T azimov, U. E. Raxmatov organik olamning rivojlanishi va antropologiya (ii-qism)


Qaddi-qomatni psixologik aspekti nuqtai nazari



Download 1,17 Mb.
bet21/166
Sana23.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#404070
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166
Bog'liq
A

Qaddi-qomatni psixologik aspekti nuqtai nazari Odamning ruhiy holati irsiy va ijtimoiy omillar ta’sirida hosil bo’ladi. Shunga ko’ra odamlarning ruhiy faoliyatida bir necha darajalar faqlanadi. Odamlarning temperamenti qaddi-qomatga bog’liqligi haqida birorta bog’lanish yo’q.

Shunga ko’ra ularga to’xtalmaymiz. Psixologik temperament xolerik, sangivinik, flegmatik, melanxoliklarga ajratiladi.

Qaddi-qomat va jinsiy dimorfizm

Erkak va ayol o’rtasidagi tafovut anatomik, fiziologik tasnifda shuningdek psixologik hatti - harakatda namoyon bo’ladi. Jinsiy dimorfizm tanani hajmi, kattaligi genetikaga bog’liq deyiladi. Lekin ingliz olimlaridan Pirson va Lo ayol va erkaklarda tana hajmini genetik tuzilishi o’xshash degan xulosaga keldilar. O’sish poligen belgi. U har xil lokuslarda joylashgan allellarni kumulyativ ta’siri tufayli paydo bo’ladi. Bu lokuslar chamasi X xromasomada joylashgan. Ma’lumki X xromasomada genlar ko’p yoki kam bo’lsa o’sish har xil bo’ladi. Chamasi Shershevskiy - Terner sindromida bo’y past klaynfelter sindromida bo’y baland bo’ladi. Natijada jinsiy dimorfizm hayot sharoitiga bog’liq. Erkaklar odatda ayollarga nisbatan kuchli hamda muxitni noqulay sharoitiga tez beriluvchan boladi.

Ayol va erkaklar bo’y uzunligi bir xil bo’lgan taqdirda erkaklar qo’li oyog’i nisbatan uzun, ko’krak qafasi aylanasi katta enli va suyagi ayollarga nisbatan katta. Erkaklarda suyak muskullari yaxshi rivojlangan. Yog’ ayollar tanasida ko’proq bo’ladi.

Jinsiy tafovut tug’ilgan chaqaloqlarda u ayniqsa 6-7 yoshda ko’zga ko’proq tashlanadi. Ulg’ayish davrida o’g’il bolalar tanasidagi yog’ 22,6 - 17,3% kamaysa, qizlarda 18,2 - 25,7 % ko’payadi. Teridagi yog’ erkaklar gavdasida tez ortadi va kamayadi. Ayollarda yog’ hujayralar yirik turg’un bo’lib, tananing qorin, son va dumba sohasida ko’p bo’ladi.

Muskulli tip qaddi - qomat ko’proq o’g’il bolalarda digestrit, astenoid qizlarda ko’proq kuzatiladi. Bu tafovut ayniqsa 15 - 17 yoshda normal bo’ladi. SNG davlatlarini ko’pchiligida olib borilgan tadqiqotlarini ko’rsatishicha erkak tanasi ayollarga qaraganda yirik, yelkalari keng, teri ostida yog’i kam. Ayollar bo’yi unchalik baland emas. Gavda ihcham, ensiz, tanada ko’p yog’ bo’ladi. U ayniqsa oyoq va dumba sohasida ko’p bo’ladi.

Odamning psixologik qaddi - qomati bilan bog’liq jinsiy dimorfizm

Jinsiy dimorfizm kishi psixikasiga hatti - harakatning ta’siri haqida xilma - xil qarashlar mavjud. Bu albatta bioijtimoiy holat bo’lib, u biologik (genetik tug’ma) ham ijtimoiy, e’tiqodining tarixiy omillari bilan belginadi. Odam gavda qiyofasida jinsiy dimorfizmning biologik asoslari katta qiziqish uyg’otadi. U genetik, endokrin va umumiy gavda qiyofasi bilan belgilanadi.

Dastlabki jinsiy tabaqalanish homiladorlik davrida gipotalamusning tabaqalanishi tufayli paydo bo’ladi. U o’z navbatida homila androgeni testosteron ta’sirida amalga oshadi. Homiladorlik davrida o’g’il bolalarda testosteron nerv sistemasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi va uning asosida katta organizmlarga hos shaxsiy xislatlar shakllanadi.

Homilalik va chaqaloqlik davrida gormon faoliyatini tashqi omillar ta’sirida zararlanishi jinsiy tabaqalanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Adabiyotlarda jinsiy gormonlarni primatlar shu jumladan odamlar hatti harakatiga, ruxiy holatiga ta’sir etishiga oid ko’p ma’lumotlar keltirilgan.

Hayvonlarda o’tkazilgan kuzatish va tajribalar testosteron gormoni organizm- da ko’p bo’lsa, u tajavuzkor bo’lishi mumkin. Erkaklarda tajavuzkor xatti- harakat, ayollarda esa qo’zg’aluvchanlik namoyon bo’ladi.

Maymunlarda garmonlar ko’p bo’lishi jamoada yetakchi bo’lish uchun intilishga olib keladi. O’g’il bolalar testosteronni ko’p bo’lishi sportda g’olib bo’lishi va o’zini yuqori baholashga olib keladi.

Muskulli tipdagi o’g’il bolalarda jinsiy yetilish ilgarilab ketsa ularda - o’z kuchiga ishonish, o’rtoqlari bilan faol bo’lishi ba’zan ularni o’ziga bo’ysundirish kuzatiladi.

Ba’zan erkak ayol hossalarini jinsiy dimorfizimning somatik ko’rinishi bilan izohlashga harakat qilish ham bor. Ingliz olimi Vilson (1984) ma’lumotlariga ko’ra 1000ta ayolning barmoqlari tekshirilganda ikkinchi barmoq, to’rtinchi barmoqqa qaraganda uzun ekanligi erkaklardagi shunday holatga nsbatan 2,5 maratoba ko’p uchraydi. Bu irsiyat bilan oldindan belgilanadi.

X xromasoma hujayrada ko’paysa yoki kamaysa jinsiy dimorfizmning namoyon bo’lishi xromosomalar muvozanati buzilishi bilan yorqin namoyon bo’lmaydi.

Chunonchi XO qizlarda gonad jinsiy dimorfizm kuchsiz pasaygan, (tos suyagi yaxshi rivojlanmasligi, yelkalari, ko’krak qafasi torayishi kuzatiladi).

XXYda samatotopli feliminizatsiya ro’y beradi. Muskul kuchsiz rivojlanadi. Tanada yog’ to’planadi va tana ayollarnikiga o’xshab yelkalar torayishi, tos suyagi kengyishi kuzatiladi. Aksincha XYY genotipli organizmlarda esa baland bo’y, muskulli gavda rivoj topadi. XO kariotipiga ega ayollarda estrogen kam bo’lsa, androgenlar buyrak usti bezlarining faoliyati tufayli hosil bo’ladi. U erkak organizmga hos xususiyatdir. Bunday ayollarda abstrak tafakkur rivoj topsada, xayojonlanishi past, ijtimoiy adaptatsiya ham kam, faollik kuchsiz bo’ladi. Bu ham erkaklarga hos belgi. XXX kariotipga ega ayollarda esa aksincha abstrak mantiqiy tafakkur cheklangan. Ular konkret - obrazli tafakkurga hos faollikni kamayishi adaptiv qobiliyatni kuchsiz bo’lishiga olib keladi.

XXY erkaklar normal erkaklarga qaraganda ruxiy aktivlik kam, lekin yuqori hayajonlanish qisman feliminizatsiya kuzatiladi. XYY da tajovuzkorlik ortadi. Oligofreniya aqliy jihatdan qoloqlik ruxiy faoliyatini buzilishi ro’y beradi. Olingan ma’lumotlar asosida erkaklarga hos ruxiy faoliyat bo’lsa tajovuzkorlik, ishonch, yetakchi bo’lishga intilish, abstrakt mantiqiy tafakkur psixomator tonus faolligi harakterlidir.

Ayollar uchun hos xususiyatlar hayajonlanish ijtimoiy muxitga tez ko’nikish bilan birgalikda qayg’urish, kechirish, xursandchilik harakterlidir. Ruxiy jihatdan sog’ odamlarda ham erkak ham ayollarga hos sifat belgilar kuzatiladi. Zehn, aql, idrok erkak va ayollarda o’xshash lekin erkaklarda qisman yuqori. Stress xolatlarida jinsiy tafovut namoyon bo’ladi. Chunonchi har kungi imtixonlardan so’ng adrenalin miqdori o’g’il bolalarda oshgan. Qizlarda esa har xil xolat kuzatilgan. Bu ijtimoiy omilning jinsiy dimorfizm belgilarini hosil etishda ahamiyatli ekanligini ko’rsatadi. Bunga yana bir misol intellektni aniqlashga oid testlarni aniqlash davrida ikki jinsda ham stress reaktsiya sodir bo’lishidir. Keyingi hayajonlik vaqtida o’g’il va qiz bolalaming qonida adrenalin va kartiazol garmonlar yuqori darajada ko’paygan. Ishlab chirqarish mexanizmining o’zgarishi, oziq ovqat tayyorlashning o’zgarishi erkak bilan ayol skeletini tana tuzilishining madaniylashishiga olib kelgan. Bu ma’lum darajada Yerning geomagnit maydonini kuchlanishini kamayishi bilan ham izoxlanadi. Ertangi paleolitda tana uzunligi bo’yicha farq erkak va ayolda kuchli bo’lgan, paleolitni oxirida esa bu tafovut kamayib borgan va mezolitda ham u davom etgan. Hozirgi zamonda jinsiy dimorfizm yanada tana tuzilishi bo’yicha kamaya bormoqda. Bu o’sish orasidagi tafovutni kamayishi, hayot tarzini o’zgarishi, antropogen omillar ta’sirida ekalogik muxitni o’zgarishi, ekologik omillar ta’sirida ro’y bermoqda.

Keyingi 50 yil maboynida erkaklarni reproduktiv funksiyasi buzilib testosteron gormoni darajasi kamaymoqda.




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish