T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Antropologiya fanining rivojlanish tarixi



Download 1,17 Mb.
bet3/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
A

Antropologiya fanining rivojlanish tarixi. Odamning tabiatdagi o’rni, uning kelib chiqishi bilan bog’liq tushunchalar juda qadim zamonlardan boshlab to’plana borgan.

Yovvoyi yarim yovvoyi odamlar o’zlarini ayrim sut emizuvchi hayvonlar ayiq, bo’ri va boshqalarning avlodi deb tushunganlar. Odamning paydo bo’lishi haqida to’xtab Yunoniston faylasufi Anaksimandr (610-546 eramizgacha) odam hayvonlarning bir necha bor o‘zgarishi natijasida paydo bodgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Demokrit (470-380) va Empedokl (490-430)lar ham odamning paydo bodishini hayvonlarga bogdaydilar. Eramizdan oldingi davrlarda tabiatshunos olimlar odam tana tuzilishi yuksak hayvonlarga o’xshashligini qayd etish bilan birga ular orasidagi tafovutga ham to’xtalgan. Chunonchi Anaksagar (500-425 eramizgacha), Sokrat (469-399 yil eramizgacha) odam qo’llari bilan hayvonlardan farq qiladi degan fikrni ilgari surganlar. Antik dunyoning yirik olimi Aristotel Anaksogar va Sokratga e’tiroz bildirib odam faqat qo’li borligi uchun hayvonlardan yuqorida turmaydi, balki aql-idroki bilan ulardan keskin farqlanadi degan.

Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51 eramizgacha) antro- pologiya sohasidagi xizmati beqiyos. “Narsalar tabiati” deb nomlangan asarida u organik olam shu qatori odamning tabiiy ravishda paydo bo‘lishini bayon etadi. Yovvoyi qabilalardan boshlab to hozirgi davrgacha odam madaniyatini qanday paydo bo’lganligini tavsiflab bergan.

Odamning paydo bo’lishi to’g’risidagi fikr ajdodlarimizni qadimgi davrlardan boshlab qiziqtirib kelgan va bu to’g’risida turlicha mulohazalar o’rtaga tashlangan. Chunonchi qadimgi Misrda Xnum degan xudo odamni kulol charxida loydan yasagan degan fikr keng tarqalgan. Eramizdan oldingi VII - III asrlarda Sharqiy O‘rta Yer dengizi atrofida ibtidoiy jamoa parchalanib, quldorlik jamoasi paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji odamlar orasidagi yangicha munosabatlarning vujudga kelishiga hamda odamlar ongining o‘sishiga olib keladi. Olam, undagi qonuniyatlar haqidagi fan - falsafa paydo bo‘ladi. Faylasuflardan Anaksimandr (610-546 eramizgacha) tabiatning boshlanishi haqida to‘xtalib, odam hayvonlarning bir necha bor o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Demokrit (470-380) va Empedokl (490-430)lar ham odamning paydo bo‘lishini hayvonlarga bog‘laydilar. Odam haqidagi bilimlar faylasuflar bilan birgalikda tabiatshunoslarning kuzatishlari tufayli ham paydo bo‘ladi. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni kuzatish natijasida odamning tabiatdagi o‘rni belgilandi.

Hayvonlar irsiyatini hamda odamlardagi kasalliklarni o‘rganish ayrim organlarning funksiya ta’sirida o‘zgarishi haqidagi bilimlarning to‘planishiga olib keldi.

Shuni aytish joizki, anatomik bilimlar yunon olimlarining qarashlaridan ancha oldin paydo bo‘lgan. Qadimgi Misrda o‘lgan odamlarning tanasi chirib qolmasligi uchun mumiyolash madum ma’noda odam tana tuzilishini bilishni taqazo etardi. Odam skeletini chizishni ham anatomiya bilan bogdiq holda hal qilish kerak edi.

Eramizdan 500yil avval Kratonskiy hayvonlar tanasini yorib bir necha kashfiyotlar qildi. Gippokrat (460-356) odam organizmiga iqlimnng ta’sirini o‘rgandi. U odam tanasidagi qon, safro shilimshiqqa qarab temperamentni aniqlash haqidagi tadimotni yaratdi. Odamda qonning ko‘p bodishi sangivinik, sariq safroning ko‘p bodishi xolerik, qora safroning ko‘p bodishi melanxolik, shilimshiqning ko‘p bodishi esa flegmatiklarga xos ekanligini ta’kidladi.

Geradot (454-406) Don, Volga daryosi bo‘ylab sayohat qilib, turli qabila va irqlarning tashqi qiyofasini tasvirlab berdi.

Odamni o‘rganish Aristotel falsafasida (354-322) o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga kodarildi. U o‘zining “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning tana qismi”, “Hayvonlarning kelib chiqishi” kabi asarlarida odamning organik olamdagi o‘rni haqida mulohaza yuritadi. U odam aqlli mavjudot bodishida faqat qodi emas, balki ko‘p turli sabablar ham ta’sir etganligini aytib o‘tadi.

Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51 eramizgacha) antropologiya sohasidagi xizmati beqiyos. U organik olam, odamning tabiiy ravishda paydo bodishini “Narsalar tabiati” deb nomlangan asarida bayon etadi. Yevropada xristian dinining paydo bodishi bilan tabiiy bilimlar uzoq vaqt inqirozga uchradi.

O‘rta asrlarda bu vaqtda Abu Ali ibn Sino, Beruniylar odam tanasining tuzilishini o‘rganish bo‘yicha bir qancha kashfiyotlar qildilar. ibn Sinoning 5 jildlik “Tib qonunlari”asari shular jumlasidandir. Asarining birinchi jildida odam tanasining tuzilishi va funksiyalari, qaddi qomati haqida so‘z yuritiladi.

Uyg‘onish davrining buyuk rassomi Leonardo da Vinchi odamning tana tuzilishini, suyaklar va muskullar rasmini chizib, odam va maymun qodlarini taqqoslagan. Odam tana tuzilishini o‘rganishda Andreas Vezaliy (1514-1504)ning xizmatlari nihoyatda katta. U odam tanasini yorib, organlar tuzilishini o‘rgangan.

Garvey (1978-1667) qon aylanish doirasini kashf etdi. Yurak va qon aylanish doirasining tuzilishini to‘g‘ri tasvirlab berdi.

Odam irqlari haqidagi bilimlarning paydo bodishida geografik sayohatlar muhim ahamiyatga ega boddi. Chunonchi, Zahiriddin Muhammad Bobur, Xristofor Kolumb, Vaska da Gama, Magellan dunyo bo‘ylab sayohat qilib, odamlarning irqlari haqidagi dastlabki ma’lumotlarni to‘plashdi.

Dastlabki odamlar hayvonlardan paydo bo’lganligini Abu Nasr Farobiy qayd qilgan. Abu Rayhon Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati va axloqining turlicha bodishi tuproq, suv, havo va odamlar yashab turgan muhit sharoitiga bogdiq, deydi. Bugina emas hatto ayrim din targ’ibotchilari ham Shunday fikrda bo’lganlar. Masalan XVIII asrda yashagan shayx Aziziddin Nasafiy o’zining Zubdat ul xaqqayiq-xaqiqatlar qaymog’i nomli risolasida “inson koinotning kichray-tirilgani, insonda barcha iloxiy va moddiy olamlarning xislati jamuljam”, “odam hayvon bilan o’xshashdir ya’ni odam o’simlik ruxi, hayvon ruxi, jon ruxi bo’yicha hayvonlarga monandir”. “Inson hayvon turlaridan biridir” .

Magellan dengizchilari Afrika qirg’oqlarida dastlab maymunlarni uchratganlarida ularning tashqi qiyofasi, ko’p hatti- harakatlari odamlarga o’xshash ekanligini ko’rib hayron qolganlar. Keyinchalik maymunlar va odamlar orasida juda ko‘p o‘xshashlik borligi ayon boda boshladi.

O’simlik va hayvonlar sun’iy sistemasini yaratgan Karl Linney odamning xudo yaratganligiga to’liq ishonsa ham, biroq primatlar turkumini ajratgan va unga maymunlar bilan birga odamlarni ham kiritgan. Bu haqda to’xtab K. Linneyning afsuslanib “Oh maymundek jirkanch bir maxluq bizga o’xshasa” degan nolasini eslab o’tish o’rinlidir.

Fan tarixida odamning tabiiy yo’l bilan kelib chiqqanligini birinchi bo’lib aytgan va uni isbotlashga uringan mashhur Fransuz olimi Jan Batist Lamark xisoblanadi. U dastlabki odamlar daraxtlardagi shoxdan - shoxga ko’chib yuruvchi maymunlarning yerda yurishga o’tgan ajdodlaridan kelib chiqqan degan fikrni quvatlagan. Lamark uqtirishicha maymunlarning tik xolda yurishga o’tishi tananing o’zgarishiga va to’g’rilanishiga olib kelgan. To’da-to’da bo’lib hayot kechirish esa nutqni rivojlantirgan. Odamning paydo bo’lishini Lamark organizmlar muxitning o’zgarishi, maymunlarning talab istagini o’zgarishi organlarning mashq qilish va qilmasligi bilan tushuntirgan.

Odamning paydo bo’lishi muammosini hal etishda evolyutsion ta’limotning asoschisi Ch.Darvinning 1859 yil nashr qilingan “Turlarning kelib chiqishi” asari muxim o’rin tutadi. Qayd etilgan asarda olim organik olamning harakatlantiruvchi omillari bo’lmish, irsiy o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish g’oyasi yaqin o’rtada odamga ham tatbiq etilishini bayon etgan. Bu bilan cheklanib qolmay, 1871 yili maxsus “Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish” asarini nashr ettirgan. Darvin ushbu asarida Yer yuzida odamning paydo bo’lishi tasodifiy xodisa bo’lmay balki hayvonot dunyosining million yillar davom etgan tarixiy taraqqiyoti natijasi ekanligini asoslab bergan. U odamlarni hayvonlarga o’xshashligini solishtirma anatomiya, morfologiya, embriologiya, paleontologiya, biogeografiya dalillariga tayangan xolda isbotlab berishga harakat qilgan. Darvin dastlabki odamlar kaynazoy erasining uchlamchi davrida yashab so’ng qirilib ketgan maymunlardan kelib chiqqan bo’lishi mumkin degan.

Darvin yashagan davrda odam hayvonlardan xususan maymunlardan kelib chiqqanligini isbotlovchi paleontologik dalillar nihoyatda kam edi. XIX asrning oxirlari va XX asrga kelib tik yuruvchi maymunlar maymun bilan odam o’rtasidagi oraliq formalar yoki arxantroplar, paleontroplar, neontroplarning suyak qoldiqlari ko’plab topildi. Bu esa bir tomondan odamning kelib chiqishi tarixini aniqlashtirishda, ikkinchi tomondan antropologiyani fan sifatida shakllanishida nihoyatda muxim ahamiyat kasb etdi.

1859- yili Parijda Antropologik ilmiy jamiyat tuzildi va Antropologik muzey tashkil etildi. Antropologik jamiyat 1963-yili Londonda, 1964-yili esa Moskvada, Shuningdek, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.

Xususan XX asrning 20 yillarida O’rta Osiyo Davlat Universitetini biologiya fakultetida antropologiya kafedrasi va muzeyi tashkil etiladi. Kafedra mudiri prof. L.V. Oshanin va uning shogirdi V.Ya.Zizenkova talabalarga antropologiya bo’yicha ma’ruza o’qish, laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish bilan birgalikda

O’rta Osiyo xalqlaring irqiy tafovutlarini tatqiq qila boshlaydilar. Keyinchalik bu soha dotsent Q. Najimov va boshqalar tomonidan davom ettirildi.

Arxeologlar va antropologlar olib borgan tadqiqotlar natijasida 1935 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan neandertal bolaning, 1950 yillarda Farg’ona vodiysi xududida Chashma, So’x, Seleng’ur, Toshsan manzilgoxlarida 1.5 yarim million yillar oldin yashagan eng qadimgi odamlarni (Nomo erektus - tik yuruvchi) odamining suyak qoldiqlari 2003 yili Toshkentdan 100km uzoqdagi Obi Raxmat g’oridan 50ming yil muqaddam yashagan odamning suyak qoldiqlari topildi. Xozirgi vaqtda ham Respublika Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti O’rta Osiyo Davlat Universitetining arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan O’zbekistonning turli xududlarida arxeologik, antropologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

Boshqa mamlakatlar qatori respublikamizda ham odamning qadimgi vakillarini o‘rganish bo‘yicha paleoantropologiya, qadimiy ashyoviy yodgorliklar bilan arxeologiya fani shug‘ullanmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Markaziy Osiyo mintaqasi odamning shakllanish markazlaridan biri bo‘lganligini ko‘rsatadi.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish