21-Bilet
1
|
Falsafa kategoriyalarining tasnifi
|
2
|
Sog‘lik qadriyat sifatida
|
3
|
Axborot inqilobi
|
4
|
Islomda axloqiy qadriyatlar
|
1. Har qanday fanning oziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari boladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, ogirlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda kop duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan boglangan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va xokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Хorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish kiyin. Хuddi shunday falsafaning fanlik makomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni organishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga kora, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki ozaro boglanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini kurib utdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan kiska tanishaylik.
Kategoriya ozi nima? Bu soz qadimgi yunon tilidan olingan bolib: «izohlash», «tushuntirish», «korsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanok ilmiy tadqiqot yonalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bolib, Arastu ta’riflab bergan. U ozining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv vokelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Хususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «orin», «vaqt», «holat», «mavke», «harakat», «azob-ukubat». Bu turkumlashtirish, oz vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bolgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida organishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda koproqpolitika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki usha davrda qoshinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutk madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bolgan. Ammo usha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Хatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, xali guyoki shakllanmagan fan bilan shugullangani va yoshlarni bu ilm yoliga boshlab, ularning notogri tarbiyasiga sabab bolganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun tortki bolgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga kotargan. Usha davrdan boshlab falsafa oz qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bolgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Хususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, koplik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, ozaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, vokelik va novokelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli ularok, Хegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut Goya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob’ektiv vokelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning ozaro boglanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan ozgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiybilish darajalaridan biri. Kopchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qoshiladilar. Bu ma’noda borliq, vokelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.Falsafada oz xususiyatlariga kora, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy boglanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yonalishdagi eng muxim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi boglanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, boglanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining ozluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
Aloxidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi aloxida, individual tarzda namoyon bolayotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bolishidir. Aloxidalik va umumiylik ortasidagi boglanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bolib xisoblanadi. Ikkinchidan, «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bolishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bolish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini aloxidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka otish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday aloxidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bolsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun oziga xos bo`lgan modelni taqozo qiladi. Aloxidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qullash bozor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Aloxidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda korsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bolgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada aloxidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turgunlikka ega bolgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Хegel, aloxidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bolish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida aloxidalikning umumiylikdan farqini mutloqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu xaqda «Osiyotsentrizm» va «Yevropatsentrizm» togrisida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bolib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat oz orni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi targibidagi milliy madaniyatni mutloqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bolib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu ХХ asrning 30-yillarida fashizm mafkorasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi.
Aloxidalikni, umumiy qonuniyatlar targibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab vokelikning aloxidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga kora, har qanday sistema oz targibidagi nisbatan yangi, aloxida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bola olmaydi. Shunday qilib, aloxidalik vokelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda aloxidaliklarning konkret xususiyatlari ortasidagi boglanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi aloxidaliklar sistemasi tarzida namoyon boladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan tulakonli bolishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari oziga xos bolgan yonalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat targibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yonalishlarga asos bolgan. Bu madaniyat yonalishlari nisbatan mustaqil bolsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chigkan bo`lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari ortasida uzviy bogliqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi boglanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bolsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi boglanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan oxshashlik bolishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida kabol qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bolishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni targibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bolib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga kora, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.
Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bolib xisoblanadi. Sistema – grekcha soz bolib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Хususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga kora turkumlashtirish, muxim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini organish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi.
Sistema — narsa va hodisalarning boglanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar boglanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tozilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turgun boglanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy tozilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targibiy tozilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil korinishlari, DNK yoki RNK larning ozaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniglangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bolsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bolgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning ozaro boglanish, aloqadorlik, munosabat jixatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil targibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret korinishlari tarzida namoyon boladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bolsak, undagi element aloxida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabakalarning ongli munosabatlari tarzida kozga tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy tozilishni tashkil qilgan. Oz navbatida, sistemani tulaligicha bilish, uning stukturaviy tozilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini aloxida tahlil qilishni taqozo etadi.
Shuni aloxida ta’kidlash keraki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va extiyojlariga kora yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muxim elementlarning biri xisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida aloxida olib tahlil qiladigan bolsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini koramiz. Shunga kora, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bolib, kategoriyalar sifatida, unga bolgan munosabat doirasida konkretlashadi.
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bolib xisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga kora: muxim va muxim bolmagan, asosiy va asosiy bolmagan elementlarga ajratib organish aloxida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga kora, oz ahamiyatiga ega boladi. Birok, ularning ahamiyatini, yuqorida korsatilganidek, turkumlashtirish mutloqo nisbiy hamda shartli harakterga ega bolib, muayyan manfaatlar va extiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. Shunga kora, konkret makon va zamonda sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, sistemadagi uning harakterini belgilab torgan muxim element, ma’lum vaqtga kelib muxim bolmagan elementga aylanishi yoki aksincha bolishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos boladi.
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv qulanmalaridan farqli ularok, bu kategoriyalarni kiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida korsatilgan «aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bogliqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini aloxida tahlil qilish zarur.
«Mohiyat va hodisa» kategoriyasini olib koraylik. Mohiyat-ozida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Хodisa esa, ularning boglanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bolishidir. Mohiyatni aloxidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib organish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, sub’ekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga kora, asosiy va asosiy bolmagan, nisbatan barqaror yoki ozgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida ornini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson extiyojlarini kondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat.
Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muxim ahamiyatga ega. Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy boglanishi bolib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy boglanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl ortasidagi boglanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy harakterga ega. Ya’ni, mazmunning ozgarishi shaklning ozgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bolgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy boglanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bolish mumkin bolmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bola olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bolgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday joz’iy ozgarish ham bir-biridagi ozgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bolishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat holati, shakli ozgarishi bilan uning mazmuni ham ozgaradi. Ya’ni, suv buK holatida chankokni kondirmaydi, osimliklarni sugorish uchun yaramaydi. Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy boglanishlari sistemaning harakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bolsak, strukturaviy boglanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham belgilab turadi. Shunga kora, shaklni mazmunga nisbatan «ikkilamchi» deyish noorindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bolsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini belgilab turadi.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriyalar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga insonlarning muayyan manfaatlar va extiyojlar asosida yondashishlarini aloxida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning ob’ektiv harakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baholashdagi sub’ektiv, muqobil qarashlarda oz ifodasini topadi.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga kora, ularning mazmuni va shakli ozgarib turadi. Oz navbatida, har qanday sistemaning elementlari ortasidagi strukturaviy boglanish konkret mazmunga ega bolib, unga mos mazmunlarda oz ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl ortasidagi aloqadorlik, boglanish, munosabatning harakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bolishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon boladi. Shunga kora, sabab – biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muximdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon boladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bolib xisoblanadi.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bolgan sabablar tizimi mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bolmagan, muxim va muxim bolmagan sabablarga ajratish mumkin.
Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga kora, sababni bir vaqtning ozida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bolsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon boladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik boglanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi.
Хegel tili bilan aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1) uning ob’ektiv harakteri narsa va hodisalarning ichki, targibiy elementlari munosabatlariga xos bolib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi;
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi;
3) sabab umumiy harakterga ega bolib, xech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bolmaydi;
4) sabab zaruriy bolib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi;
5) sababning ozluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil boglanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bogliqligini harakterlaydi.
Zaruriyat va tasodif. Ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muxim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Тasodif esa – zaruriyatning namoyon bolish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtai nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tozilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda ob’ektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otishi tarixiy obe’ktiv zaruriyatdir, uning «ozbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bolishidir. Bunda tasodif «sub’ektivlashtirilgan» jarayon sifatida kozga tashlansa ham, ob’ektiv hodisadir. Chunki, Ozbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga otishning harakterini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning ob’ektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy ozgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bolishi, oz navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat makomiga ega boladi. Bundan korinib turibdiki, zaruriyat va tasodif ortasidagi boglanishlar sabab-oqibat munosabatlari harakteriga mos keladi.
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan sub’ekt extiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bolsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobik Ittifokning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, ob’ektiv qonuniy harakteri inkor etilmokda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida xech qanday imperiyaning abadiy bolmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni kurib turibmiz.
Imkoniyat va vokelik – falsafaning muxim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Vokelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bolishidir. Imkoniyat va vokelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga kora, boshqa kategoriyalar bilan bogliqlikda tahlil qilish muxim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini ozida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning vokelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavxum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. Ozbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat kurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «Ozbekiston XXI asr busaKasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko`rsatib berildi.
2. fayllar.org
ma'muriyatiga murojaat qiling
Sog’lik oliy qadriyat
PROMOTED CONTENT
Ko'zni yomon ko'rishi? 5 kun ichida aniq ko'rish qaytadi!
D-Vision
Эти горькие копеечные таблетки сжигают 25 кг жира за месяц!
KETOform
Download 23 Kb.
Sana 16.05.2020
Hajmi 23 Kb.
#106629
Bog'liq
guli
Олий математика кафедранинг CALCULUS, 1 sinf texnologiya plastilin bilan i, 2 sinf matematika dars ishlanma, 8-Mart onajonlar bayrami ssenariy, 1- Laboratoriya mashg’uloti. Preparatni gramm usulida bo'yash, 1- Laboratoriya mashg’uloti. Preparatni gramm usulida bo'yash, 11 Аграр. Амал. 3к, guli, guli, guli, guli, Annotatsiya, sdasturlash tilini organish, 2-lab-Algoritm.13-variant
recommended by
КАРДИПАЛ
Давление станет 120 на 80, а сосуды очистятся за 10 дней! Рецепт
Sog’lik oliy
qadriyat
“Odamzodning sog’ligi ko’p jihatidan avvalambor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun sog’lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim.” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2004 yil 7 dekabrda so’zlagan nutqidan)
Turmush tarzi- inson hayotining shunday bir tayanch nuqtasiki, har bir inson unga tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishga erishishi mumkin.
Turmush tarzi- deganda inson bilan tabiiy ijtimoiy muhit o’rtasidagi barqaror va uzoqni ko’zlab o’rnatilgan munosabatlar tizimidan iborat bo’lgan jamiyatning axloqiy va moddiy qadriyatlari sifatida gavdalangan, intilishlari, maqsadlari, shakllangan xulqi, uzoq kelajakni o’ylab ish tutishi nuqtai nazardan esa jamiyatdagi mavjud qonunlar, ananalar va tartiblarga asoslangan holga o’zining turli xil ehtiyojlarini qondirib yashash tarzi tushuniladi.
Turmush tarzi – bu jamiyatda odamlarning faoliyati yurish turishi tartibi bo’lib, yashash sharoitlari bilan bog’langan, ularga javob beradi, ulardan u yoki bu darajada foydalanishni nazarda tutadi. Turmush tarzi- har bir shaxsning turmush kechirishi yoki boshqacha aytganda ularning yashash faoliyati shaklidir. Yashash sharoiti esa turmush tarzi bilan vositalashgan va shartlangan omillar yig’indisi bo’lib belglaydi yoki boshqacha qilib aytsak, yashash sharoiti turmush tarziga ta’sir kursatuvchi moddiy va manaviy omillar yig’indisidan tarkib topadi.
Turmush tarzi quyidagi 4 ta toifani o’z ichiga oladi: (Yu.P.Lisistin 1987y.)
Iqtisodiy yoki “yashash darajasi” – farovon yashash toifasi bo’lib uni son jihatdan o’lchash mumkin. Bunga milliy daroma, iste’mol fondlari, aholining haqiqiy daromadlari va ulardan foydalanishni, uy- joy bilan ta’minlanish, tibbiy xizmat ko’rsatish va savodxonlik darajasi, ish vaqti va bo’sh vaqtning davomiyligi, daromadlari tarkibi va xokazolarni kiritish mumkin
Ijtimoiy yoki “yashash sifati” esa uy-joy, yashash sharoitlari va ovqatlanish, qulayliklariga egaligi, ishdan qoniqishi, muloqotda bo’lishi kabilarni baholash uchun qo’llaniladigan toifa hisoblanadi.
Ijtimoiy ruhiy tomoni “yashash uslubi” tarzida baholanib, u har bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlari- fikrlashi va tafakkur dirasi kabilarni qamrab oladi.
Ijtimoi- iktisodiy tomoni esa –odamlarning jamiyatda tutgan o’rni, hayoti, turmushi, madaniyati hamda ularning yashash faoliyatlarini belgilaydi. Turmush tarzi – deganda insonlarning muayyan ijtimoiy muhitda, jamiyatda o’zini tutishi, ularning mehnat faoliyati va moddiy sharoitlarini o’zaro dialiktik munosabatlaridan iborat falsafiy kategoriya tushuniladi.
Shunday qilib turmush tarzi – ijtimoiy- iqtisodiy farmatstiya va jamiyatning ob’ektiv rivojlanish jarayonlari bilan bog’langan holda shakllanib, u tarixiy rivojlanishning malum bosqichida ishlab chiqarish usuliga bog’liq holda paydo bo’ladi.
Odatda turmush tarzining quyidagi turlari farqlanadi: mexnat faoliyati bilan boo’liq turmush tarzi;
Ijtimoiy – siyosiy faoliyat bilan bog’liq turmush tarzi;
Tashqi dunyoni bilib olish, bilimlarga intilish bilan bog’liq turmush tarzi;
Madaniy hayot bilan bog’langan turmush tarzi;
Oila va tarbiyaviy jarayonlarbilan bog’liq turmush tarzi.
Mexnat faoliyati va ishlab chikarish bilan bog’lik turmush turmush tarziga: mexnatning turi, uning mazmuni ,tarkibiy kismlari, tashkil kilish darajasi va xokazolar kiradi. Bunda ishlab chikarish tarmogi ,jismoniy yoki intellektual ish rejimi,avtomatlashtirish yoki mexanizastiyalash darajasi, mexnat intizomi, ish xajmi, tashabbuskorlik, mexnatga va jamoaga munosabati, ruxiy va emostional xolat,uz ishidan qoniqish xosil kilish darajasi kabilar inobatga olinadi.
-Turmush tarzining muxim turiga insonning ijtimoiy siyosiy faolligi xam kiradi. Bularga doimiy ravishda jamoatchilik asosida ma’lum vazifani bajarish, saylov organlari ichida katnashish, mamlakatning tashki va ichkisiyosati masalalarida savodxonligi ,siyosiy adabiyotga kizikish,yigilishlarda katnashib,chikishlar kilish va xokazolar kiradi.
-Turmush tarzining boshka turlariga insonning turmushda,jamoatchilik oldida uzini tuta bilishi oilalarning moddiy jixatidan ta’minlanganligi oila byudjetidan foydalanish uning taksimoti, shu jumladan:
oila a’zolarining ozik-ovkat maxsulotlari bilan ta’minlanishi:
uy-joy va yashash sharoitini yaxshilash;
kiyim-kechak sotib olish;
madaniy extiyojlarga: teatr kino, kitoblar, sotib olish, gazeta va jurnallarga obuna bulish va boshkalarni sanab o’tish mumkin.
-Insonlarning turmush tarziga ularning yashash sharoitlari xam bevosita yoki bilvosita ta’sir kursatadi. Bunga moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va boshka omillar ta’sirini misol kilib keltirish mumkin.
-Odamlarning yashash sharoitlari – mexnati, turmushi, bilimi, madaniyati, ovkatlanish tarzi, uy-joy sharoiti, oila byudjeti tarbiyasi, oilaviy munosabatlari va boshka ijtimoiy omillar kishilarning turmush tarziga uz ta’sirini utkazadi.
Shuning uchun odamlarning yashashi va turmush darajasi turli mamlakatlarda turlicha bulib, u mamlakatning iktisodiy-ijtimoiy rivojlanishi,siyosiy xolati,ishlab chikarish kuchlarining rivojlanganligi,mamlakat milliy daromadi va iste’mol fondlari xajmi, odamlarning daromadi, uy-joy bilan ta’minlanishi, tibbiy yordam olish darajasi,axolini savodxonligi, ish vaktining davomiyligi, salomatlik kursatkichlari va demografik jarayonlar xolati kabilar bilan belgilanadi.
Turmush tarzini belgilovchi bosh omil insonning uzidir. Inson o’zi uchun ijod kiladi, yashashi uchun sharoit yaratadi.
Tibbiyot ilmining otasi Gippokrat “Insonning faoliyati kanday bulsa,uning uzi xam,tabiati xam,kasalliklari xam shunday” deb ta’kidlab, insoniyatning sog’ligi va kasalligini uning turmush tarzi, fikrlash doirasi, o’zini tuta bilishi kabilarni o’rganish orqali bilib olish mumkin ekanligini ko’rsatib o’tgan edi.
Turmush tarzi inson faoliyatining shunday – “tayanch nuqtasiki”, tibbiyot ilmi unga tayangan holda, odamlar salomatligini tubdan yaxshilashga erishishga yul topadi.
Sog’lom turmush tarzi – shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi zararli omillar bo’lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o’zini chetga olishi kerak.
Sog’lom turmush tarzi yoki oqilona yashash tarzi tushunchalari keng qamrovli bo’lib,uz ichiga insonning tug’ilishidan boshlab umrining oxirigacha aql farosat bilan yashashini – zararli odatlardan xoli bo’lishini, to’g’ri ovqatlanib, to’g’ri dam ola bilishi kabi ko’plab boshqa ijobiy xislatlarini oladi. Oqilona turmush tarzi har bir insonning aql farosati – bilan yaratiladi va har bir kishi uchun individualdir. Bir kishiga foydali bo’lgan narsa boshqaga zarar keltirishi mumkin. Hayot ritmi, mehnat qilish va uxlash davomiyligi, qabul qilinadigan miqdori va sifati har bir inson tomondan o’z ehtiyoji va imkoniyatiga qarab tanlab olinishi zarur. Shuning uchun ham salomatlikni inson aqlining mahsuli deb karash kerak. Insonni uning o’z xohishiga qarshi sog’lom qilish va unga uzoq umr baxshida etish aslo mumkin emas. Sog’lom turmush tarzi o’z asosida biologik va ijtimoiy tamoyillarni mujassamlashtiradi.
Biologik nuqtai nazardan sog’lom turmush tarzi: Organizmning yoshiga bog’liq xususiyatlarga va salomatlik holatiga mos kelishi, organizmning energiya ta’minotiga bulgan talabini iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat maxsulotlari xisobiga to’la qondirilishi;
Organizmning mustahkam va jismoniy faol bo’lishi;
Belgilangan kun tartibiga rioya qilish, mexnat qilish va dam olishni mutanosib qilishga asoslanishi, hayot ritmlariga mos kelishi. Ijtimoiy nuqtai nazardan esa:
Axloqiy pok bo’lish;
Iroda asosida boshqarish;
Go’zal bulishi;
O’zini-uzi tarbiyalashga asoslanishi lozim.
Sog’lom turmush tarzi tushunchasi o’z tarkibiga:
Zararli odatlardan (tamaki chekish, spirtli ichimliklarni ichish va
giyoxvandlik )tiyilish.
Muttasil ravishda jismoniy va xarakat faolligi, mo’’tadil harakatlanish tarbiga rioya kilish:
Tarkib jixatidan tenglashtirilgan va rastional ovqatlanish:
Organizmni chiniqtirish:
Shaxsiy va jamoatchilik gigienasi:
Ijobiy ehtiroslar, ziddiyatli vaziyatlardan o’zini chetga olish, stress holatlarini oqilona echimini topa bilish:
Tartibli mexnat qilish va to’laqonli dam olish:
Qulay ruhiy holatga ega bo’lish bilan ruxiy filiologik jixatdan qoniqib yashash:
Yuksak tibbiy faollikga ega bo’lish:
Iqtisodiy va madaniy jihatdan mustaqillik:
O’z ishidan qoniqish hosil qilib yashash kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.
Fan – texnikaning g’oyat ulkan imkoniyatlari odamlardan sog’lom turmush tarzini shakllantirishni o’z-o’zidan taminlab bermaydi.Bu o’rinda sub’ektib omilning, ya’ni sog’lom gigienaga asoslangan turmush tarzini ta’minlovchi kuchli ijtimoiy siyosatning faol rol o’ynashi talab etiladi. Sog’lom tarzi mexnat, turmush va dam olish gigienasi, shaxslar aro madaniyatini, ekologik madaniyat o’z organizmini fiziologik jihatdan avaylash va atrofdagilarning salomatligi to’g’risida qayg’urish singari kopleks omillarni o’z ichiga oladi.
Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o’sib va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda sog’lom turmush tarzining ijtimoiy – gigienik mezonlarini aniq belgilab olishning ahamiyati ayniqsa ortadi.
Me’zon- bu shunday bir o’lchamki uning yordamida biz uchun o’lchanishi zarur bo’lgan jarayonlarning shakllantirilgan etalon (standart) bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz, uni baholay olamiz. Sog’lom turmush tarzidek murakkab ijtimoiy jarayonlarini o’lchashda uning biz uchun maqbul va zarur bo’lgan o’lchamlarini shakllantirish muhim amaliy axamiyatga egadir. Sog’lom turmush tarzini o’lchashda ishlatilishi mumkin bo’lgan bunday mezonlar qatoriga shaxsning:
Jamoatchilik va mehnat jarayonlariga faollik ko’rsatib, samarali ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi.
Oilada va kundalik turmushda namunali yasha;
O’zidagi jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarni ro’yobga chiqarishga intilishi
tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi
Sog’lom va barkamol inson bo’lib shakllanish uchun o’z shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga intilishi
Nosog’lom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib qolishdan va o’z umrini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishidan asrashga intilib yashashi.
Faqat uzoq yashayotgani uchun emas, balki hayotda to’g’ri yashayotganidan ham qoniqish hosil qilib, zavqlanib yashashga intilishi
Sog’lom turmush tarzini o’zi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi qimmatli sifat va xususiyatlarni kiritishi mumkin.
“Sog’lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar asosida tashkil qilib, salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzidir.”
Bular:
To’g’ri(oqilona) ovqatlanish;
Harakatli turmush va badantarbiya;
Kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish;
Jinsiy tarbiya, sog’lom oila;
Ruhiy osoyishtalikni ta’minlash;
Zararli odatlardan tiyilish;
Shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish;
Baxtsiz hodisalar va jarohatlardan ehtiyotkorlik;
Sog’lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo’lish.
3. Axborot inqilobi. 1981 yilda birinchi shaxsiy kompyuter paydo bo‗lishi bilan
boshlangan axborot inqilobi (u kompyuter inqilobi deb ham ataladi) jahonning
aksariyat mamlakatlarida odamlar turmush tarzini va ularning mehnati xususiyatini
butunlay o‗zgartirib yubordi. Bu inqilobning o‗ziga xos xususiyati shundaki,
axborot muhim resursga, hozirgi dunyo jarayonlarini boshqarishning zaruriy omiliga
aylandi. Uning natijasi o‗laroq, nafaqat chiqindisiz, energiya va resurslarni asrovchi
texnologiyalar paydo bo‗ldi, balki iqtisodiy faoliyatning o‗zi ham ishlab
chiqarishning maydalanishi va tabaqalanishi tomonga o‗zgardi. Masalan, hozirgi
vaqtda AQSh eksportining atigi etti foizi 500 dan ortiq odam ishlaydigan
korxonalarda yaratiladi. Qolgan barcha mahsulotlarni kichik jamoalar, ba‘zan bir necha kishi ishlaydigan o‗rta va kichik kompaniyalar ishlab chiqaradi. Yangi
texnologiyalar va xalqaro mehnat taqsimoti sharofati bilan endilikda global
iqtisodiyotda muhim rol o‗ynash uchun katta mamlakat bo‗lish shart emas. Bunga
o‗z yutuqlari bilan ham, chuqur iqtisodiy tangliklari bilan ham jahon
iqtisodiyotining umumiy holatiga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatayotgan Singapur,
Tayvan, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar misol bo‗lishi mumkin.
Yangi texnologiyalar va axborot inqilobi odamlarning atrof muhitda, ijtimoiy va
siyosiy hayotda yuz berayotgan o‗zgarishlar ustidan nazorat olib borish borasidagi
imkoniyatlarini ham ko‗p karra oshirdi. «Kompyuter shaxsning qudratini
kengaytirgan sharoitda fuqarolar o‗z hukumatlarining harakatlarini hukumatlar
fuqarolarning harakatlarini kuzatganidan samaraliroq kuzatishlari mumkin»
102
, deb
qayd etadi amerikalik futurologlar D.Nesbit va P.Eburdin.
Darhaqiqat, inson faoliyati unga nisbatan tashqi uch omil – modda, energiya va
axborotga asoslanadi. «Texnik taraqqiyotda uch asosiy unsur: bilim, energiya va
material ishtirok etadi, - deb qayd etadi J. Tomson. – Kishilik jamiyati tabiat ustidan
qay darajada hukmronlik qilishi mana shu uch unsurga bog‗liq. Ular orasida bilim
asosiy unsur ekanligi shubhasiz; bilimsiz qolgan ikki unsur befoydadir»
103
. Texnik
taraqqiyotda axborot shaklidagi bilimni uzatish va qabul qilish texnik vositalari
doim muhim rol o‗ynaydi.
Jamiyat, uning madaniyati, texnik va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishiga qarab
axborot texnik vositalari ham o‗zgarib boradi. Odatda til, yozuv, matbaachilik va
zamonaviy texnologiyalarning kashf etilishi bilan bog‗liq axborot inqiloblari qayd
etiladi. Bunday inqiloblar sifat jihatidan har xil jamiyatlar paydo bo‗lishiga olib
kelgan. Bu fikr ijtimoiy rivojlanishning boshqa sabablarini inkor etuvchi texnokratik
determinizm hisoblanadi. Ammo axborotning yo‗qligi kishilik jamiyatining
rivojlanishini ma‘lum darajada cheklaydi. Shu bois D.S. Robertsonning quyidagi
fikriga qo‗shilish mumkin: «Yangi sivilizatsiyaga o‗tilishiga olib kelgan har bir
informatsion portlash odamlarning turmush tarzi, madaniyati va h.k.ni tubdan
o‗zgartirgan. Yangi darajadagi sivilizatsiyaga o‗tishga olib keluvchi hozirgi
informatsion portlash oldingi barcha portlashlardan kuchli va salmoqliroqdir»
104
.
Ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida odamlar axborot uzatish tabiiy
vositalaridan foydalanganlar va keyinchalik ularni yaratganlar. Toshlar,
chirmovuqlardan yasalgan tugunlar, gulxanlar, ovozlar va imo-ishoralar shular
jumlasidan. Jamiyat rivojlanishining keyingi, sivilizatsion bosqichida axborot
texnologiyasi sun‘iy tashqi xotira – yozuvning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq. Yozuv
insonning biologik evolyusiyadan ijtimoiy evolyusiyaga o‗tishida katta rol o‗ynadi,
uning borliqni bilish ijtimoiy xususiyati darajasini ancha oshirdi. Axborot
texnikasining rivojlanishidagi keyingi bosqich axborot uzatish texnik vositalari
(telefon, telegraf, radio)ning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq. Ammo insonning aks
ettiruvchi tizim sifatidagi psixofiziologik imkoniyatlari asta-sekin boshqariladigan
jarayonlarning murakkabligi bilan to‗qnashdi va bu mutlaqo yangi axborot vositasi
– kompyuterlar paydo bo‗lishiga olib keldi
Kompyuterlar paydo bo‗lishi bilan axborot vositalarining rivojlanishida yangi
bosqich boshlandi. Inson texnik vositalar yordamida o‗z organizmining
psixofiziologik cheklanganligini engishga harakat qilib, axborot texnikasiga aqliy
mehnat, axborotga ishlov berish va hatto ayrim mavhum fikrlash funksiyalarini
yuklamoqda.
Zamonaviy axborot texnik vositalarining paydo bo‗lishi fan-texnika taraqqiyotining
ilg‗or yutuqlari – elektron sanoat, aloqa texnik vositalari, audiovizual texnikaga
asoslanadi. Informatika fan va ishlab chiqarishning yangi munosabatlarini o‗zida
mujassamlashtirdi.
Kompyuterlar rivojlanishi hozirgacha besh avlodni o‗z ichiga oladi. 1937 yilda
amerikalik fizik J. Atanasovda dissertatsiya ustida ishlash jarayonida hisoblash
amallarini avtomatlashtirish g‗oyasi tug‗iladi va u o‗z aspiranti K. Berri bilan
hamkorlikda kompyuter modelini yaratadi. Bu modelni ular 1942 yilgacha
takomillashtiradilar. Ayni shu vaqtda bu yo‗nalishda AQShda A. Felirs va
Rossiyada S.A. Lebedev ham ish olib bordi. Sal keyinroq elektron lampalarda
ishlaydigan kompyuterlar – AQShda ENIAK va Angliyada KOLOS kompyuterlari
yaratildi. 1946 yilda J. Fon Neyman kompyuterlar yasashga oid bir qancha yangi
g‗oyalar taklif qildi105
. Mana shu g‗oyalar negizida hozirgacha mavjud kompyuterlar
arxitekturasi yaratildi.
1949 yilda Buyuk Britaniyada konstruktor M. Uilks J. Fon Neyman g‗oyalarini
EDAK mashinasida texnik jihatdan gavdalantirib, saqlanadigan dasturli birinchi
kompyuterni yaratdi. Sal keyinroq, 1951 yilda Rossiyada MEVM kompyuteri
yaratildi. Saqlanadigan dasturli lampali kompyuterlarni seriyali ishlab chiqarishga
o‗tilishi bilan birinchi avlod kompyuterlari davri boshlandi.
Lampali diodlarning yarim o‗tkazgichli diodlar bilan, lampali triodlarning
tranzistorli triodlar bilan almashtirilishi, ferritli o‗zaklarda tezkor xotirani va
magnitli disklarda uzoq muddatli xotiraning yaratilishi, algoritmik tillarning paydo
bo‗lishi ikkinchi avlod kompyuterlariga xos. Uchinchi davrning boshlanishi integral
sxemalardagi IBM-360 kompyuterlarining ishlab chiqilishi bilan bog‗liq.
Keyinchalik mos keladigan periferiyali qurilmali kompyuterlar, kichik integral
sxemalardagi mini-kompyuterlar yaratildi. Hozir katta integral sxemalardagi
to‗rtinchi avlod kompyuterlaridan foydalanilmoqda. Mikroprotsessorlar
yaratilmoqda, ular mikrokompyuterlar yaratish imkonini bermoqda.
Mikroprotsessorlarning yaratilishi axborot texnikasida shu qadar katta siljish sodir
bo‗lishiga olib keldiki, hozirda mikroprotsessor inqilobi to‗g‗risida ko‗p so‗z
yuritilmoqda. Shaxsiy kompyuterlar paydo bo‗ldi va ular yalpi kompyuterlashishga
asos soldi.
80-yillar boshidan beshinchi avlod kompyuterlari ustida ish boshlandi. Bunday
kompyuterlar o‗ta katta integral sxemalar va sifat jihatidan yangi arxitektura asosida
quriladi: Fon Neyman strukturasi o‗zak shaklida saqlanadi, uning atrofida yangi
bloklar joylashtiriladi. Mazkur bloklar, xususan, foydalanuvchi bilan kompyuter
o‗rtasida tabiiy tilga yaqin tilda aloqa bog‗lanishini ta‘minlaydi. Ma‘lum fan
sohasiga oid bilimlar bazasi strukturada muhim o‗rin egallaydi. Sun‘iy intellekt
g‗oyasi negizida ishlab chiqilgan modellar va vositalardan keng foydalaniladi. Ammo sun‘iy intellekt tizimini ishlab chiqish beshinchi avlod kompyuterlari
vazifasidir.
Beshinchi avlod kompyuterlari ustida ish 1978 yilda Yaponiyada, amalda esa –
1982 yildan boshlandi. Bu ish 10 yilga mo‗ljallangan edi. Tegishli loyiha ishlab
chiqildi. Loyihaning maqsadi – kompyuter tizimlari yordamida keyingi o‗n yillikda
yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan jamiyatning muhim ehtiyojlarini qondirish,
chunonchi, mehnat unumdorligini oshirish, xalqaro hamkorlikda Yaponiyaning
yanada kengroq ishtirok etishini ta‘minlash, energiya va foydali qazilmalarga
bo‗lgan talabni qondirish, yoshlarning ma‘lumot darajasini oshirish kabilardir.
Loyiha mashinada tarjima qilish, inson-kompyuter dialogi, mantiqiy
dasturlashtirish, mashinada loyihalash dasturlarini ham o‗z ichiga oldi. Inson uchun
eng tabiiy interfeysni yaratish, mashina bilan tabiiy tilda aloqa qilishga erishish bosh
vazifa qilib qo‗yildi.
1982 yilda ishlab chiqilgan loyihani amalga oshirish uchun Yaponiyaning 8ta
firmasi Tokioda yangi avlod kompyuterlari institutini tashkil qildi. Ishga «fan
samuraylari» – faol va ijodiy fikrlaydigan yosh olimlar jalb etildi. Ular hukumat
organlari ko‗magida kompyuter va ekspert tizimlarini texnik va dasturiy ta‘minlash
vositalarini yaratish ustida ish boshladilar. Superjamg‗argichlar, ekspert tizimlari,
bilim banklari va 16 megabaytli chip yaratildi. Biroq, mazkur dasturning ko‗pgina
bandlarini amalga oshirishda olimlar katta qiyinchiliklarga duch keldilar va ular
bajarilmay qoldi. Ammo loyiha ustida ishlash jarayonida intellektual kompyuter
yaratish imkoniyati sinovdan o‗tkazildi. 1991 yilda Yaponiyada «Axborotga ishlov
berish yangi texnologiyasi» yangi o‗n yillik dasturining turli jihatlari muhokama
qilindi. Bu dastur oltinchi avlod kompyuterlari loyihasi deb baholandi.
Yaponiyada amalga oshirilgan yangi avlod kompyuterlari yaratish bo‗yicha milliy
loyihalar boshqa mamlakatlarda ham shunday ishlar amalga oshirilishiga turtki
berdi. CHunonchi, 1984 yilda AQShda 10 yilga mo‗ljallangan «Strategik kompyuter
tashabbusi» dasturi qabul qilindi. 2001 yilgacha superkompyuter imkoniyatlariga
ega bo‗lgan intellektual kompyuter yaratilishi haqida e‘lon qilindi. Fransiyada 1983
yildan beshinchi avlod kompyuterlari yaratishning eng muhim yo‗nalishlari
bo‗yicha olti loyiha ustida ish boshlandi. Shunga o‗xshash dasturlarni Germaniya va
Evropa Iqtisodiy Hamjamiyati ham ishlab chiqdi. 1985 yildan Rossiyada ham Fanlar
akademiyalari hamkorligi doirasida 11 loyiha ustida ish boshlandi, lekin 1987 yilda
ular to‗xtatildi va kompyuter ishlab chiqarish hajmlari Rossiyada AQShdagi
darajaning 1% gacha kamaydi. Hozirgi kunda kompyuter sanoatida, ilg‗or
texnologiyalarning boshqa turlarida bo‗lgani singari, jahonda, ayniqsa, AQSh va
Yaponiya o‗rtasida keskin raqobat ketmoqda.
Kompyuter texnikasining rivojlanish istiqbollari haqida har xil qarashlar mavjud.
Ayrim mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda kompyuterlar sifati va miqdorida
aql bovar qilmas o‗sish sodir bo‗ladi. Boshqalarning taxminiga ko‗ra esa, kremniyli
texnologiya o‗z ahamiyatini yo‗qotishi natijasida, buning batamom teskarisi bo‗ladi.
Ammo hozirda yarim o‗tkazgichli boshqa materiallar ham sinovdan o‗tkazilmoqda,
istiqbolda kompyuterlar konstruksiyasiga nisbatan «neyronli-tarmoqli» yondashuv,
optik elementlar, molekulyar biologiya negizida kompyuterlar yaratish nazarda
tutilmoqda. Har doimgidek, bir tabiiy tamoyilning eskirishi yangi tabiiy tamoyillar,
materiallar, energiyaga o‗tilishiga olib keladi
Dasturiy ta‘minlash vositalari ishlab chiqish yirik tarmoqqa, dasturchi kasbi –
ommaviy kasbga aylandi. CHunonchi, AQShda hozir dasturlashtirish sanoati yiliga
30% ga o‗smoqda. Jahon dasturiy mahsullar ishlab chiqarish sanoatining 70% ga
yaqini AQShga tegishli ekanligi bejiz emas. Dasturiy xizmatlar ko‗rsatuvchi
firmalarning umumiy miqdori AQShda 4000 dan, Buyuk Britaniyada – 3000 dan,
Yaponiyada esa – 2500 dan oshib ketgan106
.
Hozirgi zamon axborot texnologiyasi ilg‗or nomexanik texnologiyalar orasida
muhim o‗rin egallaydi. U jamiyatning barcha sohalarida faoliyat ko‗rsatadi. Bu
jarayon jamiyatni axborotlashtirishni industrial sanoat o‗rniga kelayotgan texnogen
sivilizatsiyani rivojlantirish bosqichiga aylantiradi.
So‗nggi yillarda olimlarning umumiy soni ham ko‗paydi. Agar 1910 yilda dunyo
bo‗yicha 15 ming nafar ilmiy xodim faoliyat ko‗rsatgan bo‗lsa, 1962 yilda ularning
soni 2 mln.dan oshib ketdi. Olimlar sonining ko‗payishi bilan bir vaqtda ilmiy
asarlar miqdorining o‗sishi ham qayd etilmoqda: 1665 yilda er yuzida birinchi ilmiy
jurnal paydo bo‗ldi, 1865 yilga kelib 1000 nomda ilmiy jurnallar nashr etila
boshlandi, 1965 yilga kelib esa bunday jurnallar miqdori 100 mingdan oshib ketdi
(ularda yiliga 5 mln.dan ortiq maqola e‘lon qilinadi).
Informatsion portlash texnik taraqqiyot sur‘atining tezlashishiga, kashfiyotlar
miqdori keskin o‗sishiga turtki berdi. So‗nggi 10 yilda oldingi 2000 yildagiga
qaraganda ko‗proq kashfiyotlar paydo bo‗ldi. Yangi mahsullarni ishlab chiqish va
o‗zlashtirish davri izchil qisqarib bormoqda: bug‗ mashinasini o‗zlashtirish davri –
100 yil, parovozni o‗zlashtirish davri – 34 yil, dizelni o‗zlashtirish davri – 19 yil,
reaktiv dvigatelni o‗zlashtirish davri – 14 yil, turboreaktiv dvigatelni o‗zlashtirish
davri – 10 yil, avtomobil dvigatelini o‗zlashtirish davri – 7 yil, tranzistorlarni
o‗zlashtirish davri – 5 yil, lazerni o‗zlashtirish davri esa – atigi 2 oyni tashkil qiladi.
Bunda har bir yangi kashfiyot va ko‗payib borayotgan bilimlar hajmi bir yoki bir
nechta yangi kashfiyotlarga turtki bermoqda.
Informatsion portlash axborot inqirozini keltirib chiqardi, ya‘ni o‗sib borayotgan
axborot hajmi bilan uni idrok etishning cheklangan imkoniyatlari o‗rtasida qaramaqarshilik yuzaga keldi. To‗g‗ri, informatsion portlash odamlarni ma‘lum darajada
shoshirib qo‗ydi. Ammo odamlar muammoni yuzaga keltirgach, qoida tariqasida,
uning echimini ham topadilar. Informatika yangi vositalarini ishlab chiqish fanning
ilg‗or yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi va, o‗z navbatida, ilmiy bilimning
yangi sohalari shakllanishi va rivojlanishiga turtki beradi.
Insoniyat hamda inson faoliyati turli sohalarining globallashuvida Internet katta rol
o‗ynaydi. Internet – jahon axborot tizimi yoki bir-biri bilan uzluksiz bog‗langan
tarmoqlar birlashmasidir. Mazkur tarmoqqa ulangan har qanday kompyuter boshqa
kompyuter bilan bir lahzada bog‗lanishi mumkin. Mazkur jahon axborot tizimi
o‗ziga xos kibernetik muhitni, ideal borliqni, o‗z tushunchalari, qadriyatlari, fikrlash
tarzi va tiliga ega kibernetik madaniyatni vujudga keltiradi. Internet tarmog‗iga
ulangan kompyuterlar miqdori 1969 yilgi 4 kompyuterdan 1994 yilda 3,2 million
kompyuterga etdi. Hozirgi kunda Internet butun dunyoni qamrab olgan, jahonning
150 dan ortiq mamlakatida 15 millionga yaqin abonentga ega bo‗lgan global
kompyuter tarmog‗idir.
4. Islom dinining vujudga kelishi va jahon dini sifatida juda ko‘p halqlar, millatlar, elatlar hayoti va turmush tarziga kirib kelishi tarixiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Islomning Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o‘zbeklar hayotiga asosan hanafiylik shariat mazhabi yo‘nalishidagi ta’limotining keng tarqalishi, kishilar ongi va shuuriga ta’siri natijasida milliy va diniy qadriyatlarning uyg‘unlashuvi hamda milliy g‘oyani takomillashishiga yo‘l ochdi.Islom nafaqat diniy ta’limot, balki dunyoqarash sifatida keng tarqala borishi bilan, uning nazariy, falsafiy, huquqiy tamoyillarini ishlab chiqishga e’tibor kuchaya boshladi. Natijada ΙX-X asrlarga kelib Qur’onga asoslangan maxsus islom ilmlari. YA’ni diniy ilmlar shakllana boshladi. Masalan, Qur’ondan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan hadislar, ya’ni Muhammad payg‘ambarning nasihatlari, so‘zlari, rivoyatlarni to‘plashga qaratilgan maxsus yo‘nalish-hadisshunoslik rivojlandi. Bu jarayonda qadimiy an’analarga boy bo‘lgan Markaziy Osiyoda etishib chiqqan allomalar Imom Buxoriy, at-Termiziy, YAssaviy, Naqshband va boshqalar katta xissa qo‘shganlar.Islom falsafasi, xususan islomiy qadriyatlarni targ‘ib va tashviq qilish natijasida kishilarda imonli insonlar jamoasi shakllanib insof, diyonat, vijdon,xalol-poklik, insonparvarlik, kambag‘alparvarlik, hayri-ehsonli bo‘lish kabi axloqiy fazilatlar mustahkamlanib bordi. Zero, islom ilohiyoti nuqtai nazaridan imon va e’tiqod (ixlos) bir “o‘lchov tarozusi”ni, bundan inson o‘z xatti-harakatlarini o‘zi qabul qilgan dunyoqarash negizida baholaydi, ya’ni Alloh yo‘lidan tashqariga chiqmaslik uning tafakkur va turmush tarziga aylanadi.
Islom dini g‘oyalari va qadriyatlari, unga e’tiqod qiluvchi halqlar milliy ongning rivojlanishida bir turtki bo‘lib asta-sekin ma’naviy ruhiy jihatdan jipslasha borib, yagona maslakdoshlar jamiyati vujudga kela boshladi. Zero, bu qadriyatlar va ruhiy bilimlar mohiyatini ezgulik va poklikka da’vat etuvchi g‘oyalar tashkil etgan. Zardushtiylik dinining ezgulik yovuzlik ustidan pirovardida tantana qilish to‘g‘risidagi g‘oya bilan tarbiyalanib kelgan xalqlar uchun islomdagi insonparvarlik va ma’rifatpvarvarlik g‘oyalari bir-birini to‘ldirgandi.
Diniy qadriyatlar, marosim va an’analarning shakllanishi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Ibtidoiy din shakllaridan boshlangan bu jarayon milliy va jahon dinlari shakllanib, keng yoyila boshlagan paytlarda ancha rivojlangan. Hozirgi diniy qadriyatlarning mavjudligi diniy ta’limotlarga asoslansa-da uning rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy taraqqiyot bilan mustahkamlangan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.Milliy ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari, shu jumladan islomiy qadriyatlari, noyob va betakror namunalarini tadqiq etish, ularni bugungi kun talablari bilan bog‘liq holda boyitib targ‘ib etishning yangi bunyod etilayotgan fuqarolik jamiyati uchun ahamiyati kattadir. Istiqlol yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini nishonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har tomonlama uyg‘onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoqda. Xususan islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalarning merosini nashr qilish, o‘rganish, targ‘ib etish xalqimizni islomiy qadriyatlardan baxramand qilishga katta yo‘l ochdi.
VIII-XII asrlar butun musulmon jamiyatida fan va madaniyat, ilm va tafakkur rivojlangan bir davr bo‘ldi. Bu davrda diniy bilimlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o‘z rivojiga ega bo‘ldi. Islom dini - Arabiston yarim oroli dorasidan chiqib, taraqqiy etgan jahon diniga aylandi. Islomning din sifatida Shakllanib, rivojlanishi aynan Shu davrlarga to‘g‘ri keladi. Albatta, bunga turli mintaqalardagi jarayonlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, Movarounnahrning islom madaniyati va fanning algebra, astronomiya, falsafa, tarix, hadis, kalom va boshqa sohalariga ko‘rsatgan ta’siri juda kattadir. Ayniqsa fiqh ilmi sohasida Movarounnahrning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Umuman olganda islom huquqShunosligi (fiqh) o‘ziga xos rivojlanish tarixiga ega.iqh - g‘arbda Islamic Law, Muslim Law, Muhammadan Jurisprudence, Le Droit Musulman, Islamische Gesetz kabi nomlar bilan Yuritiladi. Dunyoda amaldagi huquq normalaridan farqli o‘laroq, fiqh o‘z ichiga ibodat masalalarini ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan Talmudga qiyoslash mumkin. Fiqh - qadimdan mavjud huquqiy normalarni ibodat va muomala masalalari bilan muShtarak holda ma’lum tartibga solingan huquqiy tizimdir.Lug‘atda:«al-fiqh» kalimasi -« anglamoq, tuShunmoq» kabi ma’nolarni beradi.Istilohda: «al-fiqh» - «Islom huquqi» deb Yuritiladi.
Fiqh zamonaviy fanlar asosida hozirgacha chuqur o‘rganilmagan bo‘lib, mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni qo‘yib kelmoqda.Fiqh - odatda «furu’ al-fiqh» (so‘zma-so‘z: «fiqh tarmoqlari») Shariatni konkret sohalarga tadbiq qilishdan va «usul al-fiqh» (so‘zma-so‘z: «fiqh asoslari») Shariat xukm oladigan manbalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Tarixiy tadrijga ko‘ra «al-fiqh» - usul al-fiqhdan avval paydo bo‘lgan. Fiqh ilmining tadrijiy rivojini mutaxassis olimlar tomonidan bir necha davrlarga taqsim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |