritilgan. Olim antropologiya atamasi ostida faqat odamning ruxiy faoliyatini tushungan. Odamning jismoniy tuzilishi bilan aloqador ravishda antropologiya atamasini 1501-yilda tabiatshunos olim Magnus Xundt o‘zining “Odam tanasining qismlari, tuzilishi, tabiati xossalari” deb nomlangan asarida ishlatgan. 1594-yilda Kasmannin “Antropologik psixologiya yoki jon haqida” asarini nashr ettirdi. So‘ng mazkur asarning “Odamning tana tuzilishi metodik tasvirda” deb nomlangan ikkinchi qismi chop etildi. Shunday qilib, G‘arbiy Yevropada antropologiya atamasi ostida bir tomondan odam tanasining tuzilishi, ikkinchi tomondan odam joni tushunilgan.
Nemis faylasuflaridan E.Kalet antropologiya atamasi bilan odam psixo- logiyasini sharhlagan.
XIX asrdan to hozirga qadar Angliya, Amerika, Fransiyada antropologiya iborasi ostida, birinchidan, odamning tana tuzilishi, ikkinchidan, xalqlar mada- niyati, turmush tarzi tushuniladi.
Hozirgi davr tabiatshunosligida antropologiya, etnografiya, arxeologiya atamalari yonma - yon ishlatiladi.
Antropologiya atamasi miloddan avvalgi asrlarda paydo bo’lishiga qaramay, bu atama ostida fan faqat XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllangan. Lekin hanuzgacha uning fanlar sistemasidagi o’rni noaniq bo’lib kelmoqda. Bir gurux olimlar xususan rossiyaliklar antropolpgiyani biologik fanlar sistemasiga kiritadilar. Boshqa gurux olimlar esa uni gumanitar yoki ijtimoiy fan deb hisoblaydilar.
Odamning kelib chiqishi, turli tumanligi haqidagi bilimlar antik dunyodan boshlangan bo’lsada, XIX asrning ikkinchi yaqrmida bu sohada juda ko’p ma’lumotlar to’plandi. Chunonchi odamning qadimgi maymunlarning ikki oyoqlab yurishi natijasida odam paydo bo’lganligi to’g’risida J.B.Lamark va Ch. Darvin qarashlari, Yava orolida odam bilan maymun belgilarining o’zida mujassam qilgan pitekantrop - maymun odam skeleti Ye. Dyubua tomonidan topilishi va Shunga o’xshash dalillar odam haqida aloxida fan - antropologiyani shakllanishi uchun asos bo’ldi.
Antropologiya tabiatshunoslikning aloxida tarmog’i bo’lib, qadimgi va xozirgi odamlarning kelib chiqishi, irqlarning paydo bo’lishini tadqiq qiladi.
Antropologiyaning tadqiqot ob’ekti odam bo’lsada, u entomologiya hasharotlarni, ornitologiya qushlarni o’rgangandek yo’l tutmaydi. Antropologiyani asosiy vazifasi qanday qilib qadimgi maymunlar asta - sekinlik bilan odamga aylanganligini, boshqacha aytganda biologik qonuniyatlarni ijtimoiy qonunlarga aylanganligini tadqiq qilishdan iborat. Biologik fanlar tizimida antropologiya aloxida o’ringa ega. Chunki antropologiya faqat biologik fanlar bilan bir qatorda tarixiy ijtimoiy fanlar bilan ham uzviy aloqador.
Do'stlaringiz bilan baham: |