T a'lim sifatini baholash bo ‘ yicha xalqaro tadqiqotlarni



Download 17,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/36
Sana06.04.2022
Hajmi17,25 Mb.
#532865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
Treninglar oquv dasturi 2

Matematik savodxonlik
– bu oʻquvchilarning matematik fikrlashi 
shuningdek, matematikani fan sifatida talqin qilishi hamda turli amaliy va 
hayotiy sharoitlarda muammolarni hal qilishda qoʻllash qobiliyatidir. Bu 
koʻrsatkich proseduralarni, faktlar va atamalar, tushunchalar, vositalarni oʻz 
ichiga oladi. 
Tabiiy - ilmiy savodxonlik
– insonning tabiiy bilimlarni oʻzlashtirish va 
ulardan foydalanishda, savollarni aniqlash va toʻgʻri berish, yangi bilimlarni 
oʻzlashtirishda tabiat hodisalarini tushuntirish va tabiatshunoslik muammolari 
bilan bogʻliq holda ilmiy dalillarga asoslangan xulosalarni shakllantirish 
qobiliyatidir. 
Kreativ fikrlash
– bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart
noodatiy va hokazo...) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va 
hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan 
ifodalashga qaratilgan gʻoyalarni ishlab chiqish qobiliyatidir.
Oʻquv dasturidagi mavzular xalqaro dasturlarning baholash qamrov 
doiralaridagi mos mavzulardan kelib chiqqan boʻlib, ularning oʻquv 
mashgʻulotlari davomida toʻliq qamrab olinishi nazarda tutilgan, lekin seminar 
mashgʻulotlarini tashkil etishda trenerlardan faqatgina ushbu mavzular bilan 
cheklanib qolmasdan qoʻshimcha manbalar yordamida mavzuni boyitgan 
holda tinglovchilarga yetkazib berishi qoʻllab-quvvatlanadi.
Oʻquv mashgʻulotlari davomida oʻqituvchilar koʻproq 15 yoshga toʻlgan 
maktab oʻquvchilarining kundalik hayotiy vaziyatlarda ta’lim olish vaqtida 
olgan bilimlarini inson faoliyatining turli sohalarida, jumladan, moliyaviy 
yutuqlar, ijtimoiylashuv va turli toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha koʻplab 
vazifalarni hal etishga qanday yondashishlariga e’tibor qaratishi lozim. 


8
Oʻquv dasturining jihatlari. 
Oʻquv dasturidagi mavzularni yoritib berishga qaratilgan mashgʻulotlarni 
quyidagi jihatlar asosida tashkil etish koʻzda tutiladi: 
oʻqituvchilar ehtiyoji va qiziqishini e’tiborga olish;
koʻrish, oʻrganish va qoʻllay olish koʻnikmalari natijasi;
erkin ijodiy ish, mustaqil harakat va hamkorlik;
yaratilgan topshiriqlar oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini 
rivojlantirishga yoʻnaltirish;
fanlararo (integratsiya) va mavzu qismlari oʻrtasidagi bogʻliqlik;
topshiriqqa mos tushuncha va xatti-harakatlarni anglash va mustaqil 
tahlil qilish, oʻz fikrini himoya qilishdan iborat.
Ushbu namunaviy oʻquv dasturini samarali tashkil etish uchun 
namunaviy ish rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, unda quyidagi uchta asosiy 
qismlarga e’tibor qaratiladi: 
“NIMA?”
(nazariy) – trener - oʻqituvchi oʻquv dasturida belgilangan 
mavzular yuzasidan nazariy ma’lumotlar asosida taqdimot tayyorlaydi
mavzuni atroflicha tushuntirib beradi hamda tinglovchi oʻqituvchilarda mavzu 
haqida umumiy tushunchalar, tasavvurlar va xulosalar qilishida yordam 
beradi.

Download 17,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish